Научная статья на тему 'Jizzax shahrida avtobus va mikroavtobuslar bilan bog’liq yo’l-transport hodisalarining tahlili'

Jizzax shahrida avtobus va mikroavtobuslar bilan bog’liq yo’l-transport hodisalarining tahlili Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
64
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil yo’llari / yo’l-transport hodisalari / avtobuslar va mikroavtobuslar / transport turi / tezlik / harakat miqdori / harakat qulayligi / transport oqimi. / автомобильные дороги / дорожно-транспортные происшествия / автобусы и микроавтобусы / вид транспорта / скорость / интенсивность движения / интенсивность движения / транспортный поток.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Mamayeva Leniе Mansurovna, Normurodova Dildora G’Ulom Qizi

Ushbu maqolada avtobus va mikroavtobuslar bilan bogliq yo’l-transport hodisalarning kelib chiqish sabablari, statistik tahlillari olib borilgan hamda chet davlatlarda YTH larni kamaytirish yo’llari to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari maqolada Jizzax shahar magistral ko’chalarida avtobuslar va mikroavtobuslar ishtirokida sodir etilgan YTHlarining yillar bo’yicha o’zgarishi tahlillari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Анализ дорожно-транспортных происшествий с участием автобусов и микроавтобусов в городе Джизаке

В данной статье проведены причины возникновения дорожно-транспортных происшествий, связанных с автобусами и микроавтобусами, статистические анализы, представлена информация зарубежных стран о путях снижения аварийности. Кроме того, в статье представлен анализ изменения количества ДТП с участием автобусов и микроавтобусов на центральных улицах города Джизак по годам.

Текст научной работы на тему «Jizzax shahrida avtobus va mikroavtobuslar bilan bog’liq yo’l-transport hodisalarining tahlili»

UDC. 656.13.01

JIZZAX SHAHRIDA AVTOBUS VA MIKROAVTOBUSLAR BILAN BOG'LIQ YO'L-

TRANSPORT HODISALARINING TAHLILI

Mamayeva Lenie Mansurovna JizPI, katta o'qituvchi, lenie m1983@mail.ru, +998973251746

Normurodova Dildora G'ulom qizi JizPI, magistr, Dildora_G'ulomovna@mail.ru, +998883297373

Аnnоtasiya. Ushbu maqolada avtobus va mikroavtobuslar bilan bogliq yo'l-transport hodisalarning kelib chiqish sabablari, statistik tahlillari olib borilgan hamda chet davlatlarda YTH larni kamaytirish yo'llari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari maqolada Jizzax shahar magistral ko'chalarida avtobuslar va mikroavtobuslar ishtirokida sodir etilgan YTHlarining yillar bo'yicha o'zgarishi tahlillari keltirilgan.

Аннотация. В данной статье проведены причины возникновения дорожно-транспортных происшествий, связанных с автобусами и микроавтобусами, статистические анализы, представлена информация зарубежных стран о путях снижения аварийности. Кроме того, в статье представлен анализ изменения количества ДТП с участием автобусов и микроавтобусов на центральных улицах города Джизак по годам.

Abstract. This article contains the causes of traffic accidents associated with buses and minibuses, statistical analyzes, provides information from foreign countries on ways to reduce accidents. In addition, the article presents an analysis of changes in the number of accidents involving buses and minibuses on the central streets of the city of Jizzakh over the years.

Tayanch suzlar: avtomobil yo'llari, yo'l-transport hodisalari, avtobuslar va mikroavtobuslar, transport turi, tezlik, harakat miqdori, harakat qulayligi, transport oqimi.

Ключевые слова: автомобильные дороги, дорожно-транспортные происшествия, автобусы и микроавтобусы, вид транспорта, скорость, интенсивность движения, интенсивность движения, транспортный поток.

Key words: roads, traffic accidents, buses and minibuses, mode of transport, speed, traffic intensity, traffic intensity, traffic flow.

Butun dunyoda avtomobillashtirish jarayonining o'sib borishi bilan YTHning o'sishi kuzatilmoqda. Biroq bularning barchasi to'g'ridan-to'g'ri qoidabuzarlik bilan bog'liq bo'lgan [2]. Chet el davlatlarida YTHlarining absolyut qiymatini kamaytirishga erishilmoqda. Bunda o'zlarining umumiy transport tizimiga, avtomobillar va ularning xavfsiz harakatini tashkil etishga, yo'l tarmog'ini takomillashtirishga bo'lgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda [3].

Avtomobil yo'llarida, shahar ko'cha va maydonlarida transport vositalarining normal harakat rejimining buzilishi oqibatida insonlar halok bo'lishi, tan jarohati olishiga, shuningdek, transport vositalariga va undagi yuklarning zarar ko'rishiga, yo'ldagi sun'iy inshootlarning zararlanishiga yoki boshqa turdagi moddiy zararlar etkazishiga sabab bo'luvchi halokatlarga yo'l - transport hodisasi deyiladi [1].

O'zbekiston Respublikasi hududida yo'l-transport hodisalarining hisobga olish ishlari Yo'l harakat xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlari tomonidan olib boriladi [4]. Ayrim vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar va uyushmalar o'z tashkilotlariga tegishli avtotransport yoki yo'llarda sodir etilgan yo'l-transport hodisalarini alohida hisob qilib boradilar, bunda ular birlamchi axborotlarni YHXB bo'linmalaridan oladilar. Masalan, Jizzax viloyat transport

boshqarmasining 2017-2020 yillarda avtokorxona haydovchilari ishtirokida sodir etilgan уо'1-

transport hodisalari haqida olingan ma'lumotnoma quyidagi 1-jadvalda qayd etilgan: __

^Ьг Jizzax shahrida sodir etilgan YTHlari

Avtobuslar va mikroavtobuslar ishtirokida Haydovchi aybi bilan

YTH soni bo'lgan lar Jarohat olganlar YTH soni Ьо'^ап lar Jarohat olganlar

2017 3 - 3 3 - 3

2018 2 - 2 2 - 2

2019 5 - 5 4 - 5

2020 3 - 2 3 - 2

2020 yil Avtobuslar va mikroavtobuslar ishtirokida 3 ta yo'l-transport hodisalari sodir etilgan bo'lib, halok Ьо'^аЫаг yo'q, jarohatlanganlar soni 2 tani tashkil etgan. Buni o'tgan 2019 уП sodir etilgan yo'l-transport hodisalariga solishtirsak, o'tgan yillar davomida yo'l-transport hodisasi 2 ta ga kamaygan, halok bo'lganlar yo'q, jarohatlanganlar soni 2 ga kamaygan. Eng asosiysi esa, yo'llarda haydovchi aybi Ы1ап sodir etilgan yo'l-transport hodisalari natijasida ко'р1аЬ ос1ат1агшгщ ]аЬг ко'пвЫап уа ЬаусИ:с1ап ко'г уинивЫт 1<ига1Лтос]ёа.

14

12

,12 Я 11

I I

и II и ■

2017 2018 2019 2020

уШаг

1-га8ш. Лигах shahrida ау^Ьш1аг ishtirokida sodir еИ^ап YTHlarning уШаг bo'yicha o'zgarish gistogrammasi.

Yo'l-transport hodisalarining oldini olish uchun ko'rilayotgan qator tadbirlarga qaramasdan и1ат^ miqdorlarini kamaytirishga erishib bo'lmayapti. Yo'l harakatini tashkil etishdagi "AvtomoЫl-HaydovcЫ-Yo'l-Piyoda-MuЫt" tizimida harakat xavfsizligini ta'minlashning asosiy garovi - Ьи haydovchining уо'1 harakati qoidalariga mos ravishda harakat tartibini ta'minlashidan iboratdir. Ко'р vaqt mobaynida avtomobilni boshqarish natijasida haydovchining diqqati va reaksiya vaqti oshishi mumkin. Bu esa harakat xavfsizligi nuqtai nazaridan juda xavfli hisoblanadi. Bunday vaziyatning oldini olish maqsadida haydovchining ish

■ УТН бош

■ Ха1ок Ьо'1§ап1аг

■ ДагоЬаНагщапДаг

vaqti tartibga solinadi.

Biz yo'l-transport hodisalarini yanada kamaytirish va oldini olishda haydovchi va uning harakat xafvsizligini ta'minlashdagi o'rniga alohida e'tibor berishimiz maqsadga muvofiqdir.

2-rasm. 2018 yilda Jizzax shaxrida sodir etilgan YTHni turlari bo'yicha tahliliy

gistogrammasi.

Transport turlari bo'yicha YTHlarining nisbiyligi bir xil emas. Agar yo'qotishlarning nisbiylik koeffitsienti -1 bo'lsa, Moskva uchun bu ko'rsatkich -2, Minsk uchun-3 keltiriladi. Shu bilan birga, avtosaroylarda harakatlanuvchi tarkibga nisbatan yengil avtomobillar va avtobuslarda sarf-harajatlar nisbatan yuqori ekanligi ta'kidlanadi. Shaharlarda transport turlari bo'yicha YTHlarining nisbiylik miqdori bir xil emas, u quyidagicha hisoblanadi: har bir shaharlarda transport turlari bo'yicha YHXB tomonidan berilgan oxirgi 5 yillik YTHlari tahlil qilinadi. Ushbu ko'rsatkichning barqarorligi o'zaro ta'sirlashuvchi ikki omilga bog'liq. Birinchi tomondan, YTHlarini kamaytirishda transport tizimini mustahkamlash, ikkinchidan bu jarayonda harakat jadalligini oshirish.

YTHning oxirgi 5 yillik nisbiy miqdori har xil yo'lovchi transportlari bo'yicha quyidagi formula orqali hisoblanadi:

AZi= Zsi / 5-APi (1)

bu yerda AZi - YTHning oxirgi 5 yillik nisbiy miqdori;

Zsi - i-turdagi transport turlari bo'yicha 5 yillik YTH;

Api- i-turdagi transport turlari bo'yicha yillik, YTH-km.

Alohida transport turi bo'yicha zarar ko'rilishning oxirgi 5 yillik nisbiylik miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi (bitta YTHda):

APi= Psi / Zsi ; APi= Psi / Zsi (2)

bu yerda: APi - alohida transport turi bo'yicha oxirgi 5 yillik nisbiylik miqdori; Psi, Psi - i-turdagi transport turlari bo'yicha oxirgi 5 yillik jarohatlanganlar va halok bo'lganlar soni.

Agar statistik ma'lumotlar yo'q bo'lsa, zarar ko'rilishni hisoblashda quyidagi 2-jadvaldagi ma'lumotlardan foydalaniladi.

Shahar transport turlari bo'yicha YTHning zarar ko'rilishlar nisbiylik miqdori.

Ko'rsatkich S îahar transporti turi

Yengil avtomobil Yuk avto-mobili Mototsikl Avtobus Tramvay Trolleybus

Bitta YTHdan halok bo'lganlar soni 0,07 0,1 0,1 0,12 0,14 0,08

Bitta YTHdan jarohatlanganlar soni 1 0,8 1,1 1,14 1,18 1

Jizzax shahar magistral ko'chalarida oxirgi 9 yilda sodir etilgan YTHlarining yillar bo'yicha o'zgarishi tahlil qilindi.

3-jadval

Jizzax shahar magistral ko'chalarida sodir etilganYTHlarning yillar bo'yicha o'zgarish

ko'rsatkichlari

Yillar Jizzax shahrida sodir etilgan YTHlar

Jami Haye ovchi aybi bilan

YTH Halok. Jarohat YTH Halok. Jarohat

2012 48 4 50 34 8 29

2013 56 4 51 37 5 32

2014 60 8 57 48 3 40

2015 34 6 29 30 5 26

2016 30 2 28 28 2 26

2017 95 11 87 84 10 76

2018 74 13 69 67 9 66

2019 74 5 76 61 5 63

2020 (9 oyda) 23 3 19 - - -

Jizzax shahar Mustaqillik ko'chasida 2019 yillarda sodir etilgan yo'l-transport hodisalari Jizzax shahar IIB YHXB ma'lumotlariga asosan o'rganib chiqildi va tahlil qilindi. Jizzax shahar Mustaqillik kochasida 2019 yillarda jami 15 ta YTH sodir etilgan. Ularning natijasida 16 kishi jarohat olgan halok bolganlar yo'q.

3-rasm. YTHlarni turlari bo'yicha taqsimlanish siklogrammasi.

Bugungi kunda Jizzax shahrida aholi sonining ortishi natijasida transport vositalarining miqdori ortishi ya'ni avtomobillashtirish darajasining o'sishi kuzatilmoqda. Bu esa shahrimiz ko'chalaridagi transport vositalarining harakatlanishini qiyinlashtirib turli YTHlarining ko'payishiga olib kelmoqda. Albatta bu yo'l-transport hodisalarining ortishiga turli omillar o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Masalan: harakat miqdorining ortishi; transport vositalarining to'xtab turish joylari to'g'ri tashkil qilinmaganligi; piyodalarning yo'llarda tartibsiz harakatlanishi; yo'l sharoitining talabga javob bermasligi va h.k., jumladan, shahrimizdagi Jizzax shahar Mustaqillik ko'chasida yo'l-transport hodisalarining oylar bo'yicha taqsimlanishini kuzatadigan bo'lsak asosiy sodir bo'lgan YTH lar kuz mavsumiga to'g'ri kelganligini ko'rishimiz mumkun.

5 I 4 - 3 1 2 4ft х 1 £ 0

К

/ \

/ \

yanva г fevral mart aprel may iyun iyul avgust sentya br oktya br noyab r dekab r

-♦-Ряд! 2 1 0 1 1 1 2 1 0 5 1 0

4-rasm. YTHlarni oylar bo'yicha taqsimlanish grafigi.

Jizzax shahar Mustaqillik ko'chasida sodir etilayotgan YTHlari natijasida ko'plab odamlar turli xildagi tan jarohatlari olmoqdalar va halok bo'lmoqdalar. Yo'l-transport hodisalarining oldini olish uchun ko'rilayotgan qator tadbirlarga qaramasdan, ularning miqdori kamayishiga erishib bo'lmayapti. Bu esa, yo'l harakati xavfsizligini oshirish va YTHlarining oldini olish muammolariga o'ta jiddiy yondoshish zarur ekanligini mutaxassislar oldiga vazifa qilib qo'ymoqda. Harakat xavfsizligini oshirish va YTHlarining oldini olish uchun unga ilmiy yondoshish, uning barcha serqirra jarayonlarini tahlil etish zarur.

Yuqoridagi tahlillardan ko'rinadiki, Jizzax shahar Mustaqillik ko'chasida YTHlarining yildan-yilga o'sib borayotganligi, buning oqibatida insonlarning halok bo'lishi va tan jarohatlari ham oshayotganligi kuzatilmoqda. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, Jizzax shahar Mustaqillik kochasida harakat xavfsizligini oshirish va YTHlarining oldin olish va ularni kamaytirish borasida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak ekan.

Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, bir qator respublikalar yo'llarida YTHlarining 30% piyodalarni urib ketishga to'g'ri keladi.

Hodisalarning ko'pchilik soni avtobus bekatlariga, avtomobil yo'llariga, piyodalar ko'p to'planadigan joylarga tegishli. Avtobus bekatlarining atrofi uzunligi 200 metrga etib, yo'lning umumiy uzunligi 5,8% dan 14,6% gacha tashkil qiladi. Shu bilan birga qisqa yo'l ichida avtomobillar va piyodalar o'rtasidagi to'qnashuvlar soni ko'proq va unda 20% dan 42,9% gacha piyodalarni urib ketish uchraydi.

Oxirgi vaqtlarda mamlakatimizda va chet elda yo'l harakati xavfsizligini aniqlashda, xavfli nuqtalarni va YTHlarining oldini olishda ko'chalarning kesishish joylarida to'qnashuv uslubi joriy etildi [6]. Professor V.Sheshtokas ushbu uslubni shahardan tashqarida avtomobil yo'llaridagi xavfsizlik darajasini baholashda qo'lladi [7].

Kuzatishlar avtomobil yo'llarida 9 ta asosiy to'qnashuvlar turini ko'rsatadi. Ushbu ishda avtobus bekati joylarida sodir etiladigan to'qnashuvlar ko'rilgan.

To'qnashuv og'irligi baholanganda 1 dan 5 ballgacha o'lchanadi:

1-kam sezilarli to'qnashuv. Yo'lovchilar tomonidan yo'l harakati qoidalarining buzilishi, tez yurish. Avtomobilning to'xtashi 2-3 m/s;

2-sezilarli to'qnashuv. Avtomobilning to'xtashi 3-4,2 m/s, avtomobil harakatidagi o'zgarishlar;

3-jiddiy to'qnashuv. Yo'lovchining sekin yugurishi. Avtomobilning to'xtashi 4,2-5,4 m/s, egallagan yo'lakdan chiqishi;

4-xavfli to'qnashuv. Yo'lovchining tez yugurishi. Avtomobilning to'xtashi 5,4-6,5 m/s, egallagan qatoridan umuman chiqib ketishi;

5-ushbu hodisa YTHga olib keladi. Yo'lovchi va haydovchi favqulotda chora ko'radilar, ya'ni yo'lovchi tez yuguradi, o'z harakati yo'nalishini o'zgartiradi, avtomobil to'xtashi 6,5 m/s ga etib, qarama-qarshi qatorga chiqib ketadi, yo'ldan chiqib ketadi.

Avtomobillar o'rtasidagi to'qnashuvning ikki turini ajratish mumkin:

1. Avtomobil yo'lida turuvchi yoki ketayotgan yo'lovchi bilan avtomobilning to'qnashuvi.

2. Yo'ldan kesib o'tayotgan yo'lovchi bilan avtomobilning to'qnashuvi.

Odatda ikkinchi turdagi harakatni tahlil qilinadi, biroq birinchi turdagi to'qnashuv ham jiddiy hisoblanadi.

Prof. V.F.Babkov ta'kidlashicha, yo'lovchini urib ketish hodisasining 35,5% yo'lda turmagan yo'lovchiga to'g'ri keladi [5].

Avtomobil yo'llari xavfsizligini baholashda to'qnashuvlar sodir etilishi hisob-kitobi va YTH o'ziga xos yana bir turi bu aloqadir. Aloqa deb-shunday hodisalarga aytiladiki, yo'lovchi avtomobil yo'lidagi ko'ndalang yo'lda turib yoki avtomobilga 100 metr yaqinlikda turganda sodir bo'ladi. Bunda yo'lovchi va avtomobilga tavsifnoma o'zgarmay qoladi va bu hodisani to'qnashuv deb bo'lmaydi.

ADABIYOTLAR

1. Datsyuk A.M., Shershunovich A.S. Vnedrenie sistemi prioritetnogo proezda obhestvennogo transporta v Sankt-Peterburge // Organizatsiya i bezopasnost dorojnogo dvijeniya v krupnix gorodax. Sbornik dokladov Sedmoy mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferentsii. Spb., 2006. 570 s, 155-160 s.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Milazzo II, Joseph S., Nagui M. Rouphail, Joseph E. Hummer and D. Patrik Allen. Quality of Servise for Interrupted Pedestrian Facilities in the 2000 Highway Capacity Manual. TRB Paper No. 99-0131. Transportation Research Board, National Research Council, Washington, D.C.,1998 u.- 412-415 rr.

3. Q.X.Azizov. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. - T.: "Fan va texnologiya", 2009. - 244 bet.

4. Abduraxmanov R.A., Azizov S.Z. Shahar yo'lovchi transportlarining imtiyozli harakatlanishini tadqiq qilish (Jizzax shahri misolida) // TAYI "O'zbekiston avtomobil-yo'l kompleksining dolzarb vazifalari" Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami II-qism. Jizzax-2008, 165-166 bet.

5. http//:conf/bstu/ru/conf/docs/0045/Moskva. 2008 g.

6. http://en.wikipedia.2010, entsiklopediya.

7. Azizov Q.X., Xonazarov Z.I. Aralash avtomobil - harakatlanadigan yo'llarda sodir etilgan yo'l-transport hodisalari to'g'risida. JizPI. "Aktualnie problemi sovremennoy texniki i texnologiy" Respublikanskaya nauchno-texnicheskaya konferentsiya. 16-17 maya 2008 g. 65-68

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.