Научная статья на тему 'UMUMFOYDALANISHDAGI JAMOAT TRANSPORTLARI VA ULAR UCHUN YARATILGAN HAMDA YARATILISHI KERAK BO'LGAN SHART-SHAROITLAR TAHLILI VA AHAMIYATI'

UMUMFOYDALANISHDAGI JAMOAT TRANSPORTLARI VA ULAR UCHUN YARATILGAN HAMDA YARATILISHI KERAK BO'LGAN SHART-SHAROITLAR TAHLILI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
26
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport / yo‘l tarmog’i / avtobus / mikroavtobus / sig'diruvchanlik / yo‘l transport hodisasi / haydovchi / piyoda / muhit / avtomobil / yo‘l / transport oqimi / piyodalar oqimi / to‘qnashuv / transport / road network / bus / minibus / capacity / road traffic incident / driver / pedestrian / environment / car / road / traffic flow / pedestrian flow / collision

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Umirov I.I., Shukurov Sh.A.

Yo'lovchi va ularning yuklariga tez, xavfsiz va qulay xizmat ko'rsatish transport ishidagi muhim vazifalardan biri. Ushbu maqolada Jizzax shahrining magistral ko‘chalarida avtomobillar va jamoat transporti aralash harakatlanadigan, hamda shaharning hozirgi kunda asosiy magistral ko‘chalarida olib borilgan tadqiqot natijalaridan ushbu ko‘chalarda harakat miqdori yo‘lning ahamiyatiga, transport vositalarining tarkibiga, holatiga va shunga o‘xshash bir qancha omillarga bog’liq bo‘lib, bir-biridan farq qilishini ko‘rish mumkin. Avtobus yo‘nalishlarning harakat miqdori va tarkibining o‘zgarishi xarakat tezligi va yo‘l -transport xodisalarining o‘zgarishiga ta’sir qilishi tahlil qilindi, tavsiyalar ishlab chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS AND IMPORTANCE OF PUBLIC TRANSPORT IN COMMON USE AND THE CONDITIONS CREATED AND SHOULD BE CREATED FOR THEM

Fast, safe and convenient service to passengers and their luggage is one of the important tasks in transport work. In this article, the main streets of Jizzakh are mixed with cars and public transport, and from the results of the research conducted on the main main streets of the city, the amount of traffic on these streets depends on the importance of the road, the composition of the vehicles, the condition, and so on. it can be seen that they differ from each other depending on how many factors. Changes in the amount and composition of bus routes affect the speed of movement and changes in traffic conditions were analyzed, and recommendations were developed.

Текст научной работы на тему «UMUMFOYDALANISHDAGI JAMOAT TRANSPORTLARI VA ULAR UCHUN YARATILGAN HAMDA YARATILISHI KERAK BO'LGAN SHART-SHAROITLAR TAHLILI VA AHAMIYATI»

Umirov I.I.

JizzaxPolitexnika instituti katta o'qituvchisi

Shukurov Sh.A.

Jizzax Politexnika instituti 103-20 TVM guruh talabasi

UMUMFOYDALANISHDAGI JAMOAT TRANSPORTLARI VA ULAR UCHUN YARATILGAN HAMDA YARATILISHI KERAK BO'LGAN SHART-SHAROITLAR TAHLILI VA AHAMIYATI

Annotatsiya. Yo'lovchi va ularning yuklariga tez, xavfsiz va qulay xizmat ko'rsatish transport ishidagi muhim vazifalardan biri. Ushbu maqolada Jizzax shahrining magistral ko'chalarida avtomobillar va jamoat transporti aralash harakatlanadigan, hamda shaharning hozirgi kunda asosiy magistral ko'chalarida olib borilgan tadqiqot natijalaridan ushbu ko'chalarda harakat miqdori yo'lning ahamiyatiga, transport vositalarining tarkibiga, holatiga va shunga o'xshash bir qancha omillarga bog'liq bo'lib, bir-biridan farq qilishini ko'rish mumkin. Avtobus yo'nalishlarning harakat miqdori va tarkibining o'zgarishi xarakat tezligi va yo'l -transport xodisalarining o'zgarishiga ta'sir qilishi tahlil qilindi, tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kalit so'zlar: transport, yo'l tarmog'i, avtobus, mikroavtobus, sig'diruvchanlik, yo'l transport hodisasi, haydovchi, piyoda, muhit, avtomobil, yo'l, transport oqimi, piyodalar oqimi, to'qnashuv.

Umirov I.I. senior teacher Jizzakh Polytechnic Institute Shukurov Sh.A. student TVM group 103-20 Jizzakh Polytechnic Institute

ANALYSIS AND IMPORTANCE OF PUBLIC TRANSPORT IN COMMON USE AND THE CONDITIONS CREATED AND SHOULD BE

CREATED FOR THEM

Abstract. Fast, safe and convenient service to passengers and their luggage is one of the important tasks in transport work. In this article, the main streets of Jizzakh are mixed with cars and public transport, and from the results of the research conducted on the main main streets of the city, the amount of traffic on these streets depends on the importance of the road, the composition of the vehicles, the condition, and so on. it can be seen that they differ from each other depending on how many factors. Changes in the amount and composition of bus

routes affect the speed of movement and changes in traffic conditions were analyzed, and recommendations were developed.

Key words: transport, road network, bus, minibus, capacity, road traffic incident, driver, pedestrian, environment, car, road, traffic flow, pedestrian flow, collision.

Transport sohasi bugungi kunimizni asosiy vazifalarini bajargan holda turmushmizning ajralmas qismiga aylandi. Odamlarning uzog'ini yaqin qilayotgan avtomobil tranaporti boshqa transport vositalari ichida alohida ahamiyatga ega.

Avtomobil transporti ahamiyati shu qadar oshdiki o'z vazifasiga nisbatan "eshikdan eshikkacha" tarifi berila boshladi. Darhaqiqat, avtomobil transporti shahar, shahar ichi kabi zich hududlarda foydalanish koeffitsenti yuqori va samarali.

Shahar, shahar ichi va shahar atrofi hududlarda yo'lochi va yuklarini tez va xavfsiz tashishda foydalaniladigan transport vositalarini harakatini boshqarishda tizimli nazorat kerak bo'ladi. Yo'lovchi va yuklarini tashish deganda dastlab taxi va avtobus xizmatini keltirishimiz mumkin.

Yo'l harakati xossalarini ko'rib chiqadigan bo'lsak qatnov yo'lida yakka avtomobillar soni ortadigan bo'lsa umumiy avtobillarning harakat tezligi va xavfsizlik koefitsenti kamayadi (avtomobil transportining eng katta muommoli jihati ham shu bo'lib, ko'p sonli yakka avtomobillar tizimini boshqarish mashaqqatli vazifa. chunki yo'llarda avtomobil harakati tartibsiz tashkil etiladi) bunda, jamoat transport sifatida avtomobil yo'llarida avtobuslardan foydalanish qulay.

Shaharni zamonaviy va qulay transport turlari bilan ta'minlash uchun katta mablag'lar sarflanadi. Yo'lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida shahar ko'chalarida rivojlangan davlatlar Germaniya, Janubiy Koreya va Chexiyadan keltirilganlar zamonaviy avtobuslar, Samarqandda chiqarilgan Isuzi avtobuslari harakatlanmoqda. Shaharda umumiy qatnov tizimini tashkil etish uchun shahardagi yo'nalishlar shahar(shaharcha)dagi turar joy va sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sog'lomlashtirish tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtovokzallar, metro stantsiyalar, temir yo'l platformalari, va shu kabilarni tez va qulay transport aloqasini ta'minlashi kerak.

Avtobus yo'nalishlari o'tadigan avtomobil yo'llari, ko'chalar, sun'iy inshootlar, temir yo'ldan o'tish joylari, parom orqali o'tish joylarining texnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va qoidalari, avtomobil yo'llarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalari, boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablarini qanoatlantirishi kerak

[4].

Hozirgi kunda Jizzax shahridagi yo'lovchi tashuvchi uyushmalarida 200 dan ortiq avtobus, 300 dan ortiq yo'lovchi tashish taksilari, 100 dan ortiq Damas rusumli mikroavtobuslar bor va ular 18 ta avtobus, 10 ta taksi va 10 ta

mikroavtobus yo'nalishlarida xizmat ko'rsatadi. Yo'na lish tizimlarining umumiy uzunligi jumladan avtobus yo'nalishining uzunligi - 350,7 km, taksi yo'nalishining uzunligi - 94,8 km.

Hozirgi kunda Jizzax shahrida yo'lovchilarga xizmat ko'rsatayotgan umumfoydalanadigan jamoat transportlari, ya'ni avtobuslarning turlari va ularning vazifalarini ko'rib chiqsak. Chunki avtobusning tezligi uning turiga, ishlash sharoitiga va ko'pgina ba'zi omillarga bog'liq bo'ladi, ular qo'yidagicha o'rganildi.

Jamoat transportlarining harakatini yaxshilashga qaratilgan sharoitlar harakat xavfsizligini oshirish maqsadida avtobuslarga alohida bo'laklar ajratish, yer osti yo'llarini qurish, ko'chalarni ta'mirlash, harakatni boshqarishni tizimlashtirish kabilar kiradi.

Harakatning salmoqli sharoiti ostida, jamoat transportlari harakatini tashkillashtirish, birinchi navbatda avtobuslarga bir necha bor imkoniyatlar yaratish tushuniladi: ya'ni maxsus bo'laklar bilan jihozlash, boshqarish tizimida imtiyozlar ko'rsatish, harakatni umumlashtirish (bunda transport vositalarining boshqa turlari sharoitini yomonlashishi hisobiga ham to'g'ri keladi); avtobuslar bo'laklariga boshqa transport vositalari kira olmaydigan joylarni ajratishdir.

Avtobuslarga maxsus bo'laklarni ajratish ko'chalardagi transport vositalarining tezligini kamaytirishga olib keladi. Ko'chadagi tirbandlik (sutkada 1 soat davomida 90% tirbandlikka to'g'ri keladi), ayniqsa bu jamoat transportiga ta'sir etib, u ko'p vaqtini bekatlarda o'tkazadi. Avtobuslarga maxsus bo'laklarni ajratishdan asosiy maqsad, tirband vaqtlarda vaqt o'tkazmaslik uchun sharoit yaratishdir.

Biror narsaga qaratilganlik bo'yicha: maxsus turdagi ko'chalardagi harakat qoidalarini inobatga olgan holda; chiziqlar bilan belgilash; harflar; maxsus tirgaklar; maxsus ranglar; o'q chiziqlar bilan ajratish; qatnov qismini ko'tarish; to'siqlar qurish orqali ifodalanadi.

Ishlatish bo'yicha: ba'zi yo'nalishli transport turining harakati uchun (avtobuslar), aralash harakat uchun (avtobuslar), jamoat transporti va piyodalar harakati uchun, o'ng tomonga buriladigan avtomobillar harakati uchun; maxsus turdagi avtobuslar harakati uchun (maktab, xizmatchi); aholiga xizmat ko'rsatuvchi avtobuslar turi (Car pool) va taksilarga bo'linadi (yo'lovchi bilan yoki ularsiz) [5].

Jamoat transportlari uchun bo'laklarning foydali tomoni shundaki, unda ketayotgan yo'lovchilar vaqtdan yutadilar. Vaqtdan yutish eng asosiy omildir. Jamoat transporti uchun ajratilgan bo'laklar yengil avtomobillar harakatini yanada qiyinlashtiradi. Avtobus yo'laklari odatda chet o'ng qismni band qilsa, nafaqat avtomobillar harakatiga, balki bekatlarda, to'xtash joylarida ham sharoit yomonlashadi.

Agar muammo kompleks ravishda yechilsa sifat yuqori bo'ladi, chunki bo'laklarni ajratish, avtomobillar to'xtash joyini jihozlash, axborot tizimini yaxshilash, imtiyozli ravishda to'xtash joylari va boshqalar sabab bo'ladi.

Ijobiy tajriba bir qancha mamlakatlarning shaharlarida amalga oshirilgan. Bunda Edinburg, Oporto, Budapesht, Stokgolm, Geteborg, Tsyurix, Lilli shaharlarida, Parijning o'zida 70 km avtobus bo'laklari qurilgan bo'lib, yangilari rejalashtirilmoqda. Ko'p hollarda relssiz jamoat transporti harakati ko'payib ketadiki, magistral ko'chalardagi bitta bo'lakda 90-95% faqat u bilan band bo'ladi. Bunday holatda bir tomonga soatiga 110-120 ta avtobus va boshqa avtomobillar harakatlanadi.

Aholi kam joylardan yakka yo'lovchilarni yoki kichik guruhlarni yig'ib olib mavjud yo'nalishda o'tkazish; aholining ba'zi guruhlari transport vositalari bilan bog'lanish (qariyalar, nogironlar, maktab o'quvchilari) ga xizmat ko'rsatish; oddiy transport vositalari yurishi mumkin bo'lmaydigan joylar (hiyobon, ko'rgazma, tarixiy obidalar, qo'riqxonalar) da yaxshi sharoit yaratish.

Xulosa qilib aytganda Jizzax shahrining magistral ko'chalarida shahar yo'lovchi transportlarining harakatlanish sharoiti va holatini belgilab o'lkan tahlilga asoslandi, bunda adabiyot manbalarga va chet el izlanishlari bo'yicha internet ma'lumotlaridan foydalanildi.

Jamoat transportlari harakatlanadigan shahar magistral ko'chalarida transport oqimi xususiyatlarini o'zgarishi aniqlandi. Jizzax shahridagi avtobus va mikroavtobuslar harakati bilan bog'liq YTH tahlil qilindi. Unga ko'ra avtobus va mikroavtobuslar harakati ishtiroki bilan bog'liq bo'lgan YTH 8 % ni tashkil etib, transport vositalari bilan to'qnashuv 2,7% ni va piyodalarni bosib ketish 5,3 % ni tashkil etishi aniqlandi. Bu ko'rsatkichlar avtomobil transporti ko'rsatkichlariga nisbatan jamoat transporti sifatida foydalanishga ancha qoniqarli.

Adabiyotlar:

1. Q.X. Azizov. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. - T.: "Fan va texnologiya", 2009. - 244 bet.

2. Abduraxmanov R.A., Azizov S.Z. Shahar yo'lovchi transportlarining imtiyozli harakatlanishini tadqiq qilish (Jizzax shahri misolida) // TAYI "O'zbekiston avtomobil-yo'l kompleksining dolzarb vazifalari" Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami II-qism. Jizzax-2008, 165-166 bet.

3. Бабков В.Ф. Дорожные условия и безопасност движения. М.: Транспорт. 1982. - 286 с.

4. Нуруллаев, У., Умиров, И., & Исоков, Г. (2021). Методика определения деталей, критических по надежности автомобилей. Academic research in educational sciences, 2(5), 678-684.

5. Umirov, I., Turushev, S., & Ravshanov, F. (2021). Йул булакларининг харакатланиш хавфсизлигига таъсирини тахлил килиш. Academic research in educational sciences, 2(2).

6. Karimovich, A. A., & Abdukarimovich, U. B. (2021). Method of ensuring traffic safety on slippery roads.

7. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Абдурахманов, М. М. (2021). Анализ существующих работ, посвященных проблемам экологии автомобильного транспорта. Вестник науки, 2(2), 74-82.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.