Научная статья на тему 'SANOAT YERLARI KADASTR VA UNDAN FOYDALANISH USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

SANOAT YERLARI KADASTR VA UNDAN FOYDALANISH USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
504
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
yer kadastri / kadastrini o`rganish / yer fondi toifalari / moddiy resurslar / sanoat obyektlari. / land cadastre / cadastral survey / land fund categories / material resources / industrial areas.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bobirjon Holbayev

Ushbu maqolada yer kadastri bu ilmiy fan sifatida yerni iqtisodiy tarmoqlarda ishlab chiqarish va boshqarish vositasi ekanligi, yer kadastrini o`rganish hamda u bilan chambarchas bog`langan ilmiy fanlar, davlat yer kadastri muhim ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati, sanoat yerlari va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlar yoritilib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE METHODS OF CADASTRE AND ITS USE IN INDUSTRIAL LANDS

In this article, the information on the fact that the cadastre of the earth as a scientific science is a means of production and management in economic sectors, the study of the cadastre of the land and its closely related scientific disciplines, the important social and economic importance of the state cadastre, industrial lands and their use are covered.

Текст научной работы на тему «SANOAT YERLARI KADASTR VA UNDAN FOYDALANISH USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

SANOAT YERLARI KADASTR VA UNDAN FOYDALANISH USLUBLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Bobirjon Holbayev

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr Agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Olmaliq shahar bo'limi bosh inspektori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yer kadastri bu ilmiy fan sifatida yerni iqtisodiy tarmoqlarda ishlab chiqarish va boshqarish vositasi ekanligi, yer kadastrini o'rganish hamda u bilan chambarchas boglangan ilmiy fanlar, davlat yer kadastri muhim ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati, sanoat yerlari va ulardan foydalanish haqida ma'lumotlar yoritilib berildi.

Kalit so'zlar: yer kadastri, kadastrini o'rganish, yer fondi toifalari, moddiy resurslar, sanoat obyektlari.

IMPROVING THE METHODS OF CADASTRE AND ITS USE IN

INDUSTRIAL LANDS

ABSTRACT

In this article, the information on the fact that the cadastre of the earth as a scientific science is a means of production and management in economic sectors, the study of the cadastre of the land and its closely related scientific disciplines, the important social and economic importance of the state cadastre, industrial lands and their use are covered.

Keywords: land cadastre, cadastral survey, land fund categories, material resources, industrial areas.

Yer kadastri bu ilmiy fan sifatida yerni iqtisodiy tarmoqlarda ishlab chiqarish va boshqarish vositasi ekanligi to'g'risidagi talimotga, rivojlanayotgan demokratik jamiyatning yer munosabatlariga hamda dunyoni bilishning dialektik uslubiyatiga asoslangan soha. Yerkadastrinio'rganishhamdau bilan chambarchas boglangan ilmiy fanlar (iqtisodiyot nazariyasi, qishloq xo'jaligi iqtisodi, yer huquqi, yer va yer munosabatlari, yer tuzishning nazariy asoslari, yer tuzishni rejalashtirish, loyihalash, kartografiya va yer resurslarini boshqarish, davlat kadastri asoslari, yer monitoringi, melioratsiya, tuproqshunoslik va boshqalar)ning nazariy, uslubiy va amaliy ishlanmalariga tayanadi. Yer resurslari to'g'risidagi malumotlarni to'plash, qayta ishlash va tahlil qilishda matematika, geodeziya, statistika, fotogrammetrika va kartografiya uslublaridan unumli foydalaniladi [1-3].

Davlat yer kadastri muhim ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Undan iqtisodiyot tarmoqlarining turli masalalarini hal qilishda, jumladan yer solig'ini joriy etish, yer maydonlariga ijara haqi miqdorini belgilash, qishloq xojlik ekinlari hosildorligini rejalashtirish, yer tuzish va umuman yerdan foydalanish bilan chambarchas bogliq bolgan barcha masalalarni hal qilishda keng qo'llaniladi [4-6].

"Kadastr" so'zi, fransuz tilidan olingan bolib, u malum bir obyekt bo'yicha davriy yoki uzluksiz kuzatuv va nazorat qilish yo li bilan olingan ma lumotlarning mujassamlashgan yig'indisini anglatadi. Malumki, tabiiy yoki moddiy resurslardan oqilona hamda samarali foydalanishni tashkil etish va nazorat qilish xalq xojligining istiqbolda yanada rivojlanishi uchun ilmiy asoslangan rejalar tuzishda, hisob-kitob ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yishda muhim ahamiyat kasb etadi [7-9].

Sanoat, aloqa, transport, mudofaa va shu kabi boshqa maqsadlarga mojllangan yerlar. Bu kabi yerlar jumlasiga sanoat korxonalariga shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan: temir yo'l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va truboprovod transporti; aloqa liniyalarini hamda ularga tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radio eshittirish, televideniya va axborot, qurolli kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo'l harbiy qismlari, harbiy o'quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari joylashgan, mudofaa ehtiyojlari uchun mojllangan yerlar va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Sanot, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moljallangan yerlarning 2015-yil 1-yanvar holatiga ko'ra umumiy yer maydoni 905,1 ming gektar yoki Respublika yerfondining 2,02 foizini tashkil qilgan edi. 2020-yil 28-may holatiga ko'ra 857.1ming gektarni tashkil etdi [10-12].

Sanoat yerlari jumlasiga sanoat korxonalariga, jumladan sanoat va energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshoatlar qurilishiga doimiy foydalanish uchun berib qo'yilgan yerlar kiradi. Transport yerlari jumlasiga temir yo'l, ichki suv transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga transport inshoatlari, qurilmalari va boshqa ob'ektlarni ishlatish, saqlab turish, qurish, qayta qurish, tamirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berib qo'yilgan yerlar kiradi. Aloqa yerlariga aloqa tizimi ob'ektlarini hamda ularga tegishli inshoatlarni joylashtirish, aloqa, radio eshittirish, televideniya va axborot korxonalari muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanish uchun berib qo'yilgan yerlar kiradi. Qurolli kuchlar, chegara, ichki va temir yo'l qo'shinlarining harbiy qismlari, harbiy o'quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashishi hamda doimiy faoliyati uchun berib qo'yilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun moljallangan yerlar deb e'tirof etiladi. Boshqa maqsadlar uchun moljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanadigan, qishloq xojligi yerlari aholi punktlari,

sanoat transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo'ljallangan yerlar tarkibiga, shuningdek o'rmon va suv fondlari tarkibiga kirmagan yerlar kiradi [13-15].

O'zbekiston Respublikasida yer fondi toifalari asosiy foydalanish maqsadidan kelib chiqib toifalarga bo'linishini hisobga olsak, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlarning tushunchasini ta'riflashda ham ushbu holatdan kelib chiqish maqsadga muvofiq bo'lardi. Shubhasiz, ushbu yer fondi toifasining muhim belgisi bu ularning qishloq xo'jaligidagi singari ishlab chiqarish vositasi emas, balki hududiy bazis, turli obyektlarni joylashtirish uchun makon vazifasini bajarishidir. Yuqoridagilar asosida ushbu yer fondi toifasining asosiy foydalanish maqsadi qonunchilikda aniq belgilanmagan bo'lsada, huquqni qo'llash amaliyotini tahlil etib, bunday maqsadlar sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq:

-turli xo'jalik ahamiyatidagi obyekt va qurilmalarni joylashtirish, turli xil ko'chmas mulk obyektlarini yaratish va ularni ishlatish uchun hududiy bazis vazifasini bajarish;

- ushbu toifa yerlarning asosiy foydalanish maqsadi ushbu yerlarda joylashgan obyekt (obyektlar) bilan belgilanadigan ularning maxsus vazifasi bilan belgilanadi;

-sanoat obyektlarini, avtomobil va temir yo'llarini hamda boshqa aloqa yo'llarini, aloqa obyektlari va mudofaa obyektlarini faoliyatini ta'minlash;

- yerlarning alohida turlari huquqiy maqomining o'ziga xos jihatlarini (fuqarolik muomalasining cheklanganligi, mulkchilikning cheklanganligi, yerga bo'lgan huquqlarning vujudga kelishi, o'zgarishi va bekor bo'lish asoslarining o'ziga xosligi) [16-18].

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlardan foydalanishning asosiy maqsadini aniqlashtirish uchun ularni yagona foydalanish maqsadi va boshqa umumiy xususiyatlari bilan tavsiflanuvchi turlarga ajratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunga muvofiq ushbu holatda ularning umumiy huquqiy maqomi to'g'risida so'z yuritish mumkin bo'lardi [19]. Demak, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlarning huquqiy maqomining asosiy elementlari bo'lib, quyidagilar hisoblanadi:

1) asosiy foydalanish maqsadi va ruxsat etilgan foydalanish darajasi;

2) fuqarolik-huquqiy muomalasi;

3) ushbu yer fondi toifasiga mansub yer uchastkalari mulkdori, yerdan foydalanuvchilari va ijarachilarining huquq va majburiyatlari;

4) muhofaza, ro'yxatga olish va monitoring [20].

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlarning yuqoridagi xususiyatlari uning huquqiy holati boshqa yer fondi toifalarining huquqiy holatidan farq qilishini ko'rsatmoqda. Jumladan, ularni muhofaza qilishning

yo'nalishi sifatida tuproq unumdorligini qayta tiklash va oshirish kozda tutilmaydi. Shu bois ham sanoat, transport, aloqa va mudofaa sohalarida faoliyatni amalga oshirish uchun birinchi navbatda qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo'jaligi uchun yaroqsiz bo'lgan yerlar yoxud qishloq xo'jaligining sifati yomon yerlari beriladi [21].

Ushbu toifa yerlarning yana bir muhim xususiyati shuki - ularda amalga oshirilayotgan faoliyat natijasida ham yer maydoniga, ham atrof muhitga zararli tasir ko'rsatishi tabbiy hol. Jumladan, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, energetika obyektlari, neft qazib olish ishlab chiqarishi, kimyoviy ishlab chiqarish, radioaktiv ashyolardan foydalanish, atrof-muhitga fizik tasir ko'rsatish obyektlarini ishlab chiqarish, ishlatish, ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish shu kabi atrof-muhit sifatiga salbiy tasir ko'rsatilishiga olibkeladi. Shu bois ham ekologik qonunchilikda xo'jalik faoliyati va boshqa yo' sindagi faoliyatga doir ekologiya talablari belgilangan [22].

Yer munosabatlarini boshqarish - bu davlatning va jamiyatning yer resurslarini boshqarishga muntazam va muayyan maqsadga qaratilgan tasir ko'rsatishdir. Bunday tasir ko'rsatish mamlakatning yer resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida obyektiv qonunlarni bilishga va ularni hayotga tatbiq etishga undaydi. Yer resurslarini boshqarish tarkibiga quyidagilarni kiritishi kerak: yerdan foydalanish ustidan nazorat qilish, tashkillashtirish, tartibga solish, rejalashtirish. Yer resurslarini boshqarish tizimining asosini obyekt, subyekt, predmet, maqsad, vazifalar va boshqarish funksiyasi tashkil etadi. Boshqarishning obyekti va predmetini tarixiy-ijtimoiy jarayonlar natijasi deb bilish zarur. Boshqarishning predmeti va obyekt turlari bir-biri bilan uzviy bog'langan. Masalan, ko'p qavatli binolarning yer uchastkalarini boshqarish, bir qavatli binolar joylashgan uchastkalarni boshqarishdan talaygina farqlanadi. Yer resurslarini boshqarishning maqsadi, mohiyati va vazifasini mustaqil Ozbekiston jamiyatining bugungi kundagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy harakati belgilab beradi.

Yer resurslarini boshqarish bo'yicha ijro - farmoyish berish organlari faoliyatining mazmuni yer resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va bashoratlashtirishdan iborat. Yerlarni qayta taqsimlash va yerlardan foydalanish, yerga egalik qilishning tartibi va me'yorini belgilash, yerlarni muhofaza qilish va yerdan foydalanganligi uchun faoliyatini nazorat qilishni tekshirish va tezkor - farmoyish berishdir. Yer resurslarini boshqarish tizimida o'tadigan jarayonlar asosini uzluksiz axborot almashinuvi tashkil etadi. Bu almashinuvni taminlaydigan vosita yer kadastri hamda yer monitoringi hisoblanadi.

Yer resurslarini boshqarishning maqsadi - jamiyatning mujassamlashgan ehtiyojini ifodalashdir. Maqsad yer resurslari xususiyatlaridan foydalanish asosida qondirilish holatini kelajagi va ulardan foydalanish jarayonini aks ettiradi. Yerdan foydalanishning o'zi bu yer resurslariga ayrim subyektlar yoki jamiyatning bevosita

tasir ko'rsatishidir. Shu bilan birga har qanday tasir ko'rsatuvchi yerning aniq xususiyatini iste'mol qilish bilan pisanda qilingan malum maqsadga ega. Jamiyat alohida subyektlar maqsadini ularning ommaviyligi va xilma-xilligi sababli toTa nazorat qilishga qodir emas. Shuning uchun bu jarayonlarni boshqarishda yerdan foydalanishning umumiy qoida va chegaralarni o'rnatilishini talab qiladi. Bunday chegaralar foydalanish qoidalarini huquqiy rasmiylashtirish yer munosabatlarini chegaralash va foydalanish tizimini o'rnatish asosida yaratiladi.

REFERENCES

[1] Mahsudov, M. D. (2019). Диверсификация землепользования является фактором развития. Monograph. LAP Lambert Academic Publishing, 71-72.

[2] Muhammadbek, M. (2018). Improving the Methods of Forecasting the Diversification of the Land Fund in the Region. International Journal of Engineering, 2(4), 88-92.

[3] Ugli, М. M. D. (2019). Economic evаluation of land in land fund diversification. International Journal of Financial, Accounting, and Management, 1(3), 167-172.

[4] Mahsudov, M. D. (2018). Land use and management issues in local areas.

In Problems of improving the efficiency of work of modern production and economy of energyresources ''International Scientific and Practical Conference materials.-Andijan, Uzbekistan: -2018.

[5] Махсудов, М. Д. У. (2021). ЕР ФОНДИДАН ФОЙДАЛАНИШ ДИВЕРСИФИКАЦИЯСИНИ БОШ СХЕМА ОР^АЛИ ТАРТИБГА СОЛИШ. Scientific progress, 1(5).

[6] Mahsudov, M. D. U. (2021). PRIORITIZATION OF EXPORT PRODUCTS IN THE LAND USE DIVERSIFICATION. Scientific progress, 1(6).

[7] М Muhammadbek. DIVERSIFICATION OF LAND USE. Збiрник наукових праць ЛОШХ, 2021

[8] Mahsudov, M. D. (2019). IMPROVEMENT OF THE ALLOCATION OF LAND FUND DURING THE DIVERSIFICATION PROCESS. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 3(4), 103-111.

[9] Махсудов, М. Д. У. (2017). Современное значение геодезии и картографии. Academy, (8 (23)).

[10] Altiev, A., & Mahsudov, M. (2020). Improvement of the regulation mechanisms of the land use diversification. International Journal of Pharmaceutical Research. ISSN, 9752366.

[11] Altiev, A. S., & Mahsudov, M. D. (2019). REPRODUCTION CYCLE OF LAND. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 3(4), 96-102.

[12] Алтиев, А. С. (2019). ДИВЕРСИФИКАЦИЯ ЗЕМЛЕПОЛЬЗОВАНИЯ В УСЛОВИЯХ УГЛУБЛЕНИЯ РЫНОЧНЫХ РЕФОРМ. In ПРОФЕССИОНАЛ ГОДА 2019 (pp. 92-96).

[13] Abdurshid, A., & Muhammadbek, M. (2020). IMPROVING THE REGULATION OF THE DIVERSIFICATION OF LAND USE IN THE TERRITORY.

[14] Ugli, М. M. D., & Qizi, B. S. S. (2019). Economic basis of evaluation of land resources and their capitalization. International Journal of Financial, Accounting, and Management, 1(2), 101-103.

[15] Mahsudov, M. D. U., Khakimova, S.A. (2021). ISSUES OF ATTRACTING INVESTMENT TO DIVERSIFICATION THE USE OF LAND FUND. Scientific progress, 1 (6).

[16] Abdilxodievna, K. S. (2020). Encourage land use in land resources diversification. Indonesian Journal of Innovation Studies, 9.

[17] Shohruh, A., & Muhammadbek, M. (2019). Development of mechanisms to regulate land use diversification. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 9(1), 48-56.

[18] A.R. Babajanov, M.D. Mahsudov (2019). Diversification of land fund in the district. Monograph. LAP Lambert Academic Publishing, 77-78.

[19] Махсудов, М. Д. У. (2021). ЕРДАН ФОЙДАЛАНИШНИ ТАРТИБГА СОЛИШ ЮЗАСИДАН ЕР ИСЛОХАТИ. Scientific progress 2(1), 234-246.

[20] Махсудов, М. Д. У. (2021). ЕР ФОНДИДАН ФОЙДАЛАНИШНИ

ДИВЕРСИФИКАЦИЯ_КИЛИШ_ЮЗАСИДАН_ХОРИЖИЙ

ТАЖРИБАЛАР. Scientific progress 2(1), 153-164.

[21] Махсудов, М. Д. У. (2021). ЕР ФОНДИДАН ФОЙДАЛАНИШНИ ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШНИНГ АХАМИЯТИ. Scientific progress 2(1), 141-152.

[22] Гаиббердиев, C. (2021). ЕР БАХОЛАШ МАЪЛУМОТЛАРИ АСОСИДА КИШЛОК ХУЖАЛИГИ КОРХОНАЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ КИЛИШ ВА АСОСЛАШ. Scientific progress 2(2), 1607--1613.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.