Научная статья на тему 'SHAHAR ATROFIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI JOYLASHTIRISHNING NAZARIY MASALALARINI OʻRGANISH'

SHAHAR ATROFIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI JOYLASHTIRISHNING NAZARIY MASALALARINI OʻRGANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shahar / shahar atrofi / aholi joylashuvi / qishloq xo‘jaligi / oziq-ovqat / ixtisoslashuv / N.N.Baranskiy / Iogan Tyunen

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Berdiqulov F.F., Juraxujayev D.D.

Mazkur maqolada shahar atrofi qishloq xo‘jaligini hududiy joylashtirish va rivojlantirishning klassik nazariyalari tahlil qilingan. Shuningdek, shahar atrofida qishloq xoʻjaligini joylashtirishning iqtisodiy-ijtimoiy masalalari atroflicha koʻrib chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAHAR ATROFIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI JOYLASHTIRISHNING NAZARIY MASALALARINI OʻRGANISH»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

UO'K: 913.1

Berdiqulov F.F. Juraxujayev D.D. "Biologiya va geografya" kefdrasi o'qituvchilari O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

SHAHAR ATROFIDA QISHLOQ XO'JALIGINI JOYLASHTIRISHNING NAZARIY MASALALARINI O'RGANISH

Annotatsiya: Mazkur maqolada shahar atrofi qishloq xojaligini hududiy joylashtirish va rivojlantirishning klassik nazariyalari tahlil qilingan. Shuningdek, shahar atrofida qishloq xojaligini joylashtirishning iqtisodiy-ijtimoiy masalalari atroflicha ko'rib chiqilgan

Kalit so'zlar: shahar, shahar atrofi, aholi joylashuvi, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, ixtisoslashuv, N.N.Baranskiy, Iogan Tyunen.

STUDY OF THEORETICAL ISSUES OF AGRICULTURAL LOCATION

AROUND THE CITY

Abstract: This article analyzes classical theories of territorial placement and development of suburban agriculture. Also, economic and social issues of placement of agriculture around the city are considered in detail.

Keywords: city, suburbs, population location, agriculture, food, specialization, N.N. Baransky, Johann Ttinen.

Kirish. Shahar atrofi qishloq xo'jaligining shakllanishi bevosita ijtimoiy mehnat taqsimotining natijasi bo'lgan shaharlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Ijtimoiy mehnat taqsimotining hududiy jihatdan rivojlanishi va chuqurlashuvi

shahar atrofi qishloq xo'jaligining ham shakllanishiga olib keladi. "Shahar atrofi" tushunchasi, hududning geografik jihatdan yirik shaharga (shahar yadrosiga) yaqinligida va ular o'rtasida funksional, iqtisodiy, madaniy, maishiy va boshqa turdagi aloqalarni namoyon bo'lishida aks etadi. Shahar atrofi zonalari yirik shaharlar atrofida tarkib topadi va shahar aglomeratsiyalarining bir qismi bo'lib shakllanadi. Yirik shaharlarning chekkalarida shahar atrofi zonalari, yo'ldosh shaharlar, dam olish zonalari va qishloq xo'jaligi tumanlaridan tashkil topadi [4].

Asosiy qism. Shahar atrofi ma'muriy-hududiy jihatdan hech qanday maqomga ega bo'lmagan, yirik shaharga xizmat qiluvchi va geografik jihatdan tutash bo'lgan hudud tushuniladi. Binobarin, yuridik jihatdan, shahar atrofi hududiga O'zbekiston Respublikasining "Yer Kodeksi"da "Shahar atrofi zonalari shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy va xo'jalik hududini tashkil etuvchi shahar chegarasidan tashqaridagi yerlarni o'z ichiga oladi. Shahar atrofi zonalarida shahar atrofidagi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi hududi, aholi dam olish zonalari, shaharni rivojlantirish uchun zaxira yerlar ajratiladi"[1], deyilgan. Shuningdek, shahar atrofi hududini, transport rayonlashtirish uslubini qo'llash orqali va bu uslubda shahar atrofining uchta zonasiga ajratilib o'rganiladi.

Shahar atrofi murakkab hududiy obyekt bo'lib, o'z navbatida ham shahar, ham qishloq xususiyatlarini o'zida mujassam etadi. Shahar atrofini iqtisodiy geografik o'rin (norasmiy shahar chegaralari), aholisi (zichligi, aholi o'sish dinamikasi, mehnat resurslari va ularning bandligi), yerdan foydalanish, infratuzilma va xizmat sohalarini o'z ichiga oladi. Aholining yirik shahar aglomeratsiyalarida, megapolislarda to'planishini va atrof hududlarning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan jarayonni N.N.Baranskiy shunday ta'kidlaydi: "shaharning rivojlanishi, faoliyat yuritilishi, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini ta'minlanishida uni o'rab turgan atrof hududlarining hisobiga amalga oshiradi. Shu bilan birga shahar atrofi hududlari yirik shahar bilan uyg'unlikda rivojlanadi" [2].

Yirik shahar aholisini qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan iste'moli omili, shahar atrofi qishloq xo'jaligining shakllanishiga, tarmoqlar tarkibiga, ixtisoslashuviga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatadi. Yuqoridagi "shahar atrofi", "shahar atrofi qishloq xo'jaligi" bo'yicha berilgan fikrlarni inobatga olib, umumlashtirilgan holda, biz quyidagi ta'rifni beramiz, "shahar atrofi murakkab hududiy obyekt bo'lib, yirik shaharning ma'muriy chegarasiga tutashgan, transport va infratuzilma tizimlari bilan bog'langan, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xo'jalik aloqalari o'rnatilgan, o'z navbatida ham shahar, ham qishloq xususiyatlarini o'zida mujassam etgan hudud. Bundan farqli o'laroq, "shahar atrofi qishloq xo'jaligi" bevosita va bilvosita shahar atrofi hududiga qarashli, yirik shahar aholi iste'moli uchun, tez buziladigan va transport tashuvchanligi past bo'lgan turli mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan qishloq xo'jaligining tarmog'i" deyish mumkin. Ma'lumki, milliy iqtisodiyotning hududiy tarkibini takomillashtirish va mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishdan bosh maqsad hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, turmush darajasini yaxshilanish va shu kabi muammolarning yechimiga qaratilgan.

Shu nuqtayi nazardan, aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta'minlash va loyihalashtirish, infratuzilma tizimlarini yaratish, sanoat, qishloq xo'jaligi, ekologiya va boshqa maqsadlarda foydalanish nuqtayi nazaridan yirik shahar atrofini ilmiy jihatdan o'rganish alohida qiziqish uyg'otadi. Binobarin, shahar atrofi ko'pgina fanlarning o'rganish obyekti bo'lib, har bir fan esa, o'zining tadqiq qilish predmeti yoki aspekti doirasida o'rganadi. Mintaqaviy iqtisodiyot, iqtisodiy geografiya, shaharshunoslik, yer kadastri va boshqa fanlar yo'nalishlarida shahar atrofi hududlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Binobar in, shahar atrofi qishloq xo'jaligini iqtisodiy geografik jihatdan tadqiq qilish va ilmiy asoslarini ochib berish qishloq xo'jaligi geografiyasi va shaharlar geografiyasi fanlarining majmuali tadqiq qilish doirasida olib boriladi. Shahar atrofini hududiy tadqiq etishning nazariy va amaliy jihatlarini I.Tyunen, V. Launxard, A.Lyosh

asarlarida, xorijiy olimlar Dj.Uerueyn, M.O.Xauke, E.Mills tomonidan aglomeratsiyalarning hududiy tarkibi va shahar atrofi qishloq xo'jaligi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. N.N.Saushkin, N.N.Baranskiy, S.A.Kovalev, V.A.Kamenskiy, G.M.Lappo, M.A.Strongina, I.Bistryakov, M.Budko, Yu.Georgiev, N.F.Timchuk, E.B.Alaev, tomonidan o'rganilgan. Jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlariga xos turli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shahar atrof hududlarining shakllanishiga, rivojlanish xususiyatlariga, bajaradigan funksiyasiga, ixtisoslashuviga, band aholining faoliyat turlariga va boshqa jihatlarda aks etadi. Shahar va qishloqlar o'rtasidagi munosabatlar tarixiy bosqichlar bo'yicha turlicha rivojlangan. Dastlab, shaharlar qishloqlarga o'xshagan manzilgoh bo'lib, unda yashaydigan aholi hunarmanchilik bilan shug'ullangan. Shahar va uning atrofi hududi bir xil mehnat turi bilan shug'ullanib, ular o'rtasida keskin iqtisodiy tafovut lar kuzatilmagan.

Shahar atrofi qishloq xo'jaligini hududiy joylashtirish va rivojlantirishning klassik nazariyasi dastlab, Iogan Tyunen, Vilgelem Laungard asarlarida ochib berilgan. 1826-yilda nemis olimi I.Tyunen tomonidan, "alohida davlat, uning qishloq xo'jaligi va milliy iqtisodiyotga munosabati" deb nomlangan ilmiy asarida qishloq xo'jaligi shtandartlari nazariyasi ishlab chiqiladi. Iogan Tyunenning qishloq xo'jaligini joylashtirish qonuniyatlarining nazariy konsepsiyasini yaratadi. Bu ilmiy tadqiqotda, ishlab chiqarish sarflari, tuproq unumdorligi va o'simliklar xususiyati, bozor narxlariga nisbatan transport xarajat omillarini ko'rib chiqadi. I.Tyunen abstrakt iqtisodiy jihatdan alohida ajralgan davlat misolida, qishloq xo'jaligi ishlab chiqargan mahsulotlarni va mamlakat aholisini sanoat mahsulotlari bilan ta'minlovchi yagona iste'molchisi bo'lgan yirik shahar miqyosida ko'rib chiqadi. Olim, yirik shahar atrofida qishloq xo'jaligining har xil ixtisoslashuv zonalari bo'lgan markaziy shahar atrofidagi turli diametrga ega bo'lgan hududlarda konsentratsiyalashuv aylanalari tizimini va shaharlardan uzoqlashgan sari, intensiv qishloq xo'jaligining kamayib borish nazariyasini yaratadi.

Xulosa. Hozirgi davrda, shahar atrofi hududida joylashgan xo'jaliklarning rivojlanishi, ixtisoslashuvining o'zgarishini o'rganishga bo'lgan qiziqish yana ham kuchaydi. Buning asosiy sabablaridan biri dunyoda davlat umumxalq mulkiga asoslangan rejali iqtisodiyotdan, taraqqiyotning bozor modelini tanlab olgan mamlakatlar guruhining vujudga kelishi bilan bog'liq. O'zbekistoning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tishi o'z navbatida, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlar, urbanizatsiya hamda shaharlarning rivojlanishiga ham ta'sir ko'rsatdi. Mustaqillik yillarida respublikamizda urbanizatsiya jarayonining eng muhim xususiyatlardan biri shahar aholisining yuqori sur'atlarda o'sishi va "shahar-qishloq" yo'nalishida migratsiyaning kuchayishi bilan izohlanadi. Shu nuqtayi nazardan, shahar aholisini oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlashlarda va hududiy tashkil etishda Samarqand shahar atrofi qishloq xo'jaligining iqtisodiy geografik jihatlarini o'rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Baranskiy N. N. Economic-geographical position //Geogr. Shkole. - 1939. - Т. 4. - С. 24-34.

2. Blanutsa V. I. Economic-geographical location: generalization of conceptual frameworks and generation of new meanings //Geography and natural resources. - 2015. - Т. 36. - С. 319-326.

3. Ibrogimovna N. D. Theoretical and methodological aspects of resources of land resources in agriculture //Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2022. - Т. 12. - №. 11. - С. 40-44.

4. Juraxujayev D. D., Berdiqulov F. F., Mirzaliyev S. R. JIZZAX SHAHRI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR //Экономика и социум. - 2024. - №. 2 (117)-1. - С. 337-340

5. Soliyev A.S., Tashtayeva S.K., Egamberdiyeva M.M. Shaharlar geografiyasi. -T.: Barkamol fayz media, 2018.

6. Shadieva G.M [va boshq.]. Mintaqaviy iqtisodiyot. Darslik / Samarqand. «FAN BULOG'I» nashriyoti, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.