Научная статья на тему 'SANOAT YERLARI KADASTRI MA’LUMOTLARIDAN YER SOLIG`IGA TORTISHDA FOYDALANISH'

SANOAT YERLARI KADASTRI MA’LUMOTLARIDAN YER SOLIG`IGA TORTISHDA FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
201
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soliq / kadastr / soliq yig`inlari / yer solig`i / peniya / interaktiv usullar / tax / cadastre / tax collection / land tax / penia / interaktiv methods.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Bobirjon Holbayev

Ushbu maqolada bizlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq tizimini yanada takomillashtirish hamda ularga bir necha qulayliklar yaratish, qolaversa kadastr maʼlumotlari, soliq yigʻinlari, hamda yer soligʻi va uning ustiga har bir kechiktirilgan kun uchun penya bo`lishi, shuning bilan bir qatorda soliq yig`ishning interaktiv usullarini ko`rib o`tishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INDUSTRIAL LAND CADASTRAL DATA IN LAND TAXATION

In this article, we will focus on further improvement of the tax system implemented in our country and creation of several facilities for them, as well as on Cadastral data, tax collections, as well as on land tax and on the fact that there will be a pension for each delayed day, so we can also consider interactive methods of tax collection.

Текст научной работы на тему «SANOAT YERLARI KADASTRI MA’LUMOTLARIDAN YER SOLIG`IGA TORTISHDA FOYDALANISH»

SANOAT YERLARIKADASTRI MA'LUMOTLARIDAN YER SOLIGIGA

TORTISHDA FOYDALANISH

Bobirjon Holbayev

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr Agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Olmaliq shahar bo'limi bosh inspektori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bizlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq tizimini yanada takomillashtirish hamda ularga bir necha qulayliklar yaratish, qolaversa kadastr ma'lumotlari, soliq yig'inlari, hamda yer solig'i va uning ustiga har bir kechiktirilgan kun uchun penya bo'lishi, shuning bilan bir qatorda soliq yig'ishning interaktiv usullarini ko'rib o'tishimiz mumkin.

Kalit so'z: soliq, kadastr, soliq yig'inlari,yer solig'i, peniya, interaktiv usullar.

USE OF INDUSTRIAL LAND CADASTRAL DATA IN LAND TAXATION

ABSTRACT

In this article, we will focus on further improvement of the tax system implemented in our country and creation of several facilities for them, as well as on Cadastral data, tax collections, as well as on land tax and on the fact that there will be a pension for each delayed day, so we can also consider interactive methods of tax collection.

Keywords: tax, cadastre, tax collection,land tax, penia, interaktiv methods.

Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalambor soliq siyosatini uanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan birihisoblanadi. Bu haqda muhtaram prezidentimiz ham o'z fikrlarini bildirib o'tgan. Ya'ni soliqlar bo'yicha to'lovlar, soliqqa tortish hamda boshqa g'oyalarni ham ilgari surdi [1-3].

Soliqlar - qonunda belgilangan tartibda stavka bo'yicha xo'jalik bitiruvchi subyektlardan va fuqarolar (yuridik va jisoniy shaxslar)dan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy budjetga olinadigan majburiy to'lovlar.Soliq, yig'im, poshlina va boshqa to'lovlar deyilganda qonuniy aktlar asosida belgilangan tartibda va shartlarda to'lovchilar tomonidan tegishli darajadagi budjetlarga yoki budjetdan tashqaridagi fondlarga majburiy badallarning to'lanishi tushuniladi. Belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig'imlar, poshlinalar va boshqa to'lovlarning yig'indisi soliq tizimini tashkil etadi [4-6].

Shuning bilan bir qatorda har bir yuridik, jismoniy shaxslardan soliq olmay balki katta katta sanoat korxonalaridan ham ularni soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirib chiqishdi. Ushbu sanoat yerlarida kadastr ma'lumotlarini yer solig'ini tortishda Ozbekiston respublikasi soliqlar bo'yicha soliq solishni o'zgartirish chora-tadbirlar to'g'risida bir necha imzolar chekildi. Xususan, kadastr yerlar yer solig'ining hisoblash texnikasi orqali hisoblanib, ularni bazaviy miqdorda hisoblab yangicha ko'rinishga keldi.Toshkentdagi ko'chmas mulk egalari uning texnik xususiyatlari, shuningdek taqiq yoki xatlangani haqidagi malumotlarni internet orqali olish mumkin.Masalan, Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi ko'chmas mulklarning texnik xususiyatlari, uning inventar qiymati va kadastr raqami bo'yicha joylashgan manzili to'g'risidagi malumotlarni onlayn-resurs orqali taqdim etish xizmatini sinov rejimida ishga tushirdi. Ozbekiston hukumati qaroriga binoan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko'chmas mulk ob'ektlari yalpi inventarizatsiyadan otkazilmoqda. Ko'chmas mulklarning inventarizatsiya natijasida olingan xususiyatlari to'g'risidagi malumotlar avtomatlashtirilgan hisobni yuritish uchun yagona bazaga kiritilmoqda. Resurs orqali ko'chmas mulkning vakolatli organlardan yo'naltirilib, kadastr korxonasi tomonidan ro'yxatga olingan taqiqda ekani yoki xatlangani haqidagi malumotlarni ham olish mumkin.Agar soliq tolovchilar soliqlarini oz vaqtida tolay olmasa ularga nisbatan yillik hisoblab penya orqali ham qo'shimcha qilib olinishi mumkin [7-9].

Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo'jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o'rni va o'lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o'rtasidagi taqsimoti to'g'risidagi malumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir [10-12].

Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning davlat royxatidan o'tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini oz ichiga oladi [13-15].

Penya-fuqarolik huquqida jazo choralarining (jarimalarning) ko'rinishlaridan biri, qonun yoki shartnomaga muvofiq to'lovlar muddatini buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jazoning shakli. Uning miqdori qonunga ko'ra tolovning har bir kechiktirilgan kuni uchun tolanishi lozim bo'lgan summaga nisbatan foizda belgilanadi. Ushbu qoidaga asosan har bir soliq tolovchilar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rioya qilishlari lozimdir [16-18].

Hozirgi kunda soliq organlari tomonidan 59 interaktiv xizmat turi joriy qilingan bolib, ular soliq tolovchilarga mazkur sohadagi masalalarni hal etish, keng imkoniyat va qulay sharoit yaratish yo'lida xizmat qilmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hozirda Ozbekistonda ushbu soliq tizimini isloh qilish yuzasidan juda ham katta ishlar amalga oshirilmoqda nafaqat soliq tizimida balki, boshqa ko'plab tarmoqlarda ham sezilarli darajada o'sish kuchayib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

[1] A. V. Vahobov, A. S. Jo'rayev "Soliqlar va soliqqa tortish" Darslik-2009y

[2] Ozbekiston respublikasi qonuni "davlat yer to'g'risidagi qonun" 3-modda.

[3] Yahyoyev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. - T.: «G'afur G'ulom» 2000-y.

[4] Mahsudov, M. D. (2019). Диверсификация землепользования является фактором развития. Monograph. LAP Lambert Academic Publishing, 71-72.

[5] Muhammadbek, M. (2018). Improving the Methods of Forecasting the Diversification of the Land Fund in the Region. International Journal of Engineering, 2(4), 88-92.

[6] Ugli, М. M. D. (2019). Economic evаluation of land in land fund diversification. International Journal of Financial, Accounting, and Management, 1(3), 167-172.

[7] Mahsudov, M. D. (2018). Land use and management issues in local areas.

In Problems of improving the efficiency of work of modern production and economy of energyresources ''International Scientific and Practical Conference materials. -Andijan, Uzbekistan: -2018.

[8] Махсудов, М. Д. У. (2021). ЕР ФОНДИДАН ФОЙДАЛАНИШ ДИВЕРСИФИКАЦИЯСИНИ БОШ СХЕМА ОР^АЛИ ТАРТИБГА СОЛИШ. Scientific progress, 1(5).

[9] М Muhammadbek. DIVERSIFICATION OF LAND USE. Збiрник наукових праць АОШХ, 2021

[10] Mahsudov, M. D. (2019). IMPROVEMENT OF THE ALLOCATION OF LAND FUND DURING THE DIVERSIFICATION PROCESS. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 3(4), 103-111.

[11] Ugli, М. M. D., & Qizi, B. S. S. (2019). Economic basis of evaluation of land resources and their capitalization. International Journal of Financial, Accounting, and Management, 1(2), 101-103.

[12] Mahsudov, M. D. U., Khakimova, S.A. (2021). ISSUES OF ATTRACTING INVESTMENT TO DIVERSIFICATION THE USE OF LAND FUND. Scientific progress, 1(6).

[13] Shohruh, A., & Muhammadbek, M. (2019). Development of mechanisms to regulate land use diversification. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 9(1), 48-56.

[14] A.R. Babajanov, M.D. Mahsudov (2019). Diversification of land fund in the district. Monograph. LAP Lambert Academic Publishing, 77-78.

[15] Махсудов, М. Д. У. (2021). ЕРДАН ФОЙДАЛАНИШНИ ТАРТИБГА СОЛИШ ЮЗАСИДАН ЕР ИСЛОХАТИ. Scientific progress 2(1), 234-246.

[16] Махсудов, М. Д. У. (2021). ЕР ФОНДИДАН ФОЙДАЛАНИШНИ

ДИВЕРСИФИКАЦИЯ_КИЛИШ_ЮЗАСИДАН_ХОРИЖИЙ

ТАЖРИБАЛАР. Scientific progress 2(1), 153-164.

[17] Махсудов, М. Д. У. (2021). ЕР ФОНДИДАН ФОЙДАЛАНИШНИ ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШНИНГ АХАМИЯТИ. Scientific progress 2(1), 141-152.

[18] Гаиббердиев, C. (2021). ЕР БАХОЛАШ МАЪЛУМОТЛАРИ АСОСИДА КИШЛОК ХУЖАЛИГИ КОРХОНАЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ КИЛИШ ВА АСОСЛАШ. Scientific progress 2(2), 1607--1613.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.