Научная статья на тему '“SARF” ASARIDA SO‘ZNING MORFOLOGIK STRUKTURASI TALQINI'

“SARF” ASARIDA SO‘ZNING MORFOLOGIK STRUKTURASI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
961
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Fitrat / “Sarf” asari / morfemika / so‘z yasalishi / tub va yasama so‘z / so‘zning morfologik tuzilishi. / Фитрат / произведение «Сарф» / морфемика / словообразование / корень и искусственное слово / морфологическая структура слова.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ne’Matova Donoxon Saidjamolovna

Мақолада Abdurauf Fitratning “Sarf” asarida so‘zning morfologik strukturasi haqidagi qarashlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТОЛКОВАНИЕ МОРФОЛОГИЧЕСКОГО СТРОЕНИЯ СЛОВА В ПРОИЗВЕДЕНИИ” РАСХОДЫ"

В статье описываются взгляды Абдурауфа Фитрата на морфологическую структуру слова в его труде «Сарф».

Текст научной работы на тему «“SARF” ASARIDA SO‘ZNING MORFOLOGIK STRUKTURASI TALQINI»

"SARF" ASARIDA SO'ZNING MORFOLOGIK STRUKTURASI TALQINI Ne'matova Donoxon Saidjamolovna

ADU dotsenti https://doi. org/10.5281/zenodo. 7451905

Annotatsiya: Мацолада Abdurauf Fitratning "Sarf' asarida so'zning morfologik strukturasi haqidagi qarashlari bayon etilgan.

Kalit so 'zlar: Fitrat, "Sarf" asari, morfemika, so 'z yasalishi, tub vayasama so 'z, so 'zning morfologik tuzilishi.

ТОЛКОВАНИЕ МОРФОЛОГИЧЕСКОГО СТРОЕНИЯ СЛОВА В ПРОИЗВЕДЕНИИ" РАСХОДЫ"

Аннотация: В статье описываются взгляды Абдурауфа Фитрата на морфологическую структуру слова в его труде «Сарф».

Ключевые слова: Фитрат, произведение «Сарф», морфемика, словообразование, корень и искусственное слово, морфологическая структура слова. INTERPRETATION OF THE MORPHOLOGICAL STRUCTURE OF THE WORD IN

THE WORK" SURF"

Abstract: The article describes Abdurauf Fitrat's views on the morphological structure of the word in his work "Sarf.

Keywords: Fitrat, "Sarf work, morphemics, word formation, root and artificial word, morphological structure of the word.

KIRISH

XX asrning 20-yillar adabiy jarayonida faoliyat ko'rsatgan shaxslar qanchalik turli mavzu va janrlarda ijod qilmasin, baribir, ularning ruhiy olami, tabiiy iste'dodining qaysidir qirrasi yarq etib ko'zga aniqroq ko'rinadi, ular ijodi nufuzli jihatlari bilan umumiy tarzda tavsiflanadi. Jumladan, Fitrat deganda, birinchi navbatda, shoir, dramaturg, yozuvchi, publitsist siymosi ko'z oldimizda gavdalanadi. Biroq Fitrat adabiy jarayonda yozuvchi, shoir, dramaturg bo'lish bilan birga tilshunoslik ilmining bilimdoni sifatida ham mashhur bo'lgan.

Birinchi o'zbek professori unvoniga sazovor bo'lgan Fitrat o'zbek grammatikasini o'rganishni boshlab bergan va ushbu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan tilshunos hamdir.

Abdurauf Fitrat "Sarf' asarida o'zbek tilining orfografiyasi, morfemikasi, so'z yasalishi, morfologiyasi haqida dastlabki zamonaviy ilmiy qarashlarini bayon qiladi [1. B. 28].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbek tilshunosligida grammatikani o'rganish o'tgan asrning 20-yillarida Fitrat sa'y-harakatlari bilan yaratilgan "Sarf' va "Nahv" darsliklaridan boshlandi. O'zbek tilini ilmiy o'rganish ayni shu asarlar bilan bog'liq. Shuningdek, Fitrat birinchi bo'lib, "tilimizning belgili qoidalarini" ishlab chiqdi va o'zbek tili fonetikasi, morfologiyasi hamda sintaksisiga oid tushunchalarni ifodalovchi atamalarni ham yaratdi .

So'z yasash atamasi dastlab "Sarf' asarida uchraydi va uni quyidagicha izohlaydi. "Tillarning boyimoqlarini, kengaymaklarini qulaylashtirgan "so'z yasash" yo'li (arabcha aytkanda ishtiqoq yo'li)dir" [2. P. 146]* .

Bundan keyingi misollar shu manbadan olinadi. Olingan misollar qavs ichida beriladi.

O'zak masalasi XX asr o'rta va oliy darsliklari hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida rivojlantirildi. Ularda o'zakka birmuncha kengroq ta'rif berish, uning morfema tushunchasi bilan bog'liqligi tushuntirilgan [3. P. 44].

XX asrning 20-yillarigacha, ya'ni o'zbek tilshunosligida "morfema" tushunchasi va termini paydo bo'lgunga qadar o'zbek tili grammatikasiga oid ishlarida so'z tarkibi morfologik hodisa sifatida qaralib, uning o'zak va affiksdan tarkib topishi e'tirof etilgan, "so'z tarkibi" sarlavhasi ostida o'zak, negiz va affikslarning xususiyatlari haqida so'z yuritilgan [4. P. 24]. Masalan, O.Usmon va B.Avizovlarning darsligida yasama so'zning "asosiy ma'noli, bo'linmas qismi" o'zak ekani qayd etiladi. So'zdan shakl yasovchilar ("turlovchilar") olib tashlangandan qolgan qismi esa "negiz" deb ta'riflangan [5].

O'zbek tilshunosligida affiks atamasining qo'llanishi dastlab A.G'ulomov asarlarida qayd qilinadi [6. P. 21], keyinchalik u lingvistik lug'atlarda ham aks etdi [7. P. 20]. XX asrning 20-yillarida yaratilgan darslik va qo'llanmalarda ko'makchi morfemani ifodalashda qo 'shimcha, harf, olmosh izlari, ishlovchi belgilari, turlov belgilari, sufat belgilari, sufatlama, belgi, ishlovchi, tugallik, durkum turlamalari kabi atamalardan foydalanganlar. Masalan, harf atamasi o'sha davr tilshunosligida, asosan, grafik termin sifatida qo'llangan, lekin ko'makchi morfema ma'nosida ham ishlatilgan bo'lib, bir fonema (harf)dan iborat qo'shimchalar harf deb atalgan. Masalan, Fitratning: "Buyruqqa -r harfi qo 'shulub, bu fe'lning birinchi shakli, yolg'iz -s harfi qo'shulub, bo'lishsiz birinchi shakli yasaladir", degan qoidasida qo'shimcha ma'nosida qo'llanganliklarini anglash mumkin.

Belgilar atamasi bu davrda eng ko'p qo'llangan va alohida so'z turkumi sifatida ham e'tirof etilgan. Belgi atamasi asosan qo'shimcha ma'nosida qo'llangan, lekin Fitratning unga keltirgan misollari ichida -mi so'roq yuklamasini hisobga olmaganda (171-bet) tor ma'noda kelishik qo'shimchalarini, keng ma'noda barcha qo'shimchalarni tushunganligini qayd qilish mumkin.

Shuni ta'kidlash joizki, belgi atamasi qo'shimcha ma'nosida keyinchalik iste'moldan chiqib ketgan bo'lsa-da, undan hozirgacha foydalanib kelinmoqda. Abdurauf Fitrat so'zlarni tub va yasama so'zga ajratib, uni "So'zlarning tubligi, yasamaligi" deb nomlagan. U tub so'zni tushuntirishda oppozitsiya usulidan foydalanadi, ya'ni yasama so'zdagi qo'shimcha ajratib tashlangandan keyingi qismini tub so'z deb tushuntiradi: "...so'z bir o'zakka qo'shimcha qo'shub yasalg'an bo'lsa, "yasama so'z" bo'ladir, yasalmag'an, o'zining tub holida qolg'ani esa "tub so'z" bo'ladir" (146-bet). Fitratning yasama so'zni tushunishi o'ziga xosdir, ya'ni yasama so'zni izohlashda o'zak tushunchasidan foydalanadi. Uning fikricha,yozmoq so'zining o'zagiyoz, unga qo'shilgan har qanday qo'shimchalar yasama so'zni hosil qiladi. Ya'niyozma, yozdim, yozg'usi, yozmoqchi, yozg'an, yozg'ich so'zlari yasamadir. Shunga ko'ra fe'llarni butunlay yasama, otlarning ozi yasama, ko'pi tub, sifatlarning ko'pi yasama, ozi tub, degan xulosaga keladi. Tub va yasama so'z tushunchasi ham hozirgi ilmiy tamoyillarga mos keladi.

Ko'rinadiki, bu davr grammatik asarlarida tub va yasama so'z oppozitsiyasi haqida to'g'ri ma'lumot berilgan. Shuningdek, Abdurauf Fitrat yasama so'zlar tilning boyligini ta'minlovchi hodisa ekanligini ham e'tirof etadi: "Turkchada so'zyasashyo 'li boshqa tillarga qaraganda kengdir. Bizning shevada esa buning boshqa turkcha shevalarga ko 'ra kengdir. Biz tilimizdagi so 'z yasash yo 'lining kengligini ko 'zda tutib, kelgusida bu shevaning ilmiy, adabiy eng boy, eng ko 'p bir turk shevasi bo 'lishiga ishonamiz " (146-bet). Olimning turkcha shevalar degan iborasini turkiy tillar deb tushunadigan bo'lsak, uning orzulari bizning zamonamizda ro'yobga chiqqanligiga guvoh bo'lamiz.

Fitrat so'z yasash tillarni boyituvchi omilning qulay usuli ekanligini e'tirof etadi (bu hodisaga nisbatan u ba'zan arabcha ishtiqoq atamasini qo'llagan). Yasama so'zlarni izohlashda unga asos, negiz bo'lgan so'z turkumi jihatidan yondashilgan, ya'ni "sufat va fe'llardan ism yasalishi", "otlardan sufat yasalgani" tarzida ham tasnif qilingan.

Ta'kidlash joizki, darslikda so'zlardagi shakl yasalishi ham so'z yasalishi bo'limida o'rganilgan. Bu holat faqat "Sarf'da emas, balki XX asr boshlarida yaratilgan boshqa o'quv qo'llanma va darsliklarda ham uchraydi. Muayyan bir davrgacha o'zbek tilshunosligida shakl yasovchi qo'shimchalar qo'shimchalarning maxsus turi sifatida ajratilmagan. Maktab grammatikalarida u so'z o'zgartuvchilar qatorida o'rganilgan. XX asrning 80-yillarida yaratilgan maktab darsliklaridagina shakl yasovchilar alohida berila boshladi [8. P. 46 - 47].

Abdurauf Fitrat ot yasovchilarni o'rin, qurol, ish oti yasovchilarga ajratadi. O'rin otining -loq, -oq; qurol otining -gich, -kich, -qich, -g'ich; -gi, -g'i (chalg'i); -oq; -ak; -choq, -chak qo'shimchalari bilan; ish otining -moq, -mak qo'shimcha bilan yasalishini ko'rsatgan. Fitrat -moq>-mak qo'shimchasini ham ot yasovchi qo'shimcha qatoriga kiritadi. U ish oti yasovchi qo'shimchalarni ancha keng izohlaydi, ya'ni unga -maslik>-masliq (yozmasliq, kelmaslik), -sh (bilish), -im (bilim), -gu/-g'u (kulgu), -ch (ishonch), -qin/-g'in (bosqin, buzg'in), -q/-g (sotiq, solug') qo'shimchalarini keltiradi. Keltirilgan misollarning aksariyati "ish otlari"ga tegishli bo'lmasa-da, ular uchun umumiy bo'lgan xususiyat ularning fe'llardan yasalganligi bilan xarakterlanadi.

Fe'l negizlaridan ot yasovchilarni ikki guruhga ajratgan:

1-guruhga harakat nomi hosil qiluvchilarni kiritib, unga -maklik, -moqliq (kelmaklik, bormoqliq) qo'shimchasini qo'shadi.

2-guruhda -qich (ochqich), -g'ich (savag'ich); -k/-q (o'roq, taroq); -gi/-g'i (belgi, chalg'i), -(i)m (bilim), -ch (sevinch), -ma (uyushma), -(i)n (ekin), -qin-g'in (uchqin, yong'in) qo'shimchalarini keltiradi. Demak, Fitrat ot yasovchilarni semantik jihatdan tasnif qilganligini ko'rish mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI

Fitrat sifat yasovchi qo'shimchalarni keltirish bilan birga, yasama sifatning semantik xususiyatini ham yoritishga harakat qilgan.

-li qo'shimchasini "bir kishida, bir narsada bir holning, bir narsaning "borliq"ini ko'rsatadir (149-bet)", deb izohlaydi. Otli, oqchali, enli kabi.

-siz qo'shimchasini esa "bir holning, bir narsaning "yo 'qliq"ini ko 'rsatadir (149-bet)", deb uqtiradi. Bilimsiz, otsiz, adadsiz kabi.

-gi/-ki; -qi/-g'i. "Bo'lg'anliq"ni bildirishi aytilgan: kechagi so'z. -iy. Nisbat sifatini hosil qilishi aytilgan. Tarixiy, adabiy, fanniy kabi. -ma. Bu qo'shimcha bilan yasalgan sifatning ma'nosini ko'rsatmaydi, lekin sifat ma'nosida kelganda urg'u (bosim) -ma qo'shimchasida bo'lishi, bo'lishsizlik fe'lida esa urg'u shu qo'shimchadan oldingi bo'g'inga tushishini aytadi: yozma kitob (yozilg'an kitob - kitobni yozma), bosma kitob (bosilg'an kitob) kabi.

Oshirma sifatlar turiga -g'in/-gin; -g'ir/-gir; -kur/-g'ur kabi qo'shimchalarini kiritgan. Ozg 'in, keskin, qizg 'in, olg 'ur, o 'tkur.

-lik/-liq qo'shimchasi juda qadimdan mavjud bo'lib, turkiy yodgorliklar tilida ham ot va sifatlar yasashda faol qo'llangan [9. B. 15]. Muallif bu qo'shimchani "yorarliq sufat"deb ataydi va unga o'qurliq kitob, olg'urliq, yegulik singari misollarni keltiradi. Fitrat har bir yasalmani o'ziga xos ravishda izohlashga harakat qilganligini, masalaga semantik jihatdan

yondashganligini ko'rish mumkin. Shuningdek, Fitrat -dosh qo'shimchasi "o'rtoqlik" oti sifatlarini yasashini, -chi affiksini esa "otning ma'nosi bilan mashg'ul bo'lg'anini" bildirishini ta'kidlaydi. Ma'lumki, bu qo'shimchalar hozirgi o'zbek adabiy tili fani bo'yicha yaratilgan darslik, qo'llanma va ilmiy manbalarda ot yasovchi qo'shimcha sifatida beriladi. Shu bilan birga, sifatning ozaytirma, kuchaytirma shakllari va darajalari, sifatdoshlar ham sifat yasovchi qo'shimchalar qatorida qo'rsatilgan.

MUHOKAMA

Fitrat -la, -lash, -lan, -ar, -ay fe'l yasovchilarini ikkinchi o'zakdan, ya'ni ot va sifat negizlaridan fe'l yasashini ta'kidlagan. Birinchi o'zak deganda fe'lning turli shakllari uchun negiz vazifasini bajaruvchi fe'l, aniqrog'i, fe'lning buyruq shakli tushunilgan.

XX asrning 20-yillarida so'zning morfologik tuzilishi to'g'risidagi ma'lumotlar sodda tarzda ifodalangan bo'lib, ko'proq so'z turkumlari ichida izohlangan.

Fitrat "Qo'shma ot", "Qo'shma fe'l" haqida ma'lumot berganda, qo'shma otning ikki turi mavjudligini ko'rsatadi: a) "ikki otyo bir sufat bilan bir ot qo'shilib bir narsaning oti bo'lishi" (oybolta, oqsoqol); b) "ikki-uch so'zdan yasaladir, biroq bu ikki-uch so'zdan har biri burung'i ma'nosini yo'qotmayduf (148-bet). Bunga maorif idorasi, markaz ijroiya komiteti kabi misollari keltirilgan. Ma'lumki, keyingi tur qo'shma otlar keyinchalik tarkibli qo'shma otlar, murakkab so'z deb yuritiladi.

XULOSA

Yuqorida ko'rib chiqilgan masalalarga asoslanib qo'yidagi xulosalarni aytish mumkin:

Fitratning "Sarf" asari o'zbek tilining nazariy morfologiyasiga bag'ishlangan bo'lib, u bu bosqichdagi dastlabki qadamlardan biri bo'ldi.

Fitrat o'zbek tilining qonun-qoidalarini arab yoki rus tili grammatikasi asosida emas, balki shu tilning ichki xususiyatlari asosida yoritish kerakligini uqtirdi. Shuning uchun asosiy e'tiborni tarixiy asarlar, xalq og'zaki ijodi namunalari va shevalardan materiallar to'plashga qaratib, to'plangan materiallarni esa ilmiy jihatdan tadqiq etishga chaqirdi.

Adabiyotlar:

1. Ne'matova D. O'zbek ilmiy tilshunosligi (O'zbek tilshunosligi tarixi). Toshkent: Muharrir. 2020.

2. Фитрат А. Тилимиз I. // Танланган асарлар (Нашрга тайёрловчи XrБолтабоeв) . -Тошнот: Маънавият, 2006.

3. Y36eK тили дарслиги. 5-6-синфлар учун. Фототека. Морфология / Боровков А.К., Маъруфов З., Абдуллаeв Й., Шeрмуx,аммeдов Т. - Тошнот: Укитувчи, 1969.

4. Х,ожтов А. Y36eK тили морфологияси, морфeмикаси ва суз ясалишининг назарий масалалари. - Тошнот: Фан, 2010.

5. Usmon О., Аvizov B. O'zbek tili grammatikasi. I bo'lim. Fonetika va morfologiya. To'liqsiz o'rta va o'rta maktablar uchun darslik. - Toshkent: O'zdavo'quvpednashr, 1939.

6. Гуломов А. Y36eK тили морфологиясига кириш. - Тошнот: Уздавнашр, 1953.

7. Х,ожтов А. Лингвистик тeрминларнинг изошли лугати. -Тошкeнт: Укитувчи, 1985.

8. Гуломов А. ва бош;. Y36eK тили дарслиги. 5-6-синфлар учун. - Тошнот: Укитувчи 1982.

9. Каримов F. Совeт даври узбeк адабий тили тараккиёти. - Тошкeнт: Фан, 1985.

10. Нсьматова Д. Чулпон публицистик асарларининг лингвистик та^лили. -Тош^ят: "Турон замин зиё", 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.