Научная статья на тему 'SANOATDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH'

SANOATDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G‘oya / sxema va chizmalar / amaliyot / mahsulot / xizmat / jarayonlar / innovatsiya. / Idea / scheme and drawings / practice / product / service / processes / innovation.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — M.Shaymardanova

Korxonalarda innovatsiya faoliyatini bozor talablari asosida tubdan o‘zgartirish, boshqarishning zamonaviy va istiqbolli shakllarini joriy etish hamda modernizatsiyalash, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunning asosiy talabi va korxonaning bozor raqobati sharoitida yashab qolishning asosiy sharti hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPLEMENTATION OF MODERN TECHNOLOGIES IN INDUSTRY

Radical change of innovation activities in enterprises based on market requirements, introduction and modernization of modern and promising forms of management, effective use of modern information systems and technologies are the main requirements of today and the main condition for survival of the enterprise in the conditions of market competition.

Текст научной работы на тему «SANOATDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH»

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

IMPLEMENTATION OF MODERN TECHNOLOGIES IN

INDUSTRY

M. Shaymardanova

Termiz institute of engineering technology https://doi.org/10.5281/zenodo.11518300

ARTICLE INFO

Received: 02nd June 2024 Accepted: 06th June 2024 Online: 07th June 2024 KEYWORDS

Idea, scheme and drawings, practice,

product, service, processes, innovation.

ABSTRACT

Radical change of innovation activities in enterprises based on market requirements, introduction and modernization of modern and promising forms of management, effective use of modern information systems and technologies are the main requirements of today and the main condition for survival of the enterprise in the conditions of market competition.

SANOATDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH

M.Shaymardanova

Termiz muhandislik texnologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11518300

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 02nd June 2024 Accepted: 06th June 2024 Online: 07th June 2024 KEYWORDS

G'oya, sxema va chizmalar, amaliyot, mahsulot,

xizmat, jarayonlar,

innovatsiya.

Korxonalarda innovatsiya faoliyatini bozor talablari asosida tubdan o'zgartirish, boshqarishning zamonaviy va istiqbolli shakllarini joriy etish hamda modernizatsiyalash, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunning asosiy talabi va korxonaning bozor raqobati sharoitida yashab qolishning asosiy sharti hisoblanadi.

Kirish. Korxonalarda innovatsiya faoliyatini bozor talablari asosida tubdan o'zgartirish, boshqarishning zamonaviy va istiqbolli shakllarini joriy etish hamda modernizatsiyalash, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunning asosiy talabi va korxonaning bozor raqobati sharoitida yashab qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatidagi innovatsiyalar tushunchasining o'ziga xos xalkaro standartlarning ishlab chiqilganligi to'g'risida gapirish mumkin. Innovatsiya (yangiliklarni kiritish) ilmiy va ijodiy faoliyatning pirovard natijasi bo'lib, u bozorda sotiladigan yangi yoki bo'lmasa amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonda mujassamlanadi.

Innovatsion faoliyatni rivojlantirish insoniyatni samarali rivojlantirishning umum qabul qilingan yo'nalishiga aylandi. Uning sur'atlari keskin o'sib bormoqda, innovatsiyalarning

é

Ws,

miqyosi esa tobora oshib bormoqda. Ushbu yo'nalishda Yaponiya, AQSh, Germaniya va boshqa shu kabi davlatlarda salmoqli natijalariga erishilgan bo'lib, ular yirik innovatsion yutuqlari asosida tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu davlatlarda innovatsion faoliyat davlat va mahalliy hukumat organlari tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatdiki, bunday ko'maksiz innovatsiyalarning tez sur'atlar bilan o'sishini ta'minlab bo'lmaydi.

Yangi g'oya qanchalik batafsil bayon qilinmasin, shakllantirib sxema va chizmalarda taqdim etilmasin, agar bu g'oya amaliyotda foydalaniladigan mahsulot, xizmat yoki jarayonlarda tatbiq etilmagan bo'lsa, bu hali innovatsiya (yangilik) hisoblanmaydi. Ya'ni, innovatsiyaning muxim xossalari, mezonlari g'oyaning yangiligi, uning amaliy faoliyatda, yangi mahsulotlarda va jarayonlarda mujassamlashgani, amalga oshirilgani hisoblanadi. Birok, innovatsiyalarning mamlakatimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini rivojlantirish, inson taraqqiyoti darajasini oshirish, mehnat unumdorligini o'stirishdagi xissasi o'sishi to'g'risida xulosa chiqarish uchun O'zbekistonning innovatsion rivojlanishi bo'yicha tula mikyosli o'rta va uzoq muddatga ega bo'lgan strategiyali davlat innovatsion siyosati ishlab chiqish zarur.

Jahon kimyo sanoati sohasida yuz berayotgan o'zgarishlar tahlili shuni ko'rsatadiki, dunyoning ko'plab mamlakatlarida kuzatilayogan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta'siriga qaramay, kimyo sanoatida barqaror rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra, jahon bozorida kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hozirgi kundagi umumiy hajmi 2391,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Chunki kimyo sanoati jahon iqtisodiyotining doimiy rivojlanib boruvchi muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylanib bormoqda.

Soha ekspertlarining ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi davrga kelib butun dunyo bo'yicha kimyo sanoatining yillik o'sish sur'ati o'rtacha 2,7 foizga to'g'ri kelmoqda. 2030 yilga borib kimyo sanoati mahsulotlarining jahon bozoridagi umumiy hajmi 4391 mlrd. AQSh dollariga yetishi bashorat qilinmoqda.

35 30 25 20 15 10 5 0

29,3

19,7

15,1

8,1 7,2

4,1 3,7 3,5 3,3 3,1 2,9

■ ■

# J J j? jt y y y J1

¿y aO^ ¿t?

/ * j? « y j

&

•r

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

1-rasm. Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda ayrim mamlakatlarning ulushi, 2021 yil1

1-rasm ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi davrda jahonda ishlab chiqarilayotgan jami kimyo sanoatida mahsulotlarning 70,7 foizi 10 ta mamlakat hissasiga to'g'ri keladi.

Bu esa bevosita yaratilayotgan ishchi kuchiga bo'lgan talabining o'sishiga olib keladi. Jumladan, yaratilayotgan bir ishchi o'ringa to'g'ri keladigan qiymat miqdori sanoat sohasida yuqori ekan. Xususan, sanoatda yaratilayotgan har bir ish o'rnining qiymati 97,7 mln.so'mni tashkil etdi, vaholanki xizmat va qishloq xo'jaligi tarmoqlarida bu ko'rsatkich ularga mos ravishda 25,9 mln. so'm va 21,6 mln.so'mga teng etdi. Ya'ni sanoatda mazkur ko'rsatkich xizmat va qishloq xo'jaligi tarmoqlariga nisbatan tegishlicha 3,7 va 4,5 barobar ko'pdir.

Agar ushbu ko'rsatkichni sanoat tarmoqlari bo'yicha tahlil qiladigan bo'lsak, asosiy ulush elektrotexnika (652,1 mln. so'm), mashinasozlik (461 mln. so'm) hamda kimyo va neftkimyo (442,7 mln.so'm) tarmoqlariga to'g'ri keladi. Bu tabiiy, chunki aynan mana shu tarmoqlarda yuqori qiymatga ega bo'lgan mahsulotlar yaratiladi. Aks holatni qurilish (49 mln. so'm), oziq-ovqat (37,6 mln. so'm), to'qimachilik (36 mln. so'm), mebelsozlik (25,8 mln. so'm) charm-sanoat; 88%transport va aloqa; 9% savdo; 1% qurilish; 1% qishloq xo'jaligi; 1% poyabzal (23,9 mln.so'm)2 tarmoqlarida ko'rish mumkin.

Ushbu ko'rsatkichlar respublikamizda sanoat korxonalarining innovatsion salohiyati yuqori ekanligini ko'rsatib turibdi. Shu bilan birga, tadqiqotlar ko'rsatishicha, sanoatda innovatsion faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlari mavjud. Ulardan to'liq va samarali foydalanish uchun ushbu sohada mavjud muammolarni bartaraf etish darkor.

AQSh dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlarining 19,7 foizini, Xitoy 15,1 foizini, Yaponiya esa 8,1 foizini ishlab chiqarmoqda. Co'nggi 10 yil ichida jahon bozorida yangi raqobatchi bo'lgan, kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik davlatlar paydo bo'ldi. Bularga Saudiya Arabistonining SABIC, Gollandiyaning Royal Dutch Shell, AkzoNobel, Tayvanning Formosa Plastics, Shveysariyaning Ineos, Braziliyaning Braskem, Belgiyaning Solvay, Avstriyaning Borelis, Tailandning PTT Global Chemical, Meksikaning Alpek, Italiyaning Eni kompaniyalarini misol keltirishimiz mumkin.

So'nggi davrlarda G'arbiy Yevropa davlatlarida sodir bo'layotgan siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy beqarorlik turli sohalarda bo'lgani kabi kimyo sanoatidan ham katta miqdordagi moliyaviy resurslarni Sharqiy Osiyo mamlakatlariga ko'chib o'tishiga sabab bo'lmoqda. Sharqiy Osiyo mamlakatlari ichida Xitoy o'zining sanoat sohasida yuz berayotgan tub burilishlari bilan dunyo mutaxassislari e'tirofiga sazovor bo'lmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan 12 yil ichida Xitoyning kimyo sanoati 6 barobarga oshgan. Xitoyning zamonaviy kimyo sanoati xorij investorlarining mamlakatga to'g'ridan-to'g'ri yo'naltirgan investitsiyalari hisobiga shakllandi. Xitoy sanoatining rivojlanishining yana bir muhim jihati mamlakatda avtomobilsozlik, axborot-kommunikatsiya tizimi hamda yirik to'qimachilik korxonalarini paydo bo'lishi kimyo sanoati mahsulotlariga bo'lgan talabning keskin ortishiga olib keldi. Bu esa, o'z navbatida kimyo, sanoatini to'la quvvat bilan ishlashiga olib keldi.

1 Экономика химической отрасли: учеб. пособие для вузов / Под ред. И. А. Садчикова. СПб: Химиздат, 2014.

384 с.

é

Ws,

Ikkinchi yana bir muhim jihati Xitoy hozirgi kunda kimyo sanoatida band bo'lgan bir ishchi kuchi uchun soatiga o'rtacha 1 yevro haq to'lamoqda. Bu ko'rsatkich Polshada 5 yevroni, Germaniyada esa 20 yevroni tashkil etadi. Bu esa mazkur davlatlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi ortib ketishiga sabab bo'ladi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, 2020 yillarga borib dunyo bo'yicha ishlab chiqarilayotgan jami kimyo sanoatining 44 foizi Osiyo mamlakatlariga, 40 foizi O'rta Sharq mamlakatlariga, 9 foizi Shimoliy Amerika va qolgan 7 foizi boshqa mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi (2-rasm).

2-rasm. 2025 yilgacha dunyo miqyosida kimyo sanoati geografiyasini o'zgarishi3

Rasmdan ko'rinadiki, 2020 yillarga kelib kimyo sanoatida Osiyo mamlakatlarining ulushi ortib boradi. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida arzon ishchi kuchi, tabiy resurslar narxlarining qulayligi, infratuzilmalarning yaxshi shakllanganligi hamda qulay investitsion muhit mavjudligini ta'kidlashimiz mumkin.

Iqtisodiyot tarmoqlarida xususiy investorlar ishtirokida va davlat ko'magidagi tezda o'zini qoplaydigan innovatsion loyihalarni qo'llab-quvvatlash istiqbolli ishlab chiqarishga investitsiyalarni jalb qilish imkoni beradi. Koreya Respublikasi yuksak salohiyatga ega bo'lgan rivojlangan davlatdir. Hozirgi kunda aholisi 50 million kishidan iborat bo'lgan Koreya Respublikasi hissasiga jaxon yalpi mahsulotining 2,0 foizi hamda jaxondagi buyurtmalarning 33 foizi to'g'ri keladi. Shuningdek, bu mamlakat tashqi savdo xajmi bo'yicha jahonda sakkizinchi o'rinni, kemasozlikda ikkinchi o'rinni, yarim o'tkazgich va displeylarni ishlab chiqarish bo'yicha uchinchi o'rinni, avtomobillarni ishlab chiqarish bo'yicha beshinchi o'rinni, po'lat quyish bo'yicha oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Xulosa. qilib aytganda, yuqoridagi masala va vazifalar yechimiga erishish kimyo sanoati rivojlanishini modernizatsiya qilish jarayonida innovatsiyalarga oid strategik loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalardan keng ko'lamda foydalanish tarmoqda sinergetik samaradorlikni ta'minlab, sohaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati hamda milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.

References:

1. Hospers Gert-Jan. Joseph Schumpeter and His Legacy in Innovation Studies. Knowledge, Technology, & Policy, Fall 2005, Vol. 18. №3. P.20-37.

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

2. Smits Ruud. Innovation studies in the 21st century: Questions from a user's perspective. Technological Forecasting & Social Change 69, 2002, R.861-883.

3. M.Laranjaa, E.Uyarrab, K.Flanaganb. Policies for science, technology and innovation: Translating rationales into regional policies in a multi-level setting. Research Policy, 37, R.823-835.

4. Shumpeter Y. Business Cycles. Vol. 1, 2. New York, 1939

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.