Научная статья на тему 'MAMLAKAT TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING EGALLAYOTGAN O‘RNI'

MAMLAKAT TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING EGALLAYOTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
31
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / ta’lim / raqamlashtirish tendensiyalari / raqamli avlod.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilshoda Jalilova Ural Qizi, Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova, Shaxnoza Jalilova Ural Qizi

Mazkur maqola raqamli asrda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasining o‘zgarishi, qo‘lga kiritadigan yutuqlari va ega bo‘ladigan tajribalari haqida fikr-mulohaza yuritadi. Bundan tashqari, ta’limni raqamlashtirish masalasini zamonaning global tendensiyasi sifatida ko‘rib chiqadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKAT TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING EGALLAYOTGAN O‘RNI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

MAMLAKAT TA'LIM TIZIMIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING

EGALLAYOTGAN O'RNI 1Dilshoda Jalilova Ural qizi 2Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova 3Shaxnoza Jalilova Ural

qizi

1Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 330-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich

ta'lim fanlar o 'qituvchisi 3Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi 14-maktab texnologiya fani o'qituvchisi 3Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zMU 4-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10040622

Annotatsiya: Mazkur maqola raqamli asrda O ''zbekiston Respublikasida ta 'lim sohasining o 'zgarishi, qo 'lga kiritadigan yutuqlari va ega bo 'ladigan tajribalari haqida fkr-mulohaza yuritadi. Bundan tashqari, ta 'limni raqamlashtirish masalasini zamonaning global tendensiyasi sifatida ko 'rib chiqadi.

Kalit so zlar: raqamli iqtisodiyot, ta 'lim, raqamlashtirish tendensiyalari, raqamli avlod.

Hozirgi rivjlanishlarga va innovatsiyalarga boy asrda jahonning ko'pgina mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Raqamli iqtisodiyotni takomil etish milliy iqtisodiyotning raqobatbardosh bo'lishiga va yanada yuksalishiga xizmat qilishida eng muhim sanaluvchi omillar sirasidan deya ta'kidlanmoqda.

Dunyohamjamiyatidan ortda qolmagan tarzda faoliyat olib borayotgan O'zbekiston Respublikasida ham iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi mamlakatni rivojlantirishning eng muhim hamda ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Buning yaqqol timsoli sifatida 05.10.2020 yildagi PF-6079-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini keltirib o'tish mumkin. Ushbu Farmonda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani haqida mulohazalar o'z aksini topadi. Yana ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan xolda ta'limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish haqida ham alohida ta'kidlab o'tilgandir.

Bundan tashqari raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalarini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish va bunda quyidagi jihatlarni inobatga olish: axborot savodxonligi (qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni topish qobiliyati); kompyuter savodxonligi (raqamli qurilmalar bilan ishlash qobiliyati); media savodxonligi (ommaviy axborot vositalarini tanqidiy o'rganish imkoniyati); kommunikativ savodxonlik (zamonaviy raqamli aloqa vositalaridan foydalanish qobiliyati); texnologik innovatsiyalarga (yangi texnologiyalarga) ijobiy munosabatni shakllantirishga e'tibor qaratish muhim vazifalardan ekanligi ham ta'kidlangan.

Qayd etish joizki, xalqaro amaliyotda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasini ta'riflashga yagona yondashuv mavjud emas. Ilmiy adabiyotlarda raqamli iqtisodiyotni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimi sifatida ko'rib chiqish taklif etiladi.

Shunday qilib, ilg'or axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish bilan bog'liq o'zgarishlar jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalariga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Bu esa, jumladan, ta'lim sohasini raqamli o'zgartirish jarayonlariga olib keladi. Zamonaviy dunyo uchun ta'limni raqamlashtirish global tendentsiyadir deya e'tirof etish mumkin.

570I

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Rivojlanishlar va yuksalishlar sari ildam qadam tashlayotgan mamlakatimiz uchun ta'lim tizimining raqamli transformatsiyasi ta'lim jarayoni sifatini oshirish va shaxsiylashtirilgan ta'limga o'tish uchun eng yangi axborot texnologiyalarini samarali va moslashuvchan qo'llash lozim ekanligini, shu jumladan, ta'limning raqamli transformatsiyasining mohiyatan zarur ta'lim natijalariga erishish va raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida o'quv jarayonini shaxsiylashtirishga o'tishdan iboratligini ko'rsatadi.

Yana shuni ta'kidlash joizki, ta'limning raqamli transformatsiyasiga ta'sir etuvchi muhim omil bu ta'lim oluvchilarning o'zlaridagi o'zgarishlardir. Tadqiqotchilarning fikricha, ta'limning raqamli transformatsiyasi endi ta'lim jarayoni tashkilotchilari tashabbusi bilan emas, balki internet asrida tug'ilgan «raqamli avlod»ini o'rgatish zarurati bilan bog'liq. Maktab o'qituvchilar ham, universitet o'qituvchilari ham buni hisobga olishga va raqamli maktab o'quvchilari va raqamli talabalarga moslashishga majburdirlar.

Shu bilan birga, oqilona raqamlashtirish tamoyiliga amal qilish, ya'ni raqamli texnologiyalarni, birinchi navbatda, o'qituvchi yetakchi rol o'ynashini hisobga olgan holda, ta'lim jarayonini qo'llab-quvvatlash va takomillashtirish vositasi sifatida ko'rib chiqish zarur.

Raqamli iqtisodiyot yoki mamlakat ta'lim tizimida raqamli iqtisodiyotning o'rin egallayotgani haqida fikr-mulohazalar talaygina. Aynan yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, xulosa sifatida aytish mumkinki, zamonaviy sharoitda raqamli maktab o'quvchilari va raqamli talabalar ma'lumotni shunchaki takrorlashdan manfaatdor bo'lolmaydilar, shuning uchun o'qituvchi o'rganishga va shaxsiy yondashuvga e'tibor qaratishi darkor hamda ta'lim muassasasi talaba va o'quvchilarning individual ta'lim trayektoriyalarini rivojlantirishga diqqat qaratilgan bo' lishi kerak.

REFERENCES

1. Bakitovich, A. E. (2020). Practical forms and methods of" Improving environmental education technologies through protection of natural areas for students". ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 173-177.

2. Dilshoda Jalilova Ural qizi. BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING AHAMIYATI. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607)

3. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com)

4. Хожиева, З. У. (2017). РОЛЬ РЕФЛЕКСИИ В ПРОЦЕССЕ ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ. Восточно-европейский научный журнал, (1-2 (17)), 7-9.

5. Ходжиева, З. У. (2016). ГУМАНИЗАЦИЯ ДИДАКТИЧЕСКИХ ОТНОШЕНИЙ В СОВРЕМЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-, 2016.

6. ^ораев,С. (2016). Фанлараро узвийлик ва узаро алокани таъминлашнинг узига хос хусусиятлари. "Таълим, фан ва инновация", 2(2), 45- 50

7. https://lex.uz/

8. https://uzdon.uz/news/info

5 711

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.