Научная статья на тему 'SERQIRRА, YIRIK MUSIQАShUNOS OLIM...'

SERQIRRА, YIRIK MUSIQАShUNOS OLIM... Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
39
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
sharqshunos / musiqashunos / o‘zbek milliy musiqasi / tadqiqotchi / ekspeditsiya / folklor

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Rifatilla Qosimov

Fayzulla Karomatov O‘zbekiston musiqashunosligining yorqin namoyandasidir. Uning ijodkorlik qirralari alohida e’tiborga ega. Bu maqolada ustoz ijodining ayrim aspektlariga to‘xtatdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SERQIRRА, YIRIK MUSIQАShUNOS OLIM...»

SERQIRRA, YIRIK MUSIQАShUNOS OLIM...

Rifatilla Qosimov

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Fayzulla Karomatov O'zbekiston musiqashunosligining yorqin namoyandasidir. Uning ijodkorlik qirralari alohida e'tiborga ega. Bu maqolada ustoz ijodining ayrim aspektlariga to'xtatdik.

Kalit so'zlar: sharqshunos, musiqashunos, o'zbek milliy musiqasi, tadqiqotchi, ekspeditsiya, folklor

GREAT MUSICIST...

Rifatilla Kasimov

Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi

Abstract: Faizulla Karomatov is a bright representative of musicology of Uzbekistan. His creative aspects have special attention. In this article, we focused on some aspects of the teacher's work.

Keywords: orientalist, musicologist, Uzbek national music, researcher, expedition, folklore

Xalqimizning boy ruhiy va ma'naviy dunyosini o'zida mujassam etgan oliy ne'matlardan biri bu - musiqa ohanglari va uni ijrochiligidir.

Avvalambor, yosh avlodni vatanga muhabbat, sadoqat, boy musiqiy merosimizga hurmat, chin insoniy fazilatlar ruhida kamol topishlari yo'lida milliy musiqaning ahamiyati katta.

Respublikamizda ana shunday keng ko'lamli ishlarni amalga oshirish bo'yicha muhtaram Prezidentimiz ko'plab qabul qilgan qarorlarida barcha sohalar kabi milliy musiqa san'atini yanada rivojlantirish va takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda.

Musiqa sohasida uzluksiz ta'lim tizimi negizida bebaho san'at turlarini asrab-avaylab, yosh avlodga o'rgatish, ularni tarbiyalash, qolaversa mutaxassis sifatida shakllantirish uchun bir qator muhim ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish kechiktirib bo'lmaydigan dolzarb vazifalardan biridir.

Hozirgi davrimizdagi milliy musiqa ijrochilik san'atining atoqli namoyandalari tarbiya topishlarida, XX asrda yashab, ijod etgan mashhur hofizu sozandalar, nazariy va amaliy tomonlama yetuk mutaxassislarni voyaga yetkazgan ko'plab tabarruk darg'alar qatorida jahon tan olgan yirik musiqashunos olim, jonkuyar ustoz,

O'zbekiston Respublikasida hizmat ko'rsatgan fan arbobi, san'atshunoslik fanlari doktori, professor Fayzulla Karomatov desak o'rinli bo'ladi.

O'zbek milliy musiqa merosini bizning davrimizgacha ham amaliy, ham nazariy tomonlama yetib kelishida, XX asr ulkan tarixiy voqealarga boy bo'lganligi, har qanday e'tirofga loyiq ekanligi bilan alohida ajralib turadi.

Ushbu mo'jazgina maqola orqali, ayniqsa umidli yoshlarimizga ustoz Fayzulla Karomatov hayoti, ijodi haqida ma'lumot berishni lozim topdik.

Fayzulla Karomatov 1925 yil 14 dekabrda Buxoro shahrida xizmatchi oilasida tug'ildi. Uning padari buzrukvori, Muzaffar ota, o'zining ish faoliyatiga ko'ra tunikasoz va keyinchalik artelda ushbu soha boshqaruvchilaridan bo'lib kelgan bo'lsa-da, o'z yoshligida oliy ta'lim dargohi madrasada o'qiganligi, Sharq adabiyoti va san'atini chuqur e'zozlanganidan ham juda boy shaxsiy kutubxona sohibi bo'lib qolgandi. Bu esa farzandlarining kelajagidagi taqdiriga katta ta'sir etdi.

Buxoroning o'ziga xos boy musiqiy an'analari, xalqona va ustozona, ya'ni folklor va professional ijrochilik shakllari (jumladan, Shashmaqom, Mavrigi, Sozandago'y va boshqa aytim hamda cholg'u musiqalarining rivojlangan turlari) Fayzulla Karomatovda mazkur san'atga bo'lgan kuchli qiziqishning muayyan yo'nalishda shakllanishini ham belgiladi.

1934 yili u Buxoro musiqa maktabining g'ijjak sinfiga (umum ta'lim maktabidagi o'z sinfdoshi turtkisi bilan) o'qishga kiradi. 1936 yildan uni skripka sinfiga o'tkazib qo'yadilar. Buxoro musiqa maktabiga 1938-1939 yillari ishlashga markazdan yuborilgan yirik mutaxassis pianinochi va musiqashunos N.F.Orlov 1939 yili o'zi ko'chib kelgan Toshkentdagi R.M.Glier nomli musiqa maktab-internatga yosh Fayzullani ham jalb etishga muvaffaq bo'ladi. Maktabni bitirish kunlari ikkinchi - jahon urushi boshlanishiga to'g'ri keldi, bu esa har bir inson taqdiriga ta'sir etmay qolmadi. Davlat imtihon komissiyasining tavsiyasiga ko'ra Fayzulla Karomatov bira to'la Toshkent konservatoriyasining orkestr fakulteti skripka sinfiga (endigina yetti yillik musiqa maktabini bitirganiga qaramay) qabul qilingan bo'lsa-da u yerda uzoq o'qiy olmadi. Urush davri ma'lum sharoit og'irliklari uni Buxoroga qaytishga majbur etdi. U Buxorodagi musiqaviy - dramatik teatri orkestrida skripkachi bo'lib ishlay boshladi. Lekin mazkur xizmati bilan bir vaqtda u Buxoro pedagogika institutining o'zbek tili va adabiyoti fakulteti birinchi kursi uchun (mazkur kursga urush vaziyati tufayli umuman qabul uyushtirilmaganligi sababli) imtihonlarini ekstrenno topshirib bo'lgach ikkinchi kursga o'qishga qabul qilindi. Bir yildan so'ng Fayzulla Karomatov Buxoro ayollar pedagogika texnikumida o'zbek tilidan dars ham bera boshlaydi.

1943-yil F.Karomatov Toshkent konservatoriyasining prorektori, musiqa maktablaridanoq unga katta mehr bilan rahnamolik qilib kelayotgan N.F.Orlov taklifnomasiga ko'ra Toshkentga qaytib keladi va konservatoriyadagi o'qishini tiklab, unda yirik skripkachi pedagog, Kiyev konservatoriyasidan evakuatsiya etilgan

professor D.S.Bertyue sinfida ta'lim olishga muyassar bo'ladi. Lekin u bir vaqtning o'zida Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining to'rtinchi kursida o'qishini davom ettiradi, O'zbekiston davlat filarmoniyasidagi simfonik orkestrda skripkachi bo'lib ham ishlaydi.

1944 yili Fayzulla Karomatov Toshkent pedagogika institutini tamomlaydi. Konservatoriyada esa (tasodifiy bir fojiada barmoqlari shikastlangach) orkestr fakulteti bilan bir vaqtda, 1946 yildan boshlab, musiqa tarixi va nazariyasi fakultetida ham o'qiy boshlaydi. 1950 yili yirik musiqashunos olim, professor Tulin Yuriy Nikolayevich sinfini musiqashunos sifatida (musiqa nazariyasi va folkorshunoslik mutaxassisliklari bo'yicha) tugatadi. Talabalik davrida Fayzulla Karomatov O'zbekiston davlat filarmoniyasining simfonik orkestrida (1943-1948) so'ng Hamza nomli dramatik teatri (1948) va O'zbekiston radiosi huzuridagi simfonik orkestrda (1948-1950) skripkachi, san'atshunoslik institutining musiqa kabinetida (V.A.Uspenskiy tavsiyasi bilan) ilmiy xodim bo'lib (1949-1950) ishlaydi.

1950 -1954 yillari F. Karomatov Moskva davlat konservatoriyasining aspiranti sifatida ulkan musiqashunos olim, o'zbek va umuman Markaziy Osiyo xalqlari musiqasi bo'yicha yirik tadqiqotlar muallifi, san'atshunoslik fanlari doktori, professor V.M.Belyayevda tahsil oladi. Asosan maqomlar muammosi bilan shug'ullana boshlaydi. Ayni vaqtda Moskva davlat universiteti sharqshunoslik bo'limida arab tilini ham o'rgana boshlaydi. Lekin 1950 yillardagi maqomlarga bo'lgan o'ta salbiy munosabat bilan bog'liq murakkabliklar tufayli konservatoriya rahbariyati talabi bilan mavzuni faqat xalq musiqasi doirasi bilan chegaralab qo'yishiga to'g'ri kelgandi.

1955 yili "O'zbek sovet xalq qo'shiqlari" mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab u san'atshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo'ladi.

1954 yildan Fayzulla Karomatov o'zi ishlagan institutida ilmiy xodim, 1955 yildan mazkur ilmiy tadqiqot dargohining "Musiqa kabineti" (1957 yildan bo'limi) mudiri bo'lib ishlash bilan bir vaqtda pedagogik faoliyatini konservatoriyada davom ettiradi: "Musiqa tarixi" kafedrasida dots.nt vazifasini bajaruvchi bo'lib "O'zbek musiqa madaniyati tarixi" va "SSSR xalqlari musiqasi" bo'yicha darslar olib boradi.

San'atshunoslik ilmiy tadqiqot institutining O'zbekiston Madaniyat vazirligidan Fanlar Akademiyasi sistemasiga o'tkazilishidan so'ng, birinchi navbatda ushbu dargohni haqiqiy san'atshunoslik ilmiy tadqiqot markaziga aylantirilishida Akademiya Prezidenti Xabib Abdullayev va Vitsa-Prezidenti Ibrohim Mo'minovlar jiddiy rahnamoliklarida institut direktori qilib tayinlashgan yosh mutaxassis F.Karomatov atigi 12 ilmiy xodimdan iborat hamda musiqa, teatr-raqs, tasviriy san'at bo'limlari bilangina chegaralangan mazkur III kategoriyali dargohni o'z rahbarlik davri, ya'ni 1957-1964 yilning boshlang'ich 1-2 yillaridayoq 80 gacha ko'paytirish,

aniqrog'i yosh iste'dodli soha namoyondalarini mazkur dargohga jalb etib, uning ish faoliyatini yangicha, ya'ni akademik tomon yo'naltirish, kengaytrishi hamda mustahkamlash uchun hech bo'lmaganda II kategoriyali ilmiy-tadqiqot instituti darajasiga ko'tarish masalasi, uning qoshida aspiranturani tashkil etish, hali qamrab olinmagan sohalar bo'yicha yangi ilmiy-tadqiqiy sektorlar ochishda katta natijalarga erishadi. Ilmiy izlanishlar tematikasini jiddiy kengaytirishida, ekspeditsiya sohalarini, jumladan endigina boshlangan tasviriy san'at tadqiqotchi guruh "chiqishlari"dagi ilk maqolalarni jadallashtirish kabi dolzarb muammolar hal etilishida katta jonbozlik ko'rsatdi. U, ayniqsa, o'z diqqat - e'tiborini san'atshunoslik fanining turli sohalarda yosh o'zbek mutaxassislarini tayyorlashga qaratdi .

Mazkur osiyoviy o'lka musiqa tarixini o'rganish uchun o'rta asr risolalarini tarjima qilish va o'zlashtirishi yo'nalishidagi ishlarini ham kuchaytirishiga kirishdi. Shu bois 1961 yili institut qoshida sharqshunos hamda musiqachi sozanda Is'hoq Rajabov rahbarligi ostida "Musiqa madaniyati tarixi" yangi maxsus sektorini Akademiya Prezideumi himoyasida ochishga muvaffaq bo'ladi va unda ishlash uchun sharqshunos yosh mutaxassislarini, jumladan arab, fors, hindiy - urdu tillarini biluvchilarini jalb etdi. O'z navbatida, mazkur sektor ish tajribasi yangi yo'nalishdagi musiqashunoslarni, ya'ni erkin darajada juda bo'lmaganda faqatgina bir sharqiy til sohibi bo'lgan sharqshunos - musiqashunoslar tayyorlash bo'yicha yoshlarni konservatoriya o'quv ixtisosliklari tarkibida tayyorlash masalasini o'rtaga tashladi. Shu maqsadda Fayzulla Karomatov tashabbusi va rahbarligida Toshkent konservatoriyasi tarkibida, Markaziy Osiyo va Ovrupoda birinchi bo'lib "Sharq musiqasi" kafedrasi 1972 yilda o'z ish faoliyatini boshladi. Bu esa Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq xalqlari musiqa madaniyati tadqiqotchilarini konservatoriya doirasida tarbiyalashning ilk yo'ldagi muhim yangi qadami bo'ldi...

1971 yili Fayzulla Karomatov "O'zbek cholg'u muisqasi (merosi)" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan himoya qildi, 1973 yili esa unga professorlik ilmiy unvoni ham berildi. Fayzulla Karomatovning nashr etilgan ilmiy ishlari murakkab, kam o'rganilgan musiqiy folklorshunoslik muammolari bilan bog'liqligi, O'zbekistonda kompozitorlik ijodiyotiga bag'ishlangan dolzarb masalalar doirasida ishlarni uning xuddi shu sohalar katta jonkuyari ekanligidan ham dalolat beradi. F.Karomatovning ilmiy faoliyati asosan musiqa folklori va og'zaki an'anadagi professional musiqa janrlarini o'zlashtirish, keng qamrovli ekspeditsiyalarda yozilgan durdonalarni yoritishga qaratilgandir. Shu maqsadda 1955 yildan boshlab, F.Karomatov bevosita rahbarligi va ishtirokida, har yili aniq rejalangan ravishda O'zbekistonning barcha viloyatlari, tumanlari, qishloqlari bilan bir qatorda butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi o'zbeklar yashaydigan joylar bo'ylab musiqiy-folklor ekspeditsiyalari tashkil etildi. Avvalambor kompleks musiqashunoslarning filologlar, teatrshunoslar, tasviriy san'at mutaxassislari, arxitektorlar va boshqa mutaxassislar

hamkorligida ekspeditsiyalar tashkil etilishining zururligi ham e'tibordan chetda qolmadi.

Fayzulla Karomatov Xorazm hududi (1957), Toshkent (1958), Samarqand (1959), Buxoro (1960) viloyatlari va Farg'ona vodiysining barcha tumanlari (19621964) bo'ylab ekspeditsiyalar o'tkazdi. Mazkur chiqishlar vaqtida faqatgina o'zbek musiqa merosi emas, balki O'zbekistonning muayyan mintaqalariga xos bo'lgan xalq teatri, raqsi va badiiyhunarmandchilik bo'yicha ham ma'lumotlar tegishli mutaxassislar, jumladan O'zbekistonda Muhsin Qodirov doimiy ishtirokida yig'ildi, ya'ni ijro namunalari magnit hamda kinolentalarga yozib olindi. Ayniqsa Fayzulla Karomatovning Surxondaryo va Qashqadaryo havzalari bo'ylab 1955, 1956, 1958, 1961 yillari o'tkazgan mazkur mintaqa tarixidagi ilk va ma'lum darajada kompleks (ya'ni musiqiy folklor bilan bir qatorda xalq tomosha san'ati hunarmandchilik ko'rsatgichlarining o'rganilishi uchun ham tegishli mutaxassislar jalb etilgan) ekspeditsiyalari ayniqsa katta qiziqish uyg'otdi.

Meros durdonalarini to'plash F.Karomatovga turli janrlarni, ularga xos lokal (mahalliy) uslublari, ijrochilik maktablarini aniqlashda hamda qo'shiqchilik turlarining tashkil topishi va tarqalishidagi xarakterli xususiyatlarini, ulraning shakllanish jarayonini har bir hudud namoyandalarining yashash sharoiti bilan bog'liqligini ochib berishga yordam berdi. Ekspeditsiyalar mehnat, marosim aytimlarining qadimgi qatlamlarini aniqlashda ko'maklashdi. Shu bilan birgalikda xalq ijodiyotining rivojlanish jarayonini ifodalovchi zamonaviy aytimlar ham yozib olindi. Ekspeditsiyalar natijasida mavjud musiqa cholg'ulari haqidagi tasavvur ham kengaydi. Ayniqsa, O'zbekiston mintaqasida Fayzulla Karomatov tomonidan aniqlangan va ilmiy asoslangan mahalliy (lokal) uslublarning kengroq ko'lamda mavjudligi ham katta qiziqish uyg'otdi. "O'bek do'mbira musiqasi" (Uzbekskaya dombrovaya muzika", T.1962) ekspeditsiya yozuvlarining eng avvalgi nashrlaridir.

1960 yillarining oxirida Fayzulla Karomatovning tashabbusi bilan qo'shni respublikalar musiqa folklorining o'zaro aloqalariga bag'ishlangan dolzarb masalalar ham kun tartibiga qo'yilgan edi. Shu maqsadda Qozog'istonning Shimkent va Jambul viloyatlariga (1970-1971), Tojikistonning Xo'jand viloyatiga (1974-1976), Turkmanistonning Toshauz viloyatiga (1977-1978) bevosita Fayzulla Karomatov ishtirokida hamda rahbarligida juda muhim natijalarga erishilgan ekspeditsiyalar o'tkazildi. 1968 yildan boshlab taniqli teatrshunos-san'atshunoslik doktori, professor N.X.Nurjonov bilan hamkorlikda Tojikistonning Tog'li-Badaxshon avtonom viloyatining barcha tumanlariga uzoq muddatli ekspeditsiyalar uyushtirildi (19691971, 1980, 1983). Natijada deyarli tog'lar bag'rida joylashgan Pomirning musiqiy hayoti, umum folklor, xalq teatri, raqs san'ati va o'ziga xos cholg'ulari haqida juda boy ma'lumotlar olindi, merosning o'ta muhim namunalari magnit lentalarida, videoda muhrlanib qoldi. Ayni vaqtda ular Fayzulla Karomatov va Nizom

Nurjonovlarning "Pomir musiqa san'ati" ko'p tomli nashridan o'rin ola boshladi. (q.: "Muzikalnoye iskusstvo Pomira" Kniga pervaya M., 1978. Kniga vtoraya. M., 1986. Kniga tretya - nashrda). F.Karomatov tomonidan uyushtirilgan Tojikistonning Garm, Ko'lob, Xo'jand va boshqa lokal mintaqalari bo'yicha ekspeditsiya yozuvlari nashrga tayyorlab qo'yilgan.

1970 yilning o'rtalaridan boshlab yetti tomlik "O'zbek xalqining musiqa merosi" to'plamlarini nashrga tayyorlash ishlari boshlangan bo'lib, unda Fayzulla Karomatov o'tkazgan musiqaviy folklor ekspeditsiyalarining boy materiallari kiritildi. Har bir kitob o'zbek musiqa merosining ma'lum janrlariga va turlariga bag'ishlangan. Jumladan, 1 kitob - "Qo'shiq" (T., 1978), 2 kitob - "Terma, yalla, qarsak" (T., 1985), 3 kitob "Ashula", 4 kitob - "Marosim qo'shiqlari" va boshqalar. Har bir kitobda nota yozuvlaridan tashqari aytim she'riy matni, jalb etilgan yozuvlar haqida ilmiy maqolalar, izohlar annotatsiyalar, ijrochilar fotosuratlari berilgan. Lekin seriallarning nashr etilishi uchinchi kitobga borib ig'vo safsatalardan iborat bir xasatdan kuygan "musiqashunos"ning johilona iboralarda yozgan xatiga bo'lgan ko'r-ko'rona, "xo'jamko'rdi" munosabat natijasida (balki, bahonasida) 1980 yillar ikkinchi yarmidayoq to'xtab qoldi. / Qarang: G'.G'ulom nomidagi nashriyot arxivi/.

Fayzulla Karomatovning ekspeditsiyalari bevosita o'z ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan chambarchas bog'liqdir. O'zbek musiqa merosining turli janrlarini (qo'shiqchilikmi, cholg'uchilikmi) o'rganish masalalari uning monografiyalari, risolalari va maqolalarida o'z aksini topgan. Musiqa merosining ayrim turlarini o'rganish bo'yicha qilingan katta ishlari orasidagi yirik monografiyasi cholg'u musiqasiga bag'ishlangan bo'lib, "O'zbek cholg'u musiqasi (merosi)" nomida nashr etilgan uning debochasidir. Unda O'zbekistonda mavjud bo'lgan boy musiqa cholg'ulari, o'zbek cholg'u musiqa janrlari va turlari, respublikamizda cholg'uchilik va cholg'u musiqasini kelajakdagi rivojlanish masalalari keng va atroflicha yoritilgan. (Uning birinchi bobi o'sha 70 yillardayoq Amerikaning "Asian Music" jurnali, volume XV - I da "Uzbek instrumental music. An excerpt from the book by Faizullah Karomatov" sarlavhasida nashr etilgan).

Olimning ilmiy ishlarida musiqa merosini o'rganish vazifalari bilan bir qatorda zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti muammolari, o'lkamizda umum musiqiy hayot ko'rsatgichlari ham juda muhim o'rin egallaydi. Bunda "Xamza Hakimzoda Niyoziy va o'zbek sovet musiqasi" (Xamza Xakimzade Niyazi i uzbekskaya sovetskaya muzika, T., 1959) deb nomlangan monografiyasida shoir, dramaturg va yirik jamoat arbobi ijodiyotidagi novatorlik yo'nalishida an'analar o'rni - milliy kuy - ohanglarni yangilash muammosi doirasidagi g'oyalar jamoatchilikda katta ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy musiqa ijodiyotiga "O'zbek musiqa sovet davrida" (T., 1965) risolasi va ko'pgina chop etilgan davriy matbuotdagi maqolalari bag'ishlanganligi ma'lum.

Fayzulla Karomatov faqatgina musiqashunos - olimgina bo'lib qolmay, o'zbek (hamda tojik) musiqasining g'ayratli tashviqotchisi hamdir. Uning radio va televideniye orqali chiqishlari, kompozitorlar qurultoylari va plenumlaridagi ma'ruzalari, davriy matbuotlarda zamonaviy ijodiyot muammolari bo'yicha yozgan maqolalari o'zining dolzarbligi, tamoilligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadi. F.Karomatovning bevosita ishtiroki va tashabbusi bilan 1982 yildan boshlab deyarli o'z ekspeditsiyalarining yozuvlari asosida chiqarila boshlangan "O'zbek xalq musiqa merosidan" nomlanishdagi gramplastinkalar antalogiyasi juda katta ahamiyat kasb etib, ularning soni 23 taga yetgandi. Jumladan, undagi uchta plastinka "O'zbekiston musiqa cholg'ulari", ikkitasi "Pomir musiqasi" ni tashkil etsa qolganlari "O'zbek an'anaviy musiqasi" va "SSSR xalqlari musiqa folklori" seriyasiga kirgan plastinkalar to'plamidan iborat edi. Barcha chop etilgan plastinkalardagi deyarli Fayzulla Karomatov tuzgan tushintiruv matnlar va umum annotatsiyalarning xushovoz diktor tomonidan o'qib berilganligi esa har bir keltirilgan namuna xarakterli xususiyatining tinglovchi tomonidan aniq uqib olinishida muhim vosita vazifasini o'taydigan bo'ldi. Xalq musiqasi ixlosmandlari o'rtasida ushbu plastinkalar juda mashhur bo'lib hozirgi kunda topilishi qiyin bo'lgan noyob nashr darajasiga ko'tarilib qolganligidan mazkur seriya yozuvlarini magnit lentalariga ko'chirib olish bilan ham shug'ullanib qolishdilar.

1955-1994 yillar davomida Fayzulla Karomatov Toshkent konservatoriyasida o'zining serqirra pedagogik faoliyatini olib bordi. Bunda boshlang'ich ko'p yillar davomida "O'zbek musiqa madaniyati" kursini to'xtovsiz kengaytirish, mazmunini boyitish bilan shug'ullandi desa ham bo'ladi. Jumladan o'sha 50-ginchi yillarda (va unadan oldingi davrda) oliy o'quv yurti bo'lmish konservatoriyaning hamma fakultetlarida bor-yo'g'i bir semestr davomida mazkur fan bo'yicha olib boruvchi darslar umum soat ko'rsatgichi hatto 0,5 stavkali yagona bir o'rindosh o'qituvchi "yuklama" sini ham ta'minlay olmasdi. Mazkur kurs hajmini o'sha davrda bor-yo'g'i ikki barobarga kengaytirishga erisha olgan. F. Karomatov 1972 yili tashkil etgan "Sharq musiqasi" kafedrasi faoliyatining birinchi yilidayoq unga alohida e'tibor qaratib, tub o'zgarishlar kiritdi. Bunda "O'zbek musiqasi" kursi jiddiy kengaydi, ya'ni "O'zbek musiqa tarixi, "O'zbek an'anaviy musiqasi asoslari", "O'zbek musiqasi XX asrda" kabi mustaqil fanlar sifatida uch o'quv yili davomida o'qitiladigan bo'ldi. Ayni vaqtda uning tomonidan yangi kurslar - "Sharq xalqlari og'zaki an'anadagi professional musiqasi" bo'yicha seminar, mustaqil "Manba'shunoslik" kursi (fan doktori Is'hoq Rajabov bilan hamkorlikda) joriy etildi. Musiqashunos -sharqshunos mutaxassisligi bo'yicha maxsus "Tavsiyanoma" qabul qilindi. Unda yakka darslar bo'yicha har bir o'qituvchi - rahbarning asosiy vazifalari va talabalar bilan o'tkaziluvchi mashg'ulotlarning umum yo'nalishi belgilandi. Toshkent konservatoriyasining barcha fakultetlari uchun "Sharq davlatlari musiqasi"

kursi joriy etildi. "Folklor amaliyoti" dasturi kengaytirildi va studentlar ishtirokida o'tkaziluvchi folklor ekspeditsiyalari muammolari ham aniqlandi.

Fayzulla Karomatov rahbarligida 30 ga yaqin nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yozildi va muvaffaqiyat bilan himoya qilindi. Uning shogirdlari orasida O'zbekistonliklar bilan bir qatorda Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog'iston va "uzoq ajnabiy" mamlakatlari - Olmoniya, Sudan va Iordaniyaliklar ham bor. Olmoniya, Polsha, Chexiya, AQSH, Hindistondan kelgan yosh tadqiqotchilar o'z "stajirovka"larini uning rahbarligida o'tkazardilar.

Markaziy Osiyo, Ovrupo va Amerika, jumladan, Eron, Iroq, Iordaniya, Sudan, Liviya, Angliya, Olmoniya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Shvetsariya va AQSH ning turli shtatlaridagi yetakchi olimlar bilan Fayzulla Karomatov doim ilmiy bog'lanishda bo'lgan va bu an'ana hozirgacha davom etib kelmoqda.

Fayzulla Karomatov rahbarligida (1955 yildan beri) "Musiqa bo'limi" (1984 yildan "Zamonaviy musiqa va folklor bo'limi") faol va samarali ishlab keldi. Ushbu davr (ya'ni 1955-1994 yillar) da mazkur bo'lim xodimlari tomonidan O'zbekiston musiqa san'ati masalalariga bag'ishlangan ko'pgina ilmiy monografiya xarakteridagi, jumladan 3 tomlik "O'zbek sovet musiqasi tarixi" (T., 1972, 1973, 1991), "O'zbek musiqasi hozirgi davrda" (T., 1977) kabi jamoa ishlar, yakka mualliflik mavzular bilan bir qatorda) tayyorlandi va nashr qilindi.

1990 yillar davomida 2 tomli "XX asr o'zbek musiqasi tarixi" ustida bo'lim xodimlari ish olib borishdi. Fayzulla Karomatov esa 1994 yildan bo'lim mudirligini o'z shogirdi Rustam Abdullayevga topshirib, o'zi mazkur institut Bosh ilmiy xodimi sifatida ekspeditsiya yozuvlari va o'zga "xazinaviy" manba'lardan iborat "Fonogramm-arxiv" muammoalri bilan shug'ullanib keldi.

U "O'zbek xalqi cholg'u musiqasi " o'quv qo'llanmasini nashr etdi. (T.,2004; 20 b.t.) Tojikiston ekspeditsiyalaridagi yozuvlarni o'zining doimiy hamkori N.X.Nurjonov bilan "Muzikalnoye iskusstvo Pomira" ("Pomir musiqa san'ati") nomida ikki jildda nashr etdi, uchinchisini esa nashrga topshirdi. Endi to'rtinchisi ("Dostonlar") ustida ish olib bormoqda edi.

Fayzulla Karomatov mas'ul tahrirchi sifatida Is'hoq Rajabov, T.S.Vizgo, Abdumannon Nazarovlarning yetuk monografiyalariga, o'rta asr "Musiqa risolalari" nashrlari (V.Belyayevning "A.Jomiy" va b.); nazariy to'plamlar - "O'zbekistonda musiqa folklorshunosligi". T.,1963), "Maqomlar, mug'omlar va zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti" (T., 1978), Yaqin, O'rta Sharq xalqlari og'zaki an'anadagi professional musiqa va zamonaviylik" (T., 1983), to'ldirilgan va redaktor maslahati hamda bevosita ishtiroki bilan jiddiy o'zgarishlar kiritilgan 6 tomli "Shashmaqom" (Yunus Rajabiy yozuvida) kabilar nashrida qatnashdi. "O'zbek musiqasi tarixi" (M., 1979), "O'rta Osiyo va Qozog'iston musiqasi tarixi" (M., 1995) o'quv qo'llanmalarining mualliflaridan biri. UNESCO tomonidan Leypsigda nashr etilgan

"Tasvirlarda musiqa tarixi" ("Musikgeshichte in Bildem", II) seriyasining to'qqizinchi kitobi - "O'rta Osiyo" ("Mittelasien") hammuallifidir.

Fayzulla Karomatov Moskva, Olma-Ota, Dushanbe, Bishkek, Buxarest, Berlin, Xamburg, Samarqand, Toshkent kabi shaharlarda o'tkazilgan turli Xalqaro konferensiyalar va simpoziumlarda, Italiya, Gretsiya, Iroq, Shvetsariya va boshqa davlatlarda bo'lib o'tgan ilmiy seminarlarda respublikamizning musiqa ilmiy darajasini sharaf bilan namoyish etdi. U Berlin, Varshava va Ibrid (Jermik -Iordaniya) universitetlarida O'zbekiston va Tojikiston musiqasi bo'yicha ma'ruzalar qildi. Fayzulla Karomatov Samarqandda 1978, 1983, 1987 yillari UNESCO IOV, ICTM homiyliklarida o'tkazilgan I-III Xalqaro yirik musiqashunoslik simpoziumlari ular doirasidagi an'anaviy musiqa festivallarining ilmiy rahbari va tashkilotchilaridan biridir. Moskvada o'tkazilgan jahon yoshlari va studentlarining XII festivalida folklor bo'yicha xalqaro dasturning ilmiy konsultanti (1985) va boshqalar.

Fayzulla Karomatov - faol jamoatchi. U O'zbekiston kompozitorlar uyushmasining Pravleniye (Boshqaruv) a'zosi bo'lib, uzoq vaqt musiqashunoslik va musiqa tanqidchiligi komissiyasiga rahbarlik qildi. U sobiq Ittifoq (SSSR) kompozitorlar uyushmasi qoshidagi Xalq musiqasi ijodiyoti Butunittifoq komissiyasining Byuro va Pravleniye a'zosi. Madaniyat vazirligining koordinatsion komissiyasi, O'zbek Sovet Ensiklopediyasi birinchi nashrining Bosh tahririyati, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo'yicha Maxsus Kengash, O'zbekiston badiiy akademiyasi tahririyati, mazkur akademiyaning San'atshunoslik instituti, O'zbekiston davlat konservatoriyasi ilmiy kengashining a'zosi edi. Yosh maqom ijrochilari (1991 yildan Yunus Rajabiy nomidagi) Respublika, Xalqaro tanlovlari (1983, 1987, 1991, 1995, 1999, 2003) va likobiy (katta) ashula ijrochilari Respublika tanlovi(1984) hakamlar hay'atining raisi; 6 tomlik "Musiqa ensiklopediyasi"ning doimiy ilmiy konsultantlaridan biri, 5 tomlik "SSSR xalqlari musiqa tarixi"ning tahririyat kollegiyasi a'zosi. Osiyo davlatlari Musiqa minbarlari -III Olma-Otadagi (1973) va IV Maniladagi (1976) Xalqaro tanlovlar Qo'mitasi (jyuri) a'zosi bo'lgan. F.Karomatov YUNESKO qoshida tashkil topgan CIOFF (Folklor festivallari Xalqaro Kengashi), IOV (Xalq ijodiyoti bo'yicha Xalqaro Tashkilot) a'zosi, ICTM (An'anaviy musiqa Xalqaro Kengashi) a'zosi va ushbu tashkilot qoshidagi "Maqom" Xalqaro tadqiqot guruhi raisdoshi bo'lgan. U ko'p yillar davomida Madaniyat, til va tarix bo'yicha Otaturk Oliy jamiyati a'zosi.

Fayzulla Karomatov O'zbekiston musiqashunosligining yorqin namoyandasi. Keng ilmiy - tadqiqot, musiqiy - etnografik va musiqiy -jamoatchilik faoliyatlari uni xalq orasida katta hurmat va e'tiborga sazovor qildi. "Sovet musiqasi" (hozir "Musiqiy akademiya") jurnali sahifalaridan birining sarmaqolasida Fayzulla Karomatovning O'zbekiston musiqashunosligining shakllanishi va rivojlanishidagi ulkan o'rni alohida ta'kidlab o'tilishi ham bejiz bo'lmagan.

F.Karomatovning katta ilmiy va jamoatchilik faoliyati davlatimiz tomonidan yuqori baholandi. Unga "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi" faxriy unvoni berildi. U davlat orden, medallari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. U, jumladan, "Za doblestniy trud Velikoy otechestvennoy voyne 1941-1945 gg." "Veteran truda", "Shuhrat" medallari va "El-yurt hurmati" ordeni sohibidir.

Ulkan musiqashunos olim, ustoz va murabbiy Fayzulla Karomatov o'zbek musiqa san'atining rivojiga o'z hissasini qo'shgan serqirra, yirik musiqashunos olimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qosimov R. An'anaviy ijrochilik. - T., "Fan". 2007

2. Shashmaqom saboqlari. - T., 2005

3. Ilm-fan: innovatsion taraqqiyot. Respublika ilmiy konferensiya materiallari to'plami. - T., 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.