Научная статья на тему 'NAMANGAN SHAHRINING ISTIQBOLDAGI VELOYO‘LAK TIZIMINI TASHKIL ETISH'

NAMANGAN SHAHRINING ISTIQBOLDAGI VELOYO‘LAK TIZIMINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
37
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
velosiped / velosiped yo‘lakchasi / jamoat transporti / harakatchanlik / yo‘l bo‘lagi / qatnov qismi kengligi. / bicycle / bicycle lane / public transport / mobility / road section / roadway width.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Mirzoxid To‘xtaboyev Akhmadjanovich, Abdullayev Ikromjon Mamatvaliyech

Maqolada Namangan shahrining istiqboldagi loyihasini ishlab chiqishda lozim bo‘ladigan talablar va jahondagi velosiped yo‘laklarini rivojlanishi ko‘rib chiqilgan. Namangan shahrining infratuzilmasida veloyo‘laklar loyihasi ishlab chiqish va bu yo‘laklarni tashkil etish transport va piyodalar oqimining xavfsiz harakatini tashkil etishga olib keladi. Jumladan, harakatlanuvchi avtomobil transportining ulushi qisqarib uning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish evaziga shahar aholisining sog‘ligini yaxshilash imkoni yaratiladi. Jamoat transportiga muqobil transport vositasi sifatida va tirbandliklarni kamaytirishga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CREATION OF A FUTURE BICYCLE LANE SYSTEM OF NAMANGAN CITY

In the article, the requirements for the development of the future project of the city of Namangan and the development of bicycle lanes in the world are considered. The development of the project of bicycle lanes in the infrastructure of the city of Namangan and the organization of these lanes will lead to the organization of the safe movement of traffic and pedestrians. In particular, it will be possible to improve the health of city residents by reducing the share of motor vehicles and reducing their negative impact on the environment. As an alternative means of transport to public transport and to reduce traffic congestion.

Текст научной работы на тему «NAMANGAN SHAHRINING ISTIQBOLDAGI VELOYO‘LAK TIZIMINI TASHKIL ETISH»

УДК 656.183; 625.885

NAMANGAN SHAHRINING ISTIQBOLDAGI VELOYO'LAK TIZIMINI TASHKIL

ETISH

Mirzoxid To'xtaboyev Akhmadjanovich

NamMQI, dotsenti

Abdullayev Ikromjon Mamatvaliyech Uychi tumani 2-kasb-hunar maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Annotatsiya. Maqolada Namangan shahrining istiqboldagi loyihasini ishlab chiqishda lozim bo'ladigan talablar va jahondagi velosiped yo'laklarini rivojlanishi ko'rib chiqilgan. Namangan shahrining infratuzilmasida veloyo'laklar loyihasi ishlab chiqish va bu yo'laklarni tashkil etish transport va piyodalar oqimining xavfsiz harakatini tashkil etishga olib keladi. Jumladan, harakatlanuvchi avtomobil transportining ulushi qisqarib uning atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish evaziga shahar aholisining sog'ligini yaxshilash imkoni yaratiladi. Jamoat transportiga muqobil transport vositasi sifatida va tirbandliklarni kamaytirishga olib keladi.

Аннотация. В статье рассмотрены требования к развитию будущего проекта города Намангана и развитию велодорожек в мире. Разработка проекта велодорожек в инфраструктуре города Намангана и организация этих полос приведет к организации безопасного движения транспорта и пешеходов. В частности, улучшить здоровье жителей города можно будет за счет сокращения доли автотранспорта и снижения его негативного воздействия на окружающую среду. В качестве альтернативы общественному транспорту и для уменьшения заторов на дорогах.

Abstract. In the article, the requirements for the development of the future project of the city of Namangan and the development of bicycle lanes in the world are considered. The development of the project of bicycle lanes in the infrastructure of the city of Namangan and the organization of these lanes will lead to the organization of the safe movement of traffic and pedestrians. In particular, it will be possible to improve the health of city residents by reducing the share of motor vehicles and reducing their negative impact on the environment. As an alternative means of transport to public transport and to reduce traffic congestion.

Kalit so'zlar: velosiped, velosiped yo'lakchasi, jamoat transporti, harakatchanlik, yo'l bo'lagi, qatnov qismi kengligi.

Ключевые слова: велосипед, велодорожка, общественный транспорт, мобильность, участок дороги, ширина проезжей части.

Key words: bicycle, bicycle lane, public transport, mobility, road section, roadway

width.

Keyingi yillarda xorijiy davlatlarda velosiped transportiga, ayniqsa shaharlarda juda ham jadallik bilan e'tibor qaratildi. Hozirda undan foydalanishga bo'lgan e'tibor ortib u o'zining eng innovatsion rivojlanish darajasini ortishi kuzatilmoqda. Bunga sabab transport va ekologik muammolarga qarshi kurashish hamda insonlar salomatligini yaxshilashga, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-sotsial madaniyatini oshishi bo'ldi [1-4].

Bundan tashqari velosiped avtomobil transportiga qaraganda qulaylik va havfsizlik nuqtai-nazaridan ustunlikka ega emas. Bu holat harakatchanlikni maqsadli boshqarishni talab qiladi, chunki faqat ratsionallik va iqtisodiy samaradorlikni hisobga olgan holda avtomobildan velosipedga o'tishning maqsadga muvofiqligini isbotlash mumkin emas. Bu yerda biz hayot sifatini, sog'liqni yaxshilash, madaniy qadriyatlarni o'zlashtirish, "tabiat bilan muloqot qilish" va

boshqalar bilan bog'liq ijtimoiy va axloqiy tamoyillarga asoslangan dalillarga zarurat tug'iladi [5,6].

Shahar transport tizimida velotransportning harakatlanish masofasi (5-10 km gacha) va tezligi (20-30 km/soatga) bo'yicha o'zining o'rniga ega. Shu bois, velosiped bir vaqtning o'zida mustaqil transport turi sifatida va yo'lovchilar yoki yuklarni multimodal tashishning ajralmas qismi sifatida qaraladi [7-11].

Ma'lumki, velosiped transporti tushunchasiga yo'lovchi va yuk velosipedlari, velomobillar, skuterlar, elektr motorlari bilan jihozlanishi mumkin bo'lgan harakatchanligi cheklangan odamlar uchun aravachalar, shuningdek, Segways, elektr unic ycles va

ularning analoglari kiradi. Ushbu transport vositalarining barchasi sertifikatlangan bo'lishi va uyushgan velosiped haydashiga ruxsat berilishi kerak.

Hozirgi kunda ko'plab mamlakatlarida odamlar ko'proq shaxsiy transport vositalariga e'tibor bermoqdalar. Aksariyat odamlar esa oddiy va arzonroq bo'lgan harakat vositalarini ma'qul ko'rishadi: jamoat transporti, karshering, taksi. Shu bilan birga shaharlarda velosiped infrastrukturasi ham faol rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, velosiped va samokatlar kunlik harakatlanishning qulay vositalari bo'lib bormoqda. Katta shaharlarda velosipeddan foydalanishda uni ijaraga berish kelayotgan mehmon va turistlarni o'ziga jalb etib kam xarajat qilib shahar bilan tanishish imkonini berishi mumkin [12,13].

Shaharlarda velosiped haydashning aholi uchun yanada jozibador bo'lishi va keng tarqalgan transport turi bo'lishi uchun u boshqa transport turlariga nisbatan xavfsizroq, qulayroq, ishonchli va ekologik jihatdan afzalroq bo'lishi kerak. Buning uchun esa shaharning infratuzilmasini arxitektura-rejalashtirish, muhandislik-texnik, transport va texnik jihozlarni, velosiped transport vositalarini (VTS) takomillashtirish, axborot-kommunikatsiyaning jadal rivojlanishi sharoitiga harakatni tashkil etish, transport texnologiyalari, elektromobillashtirish va avtotransport vositalarining xavfsizligini ta'minlash texnologiyalari (TS)ni tatbiq etishga muvofiq holda bo'lishiga erishish lozim [14,15,16].

Bunday chora-tadbirlarni ilmiy asoslash, ularning har birining samaradorligini baholash, shuningdek, bir vaqtning o'zida amalga oshirilgan chora-tadbirlar majmuasining turli darajadagi murakkablikdagi shahar transport tizimlarining samaradorligiga ta'sirini kompleks baholash, rivojlantirish bugungi kundagi hal etish zarur bo'lgan dolzarb ilmiy muammolardan biridir [1,2,5].

Xorij tajribasini tahlil qilish asosida velosiped harakatlanishi rivojlanishiga ta'sir qiluvchi to'rtta asosiy omilni ajratib ko'rsatish mumkin [2,3,5]:

- transportning diqqatga sazovor joylardan uzoqligi (ixcham va qulay shahar muhitini rejalashtirish);

- avtomashinaga egalik qilish va undan foydalanish shartlari (avtomobil egasi undan noto'g'ri foydalanganligi uchun tabiat va jamiyatga yetkazgan zararni qanchalik ko'p to'lasa, uning transport harakati shunchalik oqilona bo'ladi);

- velosiped infratuzilmasini rivojlantirish (VIT) va yo'l harakatini tashkil etishda velosipedchilarning manfaatlarini hisobga olish (velosipeddan foydalanuvchilarga ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan xavfsiz va qulay VIT velosipedda harakatlanishni rivojlantirish uchun kuchli rag'batdir);

- velosipedda yurish madaniyati darajasi, ya'ni jamiyatning velosiped haydashning ekologik, iqtisodiy va sog'liq uchun foydalari to'g'risidagi tushunchasi.

Velosipedda harakatlanishning rivojlanishida ushbu omillarning birgalikdagi ta'siri 90 foizdan oshadi. Boshqa barcha omillar, masalan, tarixiy odatlar, joyning relyefi, iqlimi, yog'ingarchilik miqdori va boshqalar 10 foiz ta'sir qiladi. Bunda ishda xorijiy va mahalliy tajribani tahlil qilib velosiped transporti tizimiga qo'yiladigan talab lar (VTI va VTS obyektlari)

shakllantirildi, velosiped transporti tizimlari, texnologiyalari va dizaynlarini takomillashtirish chora-tadbirlari, ularning samaradorligini baholash usullari va natijalari ko'rib chiqildi [4,5].

Ko'plab rivojlangan shaharlar markazlariga avtomobillar kirish ta'qiqlanib faqatgina jamoat transportida yurish yo'lga qo'yilgan. Ayniqsa, velotransportdan foydalanish darajasi yuqori. Katta megapolislarda velosipedning shahar transportidagi o'rni va ahamiyati turli shaharlarda ularning velotransport infrastrukturasini va shahar madaniyatini rivojlanishiga qarab o'zgarib turadi [4,10,11].

Velosipeddan foydalanishdan maqsad shahardagi tiqilinch va tirbandlikka qarshi kurash, shahar ekologiyasi holatini yaxshilash, jismoniy chiniqish evaziga aholi sog'ligini yaxshilash. Ayrim shaharlarda velosipeddan faqatgina dam olish va sayr qilish uchun foydalaniladi. Boshqa shaharlarda esa jismoniy faollikni oshirish maqsadida velosipedda harakatlanishdan boshlab asta-sekin ishga borish va ish yuzasidan ko'chishlarga qaratilgan rivojlanishga yo'naltirilgan [2,4,12,13,14]. Respublikamizning aholisi jadal sur'atlarda ortmoqda, shunga mutanosib ravishda shahar yo'llari ham kengayib, veloyo'laklarni qurish shahardagi tirbandlikni kamaytirishning samarali usullaridan biri bo'lib qolmoqda [1,2,15].

Namanganda ham velosiped yo'laklarini qurish va undan foydalanish extiyoj ortmoqda. Boisi hozirgi kunda shahar transport tizimining harakat vositalarini yengil turdagi avtomobil transporti tashkil etadi. Ma'lumotlarga ko'ra [1,2], 2018 yilda veloyo'laklar 16,7 km tashkil etgan bo'lib, 2022-2026 yillarga 78,7 km yangi yo'laklarni qurish rejalashtirilgan.

Yirik shahar va megapolislarda velosiped mustaqil transport vositasi sifatida muntazam sayohat qilish uchun shaxsiy transport vositasiga muqobil qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan foydali harakatlanish vositasi hisoblanadi. 1-rasmdan ko'rish mumkinki, jamoat transporti va velosipedning kombinatsiyasi avtomobil yo'llarida kamroq yer talab qiladi. Boshqa turdagi transport vositalari bilan ham birgalikdagi foydalanish tahlilini ko'radigan bo'lsak faqat bir turdagi transportai o'zidan foydalanishdagiga qaraganda shahar infratuzilmasida avtomobil yo'lining kamroq qismini tashkil qilishini anglash mumkin.

1-rasm. Haftada kamida bir marta kundalik harakatlanishlar uchun transport turlarini birlashtirish (Drezdendagi "SrV" yo'l harakati kuzatuviga ko'ra, 2013

y.[5])

Velosipeddan foydalanishning xususiyatlari velosipedda harakatlanishning rivojlanish darajasiga (velosiped haydash madaniyati) bog'liq va u turli mamlakatlarda umumiy qatnashlar sonidagi ulushi quyidagi 2-rasmda ko'rsatilgan.

L

KYPH^Hffl

2-rasm. Velosiped harakatlarining turli mamlakatlardagi harakatlarining umumiy

miqdoridagi ulushi

Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, velosipeddan ko'pincha 5-7 km gacha bo'lgan masofalarga harakatlanishda foydalaniladi (3-rasm), lekin uzoq masofaga (100 km gacha) velosipedda harakatlanishlar ham kuzatiladi [5].

=-

25

= 20 3

cx

.5 15 £

I 10

m

i i - 1 I

i i i S i ü

i I 1 i i p 1

m 1 ¡ 1 1 i 0 1

— rj

Veloyo'lakning uzunligi, km

3-rasm. Belgiyada velosipedda harakatlanishlarning uzunligi bo'yicha taqsimlanishi

Velosiped ko'chishlarining 80 foizdan ortig'i 5 km dan kam masofada amalga oshiriladi. Germaniyada avtomobil ko'chishlarining qariyb 30 foizi 15 km dan ortiq bo'lmagan masofada amalga oshiriladi. Bu elektr velosipedda oddiy velosiped foydalanuvchisining imkoniyatlariga to'g'ri keladi va boshqa transport turlari bilan intermodal kombinatsiyalashganda hatto velosiped yordamida uzoqroq masofalarni bosib o'tish mumkin [2, 5].

Velosiped harakatini tashkil etishning tizimlari. Velosiped harakatini rivojlantirishning muhim sharti - bu faoliyatni mulk turi bo'yicha tashkil etish usullari. Velosipedda harakatlanish individual yoki birgalikda (jamoa) foydalanilsa, ularning ulushi doimiy ravishda ortib boradi.

Veloshering (inglizcha sharing - kimdir bilan resursni almashish) - unifikatsiyalashgan velosipedlar parkidan va ixtisoslashtirilgan velosiped to'xtash joylari tarmog'idan jamoaviy foydalanishni ta'minlash xizmatlari kiradi. Ya'ni, velosipeddan katta shaharla rda istalgan shaxs maxsus velosiped to'xtash joylariga qo'yib ketilgan velosipedlardan belgilangan talablar asosida foydalanish imkoniga ega. Foydalanib bo'lgandan so'ng maxsus joylarga tashlab ketish lozim bo'ladi.

Tajribalarning ko'rsatishicha, velosipedlardan foydalanish tizimlari aholi orasida hali yuqori darajada bo'lmagan shaharlarda eng samarali hisoblanadi. Bu juda muhim xulosa bo'lib, mamlakatimiz shaharlarida ham velosipedni rivojlantirish uchun eng istiqbolli strategiya sifatida ko'rib chiqish lozimligini ko'rsatadi. Veloshering tizimiga kirish shakllari turlicha bo'lib u tizim hajmiga, mavjud investitsiyalarga va foydalaniladigan texnologiyaga bog'liq. Hozirda

^yPHHHffl

yevropadagi ko'pgina sxemalarga ko'ra, bu tizim ruxsat kartalari yordamida ishlaydi (4-rasm).

4-rasm. Yevropadagi veloshering tizimiga o'tish shakli

Velosipedlardan foydalanish tizimlari nafaqat jamoat transportlariga moslashuvchan to'ldiruvchi, balki unga muqobil hamdir: veloshering taqsimlash tarmoqlari jamoat transporti yetarli darajada mavjud bo'lmagan yoki gavjum bo'lgan hududlarda amalda foydalanilishi mumkin. Jamoat transporti tizimlariga integratsiyalangan veloshering tizimlari butun transport tizimini qulayroq qiladi va shuning bilan birga foydalanuvchilar uchun yanada jozibador bo 'ladi.

Amalda harakatlanuvchi velosipedchi yengil avtomobilga qaraganda 7-10 marta kam shahar hududini egallaydi. Saqlash uchun qo'yilganda velosiped avtomobilga qaraganda 8,50 marta kamroq joy talab qiladi. Velosiped va avtomobil oqimlarining tezligi solishtirish mumkin bo'lgan shaharlarda velosiped yo'laklari shaxsiy transport vositalariga qaraganda 7-12 baravar ko'proq yo'lovchilar oqimini ta'minlay oladi. Velosiped transporti shaxsiy avtomobillarga nisbatan hududdan foydalanishda sezilarli darajada samaraliroq [2,5].

Avtomobilda emas velosipedda harakatlanib taxminan 7 km yurgandan atmosferaga taxminan 1 kg CO2, 1,5 g NOx va 70 mg zarrachalar tarqalishining oldini olish mumkin ekan. Velosiped harakatini tashkil etish ham harakat shovqinini kamaytirishga yordam beradi. Velosiped transporti shaxsiy avtomobillarga nisbatan atrof-muhitga sezilarli darajada kamroq salbiy ta'sir ko'rsatadi (1-jadval) [8].

1-jadval

Ayrim transport turlarini atrof-muhitga salbiy ta'sjri bo'yicha taqqoslash_

Ko'rsatkich EURO-0 avtomobili, % EURO-3 avtomobili,% EVRO-3 avtobus, % velosiped, % Samolyot, % Poyezd, %

Hududni egallab olish 100 100 10 8 1 6

Energiya xarajatlari 100 100 30 0 405 34

CO2 chiqindilari 100 100 29 0 420 30

NOx chiqindilari 100 15 9 0 290 4

CH chiqindilari 100 15 8 0 140 2

CO chiqindilari 100 15 2 0 93 1

Baxtsiz hodisa xavfi 100 100 9 2 12 3

Amsterdamda velosipedda harakatlanish zichligi juda yuqori bo'lib svetoforlarda tobora velosiped tirbandligi tobora ortib bormoqda. Bitta chorrahada soatiga deyarli 19 000 velosipedchi kesib o'tadi. Tor, gavjum ko'chalarda yuqori professional darajada velosiped haydash tufayli va velosipedning o'rtacha tezligi 15-20 km/soat bo'lganda tirbandlik va to'qnashuvlar yuzaga kelmaydi. Kelajakda Amsterdam markazida to'xtash vaqtini kuzatish uchun barcha velosipedlar mikrochiplanishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda Germaniyada taxminan 70 million velosiped mavjud bo'lib bunda xonadonlarning 80 foizdan ortig'ini velosipedi bor va 25 foizi uchta yoki undan ko'p velosipedga ega [5,13]. Bugungi kunda aholining deyarli barcha transport ehtiyojlarini qondiradigan velosipedlar turi taklif etilmoqda. Velosipedi bo'lmaganlar uchun velosiped ijarasi

ham tashkil etilgan bo'lib qulay muqobil varianti sifatida taklif etilgan.

Shahar hududida velosiped infratuzilmasini loyihalashda bir qator tamoyillarni e'tiborga olish barcha transport harakatchanligini samarali tashkil etishni ta'minlaydi. Velotransportni joriy etishning yangi tendensiyalarini hisobga olgan holda transport tizimini rivojlantirish uchta yondashuvini o'z ichiga oladi: Hududiy rejalashtirish; funksional va texnologik [5].

Hududiy rejalashtirish. Mobillikni ta'minlash uchun shahar hududidan foydalanishning yangi imkoniyatlarini aniqlash:

- mavjud transport yo'laklarini ularning o'tkazish imkoniyatini oshirish maqsadida qayta tashkil etish va rekonstruksiya qilishni rejalashtirish (bo'laklarni qisqartirish yoki ko'paytirish, chorrahalarni rekonstruksiya qilish, alohida yo'llar, ko'p darajali chorrahalarni yaratish va h.k.);

- ko'chadan tashqari hududlar (yashil hududlar, temir yo'l bo'ylab o'tish huquqi va boshqalar)da yo'lovchilar oqimini qayta taqsimlash imkoniyatlarini izlash.

Funksional. Harakatchanlik samaradorligini oshirish:

- oqimlarni masofa, tezlik, vaqt va foydalaniladigan transport turi bo'yicha farqlash;

- oqimlarni birlashtirish / ajratish;

- intermodallikni rivojlantirish;

- harakatni qayta tashkil etish.

Texnologik. Aholiga xizmat ko'rsatish uchun yangi transport yechimlari, transport vositalari va transport turlarini joriy etish.

Xalqaro tajribalarga ko'ra veloyo'lakning minimal cheklangan kengligi 1,25 m ni tashkil qilishi lozim. Velosiped yo'llarining kengligi esa avtomobillarni to'xtash joylarini hisobga olmaganda 2,5 m, avtomobillarni to'xtash joylarini hisobga olganda esa 3 metrni tashkil qilishi talab etiladi. Shundagina velosiped haydovchilarga xavfsiz harakatini ta'minlash mumkin bo'ladi (5-rasm).

1,22 m minimum

5-rasm. Veloshering tizimi yo'l infratuzilmasi ko'rinishi

Namangan shahri misolida ham ko'riladigan bo'lsa, shahar yo'l infratuzilmasining loyihasi ishlab chiqilishida yuqoridagi talab va tahlil natijalarini inobatga olish harakat xavfsizligini ta'minlaydi. Bundan tashqari, aholining velosipedga bo'lgan e'tiborini jalb qilishga turtki bo'ladi. Shundagina tig'iz paytlardagi transport oqimining tirbandligini qisman kamaytirish imkoni yaratiladi.

Demak, veloshering tizimlari shaharning ekologik barqaror va zamonaviy ko'rinishiga katta hissa qo'shishi mumkin.

ADABIYOTLAR

1. Нормирзаев А. Велотранспорт-экологический транспорт / Scientific and technical journal of NamlET / NamMTI ilmiy-texnika jurnali. - Наманган: НамМТИ, 2019. - 4 (3), - Б. 248-254.

2. Мамиров У., Тухтабаев М., Рахмонов Б. Важность развития проекта велодорожки в Намангане. Естественнонаучный журнал «Точная наука». - Кемерово, 2022. Выпуск 129, - С. 12-17.

3. Добровольская А.А. Особенности проектирования велодорожек в Санкт-Петербурге на основе анализа опыта стран балтийского региона // Системный анализ и логистика: журнал.: выпуск №4(26). - СПб.: ГУАП., 2020 - с. 122-130.

4. https://nuz.uz/obschestvo/31693-v-namangane-nachal-rabotu-velopatrul-video.html

5. Трофименко Ю.В. Велосипедный транспорт в городах: монография / [Трофименко Ю.В., Шелмаков С.В., Зеге С.О., Шашина Е.В.]; под науч. ред. Ю.В. Трофименко. - М.: МАДИ, 2020. - 154 с.

6. Сагинова О.В., Завьялова Н.Б. Велосипед в транспортной системе современного мегаполиса // Российское предпринимательство. - 2018. - Том 19. - № 12. -С. 4143-4158. doi: 10.18334/rp.19.12.39663

7. Методическое пособие. Методические рекомендации по применению свода правил «Улицы и дороги населенных пунктов». - Москва, 2017.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Botma, H. Traffic Operation of Bicycle Traffic / H. Botma, H. Papendrecht // Transportation Research Record. - №1320. 1991. - pp. 65-72.

9. National Cycling Plan 2020. Joining forces to evolve cycling. - Berlin: Federal Ministry of Transport, Building and Urban Development, 2012. - 82 p.

10. To'xtaboyev M., Ataxanov X. X. R. Сhorrahalardagi tirbandlikni oldini olish. Транспорт и логистика: Цифровые технологии в развитии транспортно-транзитного потенциала республики: Сборник материалов Республиканской научно-технической конференции. - 2021.

11. Аббасов А. Усовершенствование дорожной инфраструктуры в городе Намангана Improvement of road infrastructure in the city of namangan //ББК 65.40 я43 Р 17. -С. 332.

12. Raximberdiyevich N. A. et al. Farg 'ona halqa yo 'lida i. karimov va kosonsoy ko 'chalari bilan kesishgan chorrahalardagi tirbandlikni oldini olish //Механика и технология. -2022. - Т. 3. - №. 8. - С. 113-119.

13. To'xtaboеv M. A., Mamirov U. X. Shaharda avtomobilda tashishda harakat muntazamligini oshirish (Namangan shahri misolida) //Механика и технология. - 2022. - №. Спецвыпуск 1. - С. 101-108.

14. Raximberdiyevich N. A., Akhmadjanovich T. M. Namangan shahrida veloyo 'lak tashkil etishning samarasi //Механика и технология. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 80-97.

15. To'xtaboyev M. A., Tumanbayeva B. Сhorrahadagi transport va piyoda harakatlanishini o 'rganish. Транспорт и логистика: Цифровые технологии в развитии транспортно-транзитного потенциала республики: Сборник материалов Республиканской научно-технической конференции. - 2021.

16. Normirzaev R. A. et al. Velosiped haydash uchun yo 'llarni tashkil etish ta'moyillari //Строительство и образование. - 2023. - Т. 3. - №. 5. - С. 64-69.

17. Нормирзаев А. С. А., Устабоев А. Экологик транспортни ривожлантиришнинг афвзалликлари //Материалы конференции" Problems of improving the efficiency of work of modern production and economy of energy-resources" International Scientific and Practical

^УPИЛИШ

Conference. - 2018. - T. 4. - С. 146-149.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.