Научная статья на тему 'SAVDO NUQTALARIDA TOVARLARNI JOYLASHTIRISH TARTIBI'

SAVDO NUQTALARIDA TOVARLARNI JOYLASHTIRISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
11
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
savdo nuqtalari / marketing faoliyati / mahsulot / tovar / savdo jarayonlari. / sales points / marketing activities / products / goods / sales processes.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Muhiddinov M.Sh.

Ushbu maqolada merchendayzing sohasining ish faoliyat jarayoni, bunda mahsulotlarni savdo javonlarida yo‘qolib qolmasligi uchun ta’minotni boshqarish xususiyatlari, savdo nuqtalarida tovarlarni joylashtirish tartibi muallif tomonidan yoritib beriladi va ko’rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the work process of the merchandising industry, the features of supply management so that products do not disappear on the shelves, and the procedure for placing goods at sales points are highlighted and reviewed by the author.

Текст научной работы на тему «SAVDO NUQTALARIDA TOVARLARNI JOYLASHTIRISH TARTIBI»

SAVDO NUQTALARIDA TOVARLARNI JOYLASHTIRISH TARTIBI

Muhiddinov M.Sh.

Samarqand iqtisodiyot va servís instituti Marketing kafedrasi assistenti

Annotasiya: Ushbu maqolada merchendayzing sohasining ish faoliyat jarayoni, bunda mahsulotlami savdo javonlarida yo'qolib qolmasligi uchun ta'minotni boshqarish xususiyatlari, savdo nuqtalarida tovarlarni joylashtirish tartibi muallif tomonidan yoritib beriladi va ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: savdo nuqtalari, marketing faoliyati, mahsulot, tovar, savdo jarayonlari.

Abstract: In this article, the work process of the merchandising industry, the features of supply management so that products do not disappear on the shelves, and the procedure for placing goods at sales points are highlighted and reviewed by the author.

Keywords: sales points, marketing activities, products, goods, sales processes.

Tovarlar joylashuvi savdo zalidagi joy va savdo nuqtasida tovarlarni joylashtirish bilan tavsiflanadi. Tovarlarni joylashtirish deyilganda quyidagilar tushuniladi:

savdo zalidagi joy va chakana savdo nuqtasidan kelib chiqqan holda, savdo jihozlari va uskunalarida tovarlar (tovar belgilari)ni joylash-tirish;

muayyan bir turdagi va hajmdagi tovar assortimentining doimiy mavjud bo'lishini ta'minlash;

savdo uskunalarida mahsulot bloklarini gorizontal va vertikal ravishda joylashtirish;

savdo markalarini taniqligi bo'yicha joylashtirish; saqlash muddatiga qarab mahsulotlarni rotatsiya qilish. Shu tariqa, joylashtirish-bu insonlarni xarid qilishga ishontiradigan tarzda tovarlarni taqdim qilishdir.

Tovarlarni joylashtirish quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga ko 'maklashadi: tashrif buyuruvchining kognitiv resurslarini taqsimlashga hissa qo'shish; tashrif buyuruvchi uchun mahsulotning ko'zga tashlanish darajasi va jozibadorligini aniqlashtirish;

tovarlar va tashrif buyuruvchilar o'rtasida o'zaro yaqinlikni shakl-lantirish; "tovar sotuvchilari" qo'shimcha tovarlar, impulsiv va passiv talabga ega tovarlarni sotish borasida o'z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi "kesishma merchendayzing" uchun shart- sharoitlar yaratish; alohida tovar va savdo markalari uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish; chakana sotuvchining raqobat afzalliklariga erishishiga ko'maklashish. Chakana savdo korxonasida tovarlarni joylashtirishda ma'lum bir qoidalarga rioya qilish talab qilinadi:

chakana sotuvchi tovarlarni yaxshi joylashtirish orqali qancha ko'p tovar sotsa, ishlab chiqaruvchi yoki ulgurji korxona unga shuncha ko'p tovar sotadi;

tovarlarni yaxshi taxlash mijozlarning e'tiborini jalb qilish va mijozlar bazasini shakllantirishga ko'maklashadi;

joylashtirish xaridor bilan yaxshi munosabatda bo'lishga yordam beradi;

raqobatchilarning javonlarda qulay joy egallashiga to'sqinlik qiladi.

Do'konda tovarlarni joylashtirish juda muhim sanaladi, chunki uning mavjud bo'lishining asosiy shartlaridan biri - bu javonlarda tovarlarning mavjudligi va xaridor uchun qulayligida aks etadi. Zamonaviy supermarketlarda tovarlarni ochiq usulda tjoylashtirish ustunlik qiladi. Bunda xaridor tomonidan tovarlarni bevosita o'zi tanlashi uchun moslashtirilgan stendlar yoki tokchalardan keng foydalaniladi.

Belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, tovarlarni reklama qilish maqsadida joylashtirishning uchta asosiy turini ajratish mumkin:

1) Axborot etkazish tartibida joylashtirish. Bunda mahsulotlarning texnik va ergonomik jihatlarini yorituvchi broshyuralar va plakatlarga katta e'tibor qaratladi;

2) Maslahat berish tartibida joylashtirish. Asosiy e'tibor tovardan foydalanish imkoniyatlariga qaratiladi;

3) Eslatma tartibidagi joylashtirish. Mahsulot tasviri yaratiladi, fotosuratlar, rasmlar va reklama chaqiriqlari ustunlik qiladi.

Joylashtirishning quyidagi turlari farqlanadi va amalda qo'llaniladi: javonlarda, peshtaxtada, reklama qadoqlari va qutilarida, alohida stendlar, maxsus ko'rgazmalar, paddonlarga taxlash, sim savatlarda joylashtirish, tarqatma taqsimlovchi avtomatlar va boshqalar.

Tovarlarni joylashtirish turlari:

1. Tovarlarni oddiy joylashtirish, bu odatda o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish do'konlarida bir vaqtning o'zida tovarlarni namoyish qilish va sotish uchun xizmat qiladi.

2. Dekorativ joylashtirish, savdo peshtaxtalari orqali amalga oshiriladigan do'konlar yoki bo'limlarda vitrinalar va javonlarni tovarlar bilan to'ldirishda foydalaniladi. Shu tarzda joylashtirilgan tovarlar namoyish funksiyasini bajaradi, xaridorlarning e'tiborini tortadi.

3. Vertikal joylashtirish - o'xshash tovarlarni vertikal ravishda bir necha qatorga joylashtirishni ko'zda tutadi. Mahsulotlarni joylashtirish ning vertikal usuli bir hil tovarlarni bir necha qatorda, tokchalarning barcha javonlarida yuqoridan pastga qadar joylashtirishni ko'zda tutadi.

1-rasm. Tovarlarni vertikal joylashtirish

Bu usul bir muncha qulay bo'lib, tovarlarni yaxshi namoyish etish, bo'yi har qanday uzunlikdagi xaridorlarga ortiqcha qiyinchiliklarsiz tovarlar bilan tanishish imkonini beradi. Vertikal joylashtirishda bir turdagi tovarlarni maydasidan yirigiga qarab taxlashga qat'iy rioya qilish lozim.

O'lchami kichik tovarlar mos ravishda yuqori javonlarda, katta o'lchamdagi tovarlar esa, tegishincha pastki javonlarda joylashtiriladi. Amalda gorizontal va vertikal joylashtirish unsurlaridan foydalangan holda, ko'pincha aralash usuldan foydalaniladi. U ba'zan sut mahsulotlari joylashtirilgan muzlatgichli shkaflarda uchraydi: bitta vertikal qatorda yogurt, ikkinchisida tvorog, so'ngra smetana va qatiq joylashtiriladi.

4. Tovar turi bo'yicha gorizontal joylashtirishda bir hil tovarlar uskunaning butun uzunligi bo'ylab joylashtiriladi, bunda har bir tovar bitta yoki ikkita javonni egallaydi:

- bitta javon-pomidor souslari;

- boshqa javon-boshqa mahsulotlardan tayyorlangan souslar;

- uchinchi javon-mayonez.

5. Marka bo'yicha gorizontal blok xaridorning e'tiborini butun tokcha bo'ylab cho'zish imkonini beradi, bu holda joylashtirish quyidagicha ko'rinish oladi:

- bitta javon - "Heinz" souslarining barcha turlari;

- boshqa javon - "Baltimor" souslarining barcha turlari;

- uchinchi javon- "Moya semya" souslari.

Gorizontal joylashtirishda eng pastki tokchada kattaroq tovarlar yoki jozibadorligi past, yohud bir muncha arzon tovarlarni joylashga e'tibor qaratish lozim. Shuningdek, gorizontal joylashtirish tovarlarni ketma-ketlik bo'yicha chapdan o'ngga, o'lchamning kamayib borshi tartibida joylashtirishni ko'zda tutadi.

2-rasm. Gorizontal va frontal joylashtirish

6. Frontal joylashtirish (old qatorga joylashtirish) ixtisoslashtirilgan kitob do'konlari va bolalar do'konlari va o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi oziq-ovqat do'konlarida keng qo'llaniladi.

Ushbu turdagi joylashtirish tamoyili shundan iboratki, unga ko'ra, bitta namuna to'lig'icha, boshqalar esa uning orqasidan, qisman ko'rinadigan yoki umuman ko'rinmaydigan tarzda joylashtiriladi.

Joylashtirishning qo'shimcha jihatlari ham mavjud, masalan, birinchi qatorlarga yorqin tovarlarni qo'yish maqsadga muvofiq ko'riladi. Bu yonidan o'tayotgan iste'molchining e'tiborini tortadi va ushbu mahsulotning boshqa assortimenti bilan tanishishga undaydi. Erkaklar uchun tovarlarni yuqori javonlarga joylashtirish yaxshiroq. Agar ular pastki qismda bo'lsa, odatda kuchli jins vakillari ularga e'tibor bermaydi. Mahsulotlar o'rta javonlarda yoki hech bo'lmaganda pastki javonlarda bo'lsa, ayollar tovarlariga talab ortadi. Kassa yonida talab kam bo'lgan tovarlarni joylashtirish kerak. Eng qimmat mahsulotlarni shundoq kirish joyiga, o'ng tomondan joylashtirish maqbul.

Savdo zalida tovarlarni namoyish qilish usullarining tavsifi

Ko'rgazmadan tashqari, chakana sotuvchilar xaridorlarning e'tiborini sotilayotgan mahsulotlarga jalb qilishga imkon beruvchi tovarlarni taqdim qilishning bir qator usullaridan foydalanadilar.

Makondan foydalanish bo'yicha, javonlardagi tovarlarning kompozitsiyalari quyidagi turlarga bo'linadi:

1) Tekislik kompozitsiyasi - faqat bitta tekislikda tashkil qilinadi, tovarlar javonlarga yoki devor bo'ylab joylashtirish. Barcha ritmlar va unsurlar dekorativ tabiatga ega bo'ladi. Kompozitsiya hajm va chuqurlikdan minimal darajada foydalanadi. Ammo tekislikning o'zi reja bo'yicha egri tarxga ega bo'lishi mumkin. Kompozitsiya asosan ikkita fazoviy o'q: balandlik va kenglik bo'ylab rivojlanadi;

2) Hajmli kompozitsiya - barcha uchta fazoviy o'qlar: balandlik, kenglik va chuqurlikdan to'liq foydalanadi. Ushbu turdagi kompozitsiya eng keng tarqalgan hisoblanadi;

3) Fazoviy kompozitsiya - xuddi uch o'lchovli kompozitsiya singari, u balandlik, kenglik va chuqurlikdan foydalanadi. Ushbu turdagi kompozitsiyada chuqurlik ustunlik qiladi.

Kompozitsiyalar simmetrik va assimetrik bo 'lishi mumkin:

1) Simmetrik - tarkibiy unsurlarning barqaror muvozanatiga asoslangan (simmetrik me'moriy ob'ektlar va geometrik bezaklar, ba'zi minerallarning tuzilis hi). Asimmetriya unsurlari mavjud simmetrik kompozitsiya-dinamika unsurlari bilan muvozanatlashgan bo'ladi (bu turdagi kompozitsiya inson vujudi va ko'pchilik hayvonlar tanasiga xosdir);

2) Asimmetrik - dinamik muvozanatga asoslanadi, bitta unsurning dinamikasi boshqasining dinamikasi bilan muvozanatlashadi (o'simlik dunyosi va jonsiz tabiatning aksariyat ob'ektlariga xos). Simmetriya unsurlari mavjud bo'lgan assimetrik kompozitsiya - simmetrik unsurlar o'zaro dinamik muvozanatda bo'ladi (ufqqa burchak ostida parvoz qilayotgan raketa, marjonlar va gullar).

Markazda eng katta yoki eng kichik unsurlarni joylashtirishni ko'zda tutuvchi kompozitsiyalar ba'zan "major" yoki "minor" joylashtirish ham deb ataladi.

Xaridorlar narxi ko'rsatilgan va narxlari yaqqol ko'rinib turuvchi tovarlarni joylashtirishga ko'proq moyil bo'ladilar, shuning uchun do'kon narx yorliqlarini to'g'ri joylashtirish borasida bosh qotirishi lozim. Xaridorlarni chalg'itmaslik uchun narx yorliqlari narxi ko'rsatilgan mahsulotning tagida joylashgan bo'lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Hill, C. W. L., Hult, G. T. M. (2020). International Business: Competing in the Global Marketplace. McGraw-Hill Education.

2. Daniels, J. D., Radebaugh, L. H., Sullivan, D. P. (2018). International Business: Environments and Operations. Pearson.

3. Cateora, P. R., Graham, J. L. (2016). International Marketing. McGraw-Hill Education.

4. Jobber, D., Ellis-Chadwick, F. (2016). Principles and Practice of Marketing. McGraw-Hill Education.

5. Root, F. R. (1994). Entry Strategies for International Markets. San Francisco, CA: Jossey-Bass.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.