Научная статья на тему 'История развития искусства бахши в Хорезмском оазисе'

История развития искусства бахши в Хорезмском оазисе Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
60
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
М.Муродов / Ходжаёз бахши / Бола / Бахши / Жиров / Эпосы “Горогли” / “Авазхон” / “Базирён” / Школы “Ширвоний” и “Эроний”. / M.Murodov / Khojayoz bakhshi / Bola / Bakhshi / Jirov “Gorogli” / “Avazkhon” / “Baziryon” / epics “Shirvoniy” and “Eroniy” schools.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Мардонбек Раджапов

В статье отражена история, методология, особенности развития искусства бахши в Хорезмской области, а также тесная связь искусства бахши с фольклором.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The history of the development of bakhshi art in the Khorezm oasis

This article reflects the history, methodology, peculiarities of the development of the art of baxshi in the Khorezm region, as well as the close connection of the art of baxshi with folklore.

Текст научной работы на тему «История развития искусства бахши в Хорезмском оазисе»

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The history of the development of bakhshi art in the Khorezm

oasis

Mardonbek RAJAPOV 1

Khorezm Mamun Academy

ARTICLE INFO ABSTRACT

Article history: This article reflects the history, methodology, peculiarities of

Received January 2021 the development of the art of baxshi in the Khorezm region, as

Received in revised form well as the close connection of the art of baxshi with folklore.

15 January 2021

Accepted 20 February 2021 2181-1415/© 2021 in Science LLC.

Available online This is an open access article under the Attribution 4.0 International

7 March 2021 (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

M.Murodov

Khojayoz bakhshi

Bola Bakhshi

Jirov

“Gorogli”, “Avazkhon”,

“Baziryon” epics

“Shirvoniy” and “Eroniy”

schools

Xorazm vohasida baxshichilik san’atining rivojlanish tarixi

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар: Ushbu maqola Xorazm hududida baxshichilik san’atining

M.Murodov rivojlanish tarixi, uslubiyati, o’ziga hos jihatlari, shuningdek

Xo’jayoz baxshi

Bola Baxshi

baxshichilik san’atining xalq og’zaki ijodiyoti bilan uzviy

Jirov bog’liqligini aks ettiradi.

Go’rog’li, Avazxon

Baziryon dostonlari

Shirvoniy va Eroniy

maktablari

1 Junior researcher, Khorezm Mamun Academy, Khiva, Uzbekistan

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

История развития искусства бахши в Хорезмском оазисе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова: В статье отражена история, методология, особенности

М.Муродов развития искусства бахши в Хорезмской области, а также

Ходжаёз бахши

Бола Бахши

тесная связь искусства бахши с фольклором.

Жиров

Эпосы “Горогли”,

“Авазхон”,

“Базирён”

Школы “Ширвоний” и

“Эроний”

«Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U

xalqlarning qonida,tarixiy xotirasida saqlanadi»

Shavkat Mirziyoyev

Mustaqillik yillarida O’zbekiston tarixini xolis yaratish, dolzarb tarixiy

muammolarni yangicha yondashuvlar va ilmiy qarashlar asosida haqqoniy yaratish

muhim vazifaga aylandi[1].

Mustaqillik sharofati bilan O’zbekistonning uzoq o’tmish tarixini yanada chuqurroq

anglash, o’rganish va kelajak avlodga yetkazib berishga alohida urg’u beriladi. Haqiqatdan

ham «barchamizga ma’lumki, har bir suveren davlat o’zining betakror tarixi va

madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli

ravishda shu mamlakat halqi hisoblanadi»[2].

Vatanimiz tarixini o’rganishning muhim yo’nalishlaridan biri-baxshichilik va

dostonchilik san’atidir.An’anaviy dostonchilik tarixi vatanimiz hududida yashab kelgan

xalqlarning etnik tarixi bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lib, milliy ma’naviyatimizning

shakllanishi, tarixiy ong va bilimlarimizni boyitishda nihoyatda katta o’rin tutadi. O‘zbek

dostonchiligi juda qadimiy va mo‘tabar ma’naviy meros nishonasidir. Xalq ijodiyoti, san’at

insonning ma’naviy kamolotida alohida o‘rin tutadi. Barcha san’atlarning rivoji negizida

xalq og'zaki ijodi turadi. Insoniyat paydo bo‘lganidan to bugungi kunga qadar san’atning

adabiyot, qo‘shiqchilik kabi turlarida xalq og'zaki namunalardan foydalanib kelinmoqda.

San’at inson dunyoqarashini va tafakkurini boyitibgina qolmay, uni ezguliklar, yaxshiliklar,

go‘zalliklar olamiga boshlaydi. Inson umrini hayotini kuy-qo‘shiqsiz tasavvur etib

bo‘lmaydi. Zero, san’at inson ma’naviy faoliyatining eng muhim qirralaridan biri,

bunyodkorlikka undovchi buyuk va qudratli kuchdir.

So’nngi yillardagi ilmiy izlanishlar va arxeologik tadqiqotlar Xorazmning eng

qadimiy, eng ko’hna o’lkardan biri bo’lganligini, bu o’lkada qadimiyroq o’troqlashgan

qabilalar yashagani, ushbu qabilalarning ovchilik, baliqchilik, bog’dorchilik, sun’iy

sug’orishga asoslangan dehqonchilik va hunarmandchilik juda kuchli rivoj topganligini

isbot etdilar.[3]

Umuman Xorazm-juda qadimdan rivojlangan xalqlar yashagan o’lka bo’lib uning

xalqi eramizdan avvalgi mingyilliklardayok o’z madaniyati, ishlab chiqarishi, fani, san’ati,

mukammal dini, ma’naviy dunyosi, hatto davlatchilik siyosatiga barcha xalqlardan ilgari

ekanligini to’liq isbotlab bergan ko’hna bir zamindir.

592

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

Baxshi so’zining ma’nosi mo’g’ulcha «baxsha» va «bag’sha»- ustod, ma’rifatchi,

sanskritcha «bxikshu»-kalandar, darvesh, forscha «baxshidan» so’ziga yaqin bo’lib

bag’ishlamoq, in’om qilmoq ma’nosini anglatadi.[4] O’zbekiston hududida baxshi

ijrochiligini o’z hususiyati jihatidan 2 turga bo’lish mumkin.

1) Ichki ovoz bilan she’riy shaklda ko’biz yoki do’mbira jo’rligida ijro etish uslubi

2) Asosiy matni hikoya va she’riy matni qo’shiq shaklda ochiq ovozda , ko’pincha

dutor va tor jo’rligida ijro etish uslubi[5].

Xorazm baxshichilik sa’nati ijro etish uslubi jihatidan ikkinchi toifa ichiga

kiritishimiz mumkin. Xorazm xalq dostonlari hajmi boshqa o’zbek xalq dostonlariga

qaraganda kichikligi, shu bilan birga ko’proq musiqaviyligi bilan ajralib turadi. Baxshilar

bir voqeaga birlashgan dostonlari o’z boshidan kechirganday qilib, san’atkorlik bilan ijro

qilib kelganlar. Baxshilar dutor yoki tor chertib dostonlari yoddan aytganlar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ma’lumki, Xorazm dostonlari bir kechada so’z va soz bilab kuylab tamomlashga(kun

botgandan yarim kechagacha bo’lgan muddatga) mo’ljallangan. Xorazm baxchichilik va

dostonchilik tadqiqotchilaridan biri bo’lgan M.Murodov Xorazm dostonchiligi haqida

shunday gapirgandi:«Xorazm dostonlarini bevosita kuy bilan tinglash kerak, shundagina

ularning ruhi, g’oyaviy-ma’rifiy va baadiy estetik ta’sir quvvatini to’laroq tasavvur etish

mumkin bo’ladi.»[6]. Xorazmda doston ijrochilari baxshi deb nom olgan. Baxshi doston

voqeasini o’z so’zi, o’z kuyi bilan grimsiz, kastyumsiz bo’lsa ham, yuksak ruhiy kayfiyat

bilan aktyorlik qobiliaytini ishga solib tushuntirib bera olgan. Baxshi doston voqealarining

salbiy yoki ijobiy nuqatlarini tushuntirish, doston matnlarini ovoz tonini voqealarga qarab

o’zgartirgan, dutor yoki tordan qo’lini olib qo’li bilan sahna aktyoridek ishora qilgan,

mimik harakatlar ham qilgan. Natijada doston voqealari tinglovchi tasavvurida

sahnadayok jonlangan.[7] Xorazm baxshilari dostonlarni shunday mahorat bilan

kuylaganki, tinglovchilar qalbida yaxshilikka muruvvat, yomonlikka nafrat, yaxshi

obrazlar ko’ngilsiz vaziyatlarda qolganda achinish his-tuy’gularini paydo eta olgan.

Xorazm dostonlari qahramonlari baxshi ijrosida ezgulik yo’lida birlashadilar, yomonlikka

esa qarshi kurashadilar. Natijada tinglovchilar ongida kuchli dramatizm sahnasi paydo

bo’ladi. Shuningdek Xorazm dostonlarida uchraydigan she’riy usulda bir-biri bilan

aytishuv ham muhim o’rin ahamiyat kasb etadi.

XX asr boshlarida Xiva xonligida inqilob arafasida fan, madaniyat, xususan

baxshichilik san’ati ham rivojlanish jarayonidan orqada qola boshladi. Baxshilar dostonlar

orqali oddiy mehnatkash xalqning azob-uqubatlarini, hasratlarini kuy-qo’shiq qilib ijro

etar, boylarni, hukmron tabaqani esa yomonlar edi. Shuning uchun ham boylarning

ko’pchiligi baxshilarni tinch ijod qilishga yo’l qo’ymagan.Bunga misol qilib Xo’jayoz baxshi

tarixini aytishimiz mumkin. Xo’jayoz baxshini bag’otli Madrayimboy o’z hovlisiga

ziyofatga chaqirib, tongacha doston va qo’shiqlar ayttiradi. Tongda Madrayimboy

baxshidan o’zini maqtashni so’raydi, lekin Xo’jayoz baxshi buni rad qiladi.Boyning jahli

chiqib muzli hovuz tagiga tashlatib o’ldirtiradi.[8]

Umuman olganda o’zbek, qozoq, turkman, qoraqalpoq baxshichilik san’ati doston

aytish san’ati bir biriga juda ham o’xshab ketadi.Xususan to’ylardan doston aytishuv

jarayonlari o’xshashdir. Bunda ikki yoki uch baxshi bir-birlarini yenguncha bir dostonni

navbatma-navbat dutor chalib aytganlar. Ba’zan bir to’yda ikki baxshi bir-biriga qarama-

qarshi turib doston kuylagan. G’olib chiqqan baxshi yoki jirovni to’y ishtirokchilari qizg’in

tabriklagan.Xiva xonlari ham baxshi va jirovlarning aytishuvlarni tashkil qilgan. Xon

ko’pincha ko’ngiliga yoqmagan baxshilarni aytishuvda yengilgan hisoblab, yuziga

593

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

“qorakuya” surkab haqorat qilgan. Bunday ko’ngilsiz holatni XIX asrda yashab ijod qilgan

qoraqalpoq shoiri va jirovi Kunxo’ja Ibrohim o’z boshidan kechirgan.

Shunga qaramay, Xorazm vohasi xalqlari to’y va bayramlarda baxshi va jirovlarning

aytishuvlarini katta qiziqish bilan tomosha qilganlar va ularni olqishlaganlar. Bundan

tashqari, baxshilar savol-javob tariqasida qo’shiq to’qib kuyga solib ham aytishgan[9].

Xorazm yo‘lidagi “Go‘ro‘g‘li”, “Avazxon”, “Baziryon” dostonlari tarkibidagi kuy va

qo‘shiqlar o‘z salohiyati jihatidan maqomlardan yoki qo‘shiqlardan hech qolishmaydi.

Xorazm dostonchiligi 2 ta asosiy “Shirvoniy” va “Eroniy” maktablardan tarkib topgan.

Ikkala uslubning umumiy xususiyatlari shundan iboratki, baxshilarning aksariyati tom

ma’noda savodxon bo‘lib, ular hikoyani bir parchasini so‘zlab bergandan so‘ng qo‘shiqqa

navbat kelganda she’r to‘qib badihago‘ylik qilmaydilar, balki dostonni barqaror musiqiy

matnini yodlagan bo‘lib, o‘rnida ishlatadilar. Ba’zida uning qo‘lyozmasini yonida olib

yuradilar va ijro davomida undan foydalanishlari ham mumkin. Shirvoniy uslubdagi

baxshilar doston nomalarini qanday atalishini yaxshi bilsalar ham ko‘pincha birovga

aytishga sir tutadilar. Eroniy uslubdagilari esa ba’zida hikoya davomida, she’r matni kelgan

joyda, nomani nomini ham qo‘shib aytib ketadilar. Shirvoniy uslubdagi baxshilar dutor,

bulomon yoki g‘ijjak, doira jo‘rligida doston aytsalar, eroniy uslub baxshilari dostonni

asosan, dutor bilan ijro etadilar. Shuningdek, dramatik mungli xususiyati, sodda musiqiy

vazni, vazmin ijrosi va turli sakrama harakatlari bilan shirvoniydan farq qiladi.[10]

Eroniy uslub dostonchilik an’analarining bosh xususiyatlaridan biri baxshi asosan

dutor bilan doston aytadi. Ko‘pincha unga bulamonchi yoki g‘ijjakchi jo‘r bo‘ladi. Ayrim

hollarda baxshi yakka o‘zi, yonida sozandalarsiz xaloyiq oldiga chiqib doston kuylayberadi.

Xorazm dostonchilik maktabi o‘z an’analariga ega bo‘lib, boshqa mahalliy dostonchilik

maktablaridan farq qiladi. Xorazm dostonlari “ochiq ovoz” dagi ijrosi, serjilo cholg‘u

muqaddimasi, parda va tovushqator o‘zgarishlari bilan ajralib turadi.

Xorazm dostonchiligi rivojiga Ahmad baxshi, Qurbonnazar Abdullayev

(Bolabaxshi), Ro‘zimbek Murodov, Qodir baxshi Jumaniyozov, Otaxon baxshi Matyoqubov,

Jumaboy Xudayberganov, Qalandar baxshi Normetov, Norbek baxshi

Abdullaev kabi ,baxshilarning hissasi kattadir. Xorazmda o‘ziga xos baxshichilik

maktabini yaratgan insonlardan biri Qurbonnazar Abdullaevdir (Bola baxshi).

Qurbonnazar Abdullaev “Avazxon”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Go‘ro‘g‘li”, “Bozirgon”,

“Xirmon dali”, “Oshiq Mahmud”, umuman 40 ga yaqin dostonlarni yoddan bilgan.

Qurbonnazar Abdullayevga (Bola baxshi) 1938 yilda “O‘zbekiston xalq dostonchisi”

unvoni berilgan. Bunday unvonga u O‘zbekistonda birinchi bo‘lib sazovor bo‘lgan edi[11].

Xulosa qilib aytganda, zamonlar o‘tib texnika odamlar hayotiga chuqur kirib

borsada, baribir inson milliy ma’naviyatga suyanadi. Folklor san’atimiz o‘tmish,bugun va

kelajak. Xalqimizning o‘ziday donishmand, ulug‘ va boqiy bu meros o‘zbek nomini har

yerda va har doim ulug‘laydi. Chunki asl folklor asarlari mag‘zida inson kamoloti uchun

xizmat qiladigan g‘oya yotadi.U xalqning boqiy tarixini o‘zida aks ettiradi. Ushbu noyob

san’atning noyob na’munalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish,

yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish va

dunyo xalqlari o‘rtasida xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun xizmat

qiladi. Baxshichilik va dostonchilik san’atininig tarixi, baxshilar va dostonchilar ijodini

mukammal o‘rganish, bu borada fundamental tadqiqotlar olib borish, unitilayotgan

dostonlarni qayta tiklash, va kelajak avlodga yetkazish lozimdir. Baxshilar ijrolarini audio,

video tasmalariga yozib olish, ular ijodini kitob holiga keltirish, Xorazm dostonlarini

594

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

notaga olish, shu dostonlardan imkon darajasida filmlar yaratishni yo‘lga qo‘yish,

dostonchilik maktablarini rivojlantirishdagi asosiy vazifalardan biridir. Zero, adabiyot,

she’riyat, musiqa va tomosha kabi birqancha san’at turlarini o‘zida mujassam etgan

dostonlar tarbiya vositasi bo‘libgina qolmasdan, madaniy merosimizning noyob

durdonasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. – 31 б.

2. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб,

янги босқичга кўтарамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 592 б.

3. Б.Саримсоқов. “Ўзбек маросим фольклори” 1986.- 12 б

4. Тўра Кличев «Хоразм халк театри»- Тошкент:Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт

ва санъат нашриёти,1988.-99 б

5. С.Турсунов, Т.Пардаев. Ўзбекистонда бахшичилик санъатининг ривожланиш

тарихи ва тараккиёт боскичлари.-Тошкент: Тафаккур,2015.-256-б

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. М. Муродов, Н.Сабуров. Суз боши. «Коракуз ойим», «Гулрухпари», Тошкент,

Узбекистан ССР «Фаи» нашриёти, 1967 йил, 4-бет.

7. Тўра Кличев «Хоразм халк театри»- Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги

Адабиёт ва санъат нашриёти,1988.-100

8. Тўра Кличев «Хоразм халк театри»- Тошкент:Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт

ва санъат нашриёти,1988.-112

9. А.Облонский . Рож дение туркменского театра. «Туркменоведение»,1928, №

3, 4, стр. 52.

10. Matyoqubov B. “Doston navolari”. – Toshkent. “BUILDING PRINT” nashriyoti. –

2009,13-b

11. Д.Бобажанов ,М.Абдурасулов «Абадият Фарзандлари» Хоразм, Маъмун

Академияси

595

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.