Научная статья на тему 'XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNING TABIIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHGA ERISHISHLARIDA SOLIQLARNING TA'SIRCHANLIGINI OSHIRISHNING AHAMIYATI'

XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNING TABIIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHGA ERISHISHLARIDA SOLIQLARNING TA'SIRCHANLIGINI OSHIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
413
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
resurs soliqlari / suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq / yer solig’i / soliq stafkasi / soliq tushumi / soliq tushumlardagi ulushi. / resource tax / land use tax / water use tax / subsoil use tax / tax revenue / share of resource taxes in total tax revenue / tax rate.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Turanboyev Boburjon Qodirjon Ogli

Ilmiy tadqiqotimizda ishlab chiqarish faoliyatida insonlar atrof muhitga zarar yetkazishlari keskinlashuvi oqibatida, ya’ni suv va havoning ifloslanishi, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurlarni xisobsiz va samarasiz foydalanish oqibatida, ularning yo’qolib ketish hatarlari oshib, natijada qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarning yo’qolib ketish ehtimoli yuqorilab ketayotgan davrda ushbu tabiiy resurslardan oqilona va samaraliroq foydalanishni soliqlar vositasida nazorat qilish kerakligi ilmiy asoslantirilgan. Bugungi kunda soliqqa tortish siyosatimizda mavjud bo’lgan, resurs soliqlari: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va yer soliqlarining amaldagi holati tahlil etilgan. Tadbirkorlarni tabiiy resurslardan unumli va tejamkorona foydalanishga undash uchun soliq siyosatida resurs soliqlarining ta’sirchanligini yanada oshirish va takomillashtirish uchun ilmiy amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INCREASING THE EFFICIENCY OF TAXES IN THE EFFICIENT USE OF NATURAL RESOURCES BY ECONOMIC ENTITIES

The study investigates causes of manufacturing to limited natural resources. Nowadays, people are neglecting and use lots of such supplies in industrial production ineffectively which results in enormous environmental problems in a long term, since all natural resources are limited. In order to keep and use economically the natural resources goverment should improve resource taxes. There are three types of natural taxes in our country, especially land use tax, water use tax, subsoil use tax and all of them have been analyzed in this article. Given researches encourage manufacturers for utilising natural resources with effectual and worthwhile.

Текст научной работы на тему «XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNING TABIIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHGA ERISHISHLARIDA SOLIQLARNING TA'SIRCHANLIGINI OSHIRISHNING AHAMIYATI»

XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNING TABIIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHGA ERISHISHLARIDA SOLIQLARNING TA'SIRCHANLIGINI OSHIRISHNING AHAMIYATI

Turanboyev Boburjon Qodirjon ogli O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

turon. b.q@mail. ru

Annotatsiya: Ilmiy tadqiqotimizda ishlab chiqarish faoliyatida insonlar atrof muhitga zarar yetkazishlari keskinlashuvi oqibatida, ya 'ni suv va havoning ifloslanishi, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurlarni xisobsiz va samarasiz foydalanish oqibatida, ularning yo 'qolib ketish hatarlari oshib, natijada qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarning yo 'qolib ketish ehtimoli yuqorilab ketayotgan davrda ushbu tabiiy resurslardan oqilona va samaraliroq foydalanishni soliqlar vositasida nazorat qilish kerakligi ilmiy asoslantirilgan. Bugungi kunda soliqqa tortish siyosatimizda mavjud bo 'lgan, resurs soliqlari: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq va yer soliqlarining amaldagi holati tahlil etilgan. Tadbirkorlarni tabiiy resurslardan unumli va tejamkorona foydalanishga undash uchun soliq siyosatida resurs soliqlarining ta 'sirchanligini yanada oshirish va takomillashtirish uchun ilmiy amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: resurs soliqlari, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig'i, soliq stafkasi, soliq tushumi, soliq tushumlardagi ulushi.

Abstract: The study investigates causes of manufacturing to limited natural resources. Nowadays, people are neglecting and use lots of such supplies in industrial production ineffectively which results in enormous environmental problems in a long term, since all natural resources are limited. In order to keep and use economically the natural resources goverment should improve resource taxes. There are three types of natural taxes in our country, especially land use tax, water use tax, subsoil use tax and all of them have been analyzed in this article. Given researches encourage manufacturers for utilising natural resources with effectual and worthwhile.

Key words: resource tax, land use tax, water use tax, subsoil use tax, tax revenue, share of resource taxes in total tax revenue, tax rate.

KIRISH

Dunyodagi hamma mamlakatlar hozirda iqtisodiy jihatdan barqaror o'sish niyatida sanoatni va tadbirkorlikning barcha turalari rivojiga keng imkoniyatlar yaratib berishmoqda. Bunday shiddatli o'sishlarda insoniyat tabiiy resurslardan keng

246

qamrovli foydalanib, ularga bo'lgan ehtiyoj ham yildan yilga ortib bormoqda. Bunday iqtidodiy o'sishda qayta tiklanmaydigan tabiiy resurlarning yo'qolib ketish havf hatari kun sayin ortib, insoniyat katta va hal etib bolmas ekologik muommolarga duch kelish ehtimoli judayam kuchaydi. Ehtimoliy tabiiy resurs taqchilligining oldini olish va salbiy holatlarni yumshatish uchun soliqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tabiiy resurs soliqlarini yanada takomillashtirish orqali xo'jalik yurituvchi subektlarni tabiiy resurslardan tejamkorona va samarali foydalanishga undash mumkin bo'ladi. Ko'plab rivojlangan davlatlar soliqlardan atrof muhitni himoyalash va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan samarali foydalanishga erishishmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

O'rganilgan ko'plab ilmiy manbalarda tabiiy resurs soliqlarining mohiyatini ochib berishda ularning xususiyatlari tadqiq etilgan.

Tabiiy resurs soliqlarining o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar tabiiy resurs soliqlarining har birida o'ziga xos tarzda mujassamlashgan.

T.Jo'rayevning qayd etishicha, "Soliqlarning boshqa turlaridan farqli o'laroq, resurs soliqlari o'ziga xos xususiyatlarga ega: o'zining iqtisodiy mohiyatiga ko'ra ular renta to'lovidir. Boshqacha aytganda, bu qayta tiklanmaydigan tabiiy, yer va suv zaxiralaridan foydalanganlik uchun o'ziga xos to'lov bo'lib, u xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining natijalari bilan bog'liq emas"

S.Bard va L.Pavlovalarning fikriga ko'ra, "Renta to'lovlarining xususiyati shundan iboratki, ularni joriy qilish tabiiy resurslardan daromad olishni ko'zlamasdan, balki, tabiatdan foydalanuvchilar umumxalq mulki ob'ektlaridan oqilona foydalanishlari zarur"

Ushbu ilmiy tadqiqotimizda chuqur ilmiy mushohada, statistik guruhlash, tizimli yondashuv, taqqoslash, ilmiy abstraksiyalash, ekspert baholash, qiyosiy tahlil va omilli tahlil usullaridan foydalangan holda, moliya tashkilotlarining rasmiy statistik ma'lumotlari tahlil etilib, yakuniy ilmiy-nazariy va amaliy xulosalar va takliflar ishlab chiqildi.

MUHOKAMA

Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta'minlashda mamlakat soliq siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ko'plab mamlakatlar tajribasi o'zining muayyan ekologik samaradorligini ko'rsatayotganligini hisobga olgan holda, tabiiy resurs soliqlari bajaradigan vazifalar borasida ham turli fikrlar mavjudligini e'tirof etish lozim. Xususan, tabiiy resurs soliqlari amal qilish jarayonida ikki vazifani:

R

- birinchidan, tabiiy resurslar bahosiga ta'sir etish orqali, ulardan samarali va oqilona foydalanishni rag'batlantirish

- ikkinchidan, jamiyatga etkazilgan ekologik zararlar butun jamiyat hisobidan emas, balki jamiyatga zarar etkazuvchilar tomonidan kompensatsiya qilinishi lozimligi ta'kidlanadi

Ushbu fikrlardan ko'rishimiz mumkinki, bu yerda tabiiy resurs soliqlari bajarishi lozim bo'lgan vazifalarga odilona, bozor qonun-qoidalari asosida yondashilib, ularning tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish vazifasi va fiskal vazifasi e'tirof etilgan.

Davlatning tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq siyosati ikki yo'nalishda amalga oshiriladi, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun maxsus soliqlar joriy etish va imtiyozli soliqqa tortish va soliqdan ozod qilish.

Tabiiy resurs soliqlaridan Respublikamizda mavjud bo'lganlari quydagilar: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq va yer soliqlari kiradi. Bu soliqlar yuqoridagi vazifadan kelib chiqib, ishlab chiqarish yoki umuman tadbirkorlik faoliyatida tabiiy resurslarni tejashga undashi kerak. Ya'ni suv solig'i - suvdan foydalanish samaradorligini oshirishi, suvdan foydalanayotganda to'lanadigan soliq hisobiga undan behuda foydalanmaslikka undaydi. Yer va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqlar ham shunday xususiyatga ega.

Respublikamizda tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarning nazariy jihatlari etarli darajada tadqiq va tahlil etilmagan qaysidir ma'noda ularga nisbatan sayozroq qarash mavjud. Respublikamizda tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarga bunday yondashuvining asosiy sabablaridan biri, ularni davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatining boshqa soliqlardan ko'ra kamligidandir. Bu holatni tahlil etib ko'ramiz (1-rasm).

TAHLIL VA NATIJALAR.

2020-yildagi jami tushumda soliq turlarining ulushi.

1-rasm. Manba: https://soliq.uz/page/asosiy-korsatkichlar

1-rasmdagi diagrammadan ko'rinib turibtiki, eng asosiy soliq tushumlari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i, qo'shilgan qiymat soliqlari hisoblanadi va ular mos ravishda 28% va 20% ulushni tashkil etmoqda. Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq esa 16%ni tashkil etmoqda, lekin suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning jami soliq tushumlaridagi ulushi 1%dan pastroq, yer solig'iniki esa atiga 2%ni tashkil etmoqda. Bundan ma'lum bo'ladiki mamlakatimizda tabiiy resrurslarni soliqlar vositasida tartibga solish va ekologiyani himoyalash talab darajasida emas, ya'ni tabiiy resurs soliqlari o'z xususiyatidan kelib chiqib, yuqorida keltirilgan vazifalarini bajarayotgani yo'q.

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, tahlillardan ko'rinib turibdiki Respublikamiz budjetida resurs soliqlarining ulushi juda past. Demak, ishlab chiqarish sanoatida tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi va tejamkorligi nazorati namunali darajada emas. Kelajakda ehtimoliy tabiiy resurs taqchilligining oldini olishaqsadida tabiiy resurs soliqlarini yanada rivojlantirish lozim.

Mamlakatimizda resurs soliqlarining ta'sirchanligini oshirish uchun quydagilar taklif etiladi: Ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanadigan tadbirkorlarni rag'batlantirish mexanizmini ishlab chiqish lozim. Masalan, yurtimizda yer solig'i imtiyozini bekor qilish va ushbu imtiyozlarni soliq to'lovchi faoliyatini ekologik zararliligi darajasiga qarab mulkiga yo'naltirish kerak; Qishloq xo'jalik

yerlarini o'zlashtirganlik uchun ham maxsus soliq joriy etish lozim, ya'ni qishloq xo'jalik faoliyatdidan tashqari maqsadda foydalanish uchun egallansa. Bunda foydalanish maqsadiga qarab va joyning ekologik-strategik ahamiyatidan kelib chiqqan holda oldindan belgilanadigan soliq joriy etish maqsadga mubofiqdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. -T.: Adliya. 2002. 116-bet

2. Jo'rayev T. Soliq siyosatini takomillashtirish yo'lida. //Toshkent haqiqati. 2003 yil 23 sentyabr

3. Бард В., Павлова Л. Налоги в условиях экономической интеграции. //. -М.: "Кнорус" 2004. С.63

Vebsayt

4. https://soliq.uz

REFERENCES

1. Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. -T.: Adliya. 2002. 116-bet

2. Jo'rayev T. Soliq siyosatini takomillashtirish yo'lida. //Toshkent haqiqati. 2003 yil 23 sentyabr

3. Бард В., Павлова Л. Налоги в условиях экономической интеграции. //. -М.: "Кнорус". 2004. С.63

Vebsayt

4. https://soliq.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.