Научная статья на тему 'SAUDIYA ARABISTONINING AFG‘ONISTONGA NISBTAN SIYOSATI'

SAUDIYA ARABISTONINING AFG‘ONISTONGA NISBTAN SIYOSATI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy manfaat / shiaa omili / ichki determinantlar / Eron omili / mintaqaviy xavfsizlik

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Usmonxon Baxodirxonov

Afg‘oniston alohida subyekt sifatida Saudiya Arabistoni siyosatidagi eng asosiy masala bo‘la olmaydi. Uning Ar-Riyod uchun muhimligi shundaki, Saudiya Arabistoning Eron va Pokiston bilan aloqalariga Afg‘onistonda sodir bo‘ladigan voqealar ta’sir ko‘rsatadi. Ehtimol, Pokiston AQSHdan keyin Saudiya Arabistoning eng yaqin ittifoqchisi hisoblanadi, Eron esa Saudiya Arabistoning nafaqat Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazidagi pozitsiyalariga, balki saudiya tuzumining yashab qolishiga eng katta xavf sifatida ko‘riladi. Mazkur maqolada Saudiya Arabistonining Afg‘oniston bo‘yicha siyosatining xususiyatlari va maqsadlari tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAUDIYA ARABISTONINING AFG‘ONISTONGA NISBTAN SIYOSATI»

SAUDIYA ARABISTONINING AFG'ONISTONGA NISBTAN

SIYOSATI

Usmonxon Baxodirxonov

Mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.13928337

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05- Oktyabr 2024 yil Ma'qullandi: 08- Oktyabr 2024 yil Nashr qilindi: 14- Oktyabr 2024 yil

KEYWORDS

Milliy manfaat, shiaa omili, ichki determinantlar, Eron omili, mintaqaviyxavfsizlik.

Afg'oniston alohida subyekt sifatida Saudiya Arabistoni siyosatidagi eng asosiy masala bo'la olmaydi. Uning Ar-Riyod uchun muhimligi shundaki, Saudiya Arabistoning Eron va Pokiston bilan aloqalariga Afg'onistonda sodir bo'ladigan voqealar ta'sir ko'rsatadi. Ehtimol, Pokiston AQSHdan keyin Saudiya Arabistoning eng yaqin ittifoqchisi hisoblanadi, Eron esa Saudiya Arabistoning nafaqat Yaqin Sharq va Fors ko'rfazidagi pozitsiyalariga, balki saudiya tuzumining yashab qolishiga eng katta xavf sifatida ko'riladi. Mazkur maqolada Saudiya Arabistonining Afg'oniston bo'yicha siyosatining xususiyatlari va maqsadlari tahlil qilingan Siyosatchilar nigohida Saudiya Arabistoni, Afg'oniston va Pokiston xaritadagidan ko'ra ancha yaqinroq ko'rinadi. Fors ko'rfazining qirg'oqbo'yi hududlari uzoq vaqtlar davomida Janubiy Osiyoga yo'naltirilgan mintaqaviy savdo tizimining bir qismi hisoblangan, Bombey va Karachi kabi shaharlar bilan aloqalar esa ko'p asrlar davomida Arabiston yarim orolining shimoli va g'arbidagi arab davlatlari bilan bo'lgani kabi juda yaqin bo'lgan. Shu o'rinda, Saudiya Arabistoni Afg'onistonga o'zining eng yaqin qo'shnisi sifatida qaraydi va 1980-yillardan boshlab (bu vaqtda Saudiya Arabistoni Sovet Ittifoqi hujumining Arab dengizi hamda Fors ko'rfazigacha cho'zilib ketishidan qo'rqqan) uning kelajagiga katta qiziqish bildirib keladi. Shunga qaramasdan, Afg'oniston o'z-o'zidan Saudiya Arabistoni siyosatidagi eng asosiy masala bo'la olmaydi. Uning Ar-Riyod uchun muhimligi shundaki, Saudiya Arabistoning Eron va Pokiston bilan aloqalariga Afg'onistonda sodir bo'ladigan voqealar ta'sir ko'rsatadi. Ehtimol, Pokiston AQSHdan keyin Saudiya Arabistoning eng yaqin ittifoqchisi hisoblanadi, Eron esa Saudiya Arabistoning nafaqat Yaqin Sharq va Fors ko'rfazidagi pozitsiyalariga, balki saudiya tuzumining yashab qolishiga eng katta xavf sifatida ko'riladi. Pokistondagi shningdek Erondagi o'zgarishlar katta ahamiyat kasb etdi, endilikda Saudiyaning yuqori rahbariyatining AQShning Saud oilasi tuzumini mintaqaviy dushmanlardan himoya qilishni davom ettirishiga tayyorligiga shubhasi ortib bordi. Natijada, Saudiya Arabistoni Pokistonni afg'on siyosatini olib borishida qo'llab-quvvatlamoqda va Islomobodga o'z e'tiborini qaratgan holda Afg'onisonda o'z ta'sirini kuchaytirish uchun Eron bilan raqobatlashmoqda.

MUHOKAMA / DISCUSSION

2014-yilda Shimoliy Atlantika Hamkorlik Tashkiloti (NATO) o'z qo'shinlarini Afg'onistondan olib chiqib ketishga qaror qilganidan so'ng Saudiya Arabistoni bu mamlakatga nisbatan siyosatini amalga oshirishda shoshqaloqlikka yo'l qo'yganini yana bir marotaba anglab yetdi. Shundan beri, Ar-Riyod o'zining yangi fuqarolik urushiga yo'l qo'ymaslik va milliy birlik hukumatini tuzish, unga toliblarning bir qismini qo'shish, Eronni Kobulga yaqinlashtirmaslik va "Al-Qoida"ni Pokistondan chiqarib yubormaslikni ko'zda tutuvchi maqsadini yanada faolroq amalga oshirib bormoqda. Faollikning ushbu o'sishi Saudiya Arabistonining Afg'onistonda yuritgan siyosatining oxirgi fazasining yorqin namoyishi hisoblanadi. Bu faza 2008 va 2010-yillarda Karzay hukumatining Saudiya Arabistoniga qo'zg'alonchilar bilan muzokaralarda vositachi bo'lishini so'rab murojaat qilgandan boshlangan. Birinchi marta 2006-yildan qo'zg'alonchilar kurashi kuchayib ketgandan so'ng, ikkinchi marta esa AQShning 2008 va 2010-yillarda o'zining Afg'onistondagi qo'shinlarini 2014-yilda olib chiqish niyatida ekanligini e'lon qilgandan so'ng sodir bo'lgan. Saudiylarning ijobiy reaksiyasiga Eronning Afg'onistondagi ta'sirining ortib borishi va 2005-yildan boshlab Saudiya Arabistoni tashqi siyosatidagi umumiy o'zgarishlar sabab bo'ldi. Odatda mintaqaviy masalalarni hal qilishda keskin inqirozli davrlardan boshqa paytda yetakchilikni o'z bo'yniga olishga ikkilanadigan qirollikning yangi qiroli Abdulla Eronning Yaiqn Sharqdagi gegemonlikka intilish siyosatiga qarshi turishga qaror qildi. Eronning tashqi siyosatida uning gegemonlikka intilayotganini yaqqol ko'rishimiz mumkin. Buni Eronning Iroq va boshqa mamlakatlar siyosatiga ta'sir ko'rsatishga urinishida, yadro dasturida va prezideng Ahmadi Najotning nutqida kuzatish mumkin. Bu siyosat "faol" va "agressiv siyosat" deb nomlangan edi. Saudiya Arabistonining Eronning o'z ta'sir doirasini kuchaytirishga urinishiga qarshiligini dastlab Livan va falastin hududida, keyinchalik esa Yaman, Baxrayn va Suriyada yaqqol ko'rishimiz mumkin. Kobuldagi yaqindagi qadamlarni esa ushbu anti-Eron siyosatining bir qismi deb hisoblash mumkin. Bu siyosat hozirda Saudiya Arabistoni tashqi siyosatining eng asosiy harakatlantiruvchisi hisoblanadi.

Saudiya Arabistonining 2008-yildan so'ng Afg'onistonda olib borgan siyosati, bundan oldin amalga oshirilgan 3 ta siyosiy yo'nalishning davomi hisoblanadi. Ularning dastlabkisi 1980 yilda, Sovet Ittifoqi qo'shinlarining 1979-yilda Afg'onistonga kiritilganidan so'ng boshlangan. Saudiya Arabistoni Vashington-Ar-Riyod-Islomobod uchburchagining bir qismi sifatida Afg'onistondagi o'yinchilardan biriga aylandi. Bu ittifoq afg'on qarshilik kuchlarini Sovet Ittifoqiga qarshi kurashda qo'llab-quvvatladi. AQShdan tashqari, Saudiya Arabistoni mujohidlarning bosh moliyachisiga aylandi va 1980-yillarning boshidan boshlab o'zining bevosita aloqalarini o'rnatdi va afg'on oppozitsiyasi vakillari orasidan o'zining mijozlari tarmog'ini shakllantirdi. Saudiya Arabistonining Afg'onistondagi siyosati 1990-yillarning boshida o'z nihoyasiga yetmadi balki bir muncha qisqardi. 1989-yilda Sovet qo'shinlarining olib chiqib ketilishi, 1992-yilda Najibullo hokimiyatining ag'darilganidan so'ng kun tartibini boshqa yo'nalishga o'zgartirdi.

1990-yillarda, ikkinchi bosqichda, Saudiya Arabistoni Pokistonning toliblarga yordam berish siyosatini qo'llab quvvatladi. Buning aossiy sababi, u o'zining asosiy afg'on ittifoqchilari Gulbiddin Hikmatyor va Abdurrasul Sayyayyofdan xafsalasi pir bo'lgan edi. Chunki ular Iroqning 1990-yil avgust oyida Quvaytga bostirib kirishini kechirdi va Saudiya Arabistonining Saddam Husaynga qarshilik ko'rsatish uchun AQSHga murojaat qilish qarorini keskin qoraladi. Saudiya Arabistoni Pokiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan bir qatorda

Afg'oniston Islom Amirligini mamlakat hukumati sifatida tan olgan 3 ta davlatdan biri bo'ldi hamda toliblarga pul va texnika bilan yordam ko'rsatdi. Saudiya Arabistoning toliblar bilan munosabatlari mulla Umarning 1998-yilda Usama ben Ladenni o'z mamlakati hukumatiga topshirish bo'yicha va'dasida turmaganidan so'ng yomonlashdi. Lekin aloqalar 11-sentabrdagi terroristik harakatlar sodir etilganidan so'nggina uzildi. Agarda toliblar "Al-Qoida"ga o'zining shtab kvartirasi va Afg'onistonda tayyorgarlikdan o'tish lagerlarini qurishiga yo'l qo'ymaganda bu sodir bo'lmas edi. Endilikda Ar-Riyod Hamid Karzayning yangi hukumatini yashirincha qo'llab-quvvatlash va Afg'onistonga nisbatan tiyilgan holatda siyosat olib borish orqali toliblarni jazoladi. Bu holat uning 2008-yil kuzida va 2009-yilning boshida tashkil etilgan maxfiy muzokaralarning ikki raundida vositachi sifatida qatnashmaguncha davom etdi. Bu Saudiya Arabistonining Afg'onistonga nisbatan siyosatining yangitdan faollashishining boshlanishi bo'ldi. 2013-yilning boshida Saudiya Arabistonining aralashuvi Afg'onistonda Saudiya Eron raqobatining kuchayishiga olib kelishi alomatlari paydo bo'ldi. 2012-yilning oktabr oyida afg'on hukumatining Saudiya Arabistoni Kobul markazida ulkan sunniylar masjidi va islom markazini qurishini e'lon qilishi bunday belgilardan biri bo'ldi. Bu qadam 2006-yilda Eron tomonidan Islom universitetining ochilishi va Xatm an-Nabiin (Payg'ambarlar muhri) masjidining ochilishiga nisbatan Saudiya Arabistonining javobi sifatida qabul qilingan.

Ushbu diniy-madaniy choralar umuman olganda ramziy xarakterga ega bo'lgan bo'lsa ham, ular Saudiya Arabistonining Afg'onistonda sodir bo'layotgan voqealarga nisbatan yangi munosabatining ko'rinishi deb adolatli tarzda talqin qilindi.

Saudiya Arabistonining Afg'onistondagi siyosatining ichki determinantlari

Saudiya Arabistonini Al Saud sulolasidan bo'lgan o'nlab shahzodalar avtoritar tarzda boshqaradi. Bu uning Afg'onistondagi siyosatiga ikkita asosiy usulda ta'sir ko'rsatadi. Birinchidan, barcha muhim qarorlar juda ham yopiq tarzda bir nechta shaxslar tomonidan qabul qilinadi, bu xattoki afg'on siyosatiga kim javob berishini aniqlashni ham qiyinlashtiradi. Ikkinchidan, barcha avtoritar tuzumlarda bo'lgani kabi, hukmron oilaning eng asosiy siyosiy maqsadi bu uning hokimiyatni o'z qo'lida saqlab qolish hisoblanadi. Al Saud tuzumi ma'lum tarixiy va diniy legitimlikka egaligi va buni aholiga saxiylik biln tarqatiladigan pul mablag'lari bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lishiga qaramasdan, uning muholifiy harakatlar oldidagi qo'rquvi juda kuchlidir. Bu ayniqsa mamlakatning Sharqiy provinsiyalaridagi shialarga tegishli, Ar-Riyoddagi hukmron doiralarning bir qismi ularga Eronning potensial "beshinchi kolonnasi" sifatida qaraydi. Oqibatda Saudiya Arabistoni hukumati Yaqin Sharq va Jaanubiy Osiyodagi shia jamoalarining faol mobilizatsiyasining oldini olishga harakat qiladi, buning asosiy sababi Saudiya shialarining ham ushbu model bilan to'qnash kelishining oldini olish hisoblanadi. Shialar mos ravishda aholining 20-25 hamda 15-20 foizini tashkil qiluvchi Afg'oniston va Pokiston Saudiya hukumati shunday siyosatni olib boradigan ikki davlat hisoblanadi.

NATIJALAR / RESULTS

Pokiston bilan munosabatlar va afg'on mojarosidagi vositachilik qilish (2008 va 2010-yillarda yuzaga kelgan) bo'yicha qarorlar tor doiradagi hukumat vakillari tomonidan qabul qilinadi. Uning tarkibiga birinchi navbatda o'z aka ukalari orasida oxirgi o'n yillar davomida "primus inter pares" sifatida faoliyat olib borgan Qirol kiradi. Bugun 90 yoshli Qirol Abdulla

avvalgidek Saudiya Arabistonining tashqi siyosatida strategik qarorlarni qabul qilishda muhim rol o'ynaydigan ko'rinadi. Qiroldan tashqari valiahd shahzoda Salmon (1936-yilda tug'ilgan) ushbu doiraning bir qismi hisoblanadi va 2011-yilda o'zining akasi Sulton (19252011) o'rniga Mudofaa vaziri lavozimini egallagandan so'ng uning bu doiradagi ahamiyati ortdi. Mudofaa vazirligi Pokiston bilan yaqin aloqalarni qo'llaydi, shuningdek, uning pokiston yadro dasturining bir qismini moliyalashtirganligi aytiladi. Bundan tashqari, Ichki Ishlar vaziri Muhammad bin Naif (1959-yilda tug'ilgan) ham ushbu doiraga kiradi. U Ibn Saudning nabirasi hisoblanadi va bu lavozimga Ichki ishlar vaziri hamda qisqa vaqt davomida 2012-yil noyabr oyida qirollikni ham boshqargan otasi Naifdan so'ng kelgan. Ichki ishlar vazirligi mamlakatda va qo'shni Yaman hududida Al-Qoidaga qarshi kurashuvchi javobgar tashkilot hisoblanadi, shuning uchun ham, u Afg'oniston va Pokistonga nisbatan katta qiziqish bildiradi. Tashqi ishlar vazidi Saud al-Faysal, marhum qirol Faysal bin Abdulazizning (1906-1975) o'g'li, ham ushbu qarorlarni qabul qilishda qay darajada ekanligi ma'lum bo'lmasa ham o'z o'rniga ega. Uning o'rinbosari amaldagi qirolning o'g'li Abdulaziz bin Abdulla ham 2012-yilda Saud al-Faysalning sog'ligida yuzaga kelgan jiddiy muammolar, katta ehtimol bilan muhim siyosiy masalada qirol bilan yuzaga kelgan kelishmovchilikdan so'ng ko'proq ahamiyatga ega bo'lib boshladi. Afg'on masalasi uchun asosiy javobgarlik Umumiy razvedka boshqarmasi (GID) zimmasida bo'lib, u yuqorida sanab o'tilgan shaxsalar bilan kelishgan holda faoliyat olib boradi.

1980-yillardagi afg'on urishida amerika hukumati sovet qo'shinlarining Afg'onistonni okkupatsiya qilishiga qarshi kurashish uchun afg'on mujohidlarini qo'llab-quvvatladi. 1980-yillarda AQSH hukumati sauditlarga murojaat qildi. Bu vaqtda kelib Saudiya qo'zg'alonchilik harakatini moliyalashtirishda ishtirok etardi va Islomobod-Vashington-Ar-Riyod uchburchagining uchinchi asosi bo'lib faoliyat olib borardi. Amerikaning bu boradagi faoliyatini Markaziy razvedka boshqarmasi rahbarlik qilganligi uchun, uning ekvivalenti bo'lgan Saudiya Arabistonining Umumiy razvedka boshqarmasi bu masala uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olishi mantiqqa to'g'ri kelar edi. Natijada, Umumiy razvedka boshqarmasining o'sha vaqtdagi rahbari Turki al-Faysal (hozirgi tashqi ishlar vazirining akasi, 1945-yilda tug'ilgan) o'z lavozimini egallab turgan uzoq vaqt davomida (1977-yildan 2001-yilga qadar) Afg'oniston va Pokiston bilan aloqalarga javob bergan hamda AQSH va pokistonlik harbiylar, shuningdek, pokiston razvedka xizmati Vazirliklararo razvedka boshqarmasi bilan mustahkam aloqalarni o'rnatgan. Umumiy razvedka boshqarmasining ahvoli Turkiyning ketganidan so'ng bir muncha yomonlashgan bo'lsa ham (uning o'rniga Ichki ishlar vazirligi hamda uning Saudiya Arabistonining ichki razvedka masalalariga javobgar bo'lgan "al-Mabahith al-Amma" - Umumiy xavfsizlik xizmatining Saudiya razvedkasidagi obrosi oshib bordi), u afg'on masalasida o'zining kuchli o'rnini saqlab qola oldi. Bu xizmatni 2005-yilning oktabridan 2012-yilning iyul oyiga qadar boshqargan shahzoda Mukrin bin Abdulaziz boshqaruvi vaqtida yaqqol ko'zga tashlandi. U afg'on masalasini to'liqligicha o'z nazorati ostiga olgan edi. Bundan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, hozirgi Umumiy razvedka boshqarmasi boshlig'i (o'z lavozimiga 2012-yil iyulida tayinlangan) Ibn Saudning yana bir nabirasi Bandar bin Sulton Al Saud (1949-yilda tug'ilgan) yaqin yillarda Ar-Riyodning afg'on masalalarini hal qilishda markaziy figuraga aylanadi. Biroq uning Saudiya Arabistoni hukumatidagi o'rni qanchalik mustahkam ekanligi ma'lum emas. Uning o'tmishdoshi Mukrin Qirol Abdullaning ishonchli yaqin kishisi, hukmron oiladagi eng muhim ittifoqchisi

hisoblanadi va keyingi taxt vorisi bo'lishi mumkin. Bandar esa ko'p yillar davomida raqobatchi taraf hisoblangan Sudayrilardan bo'lib, ular o'zlarining eng asosiy vakillari vafot etganidan so'ng ta'sirlarini yo'qotgan. Shunga qaramasdan, Bandar Umumiy razvedka boshqarmasining kuchli ta'sirga ega bo'lgan rahbariga aylanishi mumkin, chunki u o'zining avvalgi 2005-yildan beri egallab turgan Milliy xavfsizlik kengashi bosh kotibi lavozimini ham egallab turibdi. Biroq bu qarash ham hali to'liq o'z isbotini topmagan chunki eski lavozimi unga Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari kabi tashkilotlar bilan qiyoslaganda katta hokimiyat bermagan edi.

XULOSA / CONCLUSION Milliy xavfsizlik kengashi 2013-yilga qadar Ar Riyoddagi hukumat tuzilishiga katta ta'sir ko'rsatmagan. Biroq Bandarning g'alaba qozonishi katta ehtimol bilan Ar Riyodning Afg'oniston masalasida AQSh bilan yaqindan hamkorlik qilishga intilishiga olib kelishi mumkin. Shahzoda bandar 1983-yildan 2005-yilga qadar Saudiya Arabistonining AQShdagi elchisi sifatida faoliyat olib borgan va Saudiya Arabistoni hukumatida yetakchi transatlantikachi sifatida nom qozongan. Bundan tashqari, Bandar Eronga qarshi qat'iy choralar ko'rish tarafdorlaridan bo'lib, Eronning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodagi oshib borayotgan ta'siriga qarshi agressiv proksi-siyosat olib borishlari uchun bor imkoniyatini ishga solgan holda Saudiya Arabistoni hukumatidagi amakilari va amakivachchalariga bosim o'tkazishga harakat qiladi. Ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra, oxirgi vaqtlarda Bandar suriyalik qo'zg'alonchilarga yordamni oshirishni muvofiqlashtirib turuvchi rasmiy shaxsga aylangan.

Adabiyotlar/ References:

1. Boucek, Christopher, "Saudi Arabia", in: Aroop Mukharji / Ashley J. Tellis (eds.), Is a regional strategy viable in Afghanistan? Carnegie Endowment for International Peace, Washington 2010, pp. 45-50.

2. Green, R., "Saudi Arabia's conflicted policy on the Afghanistan crisis", Inquiry and Analysis, 601 (2010), Middle East Media Research Institute, Washington DC.

3. Hokayem, Emile, "Chapter Twelve: Saudi Arabia", in: Toby Dodge (ed.), Afghanistan: to 2015 and beyond, International Institute for Strategic Studies, London 2011, pp. 247-252.

4. Shinn, James / Dobbins, James, Afghan peace talks: a primer, Rand National Security Research Division, Santa Monica, CA et al. 2011.

5. Torjesen, Stina, Afghanistan and the regional powers: history not repeat-ing itself? Norwegian Peacebuilding Resource Center, Oslo 2012, http://www.peacebuilding.no/var/ezflow_site/storage/original/application/44ba614b9e0fd 1f194dad2ad2d45a8c5. pdf, accessed Mar 2013.

6. Wörmer, Nils, Sondierungsgespräche und Friedensinitiativen in Afghanistan: Akteure, ihre Forderungen und Deutschlands Rolle als Vermittler, SWP-Aktuell 70 (2012), Stiftung Wissenschaft und Politik, Berlin, http://www.swprlin.org/fileadmin/contents/products/aktuell/2012A70_wmr.pdf

Volume 2, Issue 10, October 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.