Научная статья на тему 'SAQLASH DAVRIDAGI KASALLANGAN KARTOSHKA TUGANAKLARINING MIKOBIOTASINI OʻRGANISH'

SAQLASH DAVRIDAGI KASALLANGAN KARTOSHKA TUGANAKLARINING MIKOBIOTASINI OʻRGANISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Ravshanov Baxtiyor Aktamovich, Karimov Husniddin Xolmamatovich, Xamidova Xursheda Muminovna, Azimova Nodira Shoyim Qizi

Respublikamizda yetishtiriladigan mahalliy “Umid-2” va “O‘zbekiston qizili” kartoshka navlarining kuzgi hosilini saqlash davrida kartoshka tuganaklarida kasallik belgilari kuzatilgan namunalarning mikobiotasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi. Jami 27 ta zamburug‘ izolyatlari ajratildi. Ularning Fusarium, Penicillium, Alternaria, Phytophthora, Aspergillus va Botryotrichum turkumiga mansubligi aniqlandi. Izolyatlarning 15 tasi Fusarium turkumiga mansub bo‘lib, o‘rganilgan kartoshka namunalarida fuzarioz chirish eng dominant kasallik sifatida qayd etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAQLASH DAVRIDAGI KASALLANGAN KARTOSHKA TUGANAKLARINING MIKOBIOTASINI OʻRGANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

SAQLASH DAVRIDAGI KASALLANGAN KARTOSHKA TUGANAKLARINING MIKOBIOTASINI ORGANISH

1Ravshanov Baxtiyor Aktamovich, 2Karimov Husniddin Xolmamatovich, 3Xamidova Xursheda Muminovna, 4Azimova Nodira Shoyim qizi

1Mikrobiologiya instituti tayanch doktoranti 2Mikrobiologiya instituti laboratoriya mudiri 3Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi 4Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.13836916

Annotatsiya. Respublikamizda yetishtiriladigan mahalliy "Umid-2" va "O'zbekiston qizili" kartoshka navlarining kuzgi hosilini saqlash davrida kartoshka tuganaklarida kasallik belgilari kuzatilgan namunalarning mikobiotasini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi. Jami 27 ta zamburug' izolyatlari ajratildi. UlarningFusarium, Penicillium, Ahemaria, Phytophthora, Aspergillus va Botryotrichum turkumiga mansubligi aniqlandi. Izolyatlarning 15 tasi Fusarium turkumiga mansub bo'lib, o'rganilgan kartoshka namunalarida fuzarioz chirish eng dominant kasallik sifatida qayd etildi.

Kalit so'zlar: kartoshka tuganagi, mikobiota, fitopatogen, Fusarium, Penicillium, Alternaria, Phytophthora, Aspergillus, Botryotrichum.

Kartoshka O'zbekiston uchun bug'doydan keyingi o'rinni egallaydigan, mamlakat aholisi iste'moli uchun strategik ekin turi hisoblanadi. Shu sababli mamalakatimizda ushbu ekin turini yetishtirish, mahalliy navlarining hosildorligini oshirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston aholisining kartoshkaga bo'lgan ehtiyoji bugungi kunda atigi 65-70 foizga qondirilmoqda. Bizning sharoitimizda 25-30 s/ga hosil olish mumkinligiga qaramay, u hali ham 16-17 s/ga dan oshmaydi [7].

Kartoshka hosilini saqlash davrida ham turli xil omillar ta'sirida mahsulot yo'qotilishi kuzatiladi. Shu sababli ularni to'g'ri saqlash qoidalariga rioya qilish bilan birga, saqlash davrida kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizm turlarini aniqlash va ulardan biologik usulda himoyalash choralarini ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir.

Tadqiqotning maqsadi Respublikamizda yetishtiriladigan mahalliy kartoshka navlarining kuzgi hosilini uzoq muddatli saqlash davrida kasallik belgilari paydo bo'lgan namunalarining mikobiotasini o'rganishdan iboratdir.

Tadqiqotda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli ekin maydonlarida yetishtirilgan va institut xududida joylashgan saqlash omborlarida 4 oy davomida saqlangan mahalliy "Umid-2" va "O'zbekiston qizili" kartoshka navlarining kasallangan tuganaklaridan tadqiqot ob'ekti sifatida foydalanildi.

Ushbu kasallangan kartoshka tuganaklarini tashqi mikrofloradan tozalash quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi: 1) oqib turgan vodoprovod suvida yuvish; 2) spirt va steril distillangan suv aralashmalari 3:1, 1:1, 1:3 nisbatlarda tayyorlab olinib, kartoshka tuganaklari har birida va eng so'nggida steril distillangan suvda 1 minut davomida ushlab turildi; 3) steril filtr qog'ozi yordamida qurtildi. Tashqi mikrofloradan tozalab olingan kartoshka tuganaklari aseptik sharoitda kasallangan va kasallanmagan qismlarini o'z ichiga olgan 1-2 sm kattalikdagi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

bo'laklarga kesib olinib, Petri likopchalariga quyilgan agarli Chapek va KDA (kartoshka dekstrozali agar) ozuqa muhitlariga ekib chiqildi [6].

Kasallangan o'simlik namunalaridan yashirin belgilarga ega bo'lgan ichki infeksiya manbai ya'ni mikromitset turlarini aniqlashda oddiy Petri likopchalarida hosil qilingan «Nam kamera» usulidan ham foydalanildi [1].

Ozuqa muhitlariga va nam kameralarga ekilgan namunalar 24-25 °S da termostatda inkubatsiya qilindi. Zamburug'larning o'sishi 3-7 kun davomida kuzatildi [4].

Alohida o'sgan zamburug' koloniyalarini Chapek va KDA ozuqa muhitiga takroriy ekish orqali mikromitsetlarning monokulturalari ajratib olindi.

Sof kulturalari ajratib olingan mikromitsetlarning mikroskopik ko'rinishi XSP-136 B va N-300M(UCMOSO9000KPB) markali mikroskopda (400 marta kattalashtirilgan) kuzatildi. Chapek va KDA ozuqa muhitida zamburug'larning koloniyalari o'stirildi va ularning morfologiyasi o'rganildi. Ajratib olingan zamburug'lar klassik usulda, aniqlagichlar yordamida [2, 5, 3] identifikatsiya qilindi.

Kasallangan kartoshka tuganaklarining tashqi vizual ko'rinishi o'rganilganda kartoshka tuganaklarining quruq va ho'l chirishi, rizoktonioz kasalliklarining belgilari kuzatildi (1-2 rasm).

1-rasm. Umid-2 navli kartoshka tuganaklaridagi kasallik belgilari

2-rasm O'zbekiston qizili navli kartoshka tuganaklaridagi kasallik belgilari

Tadqiqotda o'rganilgan kasallangan kartoshka tuganaklaridan jami 27 ta izolyatlar ajratildi. Ularning mikroskopik ko'rinishi va koloniyasining morfologiyasi o'rganilib, klassik usulda aniqlandi. Ajratib olingan ba'zi izolyatlar koloniyasining morfologiyasi 3-rasmda ko'rsatilgan.

"Umid-2" navli kartoshka tuganaklarining kasallangan namunalaridan jami 15 ta izolyatlar ajratildi. Shulardan 11 tasi Fusarium turkumiga mansubligi, 1 tasi Phytophthora, 1 tasi Pénicillium turkumiga mansubligi ma'lum bo'ldi. Morfologik belgilari asosida aniqlagichlardan aniqlash imkoni bo'lmagan 2 ta izolyatni molekulyar genetik usulda aniqlash bo'yicha tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

"O'zbekiston qizili" navli kartoshka tuganaklaridan 13 ta mitselial zamburug'larning sof izolyatlari ajratib olindi. Ulardan Penicillium turkumiga mansub - 3 ta izolyat, Fusarium turkumiga mansub 4 ta, Alternaria - 3 ta, Phytophthora - 1 ta, Aspergillus - 1 ta, Botryotrichum

- 1 ta izolyatlar aniqlandi.

Fusarium spp 1.1

Fusarium spp 1.2

Fusarium spp 1.6

Fusarium spp 5.1 Alternaria spp 5.3 Penicillium spp 5.7

3-rasm. Kasallangan kartoshka tuganaklaridan ajratilgan izolyatlarning koloniyalari

O'tkazilgan tadqiqot natijalari asosida qo'yidagicha xulosa qilish mumkin, kartoshka tuganaklarini saqlash davrida fuzarioz chirish eng dominant kasallik sifatida kuzatildi. Ajratilgan 27 ta zamburug' izolyatlarining 15 tasi Fusarium turkumiga mansubligi o'rganildi. Ayniqsa, "Umid-2" navli kartoshka tuganaklarida fuzarioz chirish ko'p aniqlandi.

Kartoshkani saqlash davrida kasallangan kartoshka tuganaklarida Pénicillium, Altérnaria, Phytophthora, Aspergillus va Botryotrichum turkumlariga mansub zamburug'larning uchrashi ushbu namunalarning mikobiotasida fitopatogenlar bilan birga saprofit zamburug'lar ham mavjud ekanligini, ularni faqatgina patogenlik testi orqali fitopatogen yoki saprofit guruhlariga mansubligini aniqlash mumkinligini ko'rsatadi.

Shu sababli ajratib olingan ushbu izolyatlarning fitopatogenlik xususiyatlarini aniqlash bo'yicha taqiqotlarni davom ettirish rejalashtirildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Билай В.И., Коваль Э.З. Аспергиллы. Киев: Наука думка, 1988. - 204 с.

2. Билай В.И. Фузарии. Киев .Наукова думка.1977 г. -441 с.

3. Журавлёв И.И., Селиванова Т.Н., Черемисинов Н.А. Определитель грибных болезней деревьев и кустарников. - М.: «Лесная промышленность»,1979. - 246 с.

4. Кириленко Т.С. Определитель почвенных сумчатых грибов. Киев: Наука думка, 1978. - 264 с.

5. Наумов Н.А. Методы микологических и фитопатологических исследований. - Л. Сельхозгиз, 1937. - 272 с.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

6. Поликсенова В.Д., Храмцов А.К., Пискун С.Г. Методические указания к занятиям спецпрактикума по разделу «Микология. Методы экспериментального изучения микроскопических грибов» для студентов 4 курса дневного отделения специальности «G 31 01 01 - Биология» / Мн.: БГУ, 2004. - 36 с.

7. Хамзаев А.Х., Астанакулов Т.Э. Сорта картофеля для двух урожаев в Республике Узбекистан. Картофель и овощи. №11, 2022. http://potatoveg.ru/ogorodnik/sorta-kartofelya-dlya-dvux-urozhaev-v-respublike-uzbekistan.html )

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.