G'O'ZADA FUZARIOZ VILT KASALLIGINI QO'ZG'ATUVCHI FUSARIUM OXYSPORUMZAMBURUG'IGA HARORATNING TA'SIRI 1Mamedov Normuxammad Mardanovich, 2Rashidova Dilbar Karimovna, 3Kurbonov
Abrorjon Yorqinovich
1,2,3Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo. 8358656
Annotatsiya. Ushbu maqolada g'o'zada fuzarioz vilt kasalligini qo'zg'atuvchi Fusarium oxysporum zamburug'ining o'sishi va rivojlanishiga haroratning ta'siri bo'yicha o'rganilgan tajribalar natijalari bayon etilgan. Tajribada g'o'zada fuzarioz vilt kasalligini qo'zg'atuvchisining 5, 10, 15, 20, 25, 30 va 350C haroratda kartoshka glyukoza agarli, kartoshka saxaroza agarli, kartoshka agarli hamda Chapeka oziqa muhitlarida o'stirilganida kartoshka glyukoza agarli va kartoshka saxaroza agarli oziqa muhitlarida 2 kundan keyin, kartoshka agarli hamda Chapeka oziqa muhitlarida esa 4 kun o'tgach zamburug' koloniyalarining o'sgan. Shuningdek, kasallik qo'zg'atuvchisining kartoshka glyukoza agarli va kartoshk a saxaroza agarli oziqa muhitlarida biomassaning hosil bolishi, kartoshka agarli va Chapeka oziqa muhitlarida esa biomassaning namoyon bolmaganligi kuzatilgan. Zamburug' ekilganidan keyin koloniyalarining Petri chashkasining yuzasini to'liq qoplab olishi kartoshka glyukoza agarli oziqa muhitida 8 kunda, qolgan oziqa muhitlarida esa 10 kunda aniqlangan.
Kalit so'zlar: g'o'za, fuzarioz vilt kasalligi, harorat, oziqa muhiti, zamburug', kasallik qo'zg'atuvchisi, zamburug'koloniyalari, miseliy, spora, biomassa.
Аннотация. В статье описаны результаты экспериментов по влиянию температуры на рост и развитие гриба Fusarium oxysporum, вызывающего фузариозное увядание хлопчатника. В эксперименте возбудителя фузариозного увядания хлопчатника выращивали на картофельно-глюкозном, картофельно-сахарозном, картофельном агаре и среде Чапека при температурах 5, 10, 15, 20, 25, 30 и 350С, через 2 сут. картофельно-глюкозный агар и картофельно-сахарозный агар, картофельный агар и среда Чапека, грибковые колонии росли через 4 дня.
Также образование биомассы возбудителя наблюдалось на питательных средах с картофельно-глюкозным и картофельно-сахарозным агаром, а на питательных средах с картофельным агаром и агаром Чапека биомассы не наблюдалось. Установлено, что колонии гриба полностью покрывают поверхность чашки Петри через 8 дней на картофельно-глюкозном агаре и через 10 дней на других средах.
Ключевые слова: хлопчатник, фузариозное увядание, температура, питательная среда, гриб, возбудитель, колонии грибов, мицелий, споры, биомасса.
Abstract. The article describes the results of experiments on the effect of temperature on the growth and development of the fungus Fusarium oxysporum causing fusarium wilt of cotton. In the experiment the causative agent of cottonfusarium wilt was grown on potato-glucose, potato-sugar, potato agar and Chapek's medium at temperatures of5, 10, 15, 20, 25, 30 and 350C, in 2 days potato-glucose agar and potato-sugar agar, potato agar and Chapek's medium, fungal colonies grew in 4 days.
Also the formation of pathogen biomass was observed on nutrient media with potato-glucose agar and potato-sugar agar, while no biomass was observed on nutrient media with potato agar and Chapek's agar. It was found that colonies of the fungus completely covered the surface of Petri dish after 8 days on potato-glucose agar and after 10 days on other media.
Keywords: cotton, fusarium wilt, temperature, nutrient medium, fungus, pathogen, fungal colonies, mycelium, spores, biomass.
Paxtachilik O'zbekiston qishloq xo'jaligining asosiy va serdaromad sohalaridan biri hisoblanib, mamlakatimiz paxta yetishtirish bo'yicha yetakch o'rinni egallaydi. G'o'za o'simligining xalq xo'jaligi turli sohalarida ishlatilishi va ularni xomashyo bilan ta'minlashi, shuningdek, undan 120 xildan ortiq mahsulotlar olinishi esa uning naqadar qimmatliligidan dalolat beradi. G'o'za o'simligida fuzarioz so'lish kasalligining zarari boshqa g'o'za kasalliklarga nisbatan ortib bormoqda.
G'o'za o'simligida fuzarioz so'lish kasalligini qo'zg'qatuvchi zamburug'larning hattoki urug'lik ashyolari vositasida ham tarqalishi esa bu kasallikning naqadar xavfliligidan dalolat beradi.
Tadqiqotchilar g'o'zani ximoya qilishni muhokama qilar ekan, urug'lik chigitni ekish oldidan dorilash yo'li bilan gommoz va ildiz chirish kasalliklaridan muvafaqqiyatli himoyalanishning uddasidan chiqilsada, vilt kasalligi muammosi kuchayayotganligini ta'kidlaydi. Buning birinchi sababini keyingi joriy qilinayotgan navlarning viltga yetarlicha chidamli bo'lmaganligi bilan, ikkinchidan agrotexnikaning buzilishi: shudgorning sifatsizligi, g'o'zapoya yoki ildizning dalada qoldirilishi, viltni ko'paytiradigan agrotexnik choralarning ishlatilishi bilan izohlaydi. G'o'zaning vilt bilan kasallanishining oldini olish uchun viltga bardoshli va chidamli navlar yaratishdan tashqari ildizni shikastlamaydigan, g'o'zani g'ovlatmaydigan agrotexnik tadbirlarni qo'llash bilan bir qatorda g'o'zapoyani ildizi bilan chiqarish va dalani shudgorlashni ta'minlash lozimligini tavsiya etadi.
Mualliflar fuzarioz so'lish kasalligi g'o'zani barcha o'sish fazalarida zararlashi, ammo tashqi belgilari ob-havo sharoiti va navlar chidamliligi darajalariga bog'liq holda o'zgarishini ta'kidlaydi. Urug'barg va yosh nihollarning barcha barglari sarg'ayishi yoki qizg'ish-sariq, so'ngra qo'ng'ir dog'lar bilan qoplanishi, to'kilib ketishi, nihol yalong'och bo'lib qurishi, tuprog'i kuchli zararlangan dalalarda nihollarning ko'p qismi juda tez halok bo'lishi, keyinroq zararlangan o'simliklar odatda 3-5 chinbarg fazasida kamroq hollarda shonalash boshlanganda yoki gullaganda yoxud bir nechta ko'sak chiqarganda so'lib qolishini keltirib o'tadi. G'o'zaning ingichka va o'rta tolali turlarining yetilgan o'simliklarida dastlab barg uchi yoki yonidagi bo'lakchalari sarg'ayishi va qo'ng'ir tusga kirishi, vaqt o'tishi bilan dog' butun bargga tarqalib, barg so'lishi va to'kilishi, poya yalong'och bo'lib qurib qolishi, zararlangan nihollar va yetilgan o'simliklarning bo'yi pasayishi, poya bo'g'in oralarining uzunligi kamayishi, poya ichidagi o'tkazuvchi tomirlar qo'ng'ir yoki qora tus olishi va to'q-qo'ng'ir dog'lar shox, barg bandi va bosh tomirlarda ham kuzatilishi xabar qilinadi.
Tadqiqotchilar tomonidan 2006-2007 yillarda olib borilgan kuzatuvlarda o'rta tolali g'o'za navlari fuzarioz vilt kasalligi bilan kuchli zararlanishi kuzatilib, ushbu kasallik bilan kasallangan o'simlik a'zolaridan kasallik qo'zg'atuvchisining sof kul'turasi Chapeka va Pivo suslo agarli oziqa muhitiga ajratib olinganida Fusariumning yangi turi aniqlangan. O'zbekiston sharoitida asosiy g'o'za o'simligini yetishtiruvchi hududlarda C-6524, Buxoro-6, An-Boyovut-2, Namangan-77, Buxoro-8, Denov, Omad, Oq-daryo-2, Xorazm-127 kabi navlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda fuzarioz vilt kasalligini yangi Fusarium moniliforme Sheld patogeni zararlashi qayd etilgan.
G'o'zada fuzarioz viltni Takomillashmagan zamburug'lar sinfi, Fusarium turkumi, F. oxysporum f. vasinfectum turiga mansub zamburug'lar keltirib chiqarishi, kasallik ingichka tolali
g'o'za ko'chatlari paydo bo'lganidan boshlab butun vegetatsiya davrida kuzatilishi ma'lum qilinadi.
Fuzarioz so'lish vertitsilloz so'lishga qaraganda issiqsevarligi, zamburug'ning mitseliy va konidiyalarining o'sishi, o'simlikni zararlashi va kasallik rivojlanishi 7-10°C va 30-32°C orasida kuzatilishi, ammo harorat 18-27°C optimal hisoblanishi ta'kidlanadi. Parazit uchun qulay tuproq namligi 40-70%, optimal 50-60% ga tengligi, yuqori namlik va 60°C. haroratda zamburug' 5 daqiqada nobud bo'lishi, ammo quruq sharoitda zamburug' xlamidosporalari 80°C issiqda va 20°C sovuqda qolganda ham yashovchanligini yo'qotmasligi keltirib o'tiladi.
G'o'zada fuzarioz vilt kasalligining qo'zg'atuvchisi Fusarium oxysporum f. Sp. vasinfectum zamburug'i ekanligi, bu zamburug' urug' va tuproq orqali o'simlikka yuqishi, ildiz va o'tkazuvchi to'qimalarida koloniya hosil qilishi hamda ularning tashqi ko'rinishi (rangi) o'zgarishiga sabab bo'lishi, kasallik o'simliklarning so'lishi va ba'zan nobud bo'lishiga olib kelishi mualliflar tomonidan ta'kidlanadi. Kasallikning alohida belgilari patogenning genotiplari, g'o'za navi, ko'chat qalinligi va o'simlikning vegetatsion davri bilan ham farqlanishi xabar qilinadi.
Jadval
Turli oziqa muhitlari va haroratda Fusarium oxysporum zamburug'ining o'sishi va rivo lanishi
Zamburu' ekilgan oziqa muhitlari
kartoshka glyukozli kartoshka kartoshkali agar Chapeka
№ agar saxarozali agar
O O zamburu' koloniyalari o'sishining lisobi olingan kunlar
2 4 6 8 1 2 4 6 8 1 2 4 6 8 1 2 4 6 8 1
r o r 0 0 0 0
a K zamburu' koloniyalarining diametri, mm
1 5 - - 10 11 13 0, 0, 0, 0, 0, 0, 0, 0, 2, 3, 0, 0, 0, 3, 6,
,0 ,3 ,3 0 0 0 0 0 0 0 0 3 3 0 0 0 0 0
2 1 - 3, 11 19 22 0, 2, 9, 20 22 0, 0, 6, 19 21 0, 0, 10 18 24
0 0 ,0 ,7 ,3 0 0 0 ,7 ,7 0 0 7 ,3 ,3 0 0 ,7 ,7 ,0
3 1 13 22 37 47 58 14 17 38 46 68 0, 0, 30 46 60 0, 11 28 55 66
5 ,3 ,3 ,7 ,3 ,7 ,7 ,7 ,0 ,0 ,0 0 0 ,7 ,7 ,7 0 ,7 ,3 ,7 ,0
4 2 21 42 62 82 90 20 38 61 81 90 0, 29 44 56 74 0, 36 60 68 66
0 ,7 ,3 ,7 ,0 ,0 ,0 ,0 .3 ,3 ,0 0 ,0 ,3 ,3 ,0 0 ,7 ,7 ,3 ,0
5 2 34 61 83 90 90 35 62 86 86 90 0, 44 85 89 90 0, 55 73 90 90
5 ,3 ,7 ,3 ,0 ,0 ,3 ,0 ,0 ,7 ,0 0 ,3 ,7 ,3 ,0 0 ,3 ,0 ,0 ,0
6 3 29 55 75 90 90 30 44 73 86 90 0, 41 60 81 87 0, 47 63 82 90
0 ,3 ,7 ,7 ,0 ,0 ,0 ,7 ,3 ,7 ,0 0 ,0 ,7 ,0 ,3 0 ,0 ,3 ,7 ,0
7 3 26 54 81 90 90 28 53 82 88 90 0, 47 44 80 86 0, 50 67 80 84
5 ,3 ,0 ,7 ,0 ,0 ,0 ,7 ,7 ,7 ,0 0 ,3 ,7 ,7 ,0 0 ,0 ,3 ,7 ,7
RRespublikamiz sharoitida aprobatsiya o'tkaziladigan urug'lik paxta maydonlarida g'o'zaning vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz kasalliklari bilan qay darajada zararlanganligiga qarab dalalar ikki guruhga bo'linishi, birinchi guruhga vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz bilan 5 foizgacha zararlangan g'o'za dalalari kiritilishi, ushbu guruhga fuzarioz vilt va hosil elementlari gommoz bilan zararlangan g'o'za dalalari kiritilmaysligi, ikkinchi guruhga esa vertitsellyoz vilt bilan 5 foizdan 15 foizgacha, fuzarioz vilt bilan 3 foizgacha, gommoz bilan 5 — 10 foizgacha va meva elementlari 1 foizgacha zararlangan g'o'za dalalari kiritilishi me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Tadqiqotlar Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti O'zbekiston-Xitoy qo'shma biotexnologiya laboratoriyasida amalga oshirildi.
Tajribada g'o'zada fuzarioz so'lish kasalligini qo'zg'atuvchisining sof kuTturasi Buxoro-10 seleksion navining 2-avlodi ekilgan paxta maydonlaridagi shonalash fazasidagi o'simliklardan ajratib olindi. Ajratib olingan zamburug'ning sof kul'turasining 5, 10, 15, 20, 25, 30 va 350C haroratda kartoshka glyukoza agarli, kartoshka saxaroza agarli, kartoshka agarli hamda Chapeka oziqa muhitlarida o'sishi va rivojlanishi o'rganildi.
Tajriba natijalariga ko'ra kartoshka glyukozli agar oziqa muhitiga ekilgan zamburug'larning sof kul'turasi ikki kun o'tgach amalga oshirilgan kuzatuvlarda 5 va 10 0C haroratda koloniyalar hosil qilmaganligi, qolgan boshqa haroratlarda 13,3-34,3 mm diametrli koloniyalar hosil qilishi aniqlandi. Zamburug' ekilganidan 4 kun o'tgach 50C haroratda koloniyalar o'smaganligi, boshqa variantlarda esa koloniyalarning diametri 3,0-61,7 mm ni tashkil etib, 8-kunga kelib 25, 30 va 350C haroratlarda va 10-kunga kelib 20, 25, 30 va 350C haroratlarda Petri chashkasining yuzasini to'liq qoplab olishi ma'lum bo'ldi.
Shu kabi kartoshka saxaroza agarli oziqa muhitida ham zamburug' koloniyalarining yaxshi o'sishi va rivojlanishi kuzatilib, 50C li haroratda umuman o'smagan bo'lsa, 100C li haroratda 4-kundan boshlab o'sishi va 10-kunda 20, 25, 30 va 350C haroratlarda Petri chashkasining yuzasini to'liq qoplab olishi kuzatildi.
Shuningdek, kartoshka agarli hamda Chapeka oziqa muhitlarida zamburug' koloniyalarining sekin o'sishi (jadval) va bu oziqa muhitlarida barcha haroratlarda biomassaning kamroq kartoshka glyukoza agarli hamda kartoshka saxaroza agarli oziqa muhitlarida ko'proq hosil bo'ldi.
Turli xil haroratda va oziqa muhitlarida g'o'zada fuzarioz so'lish kasalligini qo'zg'atuvchi zamburug'lar 5-350C haroratlarda o'sishi va rivojlanishi, eng maqbul harorat 20-350C oziqa muhiti esa kartoshka glyukoza agarli hamda kartoshka saxaroza agarli oziqa muhitlari ekanligi ma'lum bo'ldi.
G'o'zada fuzarioz so'lish kasalligini qo'zg'atuvchi zamburug'ning turli haroratlarda o'sishi va rivojlanishini o'rganish natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, bu zamburug' g'o'za o'simligini turli rivojlanish fazalarida zararlaydi.
Dastlab urug'lik chigitlar tuproq harorati 12-140C bo'lganida ekilganida tuproqda fuzarioz so'lish kasalligini qo'zg'atuvchi zamburug' o'sayotganligi sababli g'o'za nihollarida nihol kasalliklari majmuasiga kiruvchi ildiz chirish kasalligini keltirib chiqaradi. Bu esa dalalrda nihollarning siyrak bo'lib qolishi hamda to'liq va bir tekis ko'chat olinmasligiga sabab bo'ladi.
Shuningdek, chinbarg chiqarish va shonalash fazalarida ham kasallntirish tufayli bu davrda ham ko'chatlarning nobud bo'lishiga olib keladi. G'o'za o'simligining rivojlanishida tuproq haroratining 20-350C bo'lishi va fuzarioz so'lish kasalligini qo'zg'atuvchi zamburug'ning jadal rivojlanishi so'lish kasalligining avj olishiga, o'simlikning butulay qurib qolishiga, kutuilayotgan hosilning to'liq olinmasligiga zamin yaratadi. Shuning uchun fuzarioz so'lish kasalligiga chidamli g'o'za navlarini yaratish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. "Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida". O'zR VMQ ^онунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.10.2021 й., 09/21/641/0954-сон; 09.06.2022 й., 09/22/320/0505-сон; 06.08.2022 й., 09/22/431/0716-сон)
2. Мусаев Т.С., Ахмедов С.И., Махматмуродов А.У. ^ишлок хужалик фитопатологияси. -Самарканд: «СВИСМ», 2002. - 280 б.
3. Хужаев Ш., Юсупова М. Гузани самарали химоялаш истикболлари // "O'zbekiston qishloq xo'aligi" журнали "Agro ilm" илмий иловаси.-Тошкент, 2008.- №2 (6).-Б.18-19.
4. Наумов Н.А. Болезни сельскохозяйственных растений.- М.: - Л.: Гос Изд-во сельскохозяйственной литературы, 1952. - 664 с.
5. Марупов А, Ишанкулова М, Рахматов А. Новый возбудитель фузариозного вилта хлопчатника. // "O'zbekiston qishloq xo'aligi" журнали.-Тошкент, 2008.- №5.-Б.30.
6. Хусенов Н.Н. ва бошкалар. Гуза гермоплазмасидан фузариозли вилт касаллигига чидамли гентипларни танлаш. /Фундаментал фан ва амалиёт интеграцияси: муаммолар ва истикболлар. Республика илмийнференцияси материаллари. Тошкент, 2018. - Б-248.
7. Х,асанов Б.О. ва бошкалар. Гузани зараркунанда, касаллик ва бегона утлардан химоя килиш. - Тошкент: «Университет», 2002.-Б. 181-193.
8. Kimsanboyev X.X. va boshqalar. Entomologiya va fitopotologiya. - Tashkent: «Niso-Poligraf», 2017. - 288 б.
9. Sheraliyev A. Umumiy va qishloq xo'jalik fitopatologiyasi. - Toshkent: «Talqin», 2004. - B 130.