UDK 62.656
AVTOBUSLAR HARAKATLANISHI YO'NALISHLARIDA TRANSPORT OQIMINING
HARAKATLANISH ZICHLIGIGA TA'SIRI
Umirov Ilhom Iskandar o'g'li JizPI. katta o'qituvchisi E-mail: [email protected] +998973264747
Mamayeva Lenie Mansurovna JizPI. katta o'qituvchisi E-mail: [email protected] +998973251746
Annotatsiya: Ushbu maqolada kuzatish usuli orqali Jizzax shahrining magistral ko'chalarida avtomobillar va jamoat transporti aralash harakatlanadigan, hamda shaharning hozirgi kunda asosiy magistral ko'chalarida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, ushbu ko'chalarda harakat miqdori yo'lning ahamiyatiga, transport vositalarining tarkibiga, holatiga va shunga o'xshash bir qancha omillarga bog'liq ekanligi keltirilgan. Harakat miqdori va tarkibining o'zgarishi harakat tezligi va yo'l-transport xodisalarining o'zgarishiga ta'sir qilishi tahlil qilindi.
Аннотация: В данной статье приведены результаты обследования проведённых методом наблюдения, проведенного на основных улицах г.Джизак, а также на основных магистралях города, показывают, что интенсивность движения на этих улицах зависит от важности дороги, состава и состоян^ транспортных средств, и ряда подобных факторов. Было проанализировано, что изменение интенсивности и состава движения влияет на скорость движения и изменения дорожно-транспортных происшествий.
Abstract: This article presents the results of a survey conducted by the method of observation conducted on the main streets of Jizzakh, as well as on the main highways of the city, show that the intensity of traffic on these streets depends on the importance of the road, the composition and condition of vehicles, and a number of similar factors. It was analyzed that the change in the intensity and composition of traffic affects the speed of movement and changes in traffic accidents.
Kalit so'zlar: yo'l tarmog'i, avtobus, mikroavtobus, yo'l transport hodisasi, haydovchi, piyoda, muhit, avtomobil, yo'l, to'qnashuv.
Ключевые слова: дорожная сеть, автобус, микроавтобус, дорожно-транспортное происшествие, водитель, пешеход, окружающая среда, автомобиль, дорога, столкновение.
Key words: road network, bus, minibus, traffic accident, driver, pedestrian, environment, car, road, collision.
Avtomobil yo'llarida transport oqimining harakat tizimini o'rganishda eng ahamiyatli xususiyatlardan biri bu - transport oqimining harakat zichligidir. Transport oqimining harakat zichligi - transport vositalarining 1 km uzunlikdagi bitta harakat bo'lagiga joylashgan soni bilan o'lchanadi (q-km/dona). Bu ko'rsatkich harakat tarkibiga, uning tezligiga va yo'l sharoitiga nisbatan o'zgaradi. Yengil avtomobillardan iborat maksimal transport oqimining zichligi qmak=200 avt/km, bunda tezlik v=0 km/soatga, transport oqimining optimal zichligi qopt=15-25 avt/kmga ega bo' ladi [1].
Transport oqimining zichligi oshgan sari transport vositalari oraliq masofasining kamayishi, tezlikning pasayishi, haydovchilarning ruhiy ish rejimining qiyinlashishi umumiy yo'l harakatining noqulayligiga olib keladi. Eng katta transport oqimining zichligi transport vositalarining to'xtab qolish («zator») holatida kuzatiladi.
Transport vositalarining eng asosiy ko'rsatkichlari bu: harakat miqdori(N), tezlik(V) va zichlikdir(Q) [3]
Transport oqimining zichligini quyidagicha baholash mumkin:
Q=N/V (1)
Bu yerda: N- bitta bo'lakdagi harakat miqdori, avt/km; V-transport oqimining zichligi, km/soat;
Bu ko'rsatkich harakat miqdori "N" va yo'l sharoiti o'zgarishiga bog'liq, chunki "N" ko'rsatkichi o'zgaruvchan. Transport oqimining zichligini aerofototasvir yoki yo'lning yon tarafidan baland joydan videotasvir qilish orqali aniqlanadi [3].
Keltirilgan formuladagi biror-bir ikki ko'rsatkich ma'lum bo'lsa, uchinchi ko'rsatkichni topish oson. Transport oqimining harakat tartibini kuzatishda bunday bog'lanish qulaylik beradi. Yo'l bo'laklari yoki umuman yo'l bo'yicha transport oqimining holatini tavsiflashda zichlik ko'rsatkichi orqali baholash ob'ektiv natija beradi.
Tranport oqimining zichligi yuqori bo'lgan paytlarda yo'lning yuklanganlik darajasi ortishiga, shu bilan birga transport oqimining tezligini kamayishiga olib keladi. Bu hollarda tabiiy ravishda transport vositalaridan atrof-muhitga chiqayotgan ortiqcha zaharli moddalar soni kattalashishiga olib keladi. Transport vositalaridan chiqayotgan chiqindi gazlarni kamaytirishda transport oqimining zichligini kichik ko'rsatkichga keltirish, buning uchun oraliq masofani saqlagan holda 40 km/soatdan 60 km/soatgacha tezlik bilan harakatlanishni ta'minlash kerak [3].
Masalan, «q» aholi yashash joyiga yaqinlashishda quyidagicha o'zgaradi (1-rasm).
Shuni aytish kerakki, yog'ingarchilik sharoiti quruq havo sharoitiga nisbatan harakat zichligi, o'tkazish qobiliyati va transport oqimining tezligiga ko'proq ta'sir ko'rsatadi [2].
vta
m
hli ic
N
5 0
-600 - 400 - 200 0 2 0 0 40 0 600 B00 1000 1200 1-rasm. Transport oqimi zichligining aholi yashash joyi yaqinida o'zgarishi.
Zichlikni bilgan holda «harakat miqdori-zichlik» grafigini qurish mumkin (1-rasm), uning yordamida esa yo'l bo'lagining o'tkazish qobiliyati va harakat tezligi aniqlanadi. O'tkazish qobiliyati yo'lning asosiy hisobiy ko'rsatkichi bo'lib, u yo'lning holatiga va harakatni tashkil etishning darajasiga bog'liqdir. Avtomobillarning dinamik gabaritini tashkil etuvchilar 2-rasmda ko'rsatilgan.
d
<-><■
St
><->
(MLS._m
2-rasm. Avtomobillarning dinamik gabariti.
Dinamik gabaritni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Ld = la + lr + St + lx
(2)
L
q
l
a
It
l
x
bu yerda: la - avtomobilning statik uzunligi,m;
lr - haydovchining reaktsiya vaqtida o'tadigan masofasi, m; St - avtomobilning tormoz yo'li,m; lx - xavfsizlik masofasi, m.
Yo'lning o'tkazish qobiliyati - vaqt birligi ichida yo'lning ma'lum kesimidan o'tkazishi mumkin bo'lgan avtomobillar soni, u avt/soatda yoki avt/sutkada aniqlanadi. Yo'lning o'tkazish qobiliyati harakat tezligiga va harakatni tashkil etishga ko'p jihatdan bog'liq. Transport oqimining zichligi bo'yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar "tezlik - zichlik" bog'liqligiga aniqlik kiritdi. "Tezlik-zichlik" bog'liqligi va avtomobillar oqimining asosiy xususiyatlari bilan bog'liqlik darajasini quyidagicha:
N= vq (3)
V=vcb - Pq + ap (4)
bu yerda: N - harakat miqdori, avt/ soat; q - harakat zichligi, avt/km;
v - ko'rib chiqilayotgan jadallikdagi harakat tezligi, km/soat; vcb - erkin sharoitdagi harakat tezligi, km/soat; a - harakat tarkibiga ta'sirini hisobga oluvchi koeffitsient; p - harakat tarkibidagi engil avtombillar soni, %.
Yo'llarda harakatni tashkil etishda hamda undan unumli foydalanishda asosiy xususiyatlardan biri yo'lning o'tkazish qobiliyatidir.
Moskva avtomobil yo'llari davlat texnika universiteti "Yo'llarni qidirish va loyihalash" kafedrasining olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlariga asosan harakatni notekis tartibda o'zgarishi to'qnashuvlar va tirbandlikni keltirib chiqaradi. Bu har bir jarayon harakatlanish tasmalarining o'tkazish qobiliyati orqali tavsiflanadi.
O'tkazish qobiliyatini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- maksimal nazariy o'tkazish qobiliyati - yengil turdagi avtomobillarni qulay yo'l sharoitidan ideallashtirilgan tartibda o'tkazishi mumkin bo'lgan soni. Uni transport oqimining dinamik formulasi yordamida aniqlanadi;
- amaliy o'tkazish qobiliyati - qulay ob-havo sharoitida aniq yo'l bo'lagidan ma'lum harakat tartibiga ko'ra avtomobillarni maksimal o'tkazish mumkin bo'lgan soni.
Avtomobil yo'lining maksimal nazariy o'tkazish qobiliyati quyidagi empirik formula orqali aniqlanadi:
1000-F
P — ~ avt/soat (5)
Ld
bu yerda: V - tasmada harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi, km/soat;
Ld - avtomobillarning dinamik gabariti, m. Dinamik gabaritni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Ld — la + lt + St + lx m; (6)
bu yerda: la - avtomobilning statik uzunligi;
lt- haydovchining reaktsiya vaqtida o'tadigan masofasi; St- avtomobilning tormoz yo'li; lx- xavfsizlik masofasi; d- xavfsizlik oralig'i.
Avtomobillarning dinamik gabaritidan ko'rinadiki, bu ko'rsatkich transport vositalarining bir tasmada bo'ylama joylashuviga va transport turlariga bog'liq. Buni inobatga olgan holda amaliy hisoblarni bajarish uchun odatda turli turdagi transport vositalarining harakat miqdorini yengil avtomobillarnikiga keltirish koeffitsienti kiritilgan va ularning qiymatini ShNQ 2.05.0207 me'yoriy hujjatiga (1-jadval) asosan qabul qilinadi.
1-jadval
Transport vositalarining turi Keltirish koeffitsienti, K
Yengil avtomobillar 1,0
Aravachali mototsikllar 0,75
Mototsikl , moped va velosipedlar 0,5
Yuk avtomobillari, yuk ko'tarish qobiliyatiga ko'ra, t:
2 1,5
6,0 2,0
8,0 2,5
14,0 3,0
14,0 dan yuqori 3,5
Avtopoezdlar, yuk ko'tarish qobiliyatiga ko'ra, t:
12,0 3,5
20,0 4,0
30,0 5,0
30,0 dan yuqori 6,0
G'ildirakli traktor poyezdlari:
1 ta tirkama bilan 3,0
2 ta tirkama va qishloq xo'jalik mashinalari 3,5
3 ta tirkama bilan 5,5
4 ta tirkama bilan 9,0
Harakat zichligi ortib borishi bilan xavfsizlik koeffitsienti kamayib boradi (3-rasm).
* 1
10 20 30 40 50 60 70 80
Zichlik, avt/km
3-rasm. Harakat zichligini xavfsizlik koeffitsientiga bog'liqligi (N=450 avt/soat).
Yengil avtomobillarga keltirilgan harakat miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
n
N = S n • K
Kejim i Kejimm (7)
bu yerda:
NKmm -yengil avtomobilga keltirilgan harakat miqdori; ni-turdagi transport vositasi harakat miqdori;
KKejm -i turdagi transport vositasining yengil avtomobilga keltirish koeffitsienti.
O'tkazish qobiliyati yo'lning asosiy hisobiy ko'rsatkichi bo'lib, u yo'lning holatiga va harakatni tashkil etishning darajasiga bog'liqdir.
Yo'lning yuklanganlik darajasini quyidagicha baholash mumkin:
Z=N/P; (8)
bu yerda: P- o'tkazish qobiliyati, avt/soat; N -harakat miqdori, avt/soat.
Agarda Z =< 0,2 transport oqimi erkin, Z=0,2-0,45 transport oqimi qisman bog'langan oqim, Z=0,45-0,7 bog'langan oqim, Z=0,7-1,0 to'yingan oqim yoki zich oqim deyiladi.
O'tkazilgan ko'p yillik ilmiy izlanishlar natijasida yo'lning yuklanganlik darajasining optimal qiymati shahar tashqarisidagi yo'llar uchun 0,45 - 0,55 deb aniqlandi. Har xil yo'l sharoitlarida harakatni tashkil etishda yuklanganlik darajasi ko'rsatkichlariga asosan ish yuritiladi.
Transport oqimining asosiy xususiyatlaridan bo'lgan harakat zichligini aniqlash uchun avtomobillar va jamoat transportlari aralash harakatlanadigan Jizzax shahrining markaziy
ko'chalaridan hisoblangan Sh.Rashidov va A.Navoiy ko'chalari tanlab olindi. 4-rasmda olib borgan tadqiqotlarga asosan Jizzax shahrining Sh.Rashidov ko'chasida harakat zichligining har xil vaqtlarda o'zgarish diagrammasi keltirilgan. Sh.Rashidov ko'chasida izlari avtomobil yo'lidan har xil sathda qurilgan. Ushbu grafikdan tahlil qilib ko'rsak, harakat zichligi harakat miqdori ortgan sari ko'payib bormoqda. Ushbu ko'chada harakat miqdori eng kam bo'lganda, ya'ni 2725 avt/soat ni tashkil etganda, harakat zichligi o'rtacha 30 avt/km ni tashkil qildi. Xuddi shunday yo'l sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2930, 4300 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o'rtacha 38,40 avt/km atrofida bo'lishi aniqlandi.
60 50
й 40
ьа
N
30
20
ra
Я $ 10 к
о
48
_л———1—1^^ > ---* 40
^ 30 у = 4Л X + 27,5
R2 = 0,9508
2200
2245 2138 2347
Harakat miqdori, avt/soat
2351
4-rasm. Sh.Rashidov ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.
Harakat miqdori ancha jadallashgan vaqtlarda, ya'ni 2351 avt/soat atrofida bo'lganda harakat zichligining eng yuqori qiymati 48 avt/km atrofida aniqlandi. Shuningdek, 5-rasmda A.Navoiy ko'chasida olib borgan tadqiqotga asosan harakat zichligining o'zgarish grafigi keltirilgan. Ushbu ko'chada izlari avtomobillar yo'li bilan bir sathli qilib qurilgan.
A.Navoiy ko'chasida harakat zichligi Sh.Rashidov ko'chasiga nisbatan kam ekanligini aytish mumkin. Ushbu ko'chada harakat miqdori 1546 avt/soat atrofida bo'lganda harakat zichligi 24 avt/km ni tashkil etishi aniqlandi. Harakat miqdori ortib borgan sari, ya'ni 1985, 2010 avt/soat bo'lgan holatlarda harakat zichligi 26, 31 avt/km ni tashkil etgan bo'lsa, harakat miqdori jadallashgan paytlarda, ya'ni 3200 avt/soatda harakat zichligining yuqori qiymati 36 avt/km atrofida bo'lishi kuzatildi.
Harakat miqdori, avt/soat 5-rasm. A.Navoiy ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.
Demak, harakat zichligi birinchi navbatda harakat miqdori bilan uzviy bog'liq ekan. Harakat miqdori o'zgarib borgan sari harakat zichligi ham o'zgarib borar ekan. Shuningdek, harakat zichligi yo'l sharoitiga ham bog'liq ekanligini aytish mumkin. Yo'llarda xavfsiz harakatni ta'minlashda va yo'l harakatini tashkil etishda transport oqimi xususiyatlarini o'rganish muhim ekan.
Xulosa qilib aytganda, Jizzax shahrining magistral ko'chalarida shahar yo'lovchi transportlarining harakatlanish sharoiti va holatini belgilab o'lkan tahlilga asoslandi [2], bunda adabiyot manbalarga va chet el izlanishlari bo'yicha internet ma'lumotlaridan foydalanildi.
1. Jamoat transportlari harakatlanadigan shahar magistral ko'chalarida transport oqimi xususiyatlarini o'zgarishi aniqlandi.
2. Jamoat transportlari harakatlanadigan shahar magistral ko'chalarida harakat miqdori ertalabki «tig'iz vaqtlarda» 800-1000 soatlarida 2500-3000 avt/soat va kechki 1700 -1800 soatlarida 2520-3050 avt/soat miqdorda o'zgarishi, harakat tarkibi esa 94-97 % yengil avtomobillar, 0,4-1,0 % yuk avtomobillar, 1,2 - 4% . avtobus, mikroavtobuslar, hamda 0,2-0,6 % lar tashkil etishi aniqlandi.
3. Jizzax shahridagi avtobus va mikroavtobuslar harakati bilan bog'liq YTH tahlil qilindi. Unga ko'ra avtobus va mikroavtobuslar harakati ishtiroki bilan bog'liq bo'lgan YTH 8 % ni tashkil etib, transport vositalari bilan to'qnashuv 2,7% ni va piyodalarni bosib ketish 5,3 % ni tashkil etishi aniqlandi.
4. Avtobus va mikroavtobuslarni harakat tezligi to'g'ri yo'l bo'laklarida 45-50 km/soat, chorrahalarda 15-20 km/soat, egri bo'laklarda 25-30 km/soat, umuman yo'nalishlar bo'yicha o'rtacha 50 km/soatni tashkil etishi aniqlandi. Harakat zichligi esa harakat miqdorini o'zgarishiga bog'liq ravishda 2200, 2350 avt/soat bo'lganda zichlik mos ravishda 36 va 48 ta avtomobillarni tashkil etishi aniqlandi.
ADABIYOTLAR
1. Q.X.Azizov. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. - T.: "Fan va texnologiya", 2009. - 244 bet.
2. Abduraxmanov R.A., Azizov S.Z. Shahar yo'lovchi transportlarining imtiyozli harakatlanishini tadqiq qilish (Jizzax shahri misolida) // TAYI "O'zbekiston avtomobil-yo'l kompleksining dolzarb vazifalari" Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami II-qism. Jizzax-2008, 165-166 bet.
3. Бабков В.Ф. Дорожные условия и безопасность движения. М.: Транспорт. 1982. -
286 с.
4. Нуруллаев, У., Умиров, И., & Исоков, Г. (2021). Методика определения деталей, критических по надежности автомобилей. Academic research in educational sciences, 2(5), 678-684.
5. Umirov, I., Turushev, S., & Ravshanov, F. (2021). Йул булакларининг хдракатланиш хавфсизлигига таъсирини тах,лил килиш. Academic research in educational sciences, 2(2).
6. Karimovich, A. A., & Abdukarimovich, U. B. (2021). Method of ensuring traffic safety on slippery roads. Academic research in educational sciences, 2(5), 695-705.
7. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Абдурахманов, М. М. (2021). Анализ существующих работ, посвященных проблемам экологии автомобильного транспорта. Вестник науки, 2(2), 74-82.