№
J> *<> >
!
1 ]><#•
)
•.¿TALQ1N VA TADQIQOTLAR
>
ilmiy-uslubiy juniali
№3 2022
>
>>
#<b> I >}>
<H >
>4>
>
>;i* >>
' i> cy nd
i > >)>
>
W
m
j
> p >
i >i> i>
O'ZBEK TILIDA SO'Z YASALISH USULLARI
Sultanova Muyassar Djumanazaarovna
Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o'zbek tili o'qituvchisi Tajiyeva Oyimjon Umarovna Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o'zbek tili o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7240856
Annotatsiya: Ma'limki, har bir tilning asosini so'zlar tashkil qiladi. Biz har kuni ishlatadigan so'zlarning esa o'ziga xos yasalish usuli bor. O'zbek tilshunosligining so'z yasalishi degan bo'limida aynan so'z yasalish usullari o'rganiladi. Mazkur maqola orqali o'zbek tilida so'z yasalishi usullari haqida kengroq bilib olamiz.
Kalit so'zlar: so'z turkumlari, mustaqil so'z turkumlari, yordamchi so'zlar, modal so'zlar, taqlid so'zlar, umdov so'zlar.
So'z yasash yangi ma'noli so'z hosil qilish demakdir. So'z yasalishi lug'aviy ma'noning o'zgarishi asosida vujudga kelib, yasama so'z ko'pincha bir turkumdan boshqa turkumga ko'chadi. Shu ma'noda so'z yasash hodisasi so'zning grammatik jihatidan o'zgartiradigan hodisadir. Masalan, gul so'zi ot turkumiga xosligi uchun otga xos ko'plik qo'shimchasini olib turlanadi: gullar, gullarning, gullarga kabi. Bu so'zga fe'l yasovchi -la qo'shimchasi qo'shilganda hosil bo'lgan so'z ko'plik va kelishik qo'shimchalarini olmaydi, turlanmaydi, balki tuslanadi. Chunki bu holatda so'z grammatik jihatdan o'zgarib, bir kategoriyadan boshqa kategoriyaga o'tadi.
als
um
n
j>
Qj^f^S).
152
¥- > >
Ui i
mo*
) J J^l 5*M>
i y >p
i >p Pl>
|:H> q
1*4 >
q >3*
JffiTALQINVA 1
WTADPKOTLAR
Bir turkumdan boshqa turkumga o'tganda so'zlarda hosil bo'ladigan o'zgarishlar
_ _
kategorial o'zgarishlar deyiladi. Masalan, tasodifan so'zining o'zagi (tasodif) ot, unga yasovchi -an qo'shimchasi qo'shilganda so'z boshqa kategoriyaga ko'chdi, ya'ni kategoriya o'zgaradi. Uzumzor so'zidagi yasovchi -zor qo'shimchasi otdan ot yasagan. Bunda kategoriya o'zgarmagan.
So'z yasalishi bilan bog'liq ravishda so'zning lug'aviy va grammatik ma'nolari ham o'zgarishi murnkin. So'z yasalish til uchun ijobiy hodisadir. U tilni lug'aviy
jihatdan boyituvchi manbalardan biridir.
j j
So'z yasash tildagi boshqa sohalar bilan, xususan, lug'at va grammatika bilan uzviy bog'liq. Chunonchi, yasama so'z avval tilda mavjud bo'lgan lug'aviy vositalardan hosil bo'ladi. Masalan, tilde kitob, chiroy so'zlari mavjudligi uchun shu so'zlar asosida kitobxon, chiroyli kabi so'zlar yasalgan. So'z yasalishi asosida so'z ma'nosi o'zgaradi, yangi ma'noli so'z hosil bo'ladi. Bu holat so'z yasalishi bilan leksikologiya orasida uzviy bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. Ma'lumki, so'z
\rnpnlirnirln nonn nrv'p ni m I nr 1 o It+i rr\l/ a+oni irntim t rn n n m n Kir -f 11 rVi im rinn
yasalishida ko'pincha qo'shimchalar ishtirok etadi, yangi yasama bir turkumdan
boshqa turkumga ko'chadi. Bu holat so'z yasalishining grammatika bilan ham bog'liqligini ko'rsatadi.
So'z yasalishi natijasida so'zning shakli o'zgaradi. Yangi ma'no bilan birgalikda
yangi shakl vujudga keladi. So'z yasalishi paytida hosil bo'ladigan shakl bilan so'z o'zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qo'shimchalar orqali vujudga keladigan shakl orasida o'xshashlik bor. Shuning uchun so'z yasalishi ham shu turdagi boshqa hodisalar singari morfologiyaning tekshirish obyektidir.
Tilda mavjud bo'lgan so'z yoki so'zlar, so'z shakllari negizida ma'lum usullar bilan yangi ma'nodagi so'zlarni hosil qilish so'z yasalishi deyiladi.
TKÛIa -fl1l C< Trnnnl Iftllimnrr n -Pfl 1r O O+O H rn IrrvmiArvTl-fcnrn 1A
O'zbek tilida so'z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo'lib, shulardan quyidagi 2 usul asosiy va yetakchi usullar hisoblanadi:
1. Morfologik (affiksatsiya) usuli.
2. Sintaktik (kompozitsiya) usuli.
O'zak va negizga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shish bilan yangi so'z yasash morfologik usul bilan so'z yasash deyiladi. So'z yasalishida qo'shimchalar J-jt ishtirok etganligi uchun bu usul affiksatsiya usuli hisoblanadi. So'z yasovclii qo'shimchalar o'zak: gulli, gulla, ishla, paxtakor, shuningdek, negizga: bilimli, hosildorlik, chidarnlilik ham qo'shiladi.
So'z yasovchi qo'shimchalar asosan o'zak va negizdan keyin qo'shiladi. O'zakdan oldin qo'shiluvchi old yasamalar o'zbek tili uchun xos emas. Biroq sifat turkumiga mansub bir qator so'zlarning yasalishida old qo'shimchalar ishtirok etadi. Masalan, badavlat, serhosil, nohaq kabi. Morfologik usulda so'z yasalishdagi
»
muhim shartlardan biri so'z bilan yangi yasama orasida bog'liqlik bo'lishdir. ! il i>jt>
Я*
Ы 1>
«
>>
>j>
Ы j> 1
b>4r> И )>
I |>л
й*
S
Ml
я*
ы>
! Я>
I >
Ям.-.
.- vjTALQIN VA • ^TADOIOOTLAR
ilmiy-uslubiy jumaH
№3 2022
j >0
>
Щ »
ш
-иф #ф>
< >p-
Ы >
Masalan, oshpaz, gulzor so'zlaridagi o'zak va yasovchi qo'shimchalar orqali hosil bo'lgan qismlar: osh-oshpaz, gul-gulzor ma'no jihatidan bir-biriga bog'liqdir.
Morfologik usul bilan so'z yasalishining shakllari ham rang-barang. Masalan, paxtakor so'zida o'zak+qo'shimcha. serdaromad so'zida qo'shimcha. +o'zak, bil-im-li so'zida o'zak+negiz+qo'-shimcha, nohaqlik so'zida qo'shim-cha+o'zak+qo'shimcha shakllari mavjud. Morfologik usul bilan so'z yasalishi ot. sifat, fe'l va ravish turkumlari uchun xos.
Sintaktik usul bilan so'z yasash ham unumdor usullardan sanaladi. Ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro qo'shilishi natijasida so'z yasalishi sintaktik usul bilan so'z yasalishi deyiladi. Sintaktik usul bilan qo'shma va juft so'zlar yasaladi.
O'zbek tilida bulardan tashqari so'z yasalishining yana bir qator usullari mavjud. Chunonchi, bir turkumdagi so'z boshqa turkumga ko'chadi va o'z ma'nosini o'zgartiradi. Masalan, barno (sifat), Barno (ot), to'xta (fe'l), To'xta (ot). Shuningdek, bir turkumdagi o'zaro so'z o'z ma'nosini o'zgartirishi, boshqa ma'no ifodalashi mumkin. Masalan, uzdi (ipni uzdi), uzdi (orani uzdi) yozdi (xat), yozdi (barg), yetdi (manzilga), yetdi (maqsadga). So'z yasalishidagi bu usul lug'aviy-semantik usul deyiladi.
O'zbek tilida so'z yasalishining yana bir usuli - abbreviatura usulidir. Bu usul bilan qisqartma so'zlar hosil bo'ladi: BMT, MDH, DAN kabi. Bu usul bilan so'z yasash faqat ot turkumi uchun xosdir.
Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, o'zbek tilida so'z yasalish usullarini nafaqat tilshunoslar, balki har bir o'z tilini sevadigan inson yaxshi bilishi zarur. Zero, so'zlarni to'g'ri va o'z o'rnida qo'llashimiz bizni tilimizni qay darajada bilishimizni anglatadigan bir ko'zgudir. Biz ustozlar esa yosh avlodga tilimiz haqida bilim berishdan aslo charchamasligimiz darkor.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili. T., 2005
B.Mengliyev, O'. Xoliyorov. O'zbek tilidan universal qo'llanma. T.,
jW^ У
q ж**
!> jjh
j
Шщ
* I l>
Щ > *ф>
ИИ>
>3*
j
2.
2007
3.
4.
T., 2001
5.
6. 7.
Qilichev E. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Buxoro, 2001
S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o'zbek adabiy tili.
S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o'zbek tili. T., 2003.
www.ziyo.uz
www.uzdenemetr.uz
Qj^f^S). .—
154
Ы >
je H >
Ш >
Ы>
m >
i> * *ф>
q >3*
Ц >р
I > >
q q