Научная статья на тему 'SEN VA SIZ OLMOSHLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI'

SEN VA SIZ OLMOSHLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
182
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
olmosh / kishilik olmoshlari / siz olmoshi / sen olmoshi / leksik ma’no / semantik ma’no / badiiy matn

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dolimova Gulbahor Ummatiloyevna, O’Lmasova Ochila Abdusalomovna

Tildagi barcha so’zlar nutqda o’zining butun imkoniyatlari bilan ishtirok etadi, shu jumladan olmoshlar ham badiiy nutqda o’ziga xos o’rin egallaydi. Bu maqolada sen va siz olmoshlarning badiiy matndagi leksik-semantik xususiyatlari atroflicha tahlil etiladi, olmoshlarga xos bo’lgan nutqiy imkoniyatlar va ularning tahlili ilmiy asosga qo’yiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SEN VA SIZ OLMOSHLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI»

"O'zbeklstonda ilm-fan va ta'lim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar"

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

SEN VA SIZ OLMOSHLARINING LEKSIK-SEMANHK XUSUSIYATLARI

Dolimova Gulbahor Ummatiloyevna

Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 48-maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi O'lmasova Ochila Abdusalomovna Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 48-maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://d0i.0rg/l0,528 l/zenodo.7553821

Annotatsiya: Tildagi barcha so'zlar nutqda o'zining butun imkoniyatlari bilan ishtirok etadi, shu jumladan olmoshlar ham badiiy nutqda o'ziga xos o'rin egallaydi. Bu maqolada sen va siz olmoshlarning badiiy matndagi leksik-semantik xususiyatlari atroflicha tahlil etiladi, olmoshlarga xos bo'lgan nutqiy imkoniyatlar va ularning tahlili ilmiy asosga qo'yiladi.

Kalit so'zlar: olmosh, kishilik olmoshlari, siz olmoshi, sen olmoshi, leksik ma'no, semantik ma'no, badiiy main.

Badiiy asar tili tadqiqoti bilan bir umr shug'ullangan V.Vinogradov o'zining "Badiiy adäbiyot tili haqidagi fan va uning vazifalari" nomli ma'ruzasida badiiy adabiyot tili haqida gap ketganda, "til" so'zi ikki xil ma'noda qo'llanilishini ta'kidlaydi, ya'ni:

1) u yoki bu milliy tilning sistemasini aks ettiruvchi "nutq" yoki "matn" (adabiy til tarixi, tarixiy grammatika va leksikologiya uchun tahlil materiali) ma'nosida:

2)"san'at tili", badiiy ifoda vositalari sistemasi asosida.2

Biz ushbu maqolamizda, asosan, tilning birinchi ma'nodagi qo'llanilishiga murojaat qilamiz. Badiiy matnlarda sen va siz olmoshlarning leksik-semantik xususiyatlarini o'rganish, nutqiy vaziyatga bog'liq holda emotsional, ekspressiv ottenkalari shakllanishining stilistik shart-sharoitlarini aniqlash, nasriy va she'riy asarlarda olmoshlarning stilistik xoslanishlarini o'rganishga harakat qildik.

Demak, sen va siz olmoshlarining leksik-semantik xususiyatlariga to'xtalib o'taylik. Hurmat nuqtai nazaridan, shaxsning shaxsga hamda Illohga munosabati turli davrlarda tez-tez ko'tarilayotganligi, eng muhimi, hurmat ma'nosini ifodalash boshqa ba'zi xalqlarga nisbatan o'zbek xalqi tili va mentalitetida nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi mazkur masalaga aniqlik kiritishni taqozo etmoqda.3

2 http:// Ziyo.Net.uz.

3 Hakimov D. Siz va sen olmoshlarining leksik-semantik xususiyatlari// O'zbek tili va adabiyoti, 2003,5-son, 77-bet.

"O'zbeklstonda ilm-fan va ta'lim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar*

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

Kishilik olmoshlarining shaxs, son, xoslik bilan birga II va III shaxsda hurmat ma'nosi ham xosdir. Kishilik olmoshlari ega vazifasida kelganda kesim bilan faqat shaxsda emas, hurmat jihatidan ham mos bo'ladi. Kesim fe'lning hurmatga betarafligini ko'rsatuvchi shaklidan ifodalangan bo'lsa, olmoshning ham shunday shakli qo'llanadi: Sen kel. Nutqiy maqsad-u vazifaga qarab fe'lning hurmatga betaraflik belgilangan boshqa shakllari, aniqrog'i, shaxs, son va hurmat qo'shimchasini oigan shakllari ishlatiladi: sen kelding. Senlar ham bormoqchi edilaring.

Nutqiy maqsad-u vazifa tinglovchiga (II shaxs)ga nisbatan hurmat ifodalashni taqozo qilsa, gap matnda siz va sizlar olmoshi qo'llaniladi. Kesim ham fe'lning hurmat ma'nosini anglatuvchi shakllari bilan ifoda etiladi: Siz ayting. Sizlar bormoqchi edingiz. Siz ko'rgan ekansiz.4

Ammo ilmiy nutqda kishilik olmoshlarining ikkinchi shaxs birlik va ko'plik sen, senlar, siz, sizlar olmoshlarining ishlatilmasligi ko'zga tashlanadi.5

Subyekt va obyekt o'rtasidagi munosabatlarni aks ettiradigan birliklarning ma'no qirralarini bevosita ijtimoiy munosabatlarga qiyosan lingvistik tadqiq etish hurmat ma'no tizimini, uning shakl va mazmunini o'rganishda asosiy prinsip bo'la oladi. Bunda asosan ikki holatga e'tibor berish kerak: 1) bevosita ijtimoiy munosabatlarda mavjud bo'lgan, "kim so'rog'iga javob bo'ladigan"6 obyektga bildiradigan hurmat ma'nosi; 2) ijtimoiy munosabatlarda mavjud bo'lmaydigan, kim, nima so'rog'iga javob bo'ladigan obyektga bildiradigan hurmat ma'no tizimi. Har ikki holatda ham hurmat ma'nosining shakl va mazmuni subyekt va obyektning o'zaro konkret yoki abstraktligi hamda ular o'rtasida ijtimoiy munosabatlar bor-yo'qligi va qay darajada ekanligiga ko'ra belgilanadi.7

Lekin shunî inobatga olish ham kerakki, siz olmoshi hurmat manosidan tashqari kesatiq, piching kabi salbiy ma'nolarda ham qo'llanadi. Sen olmoshi esa hurmatsizlikdan tashqari, hayotda mavjud bo'lgan yakka-yu yagona narsalarga shuningdek, inson uchun qadrli bo'lgan shaxslarga nisbatan qo'llanadi. Endi quyidagi misollarni ko'rib chiqaylik.

-Ko 'ratnan-dcL Bu joylarga jimjitlik qidirib keldim.

- Nima?! Deb hayratlanib MirvalL- jimjitli dedingmi? Voy, seni qara-yu! Jimjitlikni men bor joydan qidiryapsanmi? Topib bo'psan! Tavba, dunyoning ishlari zab g'alati-da. Men jimjitlikni quvib yuribman, bu bo'lsa qidirib yuriptL Jimjitlikni odamzod o'iganda topadl Go'rga kirganda!»Menga qara, seni sizlaymi, senlaymi? Sizlasam begonaga o'xshab qolasan, senlasam diling og'riydimi, deyntan.

4 Hojiyeva H. Kishilik olmoshlari va hurmat ma'nosi// O'zbek tili va adabiyoti, 2000,4-son, 37-bet

5Mukarramov M Hozirgi o'zbek adabiy tilining ilmiy stili. Toshkent. "Fan" nashriyoti 92-bet.

6 Hojiyeva H. Otning hurmat ma'nosi// // O'zbek tili va adabiyoti, 2000,1-son 27-bet

1 Hakimov D. Siz va sen olmoshlarining leksik-semantik xususiyatlari

"O'zbeklstonda ilm-fan va ta'Iim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar*

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

- Menga baribir. Yaxshisi senlaganing durust, - dedi Tolibjon ( S.Ahmad "Jimjitlik" 24-bet) Bu matndan ma'lum bo'ladiki, sen va siz olmoshlarining leksik-semantik vazifasi turlicha. Qaríndoshlik, yaqinlik, qadrdonlik semalarini ifodalash uchun sen olmoshidan foydalanilgan. Bu matnda sen olmoshi ijobiylik ottenkasiga ega.

Siz olmoshi hurmat ma'nosini ifodalab kelganda har doim bosh harf bilan yoziladi. Asli sizdaylar ko'p bu dunyosida

Lekin Sizni yagona, tanhosiz derlar. (G.Asqarova "Amaldorlarga" she'ri)

Sen olmoshi Vatan, yer, zamin, tabiat, yoshlik, yor va boshqalarga nisbatan hurmat ma'nosini ifodalaydi.

Yurtim, senga she'r bidim bu kun,

Qiyosingni topmadim aslo.—

- Ey qodir egam, men yoshini y as hagan, oshini oshagan bir benavo so'qir bandangman. Sendan hech qachon o'zimga umr so 'ramaganman. Endi so'rayman ya'na bir yilgina umr ber (S.Ahmad "Jimjitlik" 248-bet). Bu gapda Ollohga murojaat tarzida qo'llangan.

Sen olmoshining bu tarzda qo'llanilishi jamiyat a'zolari tomonidan hurmat ma'nosi sifatida qabul qilinadi.8

Asar qahramonlari bir-birlaii bilan konñiktga kirishganda, ko'pincha hurmatsizlik, mensimaslik nuqtai nazaridan sen deb murojaat qilinadi. Masalan,

-Qanigapir bo'lmasa! Nega o'tirding? Maslahatingni eshitaylik!

Bugun Kesakdan o't chiqib qoldi... -deydi

-U odam sekin o 'midan turdl Kutímsirab sekin odamlarga, keyin Qalandarovga qaradu

-Kesak desangiz ham mayliga, -dedi, - Lekin sensiramang, Arslonbek, Men sizdan ikki yosh kattaman. Shu yer da bo'yi yetgan qizim, bola-chaqqalik o'g'lim o'tiribdi. Kozimbekning orzusini ko'ring, sensiramang (A.Qahhor Sinchalak 124-bet% Bu matndan ko'rinib turibdiki, sen va siz olmoshlarining o'z qo'llanish o'rni va vazifasi bor. Qalandarov nutqida sen olmoshi rahbaming oddiy ketmonchi ishchisiga hurmatsizlik yuzasidan qo'llanganligining guvohi bo'lamiz. Bunda sen olmoshi salbiylik ottenkasiga ega.

Sen olmoshi so'zlovchinig nutqi qaratilgan shaxsni ta'kidlash ottenkasini beradi. Bu ohnoshning tushib qolishi gapning mazmuniga putur yetkazmaydi, uning kimga qaratilganligi fe'ldan anglashilaveradi.

-Kekirdagingdan otaman! Kimligimni bilmas ekansan.

- Meni senglamang, - dedi hamon sovuqqontík bilan Mirvalu - Siz bilan oftobda qatiq yalamaganman. Beshigimni tebratgan bo'lsangiz ham senlamang

8 Hakimov D. Siz va sen olmosMarining leksik-semantik xususiyaüari// O'zbek tili va adabiyoti, 2003-yil, 5-son, 78-79-betlar.

"O'zbeklstonda ilm-fan va ta'lim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar*

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

(S.Ahmad "Jimjitlik" romani 203-bet). Bu misolda sen va siz olmoshlarining leksik-semantik xususiyatlari yana bir bor namoyon bo'ladi.

Olmoshining ko'plik shakli (senlar) ko'plikka murojaatda "takabburlik" ma'nolarini ifodalab, uslubiy ahamiyat kasb eta oladi. Quyidagi misol bilan isbotlaymiz:

-Ayol kishidan yiqilgan nomardlar! Kurash tushishni senlarga ko'rsatib qo fyaman! (S.Ahmad "Jimjitlik" romani 217-bet)

O'zbek tilida uslubiy ahamiyatga molik badiiy vositalardan bin "kinoya", ya'ni kesatiq, qochiriq, piching ma'nolarini ro'yobga chiqarish maqsadida, asosan ot turkumiga mansub so'zlardan keng foydalanib kelinmoqda. Shu bilan birga, bu borada olmoshlarning ham o'ziga xos o'rni borligini ta'kidlab o'tish lozim. "Kinoya" ma'nosining voqiylanishida olmoshlarning kishilik, o'zlik ham so'roq turkumlaridan foydalanayotganligini ham yozma, ham og'zaki nutqqa oid dalillar yaqqol isbotlay oladi.

Sen va siz olmoshlari "hurmat" ma'nosida qo'llanganda, ko'pincha bosh harf bilan yoziladi. Bunday holat olmoshlarning uslubiy qirralidan birini tashkil etib, o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Mazkur olmosh bunday yozuvi bilan yozma nutqda qo'llanishi alohida ta'kidlab o'tamizki, bunday uslub ham nasriy, ham nazmiy asarlarda bod-bod qo'llab turiladi.9

Badiiy asarlardagi olmoshlarning semantik-sitilistik ma'nolari va fiinksional sitilistik chegaralanuv tilimizning emosional - ekspressivlik va amalda bo'lishlik darajasi g'oyatda yuqori ekanligining dalilidir.

Biz bu maqolamizda sen va siz olmoshlarining badiiy asarlardagi ana shunday vazifalarini o'rganish bilan birga, bugungi jarayonda yaratilayotgan badiiy asarlardagi emotsional ta'sir doirasini ham ochib berishga harakat qildik

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mukarramov M Hozirgi o'zbek adabiy tilining ilmiy stili. Toshkent. "Fan" nashriyoti 92-bet.

2. Hakimov D. Siz va sen olmoshlarining leksik-semantik xususiyatlari// O'zbek tili va adabiyoti, 2003,5-son, 77-bet.

3.Hojiyeva H. Kishilik olmoshlari va hurmat ma'nosi// O'zbek tili va adabiyoti, 2000,4-son, 37-bet

4. Yusupova O. Kishilik olmoshlarining ayrim funktsional-uslubiy xususiyatlari. O'zbek tili va adabiyoti// 95-bet.

http:// Ziyo.Net.uz.

9 http://Zlyo.Net.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.