Научная статья на тему 'CHAKANA SAVDO OBYEKTLARIDA TOVARLARNI XARIDORLAR OQIMIGA QARAB JOYLASHTIRISH'

CHAKANA SAVDO OBYEKTLARIDA TOVARLARNI XARIDORLAR OQIMIGA QARAB JOYLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
merchendayzing / chakana savdo / tovarlar va xizmatlar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Muhiddinov M.Sh.

Ushbu maqolada bugungi kunda savdo jarayonlari, merchendayzing qoidalari, chakana savdo obyektlarida tovarlarni xaridorlar oqimiga qarab joylashtirish xususiyatlari muallif tomonidan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHAKANA SAVDO OBYEKTLARIDA TOVARLARNI XARIDORLAR OQIMIGA QARAB JOYLASHTIRISH»

CHAKANA SAVDO OBYEKTLARIDA TOVARLARNI XARIDORLAR OQIMIGA QARAB JOYLASHTIRISH

Muhiddinov M.Sh.

SamISI, "Marketing" kafedrasi assistenti

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda savdo jarayonlari, merchendayzing qoidalari, chakana savdo obyektlarida tovarlarni xaridorlar oqimiga qarab joylashtirish xususiyatlari muallif tomonidan yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: merchendayzing, chakana savdo, tovarlar va xizmatlar.

Hamma chiroyli do'konga borishni xohlaydi, bu kayfiyatni ko'tarishga yordam beradi, shu bilan bir qatorda, tovarlarni tanlash va sotib olish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Do'kon tashqi ko'rinishining muvaffaqiyatli echimi xaridorlarni jalb qiladi, ammo savdo zali orqali navbatdagi sayohat ularni tajjubga solmasligi, xaridorlar aynan o'zlari istagan joyga tashrif buyurganliklari borasidagi dastlabki taxminlarni tasdiqlashi lozim.

Bugungi kunda savdo xodimlari do'konning joylashuvi kabi merchendayzing tadbirining muhimligini tushunishadi va xaridorni do'kon atrofida aylanib yurish va uning e'tiborini taqdim etilgan mahsulotlarga jalb qilish uchun turli xil texnikalardan foydalanadilar. Savdo uskunalarini merchendayzing san'atiga muvofiq, savodli joylashtirish:

"o'lik zonalar"sonini tugatish;

"qaynoq" zonalar sonini oshirish;

do'konda xaridorlar oqimini boshqarish imkonini beradi.

Pirovardida, savdo uskunalarining samarali joylashtirilishi korxona aylanmasining kamida 30% ga oshishiga yordam beradi.

Uskunalarni joylashtirish tizimiga qarab, savdo zalining har xil turdagi texnologik joylashuvi qo 'llaniladi:

• chiziqli (panjara);

• boksli ( yo'l, ilgak) ;

• aralash;

• erkin ( ixtiyoriy);

• ko'rgazmali.

Savdo zalining chiziqli tarxi parallel chiziqlar ko'rinishida tovarlarni joylashtirish va xaridorlar uchun yo'lak-larni tashkillashtirish sxemasini nazarda tutadi. Savdo uskunalari ham, shunga mos ravishda joylashtiriladi. Bunda, hisob-kitob

tuguni chizig'i perpendikulyar ko'rinishda joylashtiriladi. Bunday tarx o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi do'konlarda keng qo'llaniladi. Savdo zalida uskunalarni joylashtirish sxemasi bo'ylama, ko'ndalang va aralash shaklda bo'lishi mumkin. Savdo zalining chiziqli tarxi xaridorlarning harakat oqimini aniq shakllantirish imkonini beradi, tovarlarni guruhlash va joylashtirish borasida maqbul shart-sharoitlarni yaratadi, savdo zalining yaqqol ko'rinishini ta'minlaydi. Chiziqli taxlash sharoitida xaridorlar tovarlar haqidagi ma'lumotlarni samarali qabul qiladilar. Chiziqlar uzunligini o'zgartirish asnosida savdo zalining turli qismlarida xaridorlarning jamlanishi tartibga solinadi.

Bundan tashqari, chiziqli taxlashning afzalliklari qatoriga savdo zali maydonidan yanada samarali foydalanishni qo'shish mumkin. Kengligi 7 dan 12 m gacha bo'lgan to'g'ri burchakli konfiguratsiyadagi savdo zallarida uskunani bo'ylama joylashtirish asosida chiziqli taxlashdan foydalanish tavsiya etiladi. Do'konlarda savdo zalining kengligi 24 m dan oshsa, uskunalarni aralash tarzda joylashtirish samarali bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, chiziqli bo'ylama va chiziqli ko'ndalang joylashtirishning kombinatsiyasi ko'plab omillarni hisobga olishni va muayyan bir san'atni talab qiladi.

Uzunligi 20 m dan oshmaydigan orolcha ko'rinishidagi tovar tokchalaridan foydalanish tavsiya qilinadi, zero ularning ortiqcha uzunligi xaridorlar oqimining haddan ziyod ortishiga va shu bilan bir qatorda, ularning savdo zalidagi harakatini qiyinlashtiradi. Savdo uskunalarini joylash-tirishda xonada mavjud bo'lgan ustunlarning joylashishini hisobga olish kerak, shunda ular chiziqlar ichida bo'ladi va xaridorlarning harakatiga xalaqit bermaydi.

1-jadval

"Panjara" tipi bo'yicha savdo zalini tarxlashning xususiyatlari_

Turi

Tavsifi

Misol

Uskunalarni chiziqli bo'ylama bo'ylab joylashtirilgan panjara

tovarlar bilan to'ldirilgan javonlar asosan xaridorlar oqimi kiradigan zalga perpendikulyar tarzda joylashtiriladi

Uskunalami chiziqli ko'ndalang joylashtirish ko'rinishidagi panjara

tovarlar bilan to'ldirilgan javonlar kirayotgan xaridorlar oqimiga parallel tarzda joylashtiriladi

Uskunalarni aralash

chiziqli tartibda joylashtirishni ko'zda tutuvchi panjara

savdo zalida bo'ylama va ko'ndalang joylashtirishning kombinatsiyasi

Chiziqli tarxlashda yo'laklarning maqbul kengligini tanlash muhimdir. Bu do'konning turli zonalarida mijozlarning xatti-harakatlariga, shuningdek tokchalarning balandligiga bog'liq (tokcha qanchalik baland bo'lsa, yo'lak kengroq bo'lishi kerak). Tashrif buyuruvchini savat bilan o'tkazish uchun 0,8 m. kenglikdagi yo'lak kerak bo'ladi. Mabodo, xaridorlar aravachada bo'lsa, ularning bemalol harakatlanishi uchun yo'lak kengligi 1,4 - 2 m bo'lishi lozim. Tashrif buyuruvchi pastki tokchaga egilishi uchun 1 m. kenglikdagi masofani ko'zda tutish lozim. Juda keng yo'laklar ham samarali emas, chunki ular juda ko'p joyni egallaydi va xaridorlar faqat ularga eng yaqin tokchaga joylashtirilgan tovarlarni ko'zdan kechiradilar .

Boksli taxlash (yo'lak, ilgak) odatda, savdo ko'pincha peshtaxtalar orqali olib boriladigan yirik, masalan, universal do'konlarda foydalaniladi. Ushbu holatda, savdo zali bir-biridan ajratilgan bo'limlar, seksiyalar, pavilonlarga bo'linadi.

1-rasm. Savdo zalini tarxlashga misollar ( a- "yo'lak'V'ilgak" tipi; b- aralash

tip)

Boksli tarxlashning afzalligi shundaki, tashrif buyuruvchilar-ning e'tibori pasaymaydi va ular ko'proq impulsli (ko'zda tutil-magan) xaridlarni amalga oshiradilar. Mazkur tarxlashning kamchi-ligi shundaki, xaridorlarning asosiy oqimga nisbatan teskari harakat qilishlariga to'g'ri keladi. Do'konni boksli tarzda taxlash ("yo'lak","ilgak") odatda markaziy o'tish joyini ifoda etadi va u alohida butiklarga o'xshash kichik bo'limlarga bir nechta kirish yo'lak-lari bilan tutashgan bo'ladi.

Aralash taxlash chiziqli va boksli tarxlash unsurlarini o'z ichiga oladi. Bu eng qimmat hisoblanadi va u kichik do'konlarda, shuningdek yirik savdo markazlari ichidagi butiklarda foydalaniladi. Bu yerda qulay muhit hukmronlik qilaldi, bu esa xaridorni xaridni amalga oshirishga undaydi. Xaridorni do'kon bo'ylab harakatlanishga undashda sotuvchilarning o'rni juda katta. Bunday do'konga misol tariqasida «Nike» butigini keltirishimiz mumkin. Interer marmar qoplamali pollar, futbol to'pi shaklidagi tutqichli eshiklardan tashkil topgan. Butikda deyarli barcha turdagi sport tovarlari taqdim qilinadi. Sport kiyimlarini namoyish qilish uchun har xil turdagi manekenlardan foydalaniladi. Sport oyoq kiyimlarini namoyish qilishda maxsus kronshteynlardan foydalani-ladi, o'ziga xos yoritish uslubi har qanday xaridorning e'tiborini o'ziga tortadi. Tovarlarni joylashtirish mavsumiy, mavsumga qarab, tovarlarni joylashtirish tartibi o'zgaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Allayorov R.A., Merchendayzing . O'quv qo'llanma. Samaarqand- . "Step-Sel" nashiryot-matbaa ijodiy bo'limi 2023. 172 bet

2. Samadov A.N., Eshmatov S.A.. Merchendayzing. O'quv qo'llanma - T: "Iqtisodiyot" - 2019.

3. Boyjigitov S.K. Xizmatlar marketing. O'quv qo'llanma - Sam: "STAP-SEL" -2023

4. Мерчендайзинг: учеб. пособие для студентов направления подготовки «Менеджмент» (профиль «Маркетинг») / сост. Э.Круг. - Благовещенск: Изд-во БГПУ, 2013. - 202 с.

5. Tony Morgan "Visual merchandising". Published in 2016 by Laurence King, 361-373 City Road.

6. Barker, Hannah. That Most Precious Merchandise Published by University of Pennsylvania Press. 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.