Научная статья на тему 'SAVOD O‘RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH'

SAVOD O‘RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
22
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich ta’lim / pedagogik texnologiya / ta’lim / uzluksiz ta’lim / savod o‘rgatish davri / dars jarayonlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Kazakova Sojida Nariman Qizi

Ushbu maqolada hozirgi kunda dars jarayonlarida ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda ularning samarali natijalari boshlang‘ich ta’limning savod o‘rgatish davri timsolida ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAVOD O‘RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

SAVOD O'RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Kazakova Sojida Nariman qizi

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

2Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11065573

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda dars jarayonlarida ilg'or o'qituvchilar tomonidan qo'llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda ularning samarali natijalari boshlang'ich ta'limning savodo'rgatish davri timsolida ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, pedagogik texnologiya, ta'lim, uzluksiz ta'lim, savod o'rgatish davri, darsjarayonlari.

Аннотация. В данной статье рассматриваются современные педагогические технологии, используемые передовыми учителями в ходе уроков, и их эффективные результаты в контексте грамотного периода начального образования.

Ключевые слова: начальное образование, педагогическая технология, образование, непрерывное образование, период обучения грамоте, процессы урока.

Abstract. In this article, modern pedagogical technologies used by advanced teachers in the course of lessons and their effective results are considered in the context of the literacy period of primary education.

Keywords: primary education, pedagogical technology, education, continuous education, period of literacy training, lesson processes.

Zamon bilan ham nafas yashashni talab qilayotgan XXI asr fan va texnologiyalarning ilg'or rivojlanayotgan asridir. Hozirgi kunda dunyo bo'ylab ilm-fan sohasida ko'plab o'zgarishlar, tadqiqotlar hamda ilmiy ishlar tajribali tadqiqotchi olimlar tomonidan olib borilmoqda. Shu jumladan, bizning yurtimizda ham ta'lim sohasida tubdan burilishlar bo'layotganini ko'rishimiz mumkin. Dars jarayonlarida qo'llanilayotgan ommaviy axborot vositalari hamda zamonaviy metodikalar buning yaqqol namunasidir. Albatta, pedagoglar innovatsion texnologiyalarni qo'llash orqali o'quvchilar bilimini yanada oshirishi, qolaversa, ularning darsga bo'lgan qiziqishini orttirishi hamda dunyoqarashini kengaytirib, shaxsiy fikrlashini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu borada mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 27-fevral kuni "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida quyidagicha ta'kidlangan:

"Pedagogik ta'lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo'shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg'or ta'lim texnologiyalarini joriy qilish.. Z'1

Bundan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizda ta'lim sohasida juda katta o'zgarishlar hamda yuksalishlar o'z cho'qqisi tomon rivojlanib ilg'or harakat qilmoqda. Ta'lim sohasida pedagoglarga qo'yiladigan bir qator talablar ham mavjud. Ya'ni o'qituvchining zamon bilan hamnafas yashashi, nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishi, dars jarayonlarini qiziqarli

1 Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 27 fevral kuni "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

tashkil etishi va o'quvchilarni darsga qiziqtirishi, ularning dunyoqarashini kengaytirib ilmiy tafakkurini rivojlantirishi pedagogning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qolaversa, o'qituvchilar dars jarayonlarida ommaviy axborot vositalaridan foydalanishi hamda dars mazmunidan kelib chiqqan holda ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llashi ham pedagoglarning muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Boshlang'ich sinflarda pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali darsdan ko'zlangan maqsadga erishish yanada osonroqdir. Pedagogik texnologiyalarni qo'llashdan ham asosiy maqsad aslida shu. O'qituvchilar pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali darsni yanada muvaffaqiyatli tashkil etishi, o'quvchilarni fanga qiziqtirishi va bilimlarni chuqurroq egallashi uchun yo'l ochib beradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Tabiiyki shu o'rinda savol tug'iladi. Pedagogik texnologiya o'zi nima?

«Pedagogik texnologiya» atamasining mohiyati nimada? «Texnologiya»- yunoncha so'z bo'lib, «techne»-mahorat, san'at, «logos»- tushuncha, o'rganish demakdir. 2

Pedagogik texnologiya — bu ta'lim shakllarining samaradorligini oshirish vazifasini qo'yadigan texnik va shaxsiy resurslarni va ularning bog'liqligini hisobga olgan holda, o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning butun jarayonini yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli usuli. Ta'limni takomillashtirishda zamonaviy bilimlarga yo'l ochish pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir. Mustaqil O'zbekistonimizda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish uni yangi davlat ta'lim standartlari asosida o'rnatishga qaratilgan. Hozirgi kunda o'qituvchining faoliyati, uning pedagogik mahoratiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'quv jarayonida ishlaydigan o'qituvchilarning pedagogik tafakkurida boshlangan pedagogik texnologiya darslari protsesslarini qo'llash bo'yicha tavsiyalar o'qituvchilar uchun juda zarurdir. Bu hamkorlik asosida O'quvchilarning faolligini oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan: o'quvchilarga boshqalarning fikrlarini eshitish, tushunish, hurmat qilish, boshqalarning manfaatlarini hisobga olish, ularni o'rgatish, ularga ta'sir qila olish.3

Pedagogik tenxologiyalarning asosiy maqsadi komil insonni shakllantirish, qo'llash miqyosiga qaraydigan bo'lsak, ta'limning barcha sohalarida keng qo'llaniladi. Uning vositalari esa barcha ta'limiy va tarbiyaviy vositalar xususiy metodikalardir. Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta'lim turlari, ta'lim sohalari hamda ayrim belgilari bo'yicha turlarga ajratiladi Uzluksiz ta'lim turlari bo'yicha maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, tayanch ta'lim, maktabdan tashqari-qo'shimcha ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi pedagogik texnologiyalariga bo'linadi. Shu bilan birga, ta'lim sohalari bo'yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san'at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta'lim pedagogik texnologiyalari mavjud. Pedagogik texnologiyada asosiy e'tibor ta'lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo'yicha turlarga ajratiladi. Bilish faoliyatini boshqarish bo'yicha pedagogik texnologiyalar turlari:

• Klassik ma'ruza;

• Texnika vositalari yordamida o'qitish;

• Maslahatchilik tizimi;

• Darslik bo'yicha o'qitish;

2 H.Omonov N.Xo'jayev S.Madiyorova E.Eshchanov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent "IQTISOD-MOLIYA". 2009.

3 F. Abdugafforova. Boshlang'ich sinf o'quv darslarida pedagogic texnologiyalardan foydalanish. : «Евразийский Научный Журнал" jurnali №2 2020

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

• Kichik guruhlar tizimi;

• Kompyuter yordami da o' qitish

• Repetitorlik tizimi;

• Dasturlashtiriladigan boshqaruv.

Ta'lim oluvchiga yondashuv turi bo'yicha pedagogik texnologiyalar quyidagicha nomlanadi:

■ Avtoritar;

■ Didaktik yo'naltirilgan;

■ Ijtimoiy yo'naltirilgan;

■ Antropologik yo'naltirilgan;

■ Pedagogik yo'naltirilgan;

■ Shaxsga yo'naltirilgan;

■ Insonparvarlikka va shaxsga yo'naltirilgan;

■ Hamkorlik texnologiyalariga yo'naltirilgan;

■ Erkin tarbiyaga yo'naltirilgan;

■ Ezoterik ta'lim va tarbiyaga yo'naltirilgan.

Bundan tashqari shaxsning xususiyat va sifatlari tarkibiga yo'naltirilganlik bo'yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:

^ Fanlar bo'yicha bilim, ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan -axborot texnologiyalar;

^ Aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga yo'naltirilgan -operatsion texnologiyalari;

^ Estetik va axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga yo'naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional axloqiy texnologiyalar;

^ Shaxsning o'z-o'zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo'naltirilgan o'z-o'zini rivojlantirish texnologiyalari;

^ Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan -evristik texnologiyalar;

^ Amaliy faoliyat sohasini rivojlantirishga yo'naltirilgan amaliy texnologiyalar.4

Savod o'rgatish davrida pedagogik texnologiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu davrda o'quvchilarda eshitgan, ko'rgan va o'gan narsalarini tezda uqib olish xususiyati shakllangan bo'ladi. Bu davrda pedagogic texnologiyarning bir qismi sanalgan interfaol metodlardan foydalanish ham samarali natija beradi. Interfaol metodlar ham o'z o'rnida o'qituvchining darsga qay darajada yondashishiga qarab tanlanadi. Misol uchun guruhlarni shakllantirishda va guruhlar o'rtasidagi ahillikni mustahkamlashda "Bumerang", "Terminal" metodlari maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, xotiralarini mustahkamlash, shaxsiy fikrini o'zgalarga bayon qilishini shakllantirish uchun "Aqliy hujum", "Xotira mashqi", "Loyihalash" kabi metodlar foydaliligi bilan ajralib turadi. Qolaversa umumjamoalikda ishlash uchun STEAM, SWOT tahlili kabilar ham muhim rol o'ynaydi. Dars jarayonlarini samarali tashkillashtirganimiz kasi o'quvchilarning ham bilimlarini zamonaviy usullarda baholash ham muhimdir. Garchi savod o'rgatish davrida o'quvchilar baholanmasada 3-4-sinf davomida xalqaro baholash usullaridan foydalanishimiz mumkin. Bunda PISA, PIRLS kabilar ko'zlangan natijani beradi.

Xulosa o'rnida shu ta'kidlash joizki, o'quvchilarga savod o'rgatish davrida dars qay darajada sifatli tashkil etilsa, ta'lim sifati ham shu darajda mustahkam bo'ladi. Ayniqsa hozirgi

4 M.Jumaniyozova. O'qituvchilar uchun turli xil qiziqarli ma'lumotlar. Shaxsiy vebsayt

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" April 25, 2024

kunda ushbu jarayonda pedagogik tenologiyalarni qo'llash o'qituvchi uhun tajriba o'quvchi uchun bilim va ko'nikmadir. Shu bilan birgalikda o'quvchilarda milliylik, urf-odat va an'analarga sodiq ravishda tarbiyalash ham ertanggi kunimiz uchun qo'yilgan mustahkam poydevordir. Mamlakat uchun komil inson va yetuk kadrlarni yetishtirish bilimli va ilg'or pedagoglar qo'lidadir.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyev 2G2G-yil 27 fevral kuni "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

2. H.Omonov N.Xo'jayev S.Madiyorova E.Eshchanov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent "IQTISOD-MOLIYA". 2GG9.

3. F.Abdugafforova. Boshlang'ich sinf o'quv darslarida pedagogic texnologiyalardan foydalanish. z «Евразийский Научный Журнал" jurnali №2 2020

4. D.Jalilova, S.Xolmo'minova. "Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2G24-yil 2G-fevral. 57G-572-b. https://doi.org/1G.5281/zenodo.1G68G753

5. D.Ortiqova. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida qo'llaniladigan metodlar. International scientific and practical conference "Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches" March 13, 2024. https://doi.org/1G.5281/zenodo.1G8G2446

6. M.Jumaniyozova. O'qituvchilar uchun turli xil qiziqarli ma'lumotlar. Shaxsiy vebsayt.

7. www.ziyouz.com

8. www.tarbiya.uz

9. www.pedagoglar.uz 1G. www.kitobsevar.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.