SARDOBA TUMANIDA YETSHTIRLAYOTGAN QOVUN NAVLARIDA UCHRAYDIGAN ASOSIY KASALIKLARNING TARQALISHI, ZARARI VA ULARGA
QARSHI KURASH CHORALARI.
A.A.Otajonov
O'simliklar karantini va himoyasi ITI, Tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo. 8361989
Annotatsiya Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Sardoba tumanining qovun dalarida yetishtirilayotgan qovun navlarining asosiy kasalliklari, tarqalishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari shuningdek kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'larning tur tarkibi haqida so'z yurtiladi. Tadqiqotlarimiz davomida qovunni zararlaydigan asosiy zamburug'li kasalliklari o'rganilgan. Kasalliklarning qaysi muddatlarida qovunni kasallantirish va ularning belgilari yozilgan .
Kalit so'zlar : Qovun, nav, kasalliklar, fuzarioz so'lish, alternarioz, unshudring, poya,
barg.
Аннотация. В данной статье будут рассмотрены основные болезни, распространение, вред и меры борьбы с дыни, выращиваемыми на бахчевых полях Сардобинского района Сырдарьинской области, а также видовой состав болезнетворных грибов. В ходе наших исследований были изучены основные грибковые заболевания, поражающие дыню. В каких сроках болезни дыни болеют и их симптомы записываются .
Ключевые слова : дыня, сорт, болезни, фузариоз увядание, альтернариоз, роса, стебель, лист.
Abstract. This article will consider the main diseases, the spread, harm and measures to combat early, medium, late-ripening varieties of melon grown in melon fields of the Sardobinsky district of the Sirdarya region, as well as the species composition ofpathogenic fungi. In the course of our research, the main fungal diseases affecting melon were studied. In what terms melon diseases get sick and their symptoms are recorded .
Keywords : melon, variety, diseases, fusarium wilting, alternariosis, dew, stem, leaf.
Kirish : O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvarda qabul qilingan "Qishloq ho'jaligi ekinlari urug'chiligini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida "gi PQ-106 sonli qarori qabul qilindi Mazkur qaror mazmun mohiyatiga ko'ra, 2022 yildan boshlab, Respublikada birinchi marta sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va boshqa yekinlarning urug'chiligini tashkil etish uchun 13 ming 395 gektar yer maydonlari ajratildi.
O'zbekistonning serquyosh tuproq-iqlim sharoiti sug'oriladigan yerlarda poliz ekinlaridan biri qovundan yuqori hosil olishga imkon beradi. Qovun xalqimiz sevib istemol qiladigan poliz ekinlaridan biri hisoblanadi. Qovun ekini shifobaxsh bo'lib, ular xar-hil foydali elementlarga boydir.
Qovun Respublikamizda yetishtiriladigan poliz ekinlari orasida bodringdan keyingi o'rinda turadi. Qovunning 150 dan ortiq navi yaratilgan bo'lsa, Respublikada Suyunchi 2, Oltin vodiy, Lazzatli, Oltintepa, Kichkintoy, Obi novot, Gurvak, Bo'rikalla navlari yetishtiriladi. Respublikada qovunni ekish muddatlari ham har bir viloyat kesimida tuproq va iqlim sharotidan kelib chiqib, har xil etib belgilangan. Janubiy hududlarda erta pishar navlarni ekish muddatlari aprel oyining birinchi 10 kunligida bo'lsa, shimoliy hududlarda aprelning ikkinchi va uchinchi o'n kunligida ekish tavsiya etilgan. Qovun yetishtirishda albatta ekish muddatlariga amal qilgan holda
ekish va umg'larni ekishdan oldin samarali urug'dorilagichlar bilan ishlov berib ekish, yuqori hosil olishning garovi hisoblanadi. Urug'larga va barglarga fungitsidlar bilan ishlov berib ekilsa, tuproq patogenlarining o'simlikka kirib kelishini oldini olishda yordam beradi. Ushbu qovun ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda yuqori agrotexnikani qo'llash bilan birga, ularni zararli organizmlardan o'z vaqtida himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot usullari. O'tkazilgan tadqiqotlar qovun navlarining kasalliklarining belgilari, ularning zararlash darajasi, hosildorlikka salbiy ta'siri, kasalliklarning laboratoriya sharoitida taxlil qilish hamda ularga qarshi samarali kurash choralarini qo'llash bo'yicha tadqiqot usullaridan foydalanildi. Laboratoriya sharoitada kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'larni kasallangan o'simliklardan kartoshka agari va Chapeka sun'iy ozuvqa muxitiga С.Ф. Сидорова (1983) uslubiyati asosida ajratib olindi. Kasalliklarni va qo'zg'atuvchi zamburug'larni aniqlashda М.К. Хохряков boshqalar(1969), Н.М. Пидопаличко (1977) aniqlagichlaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlar asosan Sirdaryo viloytaning Sardoba tumanida qovun dalalaridagi kasaliklar tarqalishi o'rganildi. Tadqiqotlar davomida qovun navlarining kasalliklar bilan kasallanish darajasi, kasalliklarning tashqi belgilari va kasallikning vegatasiyaning qaysi davrida keng tarqalishi o'rganildi. (jadval-1)
jadval-1
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida qovun dalalarida kasalliklarning tarqalishi (2022-2023yy)
№ Tadqiqot o'tkazilgan fermer xo'jalik nomlari Tajribada o'rganilgan qovun navlar Tajriba o'tkazilgan dala. ga Tadqiq qilingan kasalliklar O'simlikning kasallanish darajasi %
1 Sirdaryo viloyati Sardoba tumani "Temiryo'l agro sanoat " УК Shakar palak nav 2,5 Fuzarioz so'lish Fusarium oxysporum f.sp. niveum 15
Obi novvot nav 2,5 Un shudring Erysiphe cichoracearum Dc. F. cucurbitacearum 17.6
Oq urug' qovun navi 1.5 Fuzarioz so'lish Fusarium oxysporum f.sp. niveum 18
Amir 0.5 Alternarioz Alternaria alternata 12.6
Ko'k kala push 1 Un shudring Erysiphe cichoracearum Dc. F. cucurbitacearum 13
2 Sirdaryo viloyati Sardoba tumani " Nurliy fayz" fx Obi novvot 0,9 Alternarioz Alternaria alternata 15.5
Amir Fuzarioz so'lish, 16.3
0,3 Fusarium oxysporum
Oq urug' 6,8 Fuzarioz so'lish Fusarium oxysporum 18
Jo'raqand 2.2 Fuzarioz so'lish, Un shudring Fusarium oxysporum 12.6
Chillaki 1,9 Un shudring Erysiphe cichoracearum Dc. F. cucurbitacearum 13
Jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rishimiz mumkin, Sardoba tumanida joy ashgan 2 ta fermer
xo'jalikdan jami 8 ta navga mansub qovun dalalarida kasallikning tarqalishi va zarari o'rganilgan. Qovunda kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'larning turlar tarkibini aniqlashda kasallangan o'simliklardan namunalar olindi va lboratoriya sharoitida tahlil qilindi. Patogen zamburug'larning sof kulturalari morfalogik jihatdan mikroskop yordamida aniqlandi. Qovun dalalaridan ajratilgan zamburug'lar Fusarium oxysporum, Alternaria alternata, Erysiphe cichoracearum turlari ekanligi aniqlandi. Tadqiqotlar davomida qovunning kasallangan qismidan ajratilgan zamburug'larga nisbatan laboratoriya sharoitida Sele Stop, Maksim, Vitovaks fungisidlarning ta'siri o'rganildi. Patogenning o'sishiga to'sqinlik qiluvchi samaradorligi yuqori bo'lgan fungisidlar tanlab olindi. Ushbu urug'dorilagichlar bilan qovun uruglariga ishlov berib dala sharoitida tadqiqotlar olib borildi.
Xulosa.
Tadqiqotlarimiz natijasida olingan ma'lumotlarga tayanib shuni aytish mumkinki, qovunning Chillaki, Jo'raqand, Ko'kaklpush, Amri, Oq urug' qovun, Shakar palak, Obi novvot navlarida Fuzarioz so'lish va Un shudring kasalliklarining rivojlanish ko'rsatkichi yuqori ekanligi qayd etildi. Umumiy xulosa bo'yicha uchala preparatlar ham yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi. Shunday qilib qovun asosiy kasaliklarga qarshi qo'llanilgan deyarli barcha fungisidlar yuqori samaradorlikka ega bo'lganligi sababli ularni zamburug' kasalliklarni bartaraf etishga ishlatish mumkin.
REFERENCES
1. B. A. Hasanov, R.O. Ochilov, R.A. Gulmurodov. Sabzavot, kartoshka hamda poliz yekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash. Toshkent 2009
2. Sheraliev A.Sh., Raximov U.X. Qishloq xo'jalik ftopatologiyasi.Toshkent- 2014
3. Определитель болезней растений М.К. Хохряков, Т.Л. Доброзракова, К.М. Степанов, М.Ф. Летова 1966
4. Практикум по сельскохозяйственной фитопотологии К.В. Попкова (первое вышло в 1976 г.)
5. Сидорова, Светлана Федоровна. Вертициллезное и фузариозное увядание однолетних сельскохозяйственных культур / С. Ф. Сидорова. - Москва : Колос, 1983. - 157 с
6. Пидопличко, Николай Макарович. Грибы - паразиты культурных растений [Текст] Определитель : В 3-х т. / Н.М. Пидопличко ; [АН УССР. Ин-т микробиологии и вирусологии им. Д.К. Заболотного]. - Киев : Наук. думка, 1977.
7. Буриев Х.Ч., Ашурметов O.A. Полиз екинлари биологияси ва етиштириш технологияси.// Т.: «Мехнат».- 2000.- 115 б.
8. Дудко П.Н., Каримов А.К., Ермохин Б.Н., Успенская Е.В. Атлас «Узбекистан цовунлари. Дини Узбекистана».//Т.: УДН- 1962.- 184 б.
9. Альтернариозы // Сельскохозяйственный энциклопедический словарь. — Советская энциклопедия, 1989. — С. 24.
10. Справочник агронома по защите растений / Нурмуратов Т. Н., Шек Г. Х. — Алма-Ата: Кайнар, 1983. — 184 с.
11. .Ахатов А. К., Джалилов Ф. С., Белошапкина О. О., Стройков Ю. М., Чижов В. Н. Защита растений от болезней в теплицах. Справочник/ Под ред. А. К. Ахатова. — М.: Товарищество научных изданий КМК, 2002. — 465 с.
12. Вянгеляускайте А. П., Жуклене Р. М., Жуклис Л. П. Вредители и болезни овощных культур. — М.: Агропромиздат, 1989. — 462 с.
13. .Справочник агронома по защите растений / Нурмуратов Т. Н., Шек Г. Х. — Алма-Ата: Кайнар, 1983. — 184 с.
14. O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestitsidlar va agroximikatlar ro'yxati 2022 yil 113,116-117 bet