Научная статья на тему '“SAYOTXON XAMRA” DOSTONINING OBRAZLARI VA O’ZIGA XOSLIGI'

“SAYOTXON XAMRA” DOSTONINING OBRAZLARI VA O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
sayatxan xamra dostoni / doston ijrochiligi / qoraqalpoq dutori / milliy ijro / folklor / dostonchilik / baxshichilik san’ati. / эпос о саятхане Хамре / эпическое исполнение / каракалпакский дутор / национальное исполнение / фольклор / эпос / искусство бахши.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — L.M. Maxammatdinova

Yangi O’zbekiston davrida barcha soxalarda rivojlanish ko’zga tashlanib turgan davrda milliy musiqamiz, boy folklarimizdagi baxshichilik san’atiga berilayotgan imkoniyatlar davrida yoshlarga bugungi kungacha etib kelgan dostonlarni keyinggi avlodga tog’ri etkazish bizing bugungi kundagi dolzarb muommalardan sanaladi. Qoraqalpoq lirikepik dostonlaridan “Sayatxan Xamra” dostonida obrazi ijroda o’ziga xoslikni saqlab qolish mavzuning dolzarbligi sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMAGES AND UNIQUENESS OF THE EPIC “SAYATHON HAMRA”

в период развития во всех сферах в эпоху нового Узбекистана, в период возможностей, предоставляемых искусству бахши в нашей национальной музыке, богатых фольклорах, доведение дошедших до молодежи былин до следующего поколения является одним из актуальных вопросов современности. Актуальностью темы является сохранение в исполнении образа каракалпакского лирико-эпического эпоса «Сайатхан Хамра».

Текст научной работы на тему «“SAYOTXON XAMRA” DOSTONINING OBRAZLARI VA O’ZIGA XOSLIGI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© L.M. Maxammatdinova1^_

1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali, Nukus, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: Yangi O'zbekiston davrida barcha soxalarda rivojlanish ko'zga tashlanib turgan davrda milliy musiqamiz, boy folklarimizdagi baxshichilik san'atiga berilayotgan imkoniyatlar davrida yoshlarga bugungi kungacha etib kelgan dostonlarni keyinggi avlodga tog'ri etkazish bizing bugungi kundagi dolzarb muommalardan sanaladi. Qoraqalpoq lirik-epik dostonlaridan "Sayatxan Xamra" dostonida obrazi ijroda o'ziga xoslikni saqlab qolish mavzuning dolzarbligi sanaladi.

MAQSAD: ushbu kungacha doston bo'yicha olib borilgan ilmiy izlanishlarda "Sayatxan Xamra" dostonining har bir versiyasiga, tu'rlariga berilgan baxo xalqning birinchi navbatda ijro etadigan baqshilarning imkoniyatidan kelib chiqib ijro etilishi, har bir baxshi dostonni o'z talaplariga muvofiq ku'ylashi, obrazlarning yoritilishi ku'ylash paytida personajlarni tog'ri tanlash kabi bir qancha jihatlarni tog'ri ifodalash mavzuyimiz maqsadidir.

MATERIALLAR VA METODLAR: mazkur maqolada adabiy-folklor qiyoslash usilidan foydanlanilib, zarur paytda tarixiy-folklor qiyoslash metodini qo'llaniladi. Dostonning kompozitsion, badiiy tili, qo'shiq qurilishi, obrazlari, badiiy o'ziga xosligi singari poetic masalalarni analiz qilish borasida adabiy, nazariy izlanishlarga suyanamiz. Doston haqida olimlar fikrini o'rganish orqali o'z fikrlarimizni taqdim qilamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: dostonni o'rganish davomida yuzaga kelgan ilmiy natijalar qoraqalpoq xalq lirik dostonlarining o'ziga xosligi poezik jihatdan ochib berishga keng imkoniyatlar beradi. "Sayatxan Xamra" dostoni misolida qoraqalpoq xalqining milliy lirik eposlariga ilmiy sifatlar beriladi. Xalqlar orasida milliy madaniy bog'liklining tarixi o'ganiladi. Dostonning kompozitsion tuzilishi, obrazlar sistemalari, badiiy o'ziga xoslik tutash xolda o'rganish ilmiy baholash natijasida ilmiy folklor usullarining kelib chiqishi va rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkun.

XULOSA: dostondagi qahramonlarning boshidan kechirgan voqealarda milliy turmish tarzidagi xarakterga ega bo'lishi bilan bir qatorda har xil hodisalar bilan umumiy lirik dostonlarda xos syujetlerga mos tarzda ijro etish shuni kelajakda tog'ri yo'naltirish bugungi rivojlanish davrida turgan muhim shartlardan biri hisoblanadi.

Kalit so'zlar: sayatxan xamra dostoni, doston ijrochiligi, qoraqalpoq dutori, milliy ijro, folklor, dostonchilik, baxshichilik san'ati.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Maxammatdinova L.M. "Sayotxon xamra" dostonining obrazlari va o'ziga xosligi. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B. 373-381.

ОБРАЗЫ И УНИКАЛЬНОСТЬ ЭПОСА "САЯТХОН ХАМРА"

© Л.М. Махамматдинова1Н

1Нукусский филиал Государственного института искусств и культуры Узбекистана,

ВВЕДЕНИЕ: в период развития во всех сферах в эпоху нового Узбекистана, в период возможностей, предоставляемых искусству бахши в нашей национальной музыке, богатых фольклорах, доведение дошедших до молодежи былин до следующего поколения является одним из актуальных вопросов современности. Актуальностью темы является сохранение в исполнении образа каракалпакского лирико-эпического эпоса «Сайатхан Хамра».

ЦЕЛЬ: в проведенных до настоящего времени научных исследованиях по мотивам эпоса оценку каждой версии эпоса «Саяатхан Хамра» исполняется исходя из возможностей людей, исполняющих его в первую очередь, исполнение каждого бахши в соответствии со своими требованиями, освещение образов, подбор персонажей во время исполнения — это наша цель.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данной статье используется метод литературно-фольклорного сравнения, при необходимости используется метод историко-фольклорного сравнения. Основываясь на литературных и теоретических исследованиях, мы анализируем поэтические вопросы, такие как композиционный, художественный язык, песенное строительство, образы, художественная самобытность эпоса. Изучая мнение ученых о эпосе, мы выражаем свое мнение.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: научные результаты, полученные в ходе изучения эпоса, дают широкие возможности для поэтического раскрытия уникальности каракалпакских народных эпосов. На примере эпоса «Сайатхан Хамра» национальным лирическим эпосам каракалпакского народа присваиваются научные качества. Среди народов будет изучена история национального культурного сада. Изучение эпоса в сочетании с композиционной структурой, системами образов, художественной самобытностью может оказать влияние на происхождение и развитие научных фольклорных методов.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: не говоря уже о национальном образе жизни в событиях, пережитых героями эпоса, а также о том, как исполнять сюжеты, характерные для общих лирических эпосов.

Ключевые слова: эпос о саятхане Хамре, эпическое исполнение, каракалпакский дутор, национальное исполнение, фольклор, эпос, искусство бахши.

Для цитирования: Махамматдинова Л.М. Образы и уникальность эпоса "саятхон хамра". // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 373-381.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

IMAGES AND UNIQUENESS OF THE EPIC "SAYATHON HAMRA"

© Lola M. Makhammatdinova1®

1Nukus branch of the State Institute of Art and Culture of Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: in the period when development was prominent in all spheres during the New Uzbekistan period, in the era of opportunities given to the bakhshiqi art of our national music, rich folklore, to convey to the next generation the epics that have reached the youth to this day are counted by us from current attitudes today. In the epic "Sayatkhan Khamra" from the dark lyric-epic epics, the image of maintaining originality in execution is considered the relevance of the topic.

AIM: in the scientific research conducted so far based on the epic, the evaluation of each version of the epic "Sayaathan Hamra" is performed based on the capabilities of the people performing it in the first place, the performance of each bakhshi in accordance with their requirements, the illumination of images, the selection of characters during performance is our goal.

MATERIALS AND METHODS: this article uses the method of literary and folklore comparison, if necessary, the method of historical and folklore comparison is used. Based on literary and theoretical research, we analyze poetic issues such as compositional, artistic language, song construction, images, and the artistic identity of the epic. By studying the opinion of scientists about the epic, we express our opinion.

DISCUSSION AND RESULTS: the scientific results obtained during the study of the epic provide ample opportunities for poetic disclosure of the uniqueness of the Karakalpak folk epics. Using the example of the epic "Sayathan Hamra", the national lyrical epics of the Karakalpak people are assigned scientific qualities. The history of the national cultural garden will be studied among the peoples. The study of the epic in combination with its compositional structure, image systems, and artistic identity can influence the origin and development of scientific folklore methods.

CONCLUSION: not to mention the national way of life in the events experienced by the heroes of the epic, as well as how to perform plots typical of common lyrical epics.

Key words: Sayathan khamra epic, epic performance, Karakalpak dutori, national performance, folklore, epic, bakhshiqi art.

Har qanday badiiy ijod o'zining kompozitsion qurilishi va o'ziga xosligiga ega bo'ladi. Ayniqsa xaliq ijodiyotining tuzilisihi voqealarning suyejetlarning motivlari, epizodlarning qo'llanilish usullari tamonidan ijrochining ijodidan katta farq qiladi. Voqealar boshlanishidan to qahramon tag'dirining echimigacha tegishli voqealar bilan boyitilib

For citation: Lola M. Makhammatdinova (2024) '№Images and uniqueness of the epic "sayathon hamra"', Inter education & global study, (4(1)), pp. 373-381. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

boriladi. Asosan bularda voqealar boshanishi va rivojlanisi va echimi dea uch bo'limga bo'lishimiz mumkun. Biz fikrimizcha dostonni shu yo'nalishda o'rganish, uning milliy sifatlarini ayrim o'zgachaliklarini ochib berish mumkunchiliklarini keltirib chiqaradi.

Dostonning qoraqalpoqcha versiyasida voqealar qahramonlarning makon joyini aniqlab olishdan boshlanadi. Unda masalan "Hazar elining Ganjiqarabaq degan shahrida ikki do'st bo'lgan ekan". [1,191-B] Yoki "Qadim zamonda Azarbayjon viloyatida Oshiq Axmet, Mamit degan ikki do'st bo'lgan ekan"[2,255] dea boshlanib, ularning xayotidan ma'lumotlar beriladi. "Ular xayotini oshiqlik bilan o'tkazgan, shu sababdan Ashiq Axmet, Mamit degan laqabni xalq qo'ygan ekan" [3,14].

Bunaqa usulda dostonga kirish qoraqalpoq xalqining ko'pchilik dostonlarida mavjud bo'lib, ularda ko'pincha voqeaning bo'ladigan o'rni, odamlarning imslari va ular haqida ma'lumotlar beriladi. Bunaqa boshlash doston voqealarini harakatga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Professor Q. Maqsetov bunaqa boslash haqida turk xalqi asarlarining ko'pchiligida bu narsa tan ekanligini va "Qoraqalpoq dostonlari boshlanishi oddiy, xalqning turmishi, tarixiga bog'liq, unda diniy tushinchalarning birinchi qatoridan o'rin olmagani shu sababdan poeziyaning xalq belgilari bilan teran bog'liq" [4,136] dea atab o'tadi.

Albatta dostonning boshlanishida milliy o'zgachalik ancha ko'zga tashlanib turadi. Dostonni o'zbekcha versiyasida Oshiq-Axmet bilan Ashiq-Muxammed bir-biriga yaqin qardosh insonlar bo'lib tariflanashi va ularning sozandachilik hunari haqida so'z bo'lmaydi [5,14]. Dostonni Turkmancha versiyasida "Ashiq" degan so'z qo'llanilmaydi ularning biri podshox bolsa (Axmet) biri (Maxmut) bo'lib aytiladi [6]. Bularning hammasi dostonlarga tan dasturiy boshlanishlar bo'lishiga qaramastan har biri o'z oldiga milliy o'zgachalikga ega. Qoraqalpoqcha turida ikki do'st va ularning oshiq dea atalishi va u so'zga xalq tushincha berishi, ularning shoxligi xayotidagi makonlari milliy xalq dostonlari bilan bog'liq milliy qarashtan ahamiyatli.

Ularda do'stlik e'tiborga olinadi. Yana oshiq so'zining belgilanishi, va baqxshichilik ijodining boshqa to'y marosimlarida, bazmlarda aytilishidir. Ota bobalarimiz an'anaviy turmish tarzida toylarining jirov-baxshilarsiz o'tmagan. Ular har qanday to'yning ko'rki bo'lishgan.

"Sayatxan Xamra" dostoni boshlanishi biz aytib o'tgandek boshqada milliy lirik dostonlarimizga tan bo'lgan boshlanishlarning mazmuni bu so'zning ko'rpoq ishq muxabbatni anglatuvchi so'z emas, bu haqida san'atshunos olim Jirmuniskiy. unda kasb hunarga tegishli so'z[7,308] ekanligini tastiqlaydi. Lekin bu ikki tushincha orasida ichki o'xshashliklarning hammasi oshiqlik dostonlari oshiqlar ijro etadigan tarafidan ularning o'z-aro bir tamonlamaligin sezish mumkun. Shunday ekan qoraqalpoq xalq dostonlaridagi "Oshiq" so'zi har ikki ma'noda qo'llanilishini ko'rsatib turibdi.

Dostonda Xamra bilan Sayatxanning bir-birini bir vaqtda tushlarida korishib bir-biriga oshiq bo'lishi ularning kelajakdagi tag'dirilariga o'zgarishlar kiritadi. Ya'ni ular bir-birini ko'rish, sog'inch zardoblari bilan xayot kechiradi. Vaqt shu zayilda o'tib ular kasbini, tanasida kuchini, shu ko'rgan tushlarini amalga oshirish uchun sarflaydi. Qoraqalpoq baxshilari dostonning mazmunining tush mativini uning shunday o'ziga xosligini xisobga

INTER EDUCATION S GLOBAL STUDY

olganlar. Sababi u ju'da sirli taraflari bilan voqeaning yaxshiligini, qiziqligini taminlaydigan o'zgachaligi bilan ham ajralib turadi. Dostonlardagi va ertaklardagi belgi va tushlarni tabiri milliy o'ylash darajasini aniqlash uchun juda ahamiyatli. Sababi bu simvollarda milliy o'zligimizga tan, millatning ijodiy, fantastik, taqqoslash qobiliyati mahkam o'rnalashgan, bu esa belgilarni o'rganish xalqning ruxiy tarixini duniyosini o'rganishga olib keladi. Qoraqalpoqlarning "Sayatxan Xamra" dostonidagi bunday boshlanishda shu kabi tajribalarga suyangan holda voqealarni milliylikda yaqinlashtirish tamoyili asosida shakllangan.

"Sayatxan Xamra" dostoni voqealarning shakllanishi Xamraning tu'shida ko'rgan sevgilisini izlash bilan boshlaydi. Oshiq o'z yo'lida qanday qiyinchiliklar duch kelishini bilmas edi. Ushbu qiyinchiliklarnig yengish uchun ishlagan hatti-harakati haqida so'z boradi. Biz boshqa dostonlarda uchrashadigan mojizaviy tosiqlarni, dev, ajdarxolarni oldidan chiqadigan holatlarni bu dostonda ko'rmaymiz. Oshiq safari lirik dostonlarga xarakterli bo'lan sevgi tuyg'ularning yordamida davom etiladi. Masalan farzandi bilan birga unga yoe izlab ketayotgan Oshiq Axmet elidan olislagandan keyin, tug'ilib o'sgan vatan sog'inchida "qo'liga dutor olib, har xil holatga mos ku'y chalib, baland tog'larning u'stida shamolga chalg'uga bir g'azal aytadi. Unda olisda qolgan -vataniga, odamlariga, daro soylarga, bo'lgan sog'inchini tariflaydi. Qahramonlarning yo'llarida baland-baland tog'lar uchraydi. Yo'lovchilar ko'proq shu taonlama xavf-xatarga uchraydi. Men netarman dodim etmas, Hech kim nolishim eshitmas, Ustimizdan tuman ketmas, Ko'p tumanli balant tog'lar. Ajal paymonimiz to'lsa, Ochilganda gu'lim solsa, Shox yigitlar bunda o'lsa, Rahming kelmas balant tog'lar.

Bunaqa qarshiliklarni tan olish oshiqlik dostonlari uchun juda xarakterli hisoblanadi. Sababi ular odattagiday harakat qarshiliklaridan ish-tuyg'ular qarshiliklariga ko'proq urg'u beriladi. Ular g'alabaga erishish uchun normal holat hisoblanadi. Qahramonlik dostonlardagi fizik kuchlar emas, bu ruxiy kuchlar aql, hunar, chevarlik kuchlari bosh ahamiyatga ega bo'ladi.

Dostondagi voqealarning echimini taminlashga xizmat qiladigan suyjetlar, epizodlar, motivlar asarning butun bir mazmunini yakunlovchi xarakterga ega bo'ladi. Bu voqealarga qdar bo'lib o'tgan voqealarning qarama-qarshiliklar asta-sekinlik bilan kuchayib boradi. Xamra Sayatxan bilan uning bog'ida uchrashgandan keyin u erda uchrashgan keyin u erda vaqt sekinlashishi. Sevgan yori bilan yolg'iz ayshi-ishratda xayot kechirishi, har qanday bog' sayllari qahramonlarning maqsatlariga etish yo'lidagi xarakatlarning shakllanishiga va mahkamlanishiga yordam beradi. Ya'ni ular bir-biriga qo'shilishga vataniga qaytib, toy marosimini o'tkazishga kirishadi. Ularning rasmiy tu'rda baxtga erishishi oson bo'lmaydi. Dostonda Sayatxanning otasi Mamatxon (Mammetxan) qizining

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

nima bilan shug'ullanib yurganidan xabarsiz bo'ladi. Qizning qilmishi harakatlarini birovlar orqali bilgandan keyin, bunaqa ishlarning oldini olishga boricha harakat etadi. Dostonning qoraqalpoqcha turida bu syujetning markazida Mamatxon turadi. Va qizining izidan 40 askar bilan quvlaydi.

Xalqmizning katta lirik epic asarlaridagi voqealar bilan syujetlarning o'zidagi asosiy obrazlar bosh qahramonning obrazlari atrofida jamlanadi. Ular voqeaga boshidan oxirigacha qatnashadi. Agar ular haqida so'z bo'lmagan paytda ham ismlari aytilmagan, bo'layotgan voqealar syujet yoki epizodlar shu bosh qahramonlarga bog'lik turda amalga oshiriladi. Qahramonlar obrazlarining qanday yo'nalishda rivojlanishiga yangi yo'l ochib beradi.

Shu sababdan bosh qahramonning obrazlarini o'rganish dostonning mazmunini badiiy o'zgachaligini aniqlash masalasida ahamiyatga egadir. Ayniqsa har bir qahramonning obrazlarini ochishda baxshilar tamonidan o'zlashtirilgan obraz yaratish usullaridan foydalanish milliy sifatlarga ega bo'ladigan natijalarni keltirib chiqaradi. Albatda obrazlarning bir-biriga uqshash bir xil yo'nalishdagi o'qshashliklarga ega bo'lishi mumkun, lekin ularda bayon etish borasida yakka milliy suratlashga asoslangan. Dostonlarda biz shunaqa holatlarga duch kelishimiz mumkun. Dostonning asosiy qahramonlari bir-birini tushida ko'rgan Sayatxanni izlab ketadi. Dotonning nasr tamonidan olim Q.Maqsetovning fikricha "Dostonning" bo'lim-bo'lim prozada epizodlarning boshlanishi va tugashi bolishiga bog'liq keladigan shakllari bilan ko'rsatish bilan bu shakl dostonning tili bilan, qahromonlarning xarakteri, so'zi, bilan ijrochi jirov-baxshining ijro manerasi bilan bog'liq ekanligini aytish kerak" [8,269]

Qoraqalpoq musiqa san'atida asirlar davomida chalg'u ijrochilik san'ati doston bilan kuyning orasini jipslashtiradi. Baxshilar dostonlarni faqat chalg'u bilan mazmunini bayon aylash emas, ular o'z ijrochiligini chalg'u bilan musiqa yo'lida ijro etadi. Doston bilan birga yashaydi. Qoraqalpq musiqasida doston ijrochiligida musiqalar katta rol o'ynaydi. Shuning uchun "Hurlixa Hamra", "Oshiq Najep", "Yusuf Axmad", "G'arib oshiq", "Sayatxan Xamra", va bashqa dostonlar bilan lirik dostonlar bilan Navoyi, Maqtumquli, Ajiniyaz, Berdax, O'tesh shoyir, Omar va boshqa klassik shoirlarning musiqalari asarlariga aytilgan kuylari o'zining badiiy boyligi tarafdan qoraqalpoq xalqining ruxiy madaniyati haqida keng tushincha beradi.[9,22] Albatta har bir ijrochi kuylash paytida ijro mahoratidan kelib chiqib asar tanlaydi. Asar tanlash faqat ovozga bog'liq emas. Ijrochining aql darajasi uning asarni kuylashda tog'I tushinib qahraonni ichki qurilishini seza olishni eplashi kerak aks holda dostonni maromiga etkaza olmagan degan gap kelib chiqadi.

Dostonlar yoshlar tarbiyasiga ta'sir ko'rsatishda xizmat qiladi. Tarbiya uzluksiz, tarixiy xarakterga egadir. Jamiyatni, insonning, rivojlanishi bilan bog'liq bo'ladi. Bu borada xalqning milliy doston, kuy-qo'shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati, masalan ona farzandiga aytgan qo'shig'I, bolaning vatanga bo'lgan, millatga bo'lgan muxabbatini uyg'otuvhi qurol sanaladi. Biz yoshlarga zamon bilan hamnafas milliy dostonlarni ham zamon talabida o'rgatishimiz zarur. Shu maqsadda dostonlarni notalashtirish ishlari olib borilgan. "Sayatxan Xamra" dostoniga ko'pchilik yoshlar qiziqish bilan qarashadi va sevib

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ku'ylashadi. Doston parchalaridan milliy Estrada yo'nalishlarida ku'ylab xalq konglida joy olmoqdalar. Buning sababi bizning fikrimizcha xalq musiqalarini notalashtirish bo'lsa kerak. 2004 yili D. Allanazarov o'zining "Qaraqalpaq sazlari" dea dutor uchunyaratilgan asarida bir qancha xalq musiqalarini notalashtirib o'quv qo'llanma sifatida havola qildi. Va qo'llanmadagi ko'pchilik musiqalar milliy Estrada yo'nalishida qaytatdan jonlandi. Bugungi kunning bir qator yosh ijodkorlari tamoidan ushbu o'quv qo'llanmadan foydalanib, kuylarni o'rganmoqda. D. Allanazarov qo'llanmasida "Sayatxan Xamra" dostonidan "Nalish" qo'shig'ini notasini rasmda (1 rasm) ko'rishimiz mumkun.

Mazkur dostonni notalashtirish ishlari olib brogan olimlarning ishlari bugungi kunda yoshlarning chalg'ularda milliy dostonlarimizni o'rganishda yaxshi darslik bo'ldi. Dostonlarning kuylari notalashtirilgandan keyin ko'pchilik yoshlar ularni milliy Estrada yo'nalishlarida kuylab xalqning olqishiga sazovvor bo'lishmoqda.

1-rasm

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Oxirgi yillari davlatimiz tomnidan ham bir qancha baxshichilik san'atini rivojlantirsh uchun ko'plab ish-rejalar va qarorlar qabul qilinmoqda. Baxshilarimiz chet davlatlarga borib miliy dostonlarimizni kuylashmoqda. Xalqaro festivallar tashkil qilinmoqda. Shulardan biri O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 946-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish haqidagi qarorining o'zi respublikamizda bu san'at turning yuqori darajali ekanligidan dalolat beradi. Bunday festivalardan yana biri bu 2019-yilda Termiz shahrida 2021-yili esa Nukus shahrida xalqaro juda yo'qori darajada o'tkazildi. Yoshlar ovozi Bozataw festivalining tashkil etilishi ham yoshlarining ochilmagan xirralarini ochib bermoqda ular bu festival, ko'rik tanlovlarda qatnashib yuqori tajribali ustozlardan maslahat olishmoqda va do'stlar orttirishmoqda.

Yosh baxshilarga ota-babolardan kelayotdan dostonlarni to'liq tushinarli o'rgatishning ham javobgarligi bor. Bugungi kunda O'zbekston davlat san'at va madaniyat institute Nukus filialida xalq ijodiyoti fakultetida folklore yo'nalishi bo'lib u erda talabalar aynan qoraqalpoq, o'zbek baxshichilik san'atidan bilim olishmoqda. U erda bir xancha xalq baxshilari professor dars berishmoqda talabalar ham o'zlari qiziqqan bu yo'nalishda bilim olishmoqda.

Yangi O'zbekiston davrida barcha soxalarda rivojlanish ko'zga tashlanib turgan davrda milliy musiqamiz, boy folklarimizdagi baxshichilik san'atiga berilayotgan imkoniyatlar davrida yoshlarga bugungi kungacha etib kelgan dostonlarni keyinggi avlodga tog'ri etkazish bizing bugungi kundagi dolzarb muommalardan sanaladi. Qoraqalpoq lirik-epik dostonlaridan "Sayatxan Xamra" dostonida obrazi ijroda o'ziga xoslikni saqlab qolish bugungi kun uchun juda ahamiyatlidir. "Sayatxan Xamra" dostonining har bir versiyasiga, tu'rlariga berilgan baxo xalqning birinchi navbatda ijro etadigan baqshilarning imkoniyatidan kelib chiqib ijro etilishi kerak. Har bir baxshi dostonni o'z talaplariga muvofiq ku'ylashi, obrazlarning yoritilishi ku'ylash paytida personajlarni tog'ri tanlash kabi bir qancha jihatlarni tog'ri ifodalash san'atkorlarning farzidir.

Dostondagi qahramonlarning boshidan kechirgan voqealarda milliy turmish tarzidagi xarakterga ega bo'lishi bilan bir qatorda har xil hodisalar bilan umumiy lirik dostonlarda xos syujetlerga mos tarzda ijro etish shuni kelajakda tog'ri yo'naltirish, dostonlarni ustozlor shogirtlariga tog'ri o'rgatish bugungi rivojlanish davrida turgan muhim shartlardan biri hisoblanadi. Biz davlatimizdagi yaratilgan imkoniyatlardan tog'ri foydalangan holda o'z ustimizda ishlasak milliy merosimizni jahonga olib chiqish imkonini beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Каракалпак, фольклоры. кеп томлык. <^арип Ашык, Саятхан Хамира»., «Карак,алпак,стан» баспасы, Н.1985.

2. Qaraqalpaq fol'klori, ko'p tomliq. Sayatxan Ha'mira, «Ilim», N.2011. 255б

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. F.A. MAKSETOVA. «Sayatxan Xamra» dastaninin poetikasi (obrazlari ha'm til wo'zgesheligi) No'kis 2013. 14-b. 84

4. Максетов К.М. Каракалпак ках,арманлык дэстанларынын поэтикасы Т. 1965, 136-6

5. Ж.Кобилниезов. Саед ва Хамро. «Фан»,Т. 1964. 14-6

6. Хурлукга и Хемра, Саят и Хемра. Туркменский романический эпос.ГРВЛ., «Наука», М.1971

7. Жирмуновский В.М.Тюркский героический эпос«Наука», Л. 1974. 308-бет

8. Максетов К.М. керсетилген китап. 269-6

9. R.B BEKIMBETOVICH "MUZIKA TARIYXI" Oqiw qollanba TASHKENT - 2024 «FAN ZIYOSI» NASHRIYOTI 22-b

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Maxammatdinova Lola Maxammatdinovna, o'qituvchi: [Махамматдинова Лола Махамматдиновна, преподаватель]; [Lola M. Makhammatdinova, teacher]; Manzil: O'zbekiston, Qoraqalpog'iston, Nukus shahri 27 kichik tuman 6-57 uy. [адрес: Узбекистан, Каракалпакстан, город Нукус, 27 Мк. район, дом 6-57]; [address Uzbekistan, Karakalpakstan, Nukus city, 27 small district, house 6-57].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.