Научная статья на тему 'QOVOQDOSHLAR (CUCURBITACEAE) OILASI VAKILLARIDA UCHRAYDIGAN ALTERNARIOZ KASALLIGI'

QOVOQDOSHLAR (CUCURBITACEAE) OILASI VAKILLARIDA UCHRAYDIGAN ALTERNARIOZ KASALLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
293
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zamburug‘ / patogen / alternarioz

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — M.M.Iminova, I.M. Mustafaev, M B. To‘raboev

Maqolada qovoqdoshlar oilasida uchraydigan zamburug‘ kasalliklari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QOVOQDOSHLAR (CUCURBITACEAE) OILASI VAKILLARIDA UCHRAYDIGAN ALTERNARIOZ KASALLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

QOVOQDOSHLAR (CUCURBITACEAE) OILASI VAKILLARIDA UCHRAYDIGAN

ALTERNARIOZ KASALLIGI 1M.M.Iminova, 2I.M. Mustafaev, 3M.B. To'raboev

1,2,3 O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Botanika instituti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.8000950

Annotatsiya. Maqolada qovoqdoshlar oilasida uchraydigan zamburug' kasalliklari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: zamburug', patogen, alternarioz.

Kirish. Qovoqdoshlar oilasiga mansub o'simliklardan yer yuzida 800 ga yaqin, O'zbekistonda esa 18 tur o'simlik uchraydi. Bu oilaga asosan bir yillik va ko'p yillik o'tlar kiradi. Ularning poyasi (palagi) o'rmalab yoki barg qo'ltigidan chiqadigan jingalaklar yordamida ilashib o'sadi. Barglari oddiy, ketma-ket joylashgan, yaproqlari panjasimon bo'lingan yoki panjasimon qirqilgan bo'ladi. Gullari to'g'ri, ayrim jinsli, changlanishi xasharotlar yordamida amalga oshadi. Qovoqdoshlar oilasi vakillarining mevasi-etdor, sersuv, mevasi rezavor yoki qovoq (tashqi qavati qattiq, dag'al, ichi etli sersuv, serurug'), ko'p turlarining mevasi iste'mol uchun ishlatiladi. Shu sababdan bir qancha turlari (bodring, qovun, qovoq, tarvuz va b.) xamma qit'alarda palakli ekin sifatida qadimdan ekiladi.

Xozirgi kunda o'simliklarning kasalliklari xosil sifati va miqdoriga salbiy ta'sir ko'rsatibgina qolmasdan, balki ularni butunlay nobud qiladi. Xozirgi ekologik sharoitda kasallangan o'simlik mahsulotlarini iste'mol qilish insonlar salomatligiga, ularning xom ashyolarini ishlab chiqarish jarayonida foydalanish tayyor mahsulot sifati yomonlashishiga ta'sir ko'rsatmoqda. Qishloq xo'jaligida yetishtiriladigan ekinlarni aksariyati vegetatsiya davrida zamburug'li kasalliklar bilan zararlanadi. Kasalliklar ta'siri natijasida, ularning xosildorligi kamayadi, nobud bo'ladi.

Qishloq xo'jaligi o'simliklari singari qovoqdoshlar oilasi vakillari orasida xam keng tarqalgan kasalliklardan biri alternarioz kasalligidir. Ushbu kasallik ekinlarning poyasi, mevasi va barglarida qora quyuq dog'larni paydo qiladi. Natijada poyasi va barglari sinadi, mevalari chiriy boshlaydi. Zamburug'ning sporalari shamol yoki yomg'ir orqali tez tarqaladi va shu bilan birga sog'lom ekinlarga yuqadi va ularning xosildorligini kamaytiradi.

Material va metodlar Ushbu maqolani tayyorlashda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Mikologiya va al'gologiya laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan 2021-2024 yillarga mo'ljallangan "Iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan o'simliklar, eksportbop meva, sabzavot va poliz ekinlarida kasallik qo'zg'atuvchi patogen zamburug'lar: xilma-xilligi, monitoringi hamda elektron ma'lumotlar bazasini yaratish" mavzusi bo'yicha dasturida olib borilgan mikologik tadqiqotlar davomida yig'ilgan gerbariy namunalari manbaa bo'lib xizmat qildi. Zamburug'ni tur tarkibini tahlil qilishda Moticam N-300M mikroskopidan foydalanildi. Zamburug'larni tabiiy sharoitdagi rasmlarini olishda Canon 750D raqamli fotoapparatidan foydalanildi. Aniqlangan zamburug'larning nomlarini zamonaviy nomenklaturasi www.indexfungorum.org, xo'jayin o'simliklarning nomlari esa http://powo.science.kew.org/ bazasi ma'lumotlari asosida berildi.

Tadqiqot natijalari va tahlili Ilmiy izlanishlar davomida Namangan va Buxoro viloyatlari bo'yicha olib borilgan dala tadqiqotlari natijalariga ko'ra eksportbop qovoqdoshlar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

oilasi vakillarida Ascomycota bo'limining Alternaría turkumidan Alternaría cucumerina, Alternaría brassicae, Alternaría solani zamburug'lari uchraganligi aniqlandi.

Quyida Namangan va Buxoro viloyatlari hududlkarida iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan qovoqdoshlar oilasi vakillarida tarqalgan zamburug' kasalliklari, ularning belgilari va tarqalishi bo'yicha ma'lumotlar keltirildi.

Qovunning alternarioz kasalligi Kasallik qo'zg'atuvchisi: Alternaría cucumerina (Ellis & Everh.) J.A. Elliott.

Kasallik belgilari: gifomitset zamburug'i qo'zg'atadi. Kasallik dunyoning ko'p mamlakatlarida asosan qovunni (Cucumis melo L.) kamroq xollarda boshqa turlari tarvuz, qovoq va bodringni zararlaydi. Bargning ustki tomonida kichik, dumaloq, och-jigarrang, o'rtasi ochroq tusli, biroz botiq, so'ngra qizg'ish-qo'ng'ir tus va konsentrik shakl oluvchi dog'lar rivojlanadi. Ular o'sadi va bargni qoplab oladi, barglar sarg'ayadi va so'lib qoladi. Zararlangan qovun mevalarida dumaloq, qo'ng'ir, botiq yaralar paydo bo'ladi. Yuqori namlik sharoitida dog' va yaralar ustida zamburug'ning mitseliy, konidiofora va konidiyalaridan tashkil topgan to'q-zaytun yoki qoramtir tusli mog'or rivojlanadi. Ekin ichida zamburug' konidiyalari shamol, yomg'ir va tuproqqa ishlov berish asbob uskunalari bilan tarqaladi. Kasallik uchun xavo xarorati 25-28 0C, nisbiy namlik 85-100 % bo'lishi mo'tadil sharoit xisoblanadi. Zamburug' poliz ekinlarida, o'simlik qoldiqlarida va begona o'tlarda, urug' ustida va issiqxonalarda saqlanadi (1-rasm).

Tarqalishi: Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Arablar qishlog'i, Namangan viloyati, Mingbuloq, Uychi tumanlari.

Qarshi kurash choralari: ekinzorlardagi begona o'tlar va xashoratlarga qarshi o'z vaqtida kurash olib borish kerak. Kasallik o'simlik qoldiqlarini daladan yig'ishtirib olib tashlash zarur.

1-rasm. Alternarioz bilan kasallangan qovun o'simligi

Karamning alternarioz kasalligi Kasallik qo'zg'atuvchisi: Alternariae brassicae Sacc. Kasallik belgisi: Alternariozning kasalligini Alternaria brassicae patogen zamburug'i keltirib chiqaradi. Agar kasallik nazorat qilinmasa karamda jiddiy zarar keltirishi mumkin. Dastlabki alomatlari eski barglar yuzasida kichik yumaloq qora dog'larning xosil bo'lishidir. Xosil bo'lgan dog'lar kattalashganda, ular konsentrik xalqalar paydo bo'ladi. Ko'pincha sariq xalqa bilan o'ralgan bo'ladi (2-rasm).

Kurash choralari: Kasallikka qarshi kurashish uchun ekinzorlardan o'simlik qoldiqlarini yig'ishtirib olib tashlash, almashlab ekishga amal qilish yaxshi samara beradi. Tarqalishi: Namangan viloyati: Davlatobod, Zoxid f/x, Uychi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

>

A B

V G

2-rasm. Karamda alternarioz kasalligi: A-kasallangan karam barglari; B, V, G-zamburug'ning mikroskop ostidagi sporalarining ko'rinishi Qovoqning alternarioz kasalligi Kasallik qo'zg'atuvchisi: Alternaria solani (D. Ayad, B. Hamon, A. Kedad)

Kasallikning belgilari: Alternarioz bilan kasallangan barglarda xar xil shakldagi va o'lchamdagi jigarrang quruq dog'larni xosil bo'ladi. Dog'larga e'tibor berib qaralganda ularning ichida quyuqroq rangdagi markaziy xalqasimon dog'larni ko'rishimiz mumkin. Issiq va quruq xavo xaroratida ba'zi dog'lardagi kasal to'qimalar parchalanib teshiklarni xosil qiladi. Natijada barglar qurib to'kilib ketadi. Poyalarda kasallik belgilari quruq, cho'zinchoq kulrang-jigarrang ko'rinishda namoyon bo'ladi. Alternarioz o'simlikning ildizlarida xam o'zgarishlarni keltirib chiqarishi kuzatiladi. Ildizda biroz qoramtir turli shakllardagi dog'larni xosil qiladi (2-rasm).

Tarqalishi: Buxoro viloyati: Olot, Qorako'l, G'ijduvon.

Kurash choralari: infeksiya asosan o'simliklar qoldiqlarida saqlanib qoladi. Shu sababli ekin dalalaridagi o'simlik va begona o'tlarning qoldiqlarni o'z vaqtida yig'ishtirib olish, sug'orish rejimiga rioya qilish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

3-rasm. Qovoqning alternarioz kasalligi Turpning alternarioz kasalligi Kasallik qo'zg'atuvchisi: Alternaria brassicae Sacc. Kasallikning belgilari: Dastlabki alomatlari eski barglar yuzasida kichik yumaloq qora dog'larning xosil bo'lishidir. Xosil bo'lgan dog'lar kattalashganda, ular konsentrik xalqalar paydo bo'ladi. Ko'pincha sariq xalqa bilan o'ralgan bo'ladi (4-rasm). Tarqalishi: Namangan ilmiy tadqiqot stansiyasi.

Qarshi kurash choralari: Kasallikning oldini olish infeksiya xavfini minimal darajada kamaytirishga yordam beradi. O'simliklarni kasallangan qismlaridan tozalash. Kerakli o'g'itlarni berish, shu orqali o'simlik immunitetini oshirish. Kasallikka qarshi kurashish uchun ekinzorlardan o'simlik qoldiqlarini yig'ishtirib olib tashlash, almashlab ekishga amal qilish

yaxshi samara beradi.

A B

4-rasm. Sholg'omning alternarioz kasalligi: A-kasallangan barg; B-zamburug'ning

mikroskop ostida ko'rinishi Sholg'omning alternarioz kasalligi Kasallik qo'zg'atuvchisi: Alternariae brassicae Sacc.

Kasallik belgisi: Alternariozning barglardagi dog'i Alternaria brassicae patogen zamburug'i keltirib chiqargan. Agar kasallik nazorat qilinmasa karamda jiddiy zarar keltirishi mumkin. Dastlabki alomatlari eski barglar yuzasida kichik yumaloq qora dog'larning xosil bo'lishidir. Xosil bo'lgan dog'lar kattalashganda, ular konsentrik xalqalar paydo bo'ladi. Ko'pincha sariq xalqa bilan o'ralgan bo'ladi (5-rasm).

Tarqalishi: Namangan viloyati: Davlatobod, Zoxid f/x, Uychi, To'raqo'rg'on.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Kurash choralari: Kasallikka qarshi kurashish uchun ekinzorlardan o'simlik qoldiqlarini

yig'ishtirib olib tashlash, almashlab ekishga amal qilish yaxshi samara beradi.

A B

5-rasm. Turpning alternarioz kasalligi: A-alternarioz bilan kasallangan barg; B-zamburug'ning mikroskop ostida ko'rinishi

REFERENCES

1. https://www.agro.uz/ru/11-0147/(Murojaat etilgan sana: 17.03.2023 yil).

2. https://www.indexfungorum.ors/names/Names.asp Index Fungorum. indexfungorum.org (Murojaat etilgan sana: 10.05.2023 yil).

3. https://powo.science.kew.org/ Kev sciense Plants of the World online. powo.science.kew.org (Murojaat etilgan sana: 10.05.2023).

4. Mikologiya va al'gologiya laboratoriyasi 2022-yil xisoboti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.