Научная статья на тему 'HAMKORLIK PEDAGOGIKASIDA ART-TERAPIYANING AHAMIYATI'

HAMKORLIK PEDAGOGIKASIDA ART-TERAPIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
37
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
art-terapiyasi / kreativlik / psixoterapiya ta’lim / tarbiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Samarova Shoxista Rabidjanovna, Mirzayeva Sayyora Rustamovna

Mazkur maqolada art-terapiyaning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, san’at tushunchasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HAMKORLIK PEDAGOGIKASIDA ART-TERAPIYANING AHAMIYATI»

HAMKORLIK PEDAGOGIKASIDA ART-TERAPIYANING AHAMIYATI 1Samarova Shoxista Rabidjanovna 2Mirzayeva Sayyora Rustamovna

1Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Psixologiya kafedrasi mudiri 2Psixologiya fanlari nomzodi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti,

Psixologiya kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10115332

Annotatsiya. Mazkur maqolada art-terapiyaning ta'lim jarayonidagi ahamiyati va o'ziga xos xususiyatlari, san'at tushunchasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: art-terapiyasi, kreativlik, psixoterapiya ta'lim, tarbiya.

Аннотация. В данной статье описываются значение и особенности арт-терапии в образовательном процессе, понятие искусства.

Ключевые слова: арт-терапия, творчество, психотерапия, образование, тренинг.

Hozirgi davrdagi jamiyat rivoji shaxs kamolati g'oyalarining tubdan o'zgarishi, uning ijtimoiy munosabatlari va voqelikka munosabatlari tizimining o'zgarib borayotganligini ko'rsatmoqda. Bu insonning ijodiy, o'ziga xos tabiati, uning mavjudligi shakllarini takomillashtirish uchun filogenetik jihatdan qat'iy ehtiyoj ekanligini ko'rsatmoqda. Zamonaviy shaxsning jamiyatning rivojlanish sharoitida o'z taqdirini o'zi belgilashga, yangi paydo bo'lgan ijtimoiy munosabatlarda boshqa ma'nolarni izlashga intilishini talab etadi.

Faqat ijodkor shaxslargina noaniq, oldindan aytib bo'lmaydigan, xavfli vaziyatda yengilmasligi mumkin. Aynan shu haqida psixodrama asoschisi J. Moreno birinchi bo'lib, o'z fikrini bayon etgan. Zamonaviy psixoterapiya, jamiyatdagi yashirin kayfiyatni oldindan bashorat qilish, insonning ekologik, ijtimoiy va shaxsiy inqiroz sharoitida omon qolish uchun imkoniyat yaratib, o'z-o'zidan paydo bo'ladigan ijodiy harakatlar qobiliyatini shakllantirish va takomillashtirish uchun tug'ma ehtiyojini aks ettiradi. Ushbu holatlar ijtimoiy hayotning barcha sohalarida jadal rivojlanishga yordam beradi, bu hozirgi kunga qadar ham ilmiy asoslangan metodik baza tomonidan qo'llab-quvvatlanmagan art terapiya amaliyoti hisoblanadi.

Busohani o'rganishda fenomeni va uning inson psixikasiga ta'sirining mohiyatini tushunish uchun badiiy obrazning muhim tomonlarini empirik tadqiq qilish va tahliliy tavsiflash zarur. Bundan tashqari, talabalarga diagnostik va terapevtik muammolarni hal etishga qaratilgan artterapevtik faoliyatning asosiy yo'nalishlari bo'yicha innovatsion modellari va usullari to'g'risida tor ixtisoslashgan g'oyalar ijodiy mavzuni shakllantirish mexanizmlarini bilishga asoslangan art-terapevtik jarayonni qurish qonunlari va tamoyillarini aniqlash va o'rganish ham zarur.

Hozirgi davrda yoshlar ta'lim-tarbiyasi sohasida ijod mahsullaridagi badiiy obrazlarning inson ruhiyatiga ta'sirini o'rganish muhim masala hisoblanadi. Bu vazifani psixologiya fanining kreativlik psixologiyasi sohasi o'rganadi. Kreativlik psixologiya sohasida art terapiyasitushunchasining ta'rifi uning mazmun-mohiyatini ochib berish talab etiladi. Art terapiyasi badiiy obrazning mazmunini va uning inson psixikasiga ta'sirining mohiyatini o'rganuvchi sohadir.

Ma'lumki, badiiy ijod mahsullarida taqdim etiladigan materiallar insonga estetik tarbiyaviy ta'sir etib, uning har tomonlama kamolga yetishida muhim o'rin tutadi. Bunda yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda ularning nafaqat badiiy asarlardagi tasvirning mohiyatini tushunishlari, balki undan ham madaniyatli-ma'rifatli yetuk shaxs bo'lishlarida munosib bilim olishlariga katta e'tibor

qaratiladi. Shu nuqtai nazardan, Art terapiya fanining maqsad va vazifalarida ham shaxs kamoloti jarayonida turli terapevtik amaliyotda san'atni qo'llashning cheksiz imkoniyatlarini ochib berish va undan foydalanishni ko'zda tutadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, kreativlik psixologiyasi nazariyasining tavsifi va ijodkorlik tabiati bo'yicha empirik tadqiqotlar tahlili, badiiy va musiqiy qobiliyatlarni shakllantirish metodologiyasi jahonning taniqli psixologlari asarlarida keltirilgan.

Ma'lumki, san'at-ijtimoiy ong va inson faoliyatining o'ziga xos shaklidir. San'at inson mehnati, aql-idroki, shuuri bilan yaratilgan ijod mahsulidir. San'at asarida shaxsning o'ziga xos iste'dodi namoyon bo'ladi. San'at insoniyat ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismi, dunyoni ma'naviy anglashning maxsus turidir. "San'at" keng ma'noda, badiiy qadriyatlar, ularni yaratish (badiiy ijod qilish) va iste'mol (badiiy idrok etish) jarayonlarini qamrab oladi. San'at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog'liq holda rivojlanib kelgan.

"San'at" tushunchasi insonning go'zallik qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o'zlashtirish (va o'zgartirish)ga qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi sifatida vujudga kelgan jami narsalar tushuniladi, ya'ni, go'zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan narsalarning hammasi san'atga aloqadordir.

San'atning asosan ikki turi farqlanadi: amaliy va badiiy (nafis) san'at. Amaliy san'at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo'zlik, libos yaratish kabi sohalar kirsa, badiiy san'at turlariga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino, teatr, badiiy adabiyot kabilar mansub. Shuningdek, ifodali va tasviriy san'at turlari farqlanadi. Ba'zi san'at turlari tasvirlasa, boshqalari ifodalaydi. Aytaylik, musiqa-ifoda san'at kompozitor ohanglar orqali kechinmalarni ifodalaydi va shu ohanglar ruhiyatimizda muayyan bir kayfiyat hosil qiladi. Rassomlik bilan haykaltaroshlik tasviriy san'at turlari bo'lib, unda biror manzara, holat musavvir qalbini junbishga keltirib, qalbida muayyan kechinmalarni qo'zg'atadi va musavvir o'sha manzarani rang-tasvirga muhrlaydi. Shu tariqa san'at asarlari ruhiyatimizga oziq beradi.

San'atning turli ko'rinishlari voqelikni, undagi hodisa, narsa va holatlarni o'ziga xos usullar yordamida aks ettiradi. Masalan, musiqada tovushlar, ularning o'zaro bog'lanishi, uyg'unligi orqali; badiiy adabiyot so'z, obrazlar orqali; tasviriy san'atda bo'yoqlar yordamida muayyan hissiy obraz gavdalantiriladi; teatrda pesa qahramonlarining siymosi aktyorlar orqali namoyon bo'ladi. Mavjud san'at turlari orasida badiiy adabiyot yetakchi o'rin tutadi. Chunki badiiy adabiyot universal bilish va ifoda vositasi bo'lmish so'z bilan ish ko'radi.

San'at ijtimoiy hayotning mustaqil bir sohasi bo'lib, jamiyatning barcha tomonlariga ta'sir o'tkazadi, ijtimoiy ongning hamma shakllari bilan aloqaga kirishadi. San'at voq'elikni badiiy vositalar orqali yanada to'laqonli, jozibali anglashga yordam beradi. San'at uchun inson bosh mavzu bo'lib xizmat qiladi. San'atda inson hamma vaqt ham bevosita ifodalanmaydi. San'at narsalardan, tabiat hodisalaridan inson uchun ahamiyatli bo'lgan ma'noni izlaydi, inson qalbini poklaydi, uning har tomonlama kamol topishida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. San'at qadimiy tarixga ega bo'lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni, shuningdek, kishilar ijtimoiy rivojlanishi bilan bog'liq holda vujudga kela boshlagan.

San'at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o'zining predmeti, mazmuni, voq'elikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o'rni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. San'at insonning moddiy va ma'naviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir.

San'at inson uchun estetik zavq-shavq manbai; inson hayotiga go'zallik baxsh etadi; odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi; hayotni kuzatish, o'rganish va bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga o'zgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi; hayotdagi go'zallikdan ilhomlanishga, yomonlikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar orasidagi ma'naviy ko'prik, muloqot vositasi; odamlarning badiiy-estetik didini tarbiyalaydi, ularda ma'lum dunyoqarashni shakllantiradi. San'at jamiyat ma'naviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) ma'lum darajada bog'liqdir. San'atning maqsadi dunyoni badiiy o'zlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni ma'naviy boyita oladigan asarlar yaratish yo'li bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Inson san'atdan estetik zavq, bitmas-tuganmas ijodiy kuch-qudrat oladi va shu ma'noda san'at ma'naviy yuksalishning eng ta'sirchan quroliga aylanadi, biroq eng ahamiyatli jihati shundaki, u inson salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

So'nggi yillarda fanga kirib kelgan va jadal rivojlanib borayotgan "Art terapiyasi" sohasi san'atning aynan shunday ta'siriga asoslangan tushunchadir.Art terapiyasi- "Art davolash" ma'nosida samarali va foydali sohadir, shuning uchun u yoshidan qat'iy nazar, ruhiy qo'llab-quvvatlanishga ehtiyojli insonlar bilan ishlashda keng qo'llanilmoqda. Art terapiyasida deyarli hech qanday cheklovlar yo'q, biroq bu haqiqatan ham yaxshi natijalarga erishish imkonini beradi.

Keyingi davrlarda jahon ta'lim amaliyotida art terapiyasi usullariga, ayniqsa, ota-onalar katta qiziqish bildirmoqdalar, sababi bu usullar bolalarga juda ham kuchli ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Umuman olganda, ular har qanday yoshdagi insonlarga muvofiq keladi. Bundan tashqari, art terapiyasida inson o'zini erkin namoyon eta oladiva ko'nglini to'liq ochishga imkon beradi.

Hozirgi davrda rivojlanib borayotgan art terapiya, bolalar va kattalar uchun art-terapiyaning asosiy turlarini chuqur o'rganishni talab etadi. Bu borada olib boriladigan mashg'ulotlarni ishlab chiqish ham muhim vazifa hisoblanadi. Art terapevtik ta'sir ko'rsatish uchun qanday materiallardan foydalanish mumkinligi, va bundan qanday maqsad ko'zda tutilishini, shuningdek, qanday natijalarni kutish mumkinligini o'rganish davr talabidir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, o'sib kelayotgan yosh avlod bilim doiralarini kengaytirishda san'atning shaxsga ta'sirini nazariy va empirik o'rganish asosida yondashuvlarniishlab chiqish, art terapiyaning fenomenologik jihatlarini tizimli tahlil qilishham muhim masala hisoblanadi.

REFERENCES

1. Mirzayeva S.R. O'quv faoliyatida o'qituvchi-o'quvchi munosabatining psixologik xususiyatlari // Central asian research journal for interdisciplinary studies, 2022. Volume 2, Issue 2, pp. 297-306.

2. Mirzayeva S.R. Inkluziv ta'lim sharoitida fanlarni o'qitish jarayoniga tatbiq etilgan zamonaviy yondashuvlar samaradorligi // Ta'lim va innovasion tadqiqotlar, 2022. №1, 254258 b.

3. Samarova Sh.R. Kreativ - bo'lajak psixologlarning kasbiy rivojlanishida muhim omil // Ta'lim va innovasion tadqiqotlar, 2022. №4, 289-293 b.

4. Mirzayeva Sayyora Rustamovna.Scientific Research Journal //Influence of social factors on the psychological development of adolescents,Volume 3,Issue 4,Aprel,2022,Infakt factor 7.565,463-466.

5. Mirzayeva Sayyora Rustamovna.ACADEMICIA:An International Multidisciplinary Research Journal //The role of isotherapy in art therapy,ISSN:2249-7137,VOLUME 12,Issue 09,September 2022,SJIF 2022,131-135.

6. Mirzayeva S.R. Radjabova Z.M /Psychological factors of adolescence and teacher/ ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 2021- B. 834-842.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.