Научная статья на тему 'Shahar atrofi xoʻjaligi shakllanishining iqtisodiy geografik jihatlari'

Shahar atrofi xoʻjaligi shakllanishining iqtisodiy geografik jihatlari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
shahar atrofi / ijtimoiy-iqtisodiy omillar / shahar aglomeratsiyasi / Agroklasterlar / N.N.Baranskiy / Agrosanoat kompleksi / mehnat resurslari / transport

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — F.F.Berdiqulov

Mazkur maqolada shahar atrofi qishloq xoʻjaligining shaklanishi va rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy omillarga, ya’ni, aholi manzilgohlari hududiy tizimlarining rivojlanish xususiyatlari, shahar aglomeratsiyasi, transport toʻrining rivojlanishiga, mehnat resurslari bilan ta’minlanishi, tebranma migratsiyaga va boshqa omillarga bog'liq ekanligi haqidagi nazariyalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Shahar atrofi xoʻjaligi shakllanishining iqtisodiy geografik jihatlari»

Shahar atrofi xo'jaligi shakllanishining iqtisodiy geografik

jihatlari

F.F.Berdiqulov O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada shahar atrofi qishloq xo'jaligining shaklanishi va rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy omillarga, ya'ni, aholi manzilgohlari hududiy tizimlarining rivojlanish xususiyatlari, shahar aglomeratsiyasi, transport to'rining rivojlanishiga, mehnat resurslari bilan ta'minlanishi, tebranma migratsiyaga va boshqa omillarga bog'liq ekanligi haqidagi nazariyalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: shahar atrofi, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, shahar aglomeratsiyasi, Agroklasterlar, N.N.Baranskiy, Agrosanoat kompleksi, mehnat resurslari, transport

Economic and geographical aspects of suburban economy

formation

F.F.Berdikulov Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute

Abstract: In this article, the formation and development of suburban agriculture depends on socio-economic factors, that is, the characteristics of the development of territorial systems of population settlements, urban agglomeration, development of the transport network, supply of labor resources, dynamic migration and other factors. theories about it are analyzed.

Keywords: suburbs, socio-economic factors, urban agglomeration, Agroclusters, N.N. Baransky, Agro-industrial complex, labor resources, transport

Shahar atrofi qishloq xo'jaligining hududiy va tarmoqlar tarkibi, tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy omillarini geografik jihatdan o'rganish muhimdir. Shahar atrofi qishloq xo'jaligini hududiy tashkil etish va takomillashtirishning iqtisodiy geografik jihatlari turli mezonlardan foydalaniladi:

1. Qishloq xo'jaligini hududiy-tarmoqlar tarkibiga ta'sir ko'rsatuvchi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tadqiq etishning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish;

2. Shahar atrofi qishloq xo'jaligini tarmoqlar va hududiy tarkibini aniqlashda ko'p komponenli va integral jihatdan baholash;

3. Shahar atrofi qishloq xo'jaligining rivojlanishiga ta'sir etuvchi hududiy omillarni aniqlash;

4. Xo'jaliklarning hududiy ixtisoslashuvini integralashtirish metodi orqali baholash;

5. Agroklasterlarning hududiy tarkibiga va yo'nalish ixtisoslashuviga ta'sir etuvchi geografik jihatlarini ochib berish va.b.

Ma'lumki, qishloq xo'jaligining hududiy tashkil etilishi, rayonlashtirishi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta'sirida ro'y beradi.

Qishloq xo'jaligi hududiy-tarmoqlar tarkibining shakllanishiga va rivojlanishiga tabiiy-geografik omillardan tashqari, huquqiy-me'yoriy, ijtimoiy-iqtisodiy, transport, fan-texnika taraqqiyoti omillari ta'sir ko'rsatadi.

Shahar atrofi qishloq xo'jaligi mamlakat agrar sohasining tarkibiy qismi bo'lib, agrar ishlab chiqarishni barqaror rivojlanishi va raqobat muhitini yaratish maqsadida olib borilayotgan islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston davlat mustaqiligiga erishilgan kunlaridan boshlab, iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo'lgan, agrar sohani islohotlashtirish, bozor iqtisodiy munosabatlarini shakllantirish va institutsional o'zgarishlarni amalga oshirishda davlat siyosatining ustu vor yo'nalishlarida namoyon bo'lmoqda. Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini rivojlantirish, agrar ishlab chiqarish tarmoqlarining samaradorligini oshirish, qishloq aholi daromadlarini va turmush sifatini yaxshilash olib borilayotgan siyosatda o'z ifodasini topmoqda.

Mintaqalar o'rtasidagi ijtimoiy- qtisodiy nomutanosiblikni bartaraf etishda, hududlarni barqaror rivojlantirishni ta'minlash, qishloq joylarini farovonligini oshirishda davlatning tarkibiy qismi bo'lgan agrar siyosatning roli va ahamiyati muhimdir.

O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishni 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident Qarorida, "oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha davlat siyosatini ishlab chiqishda, uzluksiz ta'minlash va narxlar keskin o'zgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma bosqich joriy etish, boshoqli don xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor mexanizmlarini joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zahirasidan foydalanishga o'tish bo'yicha mexanizmni ishlab chiqish, sohada davlatning ishtirokini kamaytirish, investitsion jozibadorligini oshirish yo'nalishlari nazarda tutiladi. Shuningdek, qishloq xo'jaligi yerlaridan samarali foydalanish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha klaster tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha aniq yo'nalishlar ko'rsatib berilgan [2].

Bugungi kunga kelib qishloq xo'jaligida yangi boshqaruv shakli va hududiy tashkil etishda klaster tizimini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. "Klaster ma'lum mahsulot va xizmatlarga ixtisoslashgan, o'zaro bog'langan va bir birini

texnologik jihatdan to'ldiradigan korxonalarning geografik jihatdan to'plangan guruhidir". Klasterlar geografik jihatdan to'plangan guruh bo'lib, korxonalar birbiri bilan xom-ashyoni yetishtirish, texnologik qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, tashish bilan bog'liq bo'lgan xizmatlar, firmalar, shuningdek, ularning faoliyati bilan bog'liq tashkilotlar (masalan, ilmiy-tadqiqot, standarlashtirish agentligi, shuningdek, savdo birlashmalari), raqobatlashgan, ammo, ayni paytda yetakchi bo'lgan muayyan sohalardagi birgalikda faoliyat yuritadigan korxona va tashkilotlarning hududiy majmuasini tashkil etadi.

Shahar atrofi qishloq xo'jaligining sut va sut mahsulotlari hamda go'sht mahsulotlari yo'nalishiga ega bo'lgan yaylov chorvachiligi tabiiy sharoitga bog'liq. Suvli ozuqaga boy bo'lgan yem-xashak yetishtirishda, yoz davrlarlarda yaylovlarni namgarchiligini oshirish, sut mahsuldorligini oshirishga imkon beradi. Odatda, sut chorvachiligi intensiv dehqonchilik hududlarida joylashadi.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazishda ekologik omilning ahamiyati muhimdir. Yirik shaharlar atrofi yerlarining sanoat chiqindilari, radioaktiv elementlar va og'ir metallar bilan ifloslanishi shahar atrofi yerlarining ekologik holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Buning natijasida, antropogen ta'sir ostida qishloq xo'jaligi yerlarining ulushi kamayadi va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanish darajasi pasayadi.

Shahar atrofi qishloq xo'jaligini shaklanishi va rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy omillarga, ya'ni, aholi manzilgohlari hududiy tizimlarining rivojlanish xususiyatlari, shahar aglomeratsiyasi, transport to'rining rivojlanishiga, mehnat resurslari bilan ta'minlanishi, tebranma migratsiyaga va boshqa omillarga bevosita bog'liq.

Shaharning rivojlanishi va bajaradigan funksiyasi uni o'rab turgan atrofi bilan uzviy bog'liq. Chunonchi, shahar atrofi zonasining vujudga kelishi mu'ayan geografik omillarga, shahar aholisi va uning funksional tipologiyasiga bog'liq, "aholi soni 1 mln.dan yuqori bo'lgan shaharlarga uchun 35-50 km, 500 mingdan 1 mln. kishi yashaydigan shaharlarga -25-30 km, 500 mingdan kam bo'lsa 20-25 km kenglikdagi hudud shahar atrofini shakllantiradi". Aholisi soni 200 ming kishidan kam bo'lgan shaharlar atrof xo'jaligiga ega emas.

O'zbekiston Respublikasida urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning shakllanishi, ijtimoiy-tarixiy rivojlanish, sanoatlashish jarayoni bilan bevosita bog'liq. 2022-yil ma'lumotlariga qaraganda, respublikada 120 ta shaharlar qayd etilgan bo'lib, shulardan, aholisi 1 mln. kishidan yuqori bo'lgan 1 ta shahar (Toshkent), aholi soni 500 mingdan ortiq bo'lgan 2 ta shahar (Namangan, Samarqand), 250 ming kishidan ortiq bo'lgan shaharlar 4 tani tashkil etadi (Andijon, Nukus, Farg'ona, Buxoro), qolganlari o'rtacha va kichik shaharlarni tashkil etadi. Shaharlarning katta-kichikligi bo'yicha tabaqalanishi (klassifikatsiyasi) tahlili shuni

ko'rsatdiki, yirik va katta shaharlar mamlakatning Urbanistik tarkibida past salmoqqa ega, atigi 7 ta shahar aholi soni 250 ming kishidan ko'p bo'lgan guruhni tashkil etadi. Mazkur shaharlar viloyat markazlari bo'lib, shu nuqtai nazardan, atrof qishloq xo'jaligining hududiy tashkil etishda geografik omillarni viloyat maydoni, aholi manzilgohlari o'rtasidagi aloqadorlik, markaziy shaharga qatnash radiusining uzoqligini va boshqa omillarni hisobga olgan holda, quyidagi tipologiyani taklif etamiz:

- respublikada aholi soni bo'yicha eng yirik (1 mln. ortiq), megapolis, funksional jihatdan iqtisodiy, madaniy, siyosiy markaz-Toshkent uchun intensiv yo'nalishdagi shahar atrof qishloq xo'jaligi 30-60 km chegara doirasida;

- maydoni katta va o'rta yiriklikdagi-Samarqand, Nukus, Buxoro shaharlari kabi aralash qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan shaharlar uchun shahar atrofi qishloq xo'jaligi 25-30 km uzoqlikda; - maydoni kichik bo'lgan, Namangan, Farg'ona, Andijon shaharlari uchun, hududning kompaktligi, markaziy shaharga qatnash radiusining qisqaligi nuqtai nazardan, viloyatning barcha qishloq xo'jaligi tumanlarida asosiy ekin turlari qatorida aholi ehtiyoji uchun sabzavotchilik, bog'dorchilik va boshqa turdagi mahsulotlarini yetkazish imkoniyati bor; bu shaharlarda alohida shahar atrofi qishloq xo'jaligini shakllantirish maqsadga muvofiq emas, degan fikrdamiz.

Yuqorida qayd qilinganidek, shahar atrofi hududi o'ziga xos turli kattalikdagi va funksional tipologiyaga ega bo'lgan shahar manzilgohlari atrofida shakllanadi. Shu nuqtai nazardan, shahar atrofi hududidan tabiatdan foydalanish tadbirlarini amalga oshirganda, shahar va shahar atrofini ekologik hamda xo'jalik tizimini yaxlitligini e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Shaharning yuqori sur'atlarda rivojlanishi, aholi soning o'sishi, aglomeratsion jarayonining kuchayishi shahar atrofi zonasi hududini kengaytirish taqozo etadi. Shu bois, shahar atrofi hududi chegarasi o'zgaruvchanlikka xos, ob'ektiv ehtiyojllarini e'tiborga olgan holda, hududlarni rejalashtirish sxemalari va bosh rejalari ishlab chiqishda, bu ob'ektiv zaruriyatni nazarga olish maqsadga muvofiq. Shaharning yuqori sur'atlarda rivojlanishi, aholi soning o'sishi, aglomeratsiya jarayonining kuchayishi shahar atrofi zonasi hududini kengayishini taqozo etadi. Shu bois, shahar atrofi hududi chegarasi o'zgaruvchanlikka xos, ob'ektiv ehtiyojligini e'tiborga olgan holda, aholi punktlarini hududiy rejalashtirishda bu ob'ektiv ehtiyojni nazarga olish maqsadga muvofiq [1].

Atrof hududlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni hamda takomillashtirishda yirik shaharlar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Qishloq manzilgohlarining infratuzilmasiga, bajaradigan funksiyasiga, aholining turmush tarziga, band aholining mehnat faoliyatlari yirik shahar ta'siri ostida bo'ladi. Qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanmaydigan qishloq aholisi qatlami ancha katta, ayniqsa sanoat qishloq xo'jaligiga nisbatan ustun ahamiyatga ega hudud hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishda, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirishda intensiv yo'nalishga ega bo'lgan fan-texnika va innovatsiyalarni qo'llash agrar sohaning barqaror rivojlanishini hamda aholi farovonligini oshirishini ta'minlaydi. Shu bilan birga, axborot-tahlil, intellektual va boshqaruv salohiyatiga ega bo'lgan aglomeratsiya markazlari, ilg'or texnologiyalarni va boshqarishning yangi shakllarini yaratishda ahamiyati katta.

Shahar atrofi qishloq xo'jaligining rivojlanishi, shakllanishi va uning hududiy -tarmoqlar tarkibi va markaziy shahar o'rtasidagi integratsiyasida transport infrastrukturasi, hududning texnik-muhandislik ta'minlanganlik darajasi, transport to'rining zichligi, transport turlari, elektroenergetika tizimi va turli kommunikatsiyalar muhim rolo'ynaydi. Mamlakat iqtisodiy salohiyatidan foydalanish, uning geografik jihatdan o'zlashtirish transport tizimining qaydarajada rivojlanganligiga bog'liq. N.N.Baranskiy ta'kidlashicha, "yo'llar va shaharlar har qanday hududning iqtisodiy asosini, karkasini tashkil etib, urbanizatsiyaning o'ziga xos xususiyati bo'lgan shaharlar hududiy tizimining murakkab shakllari rivojlanishiga olib keladi" [3]. Binobarin, yirik shahar va atrof hududlar ajralmas birlik sifatida namoyon bo'lib, ular o'rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va maishiyaloqalar kuzatiladi. Shu bilan birga, markaz va atrof-muhit o'rtasida mehnatni taqsimlanishi, aholining ijtimoiy faolligini oshirish bo'yicha yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

Aholini, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalarini xomashyo bilan ta'minlash shahar atrofi qishloq xo'jaligini asosiy vazifasi bo'lib, mahsulot yetishtirishdan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonlarni samarali tashkil etishda ko'pgina sohalarning birgalikdagi o'zaro aloqadorligini ta'minlanishi talab etiladi. "Agrosanoat kompleksi-bu ishlab chiqarish kompleksi bo'lib, u shahar va shahar atrofi hududidagi sanoat, agrar, savdo taqsimot va infratuzilma faoliyatlari turlarini shaharni oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun integratsiyalaydi" Bunda shaharning mahsulot, yoqilg'i-energetika resursi chiqindilari maksimal darajada utilizatsiyalanadi va uning ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanadi" [3]. Biroq, shahar atrofi qishloq xo'jaligi va agrosanoat majmuasini bir xil deb bo'lmaydi; shahar atrofi qishloq xo'jaligida yetishtirilgan mahsulotlar, sabzavot, ko'kat, qulupnay va shu turdagi mahsulotlar tez sur'atlarda iste'molchilarga yetkazib berilsa, agrosanoat majmuasiga xos mahsulot yetishtirish bo'ladi, saqlash, qayta ishlash bo'yicha jarayonlar bundan mustasno.

Yirik shahar atrofi qishloq xo'jaligini ixtisoslashtirish va hududiy joylashtirish nafaqat aholiga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini o'z vaqtida yetkazib berish uchun ahamiyatga ega, shuningdek, hududning yer fondi, tabiiy resurs, transport vositalari, sanoat va kommunal xo'jalik chiqindalarni qayta ishlash va foydalanishda katta

ahamiyatga ega. "Ixtisoslashuv har qanday ishlab chiqarishning obyektiv zaruratidir, uning samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasidir" [2].

Shahar aholisini yuqori sifatli va yangi oziq-ovqat mahsulotlar bilan ta'minlashda, tez buziladigan va tashilishi qiyin bo'lgan mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va transport harajatlarini kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida, shahar atrofi qishloq xo'jaligining ixtisoslashuviga sabab bo'ladi. Yirik shahar aholisining kam transportabel, yangi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talablarning o'sib borishi, ularga hududdan yaqin bo'lgan atrof rayonlarda intensiv tipdagi qishloq xo'jalik korxonalari shakllantirishni taqozo etmoqda. Bunda xo'jalik tiplari ixtisoslashuvini shakllanishga shaharlarning kattaligi, ularni tabiat zonalari va rayonlarga nisbatan joylashganligi, hududni o'zlashtirganlik darajasi ayniqsa katta ta'sir ko'rsatadi Aholining soni bir milliondan ortiq bo'lgan shaharlar atrofida turli xil tipdagi yuqori intensiv xo'jaliklar shakllanmoqda. Ular alohida tipdagi qishloq xo'jaligi rayonlariga ajratilmoqda" [4].

Shahar atrofini qishloq joylarini ixtisoslashganligiga qarab qator zonalarga bo'lish mumkin. Samarqand shahri aholisi soni va uning o'sish dinamikasini e'tiborga olgan holda, shahar atrofi zonasining radiusi asosiy shahar markaziga nisbatan 11-25 km gacha borishi mumkin. Radius uzunligini qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining intensivlik darajasi, transport bilan ta'minlanganligi, qishloq xo'jalik mahsuloti bilan savdo qiluvchi korxona va tashkilotlarning joylashganligiga qarab aniqlash mumkin.

Samarqand shahri atrofi xo'jaligining shakllanishi, hududiy tarkibi va ixtisoslashuvining bosh omili demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan belgilanadi; shu nuqtai nazardan, Samarqand shahrini iqtisodiy geografik jihatdan tahlil etish alohida ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Baranskiy N. N. Economic-geographical position //Geogr. Shkole. - 1939. - Т. 4. - c. 24-34.

2. Blanutsa V. I. Economic-geographical location: generalization of conceptual frameworks and generation of new meanings //Geography and natural resources. -2015. - Т. 36. - С. 319-326.

3. Ibrogimovna N. D. Theoretical and methodological aspects of resources of land resources in agriculture //Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2022. - Т. 12. - №. 11. - С. 40-44.

4. Juraxujayev D. D., Berdiqulov F. F., Mirzaliyev S. R. JIZZAX SHAHRI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR //Экономика и социум. - 2024. - №. 2 (117)-1. - С. 337-340

5. Soliyev A.S., Tashtayeva S.K., Egamberdiyeva M.M. Shaharlar geografiyasi. -T.: Barkamol fayz media, 2018.

6. Shadieva G.M [va boshq.]. Mintaqaviy iqtisodiyot. Darslik / Samarqand. «FAN BULOG'I» nashriyoti, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.