Научная статья на тему 'SAN’AT VA UNING ESTETIK JIHATLARI'

SAN’AT VA UNING ESTETIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
San’at / san’at tushunchasi / estetika / did / mahorat / histuyg’u / musiqa / haykaltaroshlik / rassomlik. / Искусство / понятие искусства / эстетика / вкус / мастерство / чувство / музыка / скульптура / живопись

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ruxshona G’Ulom Qizi Xoldarova

Maqola san’atning kelib chiqishi, uning turlari va qoidalari, estetik mohiyati va hozirgi kundagi ahamiyati, san'at asarlarining go'zallik, uyg'unlik va estetik qadriyatlarni o'zida mujassam etganligi, san'atning inson dunyoqarashini kengaytirish va ijodiy firklash qobiliyatini rivojlantirishdagi o'rni masalalari o'rganilʻgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье исследуются вопросы происхождения искусства, его видов и правил, эстетической сущности и значения в настоящее время, воплощения в произведениях искусства ценностей красоты, гармонии и эстетики, роли искусства в расширении человеческого мировоззрения и развитии творческого мышления.

Текст научной работы на тему «SAN’AT VA UNING ESTETIK JIHATLARI»

SAN'AT VA UNING ESTETIK JIHATLARI

Ruxshona G'ulom qizi Xoldarova

O'zbekiston Milliy universiteti talabasi ruhshonaxoldarova@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqola san'atning kelib chiqishi, uning turlari va qoidalari, estetik mohiyati va hozirgi kundagi ahamiyati, san'at asarlarining go'zallik, uyg'unlik va estetik qadriyatlarni o'zida mujassam etganligi, san'atning inson dunyoqarashini kengaytirish va ijodiy firklash qobiliyatini rivojlantirishdagi o'rni masalalari o'rganil'gan.

Kalit so'zlar: San'at, san'at tushunchasi, estetika, did, mahorat, his- tuyg'u, musiqa, haykaltaroshlik, rassomlik.

АННОТАЦИЯ

В статье исследуются вопросы происхождения искусства, его видов и правил, эстетической сущности и значения в настоящее время, воплощения в произведениях искусства ценностей красоты, гармонии и эстетики, роли искусства в расширении человеческого мировоззрения и развитии творческого мышления.

Ключевые слова: Искусство, понятие искусства, эстетика, вкус, мастерство, чувство, музыка, скульптура, живопись

ANNOTATION

The article explores the issues of the origin of art, its types and rules, aesthetic essence and meaning at the present time, the embodiment of the values of beauty, harmony and aesthetics in works of art, the role of art in expanding the human worldview and the development of creative thinking.

Keywords: Art, concept of art, aesthetics, taste, skill, emotion, music, sculpture, painting

Kirish. San'at insoniyat ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismi, dunyoni ma'naviy anglashning maxsus turidir. "San'at" keng ma'noda, badiiy qadriyatlar, ularni yaratish (badiiy ijod qilish) va iste'mol (badiiy idrok etish) jarayonlarini qamrab oladi. San'at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog'liq holda rivojlanib kelgan.

"San'at" tushunchasi insonning go'zallik qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o'zlashtirish (va o'zgartirish)ga qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi sifatida vujudga kelgan jami narsalar tushuniladi, ya'ni, go'zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan narsalarning hammasi san'atga aloqadordir.

759

April 24, 2024

Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Aristotel o'zining «Poetika» asarida taqlidni san'atning muhim belsi sifatida ko'rgan. «taqlid insonlarga xosdir inson dunyoga kelishi bilanoq taqlid qila boshlaydi, aynan ushbu xislat insonlarda boshqa mavjudodlarga qaraganda kuchlirokdir va insonning dastlabki bilimlari ham aynan taqlid orqali vujudga kelgan. Taqlid natijalari o'z navbatida bizda rohat zavq bag'ishlaydi. Buning isbotini quyidagi faktlar bilan izohlash mumkin: masalan real xayotda yoqimsiz tuyulgan manzaralar - murdalar jirkanch xayvonlar tasviriy san'at asarlarida insonga katta zavq huzur baxshida etadi. Bu misol o'z navbatida taqlid va uning natijasi zavqli jarayon ekanligidan dalolat beradi1.

"Estetika" darsligining muallifi A.Sher ta'kidlaydiki; "Ma'lumki estetika -falsafiy fanlardan biri va u falsafiy fan sifatida barcha san'atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go'zallik orqali haqiqatga etishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san'atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompozisiya v. h. borasidagi qonuniyatlar barcha san'at turlariga taalluqli. Hech bir alohida san'at turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. Estetika bir tomondan, san'atning paydo bo'lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san'at asarining ichki murvatlaridan tortib, san'atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo'lgan barcha jarayonlarni o'rganadi. Ikkinchi tomondan, san'at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa san'at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o'zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi2".

Faylasuf-nafosatshunoslar o'rtasida san'atning kelib chiqishi muhim muammolardan bo'lib kelgan. San'atning kelib chiqishi deganda, ko'pchilik odamlar g'orlaring tosh devorlariga ibtidoiy davrlarda chizilgan ov manzaralari va ov hayvonlarning tasvirlarini nazarda tutadi. Vaholanki, gap bu yerda san'atning qanday paydo bo'lganligi emas, balki nimadan paydo bo'lganligi to'g'risida borishi kerak. Ba'zilar uni taqliddan, ba'zilar o'yindan yana kimlardir mehnatdan kelib chiqqan deb hisoblaydi.

Muhokama va natijalar. San'at qadimiy tarixga ega bo'lib,u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog'liq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san'atning dastlabki izlari so'nggi paleolit davriga, taxminan mil.av. 40—20-ming yillikka borib taqaladi.U davrda hali san'at inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Keyinchalik madaniyatning o'sishi natijasida san'at alohida soha sifatida asta-sekin ajrala bordi.

1 Аристотель. Соч. В 4-х т., 4, с. 648-649.

2 Абдулла Шер.Эстетика.Тошкент. "Узбекистан". 2014. 44-49 бетлар

April 24, 2024 International Conference

760

San'at odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o'z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a'zolarini ma'lum ruxda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-tuyg'u, manfaat, ideallarini ifoda etgan. San'at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o'zining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o'rni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi.

San'atning ikki turi mavjud: amaliy va badiiy. Amaliy san'at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo'zlik, libos yaratish kabi sohalar kirsa, badiiy san'at turlariga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino, teatr, badiiy adabiyot kabilar mansub. Ba'zi san'at turlari tasvirlasa, boshqalari ifodalaydi. Aytaylik, musiqa-ifoda san'at kompozitor ohanglar orqali kechinmalarni ifodalaydi va shu ohanglar ruhiyatimizda muayyan bir kayfiyat hosil qiladi. Rassomlik bilan haykaltaroshlik tasviriy san'at turlari bo'lib, unda biror manzara, holat musavvir qalbini junbishga keltirib, qalbida muayyan kechinmalarni qo'zg'atadi va musavvir o'sha manzarani rang-tasvirga muhrlaydi. Shu tariqa san'at asarlari ruhiyatimizga oziq beradi.

San'atning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

a) san'at - umuman bilishning oliy shakli, chunki faqat u yaxlit insonga oliy bilimga yerishish imkonini beradi. San'at amaliy foydaga ham, axloqqa ham, fanga ham bo'ysunishi mumkin emas, chunki u hamma narsadan oliyroqdir;

b) san'atning ustunligi shundaki, u asarlarda ongli va ongsiz faoliyatni aks ettiradi. San'at - bu nazariy va amaliy narsalar o'rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etib, ongli va ongsiz tabiat va erkinlikka to'la uyg'unlik beradi.

v) san'at o'z rivojlanish jarayonida spiral tashkil yetadi: qadimda undan (aniqrog'i poeziyadan) falsafa va boshqa fanlar tug'ilgan;

g) san'at - erkinlik va zaruriyatning yuksak birligi. Insonning ijodiy tabiati to'la davraga aylanib san'atda o'zining yakuniy ifodasini topadi.

San'atning estetik mohiyati san'at asarlarining go'zallik, uyg'unlik va estetik qadriyatlarni o'zida mujassam etganligi bilan bog'liq. Estetika deganda san'at asarining vizual, eshitish yoki hissiy jihatdan yoqimli va ta'sirchan bo'lishi tushuniladi. San'at asarlari estetik jihatdan qimmatli bo'lsa, ular odamlarga ta'sir qiladi, ularning his-tuyg'ularini uyg'otadi va ularga zavq bag'ishlaydi. Estetik tajriba odamlarga san'at asarlarini idrok etish, tushunish va baholash imkonini beradi. Binobarin, san'atning estetik tabiati odamlarga san'at asarlari bilan munosabatda bo'lish orqali hissiy va aqliy tajribalarni o'tkazish imkonini beradi. Bu odamlarning hayotiga chuqurlik qo'shadi va ularni yanada boyroq his qilishlariga yordam beradi. San'atning estetik tomoni insonning go'zallik haqidagi qarashlarini aks ettiradi va shu orqali insonlarda go'zallik hissini uyg'otadi. San'atning estetik mohiyati uning inson tajribasining muhim bir qismi sifatida go'zallikni, hissiy chuqurlikni va ijodiy ifodani ta'minlaydi. Bu mohiyat har bir

761

April 24, 2024

kuzatuvchi uchun turli xil ko'rinish kasb etadi va shu sababli san'at o'zgaruvchan va subeyktivdir.

Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda san'atni rivojlantirish to'g'risida juda ko'p ishlar qilinmoqda va takliflar tushmoqda. San'at to'g'risida hattoki, kitoblar yozilib, uning tarixi, hozirgi kundagi ahamiyati , izlanish to'g'risida ma'lumot berilmoqda. Quyidagi insonlarning kitobida buni ko'rish mumkin:

San'atning bugungi kundagi ahamiyati madaniyatimizning, tariximizning aks etishi bo'lib o'tmishdan bugungacha bo'lgan voqealar, odamlarning hayoti va tafakkurlarni bizgacha yetkazmoqda. San'at orqali yosh avlodga estetik zavq berishdan tashqari dunyo qarashini kengaytirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va turli hayotiy ko'nikmalarni o'rgatmoqda. San'at turizmni rivojlantirish, ish o'rinlarini yaratish, eksport va ichki bozorni kuchaytirish orqali iqtisodiyotga hissa qo'shmoqda. San'at orqali inson o'z his tuyg'ularini ifodalab stresni yengish shaxsiy rivojlanish jarayonida o'zini anglash imkonini topmoqda. San'at nafaqat jamiyatning madaniy hayotini boyitadi, balki uning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.

Xulosa. San'at ma'lum ma'noda mamlakat va jamiyatning tayanchidir. Shuning uchun mamlaktimizda san'at rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. San'atimizni yanada rivojlantirish uchun ko'proq o'quv muaassalari ochilsa, ko'p joy o'rinlari ochilib yoshlar uchuk qulaylik yaratsa, san'atimiz orqali ko'p mamlakatlarga tanilishimiz va ularda ham qiziqish uyg'otish mumkin.

REFERENCES:

1. Аристотель. Соч. В 4-х т., 4, с. 648-649.

2. https://uzgeouniver.uz/uz/news/sanatgozallik.html

3. Abdulla Sher. «Estetika Nafosat falsafasi». Darslik. Toshkent-2015. 248-bet.

4. D.S.Kadirova. Aesthetic ideal and aesthetic criterion. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research. 11/3 1748-1760 South Asian Academic Research Journals. 2021

5. Kadirova Dilbar Salikhovna, Inagamova Feruza Khurshidovna, Agzamova Nilyufar Shukhratovna, Mukhamedzhanova Lalikhon Ashuraliyevna. (2019). CATEGORIES OF HARMONY IN THE CONCEPTIO OF CLASSICAL SCHOLARS. International Journal of Research in Humanities, Arts and Literature, (2), 293-300

6. THE APPEARANCE OF NEW AESTHETIC CRITERIA IN MODERN ART Авторы Dilbar Salihovna Kadirova Дата публикации 2019 Журнал Scientific Bulletin of Namangan State University Том 1 Номер 12 Страницы 72-78

762

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.