УДК 656.117
NAMANGAN SHAHRINING NAVOI VA QO'QON CHORRAHASIDAGI TIRBANDLIK
Mirzoxid To'xtaboev Akhmadjanovich NamMQI, dotsent, tel.: +998977600462, E-mail: [email protected]
Turg'unov Ibroxim Baxtiyor o'g'li NamMQI, magistrant, tel.: +998941735900, E-mail: [email protected]
Annotatsiya: maqolada Namangan shahrining Navoiy va Qo'qon ko'chalari kesishgan chorrahadagi tirbandlikning sabablarini o'rganish, chorrahadagi transport vositalarining zichligi va yuklanganligi tahlili hamda tadqiqot natijalari keltirilgan. Navoiy va Qo'qon ko'chalari kesishmasidagi tirbandlikni oldini olish bo'yicha ilmiy yechimlar va takliflar keltitrilgan.
Аннотация: В статье представлен анализ изучении причины пробки на пересечении улиц Навои и Коканд города Намангана, плотности и загруженности транспортных средств на перекрестках и результаты исследований. Приведены результаты и выводы по предотвращению пробок на пересечении улиц Навои и Коканд.
Abstract: The article presents an analysis of the study causes of traffic jams at the intersection of Navoi and Kokand streetsof the Namangan street, density and congestion of vehicles at intersections and research results. The results and conclusions on preventing traffic jams at the intersection of Navoi and Kokand streets are given.
Kalit so'zlar: chorraha, transport vositasi, yuklanganlik, transport oqimi, zichlik.
Ключевые слова: перекресток, транспортное средство, загруженность, транспортный поток, плотность.
Keywords: intersection, vehicle, workload, traffic flow, density.
Respublikamiz mustaqil avtotransport ishlab chiqarish tizimiga ega bo'lganidan so'ng hududlardagi transport miqdori aholi zichligiga mutanosib ravishda oshib bordi. Bu esa rivojlanayotgan va aholisi jadal o'sib borayotgan shaharlardagi transport harakatining murakkablashishiga olib keldi. Hozirgi kunda sanoat taraqqiyotini transport vositalarisiz tasavvur etish mushkuldir [1,2,3].
Namangan shahri ichida harakatlanuvchi jamoat transporti asosan avtobus va taksilardan iborat. Namangan shahrida 2016-2021 yillar davomida aholi soni 135 ming nafarga oshib, transport vositalari soni ushbu davr mobaynida 43 ming donaga ko'paydi. Ya'ni aholi soni 27 foizga, transport vositalari soni 155 foizga oshdi. Shaharda kuniga 3000 dan ortiq transport vositalarida 220 mingdan ziyod yo'lovchilar tashilib, shundan 90 mingdan ortiq yo'lovchilar 220 ta jamoat transporti orqali tashilamoqda [4,5].
Shaharda aholi soni va transport oqimining kеskin o'sayotganligi quyidagi muammolarni hal etishni taqazo qilmoqda. Yirik shaharlarda transport oqimi yuqori bo'lishi hisobiga tirbandlik vujudga ке^ь Bu esa avtobuslarning bеlgilangan qatnov jadvalidan chiqib kеtishiga, harakat intеrvalining buzilishiga, bеkatlarda yo'lovchilarning kutib qolishiga sabab bo'ladi [6,7,8,9].
Aholining soni yil sayin oshib borayotgani sababli harakatlanayotgan avtotransport vositalarining soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda. Tabiiyki, avtotransport vositalari sonining oshishi yo'llarda, ayniqsa, chorrahalarda katta tirbandliklarni vujudga keltirmoqda. Bunday holatlarda yangi ko'priklar va yo'l o'tkazgichlarni qurishni, yo'l belgi va sfetoforlar fazasini takomillashtirish va boshqa tadbirlar hisobiga avtotransport vositalarining harakatlanishi bilan bog'liq muammolar o'z yechimini topadi. Shaharning yirik harakatlanish mavjud bo'lgan Karimov,
Navoiy, Uychi, Chorsu va Sardoba kabi ko'chalar kesishmasidagi chorrahalarda avtomobillar qatnovining zichligi hamda piyodalarning serqatnovligi sababli katta tirbandlik vujudga kelib, davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining aralashuviga qaramay tirbandlik bilan bog'liq muammolar o'z yechimini topmay qolmoqda. Bunday holatda ushbu muammoni o'z vaqtida to'g'ri yechim berilishi hamda tegishli choralar amalga oshirilishi lozim.
Chorrahalardagi yo'l harakatini tashkil qilinganlik darajasi u yerdagi transport oqimining intensivligi bilan baholanadi. Tartibga solinmagan chorrahalardagi harakat yo'l belgilari va yo'l chiziqlari yordamida boshqariladi. Harakat intensivligi oshganda va aniq bir qiymatga erishganda kesishmadagi harakatni tartibga solish uchun svetofor bilan jihozlanadi [3,10,11].
Hozirgi kunda zamonaviy shaharlar va davlatlarda eng ko'p uchraydigan muammolardan biri katta shaharlardagi tirbandliklar. Sabablardan biri yo'lovchi va yuklarning bir joydan ikkinchi joyga harakati asosan transport vositalari yordamida amalga oshirilishi, undan tashqari aholi sonining tez ortib borishidir. Bu esa o'z-o'zidan yo'llarda transport vositalari sonining ko'payishi, natijada tirbandliklar yuzaga kelishi, shaharda issiqlikning me'yoridan ortib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bunda avtomobillarning salt ishlab yonilg'ini behuda sarflashi, atrof-muhitga chiqarilayotgan zaharli gazlarning ortishiga, odamlarning manzillariga yetib olishlarida kechikishlarni yuzaga keltiradi.
Navoiy va Qo'qon ko'chalari kesishgan chorrahada transport oqimining zichligi chorrahada kesishgan ko'chalarning o'tkazuvchaligi pasligini ko'rsatdi (1-rasm). Natijada tirbandlik yuzaga kelgan. Bu masalani yechimini topish uchun chorrahadagi transportlar va yo'lovchilar oqimini o'rganamiz. O'rganishlar natijasida muammoni yuzaga keltiruvchi sabab aniqlandi va bu masalaning maqbul yechimini topamiz.
5 S
hasi
O
hUtiil m r.3Hr>J J
O
o JF
1-rasm. Navoiy va Qo'qon ko'chalari kesishgan chorraha
Shahar ichida harakatlanuvchi transport vositalaring va aholi sonining juda ko'pligi transportlar harakatining tirbandligiga sabab bo'lgan. Chunki aholi va shunga mutanosib ravishda avtomobillar sonining oshishi yo'lning transport o'tkazuvchanligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Masalaning yechimi yo'lning qatnov qismini kengaytirish, chorrahadagi yo'l usti ko'priklari qurish yoki tonnellar orqali transport harakatlanishi uchun sharoit yaratish, piyodalar o'tish joylarini tonnel yoki yer usti ko'priklari orqali o'tkazish masalaning yechimi bo'lishi mumkin.
O'rganishlar chorrahadagi transport oqimini kuzatish usuli bilan o'tkazildi. Olingan natijalar tahlil qilindi. Tadqiqotning dastlabki bosqichida transport oqimini ko'chaning ikki tomonidagi holat haftaning besh kun mobaynida o'rganildi. Olingan natijalar tahlil qilinib tavsiyalar ishlab chiqildi. O'rganish va kuzatuvlar asosan kunning eng tig'iz va transport oqimi ko'p deb hisoblangan vaqtlar uchun amalga oshirildi. Bunda yo'lning qarama-qarshi tomonlari alohida kuzatildi va hisobga olindi [7,8,9,10].
Chorrahadagi transport oqimini aniqlash uchun 1 soat moobaynida yo'lning ko'ndalang kesimidan o'tgan avtomobillar soni aniqlandi. Buning uchun kunning turli vaqtlardagi transport oqimini kuzatish yo'li bilan aniqlaymiz.
Natijalar. Harakat tezligi va harakatni tashkil etish yo'lning o'tkazuvchanligiga ko'p jihatdan bog'liq. Bunda avtomobil harakatlanadigan yo'lining maksimal nazariy o'tkazuvchanligini aniqlaymiz [6,8,11]
P = 1000V , avt/soat = 1000*40/10,5=3809,5 (1)
L,
bunda V - polosada harakatlanayotgan avtomobilning tezligi, km/soat;
Ld - avtomobilning dinamik gabariti, m.
Bunda transport vositasi dinamik gabarit Ld ning qiymatini quyidagi ifodadan aniqlandi [6,8,11].
Ld = la + It + St + lx = 5+1,5+2+2=10,5 m (2)
bunda: la - avtomobilning statik uzunligi (5 metrga teng deb olinadi); lt - haydovchining reaksiya vaqtida o'tadigan masofasi, lt = 1,5 [8]; St - avtomobilning tormoz yo'li, (St = l t - l t; l t - oldindagi avtomobilning tormoz yo'li, l'\- orqadagi avtomobilning tormoz yo'li); lx - xavfsizlik masofasi (2 metrga teng deb olinadi); d- xavfsizlik oralig'i.
Haydovchining reaksiya vaqtida o'tadigan masofasi Navoiy va Qo'qon ko'chalari kesishgan chorrahada yuzaga kelgan tirbandlik bois lt = 1,5 metrga teng deb olindi. Avtomobillar o'rtasidagi oraliq, haydovchi ishining tig'izligi va uning reaksiya vaqti o'zaro bog'liq. Avtomobillar oralig'i qanchalik kichik bo'lsa haydovchi ishining tig'izligi shunchalik yuqori bo'ladi [8].
Yo'lning o'tkazuvchanligi yo'lning holatiga va harakatni tashkil etishning darajasiga bog'liq. Yo'lning yuklanganlik darajasini quyidagicha baholash mumkin
Z=N/P; =2136/3809,5=0,56 (3)
bunda P - yo'lning o'tkazuvchanligi, avt/soat;
N - harakat miqdori, avt/soat.
Harakat miqdorining qiymatini yo'lning qatnov qismi chetida turib olingan natijalarining kunlik o'rtacha qiymatidan foydalanamiz. Chorrahaning transport oqimi eng zich bo'lgan ko'chasi uchun olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan. Bunda qiymatlarning o'rtachasi olingan. N ning qiymati yo'lning o'rganilgan qatnov qismidagi oqim eng tig'iz va zich payt uchun hisobga olindi.
Navoiy ko'chasidagi transport oqimining o'ratacha miqdori (avt/soat)
1-jadval
Vaqt Hafta kunlari^-\ 8.00-9.00 11.00-12.00 16.00-17.00 Kunlik o'rtacha
Dushanba 1936 1996 1286 1739,3
Seshanba 1654 1438 1828 1640,0
Chorshanba 2136 1518 1678 1777,3
Payshanba 1312 1664 1836 1604,0
Juma 1320 1310 2136 1588,7
izo
i - tadqiqot-kuzatuv ishlari 2021 yilning noyabr oyining birinchi haftasida olingan
*
Navoiy ko'chaslning yuklanganligi Z=0,56 ekanllgl aniqlandi. Ma'lumki Z<0,2 transport oqiml erkln, Z=0,2-0,45 transport oqimi qisman bog'langan oqim, Z=0,45-0,7 bog'langan oqim, Z=0,7-1,0 to'yingan oqim yoki zlch oqim deylladl [11,13].
Kuzatuvlar soat 8.00-9.00, 11.00-12.00 va 16.00-17.00 vaqt oralig'ida harakatdagl avtomobillar sonl aniqlandi (1-jadval). Olingan natijalariga ko'ra, dushanba kunl ertalabki soat 8:00 dan bir soat vaqt oralig'ida o'rtacha 1936 tagacha avtomobll, soat 11:00-12:00 oralig'ida 1996 ta, 16:00-17:00 gacha bo'lgan vaqtlarda esa 1286 tagacha avtomobll qatnovl kamaylshl kuzatildi. Qolgan holatlarda ham transport oqiml kunnlng eng tig'iz deb hlsoblangan vaqtlarl uchun o'rganildi. Bunda qarama-qarshl yo'nallshdagl va barcha avtomobillar turini yengll avtomobll deb hlsobga olindi.
Bltta yo'laknlng makslmal o'tkazuvchanligi soatlga 20-40 km tezllk bo'lganda transport oqiml soatlga 1100-1600 avtomobllnl tashkll qiladi. Harakat oqimining oshlshl bilan yo'lning o'tkazuvchanligi sekln kamayadl [13].
Blzga ma'lumki, makslmal o'tkazuvchanllk Pmax ning o'rtacha qlymatl ikkl qatorll yo'llar uchun 2000 ta avt/soatdan oshmasllgl tavslya etllgan. O'rganllgan Navoiy ko'chaslning bir tomondagl yo'l bo'laklarida soatlga 3872 ta avtomobll oqiml qayd etildi. Yo'lning makslmal yuk o'tkazuvchanligi pasayishining asosly sababl qulay shart-sharoitlarga ega yo'l bo'lagl uzunligining yetarll emasligidir [1].
Olingan natljalar (1-jadval) asoslda hosll qilingan grafik (2-rasm) tahlilidan ma'lum bo'ldiki, Navoiy ko'chaslda transport harakatl oqimining yo'lning o'tkazuvchanligiga bo'liqligi o'zgaruvchan ekan. Shu bols chorrahada transport harakatl oqimining tirbandligi yuzaga kelgan.
Bunda haftaning dushanba kun transport oqimining kechga qadar kamayganllgl kamaylshl kuzatildi. Haftaning ikkinchi kunldan boshlab transport oqiml kechga qadar oshdl. Bunda ertalab ishga borlsh va qaytlshda harakatnlng tig'izligi oshganligini Namangan shahrlga atrofdagl hududlardan ishga keluvchilarning ko'p sonll qismini tashkll etlshl bilan izohlash mumkln. Sababl Namangan shahrlda korxona va tashkllotlarda aksarlyatl joylashgan.
t, soat
2-rasm. Navoiy ko'chasidagi transport oqimi
Shunday qilib, Navoiy va Qo'qon ko'chalari kesishgan chorrahada transport harakati oqimi haftaning dushanba kunidan payshanba kunigacha bo'lgan vaqtda oshdi. Juma kuni kechga qadar jadallik oshganligi ishdan uyga qaytish bilan tushunish mumkin. Bunda haftaning ertalab ishga borish va kechda uyga qaytishda harakatning tig'izligi oshganligini Namangan shahri atrofidagi hududlardan ishga qatnaydiganlarning ko'pchilikni tashkil etishida ko'rish mumkin. Chunki, Namangan shahrida korxona va tashkilotlarda aksariyati joylashgan.
Navoiy ko'chasidagi tranport qatnovini maqbullashtirish uchun yo'lning qatnov qismini kengaytirish lozim. Piyodalar uchun yo'lini ko'prik ustidan ko'tarma yo'l qurish orqali o'tkazish tirbandlikni kamaytiradi. Bu yo'lning transport-piyoda xavfsizligini ham ta'minlash imkoniyatini yaratadi.
Adabiyotlar
1. To'xtaboеv M.A., Mеhmonaliеv I.I., Baxriddinov Q.B. Shaharlararo yuk tashish tizimini rivojlantirishning tendensiyalari. Халqаро миqёсдаги илмий-амалий конференция материаллари туплами: Машинасозликда инновациялар, энергиятежамкор технологиялар ва ресурслардан фойдаланиш самарадорлигини ошириш (НамМQИ, 28-29 май). - Наманган, 1-^исм, 2021. - C. 121-124.
2. Normirzayev A.R., Azimjanov Sh.O., Yusupjonov M.O. Establishment of intercity passenger transportation system. 5-1 (84). 2021. 362-364 pg.
3. To'xtaboyev M.A., Tumanbayeva B. Chorrahadagi transport va piyoda harakatlanishini o'rganish. Транспорт ва логистика: Республика транспорт-транзит салоhиятини ривожлантиришда раqамли технологиялар: Республика илмий-техника анжуман материаллари туплами. - Тошкент: 2021. - Б. 1069-1073.
4. Normirzaev A.R., Tukhtabayev M.A., Mamirov U.X. Implementation of innovative ideas in digitization of the transport sector in namangan region / Scientific and technical journal of NamIET / NamMTI ilmiy-texnika jurnali. - Наманган: НамМТИ, 2021. - 6 (3), - Б. 127-132.
5. Tokhtaboyev M.A., Mekhmonaliyev I., Mamasoliyev Kh.O. (2021). Establishment of intercity transportation system. Образование и наука в XXI веке. - Кемерово, 13(3), - С. 770-773.
6. Tukhtabayev M.A., Nuriddinov A.D., Tumanbayeva B.I. Transport and pedestrian traffic at intersection of j.manguberdi and go'zal narrow streets / Scientific and technical journal of NamIET / NamMTI ilmiy-texnika jurnali. - Наманган: НамМТИ, 2021. - 6 (3), - Б. 221-228.
7. Мамиров У., Тухтабаев М., Рахмонов Б. Важность развития проекта велодорожки в Намангане. Естественнонаучный журнал «Точная наука». - Кемерово, 2022. Выпуск 129, - С. 12-17. www.t-nauka.ru
8. Азизов К.Х. Основы безопасности дорожного движения. - Таshкент: Фан, 2009. - 239
б.
9. Bus rapid transit (BRT). https://en.wikipedia.org/wiki/Bus_rapid_transit
10. Солиев Х., Тухтабаев М., Тургунов З., Иномжонов Н. Организация скоростных пассажирских маршрутов. Естественнонаучный журнал «Точная наука». - Кемерово, 2022. Выпуск 129, - С. 9-11. www.t-nauka.ru
11. Azizov Q.X. Yo'llarda xavfsiz harakatlanish asoslari. - T.: TAYI. 2005 y.
12. To'xtaboyev M., Ataxanov X. Xakimov R. Chorrahalardagi tirbandlikni oldini olish. Транспорт ва логистика: Республика транспорт-транзит салоhиятини ривожлантиришда раqамли технологиялар: Республика илмий-техника анжуман материаллари туплами. -Тошкент: 2021. - Б. 1065-1069.
13. Лобанов Е. М. Транспортная планировка городов. - Москва: Транспорт, 1990. - 240
с.
14. Тухтабаев М.А., Тургунов И.Б. Пробки на пересечении улиц Навои и Коканд. Естественнонаучный журнал «Точная наука». - Кемерово, 2022. Выпуск 129, - С. 5-8. nauka.ru