UO'K: 58.009
Turniyozova N.R.
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
SAMARQANDNING TOG' VA YAYLOV HUDUDLARIDA UCHROVCHI ASALCHIL O'SIMLIKLAR
Annotatsiya: mazkur maqolada Samarqand viloyatining tog' va yaylov mintaqalarida tarqalgan asalchil o'simliklarining asal berish darajasi, o'simlikning botanik tavsifi, xususiyatlari, ushbu o'simliklarning asalchillik darajasini aniqlash usullari, hamda tadqiqot natijasi, tegishli xulosalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Flora, aslchil, cho'l asali, o'rmon asali, gul shirasi, nektar, tog'rayhon, kiyik o'ti, oqquray, kovul, burchoq, qashqarbeda.
Turniyozova N.R.
Uzbek-Finnish pedagogical institute
TRIPLE HONEY PLANTS IN THE MOUNTAIN AND PASTURE
REGIONS OF SAMARKAND
Abstract. This article presents the level of honey production of honey plants distributed in the mountain and pasture regions of Samarkand region, the botanical description and characteristics of the plant, the methods of determining the level of honey of these plants, as well as the research results and relevant conclusions.
Key words: Flora, aslchil, desert honey, forest honey, flower nectar, nectar, tograyhon, deer grass, aqquray, kovul, burchak, kashqarbeda.
Kirish. O'zbekiston o'ziga xos tabiati va turli ekologik shart sharoitlari bilan O'rta Osiyoda alohida ahamiyatga ega hududi hisoblanadi. Turli ekologik muhitlar deganda biz asosan iqlimi, tuprog'i va relyefi jihatidan bir -biridan farq qiluvchi hududlarni nazarda tutamiz [6]. Ekologik nuqtayi nazardan cho'l, adir, tog' va yaylov mintaqalarining o'simliklari ham o'ziga xos bioekologik xususiyatlarga ega. Samarqand florasida 598 turkum, 103 oila 1715 tur o'simlik uchrab, ular nafaqat bo'yi, barg va gullari, balki ularning biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari ham ekologik muhitga moslashgan bo'ladi. Shuningdek asalshirali o'simliklarning bioekologik xususiyatlari ham ekologik muhit sharoitlaridan kelib chiqib bir biridan farq qiladi. Xalq orasida "tog' asali", "cho'l asali", "o'rmon asali" kabi iboralarning mazmun mohiyati ham o'simliklarning bioekologik xususiyatlarini belgilaydi [3].
Metodlar. O'simlikning asal shiraga boy ekanligi kuzatish usuli orqali aniqlandi. O'simliklardan qaysi biri asalarilarni o'ziga jalb qilayotganligini bilish
uchun asalarilarm hisoblash usulidan foydalanildi. ^п davomida asalarilarning yig'gan asali miqdorim hisoblash uchun asalarilar joylashgan иуат tortib ko'rish usulidan foydalanildi. Наг Ыг o'simlik gulidagi shira miqdori naycha usuli orqali aniqlandi.
Tadqiqot пай]а1ап. Tog', yaylov va оЧ^1а^а asosan tabiiy o'simlik jamoalari hukmronlik qiladi. Tabiiy hududlarda yetishtirilgan asal har tomonlama ekologik toza va sof asal sifatida tan olinadi. Chunki bu hududlar kimyoviy О^'ШШ- va boshqa bir qator sun'iy vositalar yordamida muhofaza qilinmaydi.
$>Ытаск, егешигш. O'zbekistonda eng ко'р tarqalgan va eng muhim bo'lgan asalshirali o'simliklardan hisoblanadi. Respublikamizda uning 20 ga yaqin turi uchraydi. Regel shirachi, So'g'd shirachi, 01оу shirachi kabilar tog'li va yaylovlarda ко'р tarqalgan. Uning gullashi тау boshlaridan boshlanib, to iyul oxirigacha davom etadi. Bir o'simlikning gullash davri 15 - 20, shira ajratish 2 -3 kun davom etadi. Gulning shira tarkibidagi 0,22 mg glyukoza va 0,11 mg saxaroza ЬОГ. Bo'stonliq tumanida ОНЬ qaralganda bir tup o'simlikda 366 tagacha gul bo'ladi. Qalin shirachizorlarda esa uning tup soni gektariga 50 mingtagacha yetadi. Shunday maydonlarda shirach o'simligining shira miqdori gektariga 16 -20 kg ga to'g'ri keladi. Shirachning gul tuzilishi asalarilar gulshira olishi uchun juda ham qulay.
Kiyik о'и. Kiyik o'ti ham tog' va yaylovlarda keng tarqalgan, asosiy asalshirali о^тИкк^п biridir. Kiyik o'ti respublikamizdagina emas, balki qo'shni respublikalarda ham eng yaxshi eng, shirali o'simliklardan hisoblanadi. Ba'zi tog'li tumanlarda katta maydonlami tashkil qiladi. Kiyik o'ti asosan, iyunning oxirlaridan boshlab to sentyabr boshlarigacha gullaydi. Gulning shira miqdori 0,11 ml., shakar moddasi esa shiraning 50 % ini tashkil qiladi. Qalin o'sadigan maydonlarda shirasi gektariga 105 kilogrammni tashkil qiladi. Kiyik o'ti o'sadigan maydonlami kengaytirish va uni madaniy holda foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq.
Qashqarbeda. Eng ко'р tarqalgan turlariga sariq guli ikki yillik, oq guli bir yillik va ко'р уПНк turlari kiradi. Qolgan turlari uncha ко'р tarqalmagan va ular uncha «yuqori hosiШ» emas. Respublikada ко'р tarqalgani va ahamiyatlisi sariq guli ikki yillik turidir (qashqarbeda deb, ko'pincha shu turiga aytiladi). Qashqarbeda respublikamizning ко'р tumanlarida ekiladi. Bizning qo'shni respublikalar - Qirg'iziston va Qozog'istonda ham ekilmoqda. Qashqarbeda ekilgan maydonlaming har bir gektaridan 250 - 300 kilogramm gulshira olish mumkin. Qashqarbeda urug'ini tog'li tumanlarga, tog' yonbag'irlariga, daraxt V a butazorlaming oralariga ham sepish титкт. Urug'i yaxshi haydalgan va tekislangan joylarga ekiladi. Urug'ni 1-2 santimetr chuqurlikka sepiladi. Urug' 60 - 70 santimetrli egatlar olib еЫ^, yaxshi bo'ladi. Har bir gektar hisobiga 20 - 24 kilogramm urug' ketadi. Urug'ning tuproqdan итЬ chiqishi 55 - 60 %. Urug' oktyabr oyining oxirlari va noyabr oyining boshlarida ekiladi. Ц^' bahorda, ya'ni may oyining boshlarida unib chiqa boshlaydi [2,5].
Qashqarbeda, odatda ikki yillik bo'lgani uchun birinchi yili faqatgina bitta poya chiqarib 90-100 santimetr bo'ladi. Birinchi yili ob-havo va tuproq sharoitini hisobga olgan holda 2 - 3 marta sug'orib, egat oralari yumshatilsa ular yaxshi o'sadi. Ikkinchi erta bahordan o'sa boshlaydi, yoz oylariga borib ularning bo'yi 200 - 250 sm va hatto undan ham baland bo'lib, juda ko'p gul hosil qiladi. Bedaning gullashi iyun oyining birinchi besh kunligidan boshlanib 20 - 25 kun davom etadi. Urug'i iyul - avgust oylarida pishib yetiladi. Urug'i pishgan paytni kuzatib turib, uni darrov terib olinmasa yerga to'kilib ketadi. Uning har bir guli 0,16 mg shira ajratadi, shakar moddasi esa shiraning 50 % ni tashkil qiladi. Ma'lumotlar bo'yicha har bir gektar qashqarbedadan 400 kg gulshirasi, 200 kg asal olish mumkin. Bundan tashqari qashqarbedani birinchi ikkinchi yili (gullab bo'lgandan keyin) urib olib, uni hayvonlarga berish mumkin. Qashqarbeda xashagining (ho'l holida) miqdori bizda ekilayotgan madaniy yung'ichkanikicha va undan ham ortiq bo'ladi.
Burchoq. Burchoq avlodiga bir yillik va ko'p yillik o'tchil o'simliklar kirib, bular ham qashqarbedaga o'xshash burchoqdoshlar oilasiga mansubdir. Burchoqning eng keng tarqalgani yupqa bargli turidir. U yovvoyi holda tog'li tumanlarda, keng bargli o'rmon va archazorlarda ko'p uchraydi. Bu o'simlik qashqarbedaga o'xshab chorva mollari uchun ham qimmatli ozuqabop hisoblanadi. Bu turni ham tog'li tumanlarda ekib o'stirish mumkin. Burchoqning unib chiqishida uning urug'larini to'liq va yaxshi pishib etilgan bo'lishi katta ahamiyatga ega. Burchoqni yaxshi haydalgan va tekislangan yerga ekish kerak. Urug'ni oktyabr - noyabr oylarida 2 - sm chuqurlikda ekish kerak. Birinchi yili 20
- 30 sm bo'ladi. Kuzda -birinchi yiliyoq uni o'rib, chorva mollariga berish lozim. Ikkinchi va uchinchi yillari o'simlik to'liq etiladi va ko'plab gul hosil qiladi, may oyining birinchi o'n kunligidan gullay boshlaydi. Uning qiyg'os gullash davri 20
- 25 kun va shu davr mobaynida asalarilarga ko'plab gulshira beradi. Burchoq iyunning o'rtalarigacha gullaydi, iyul -avgust oylarida urug'lari pishadi. Burchoq ham yozgi vegetatsiya davrida 2 - 3 marta sug'orilib, taglari yumshatilsa uning massasi ortadi va gullari ko'payadi, gullash davri ancha uzoqqa cho'ziladi.
1-jadval
№ Turmng nomi Bir gul hisobiga neklar miqdori (rng) Neklar konsentratsíyasi- (%) Gektar hisobiga neklar mikdori (kg/ga)
1 Tog' rayxírn 0,15 mg 40-41 147
2 Kiyik o4i 0,11 mg 49-50 105
3 Arslonquyruq 0,67 mg 63-65 178
4 Burchoq 0Д8 mg. 40-41 150
5 Kovul 36 -37 mg 99-100 450
6 Oqquray 0,15 mg 62 203
7 Qashqarbeda 0,16 mg 50 150
8 Xo'ki* lili L43 mg 40 148
Burchoqning bir guli hisobiga shirasi 0,22 mg, shakar moddasi gulshiraning 41% ni tashkil qiladi. Gektar boshiga 144 kg gulshira beradi, asal hisobiga keltirsak bu raqam 70 kg ni tashkil qiladi. Ikkinchi va uchinchi yillari xar gektaridan 200 - 250 sentner ho'l yoki 60 sentnergacha burchoq pichanini olish mumkin. Demak, bo'sh yotgan va foydalanilmay kelayotgan tog'li tumanlarga burchoq eksak asalarilarga etarli ozuqa tayyorlab bergan bo'lamiz.
Xulosa. Asalchil o'simlik turlarning gullashi asosan aprel oyida bo'ladi. Gulshiradagi shakar moddasi har bir gul hisobiga 0,09 mg dan 0,13 mg gacha. Gektariga 15 - 20 kg nektarning shakar miqdori 32 - 35% ni tashkil qiladi. Jadvalda keltirilgan o'simliklarning aksariyati ko'p yillik bo'lib, 7-8 yil o'sadi. Bularning ichida faqatgina qashqarbeda va ko'k o't ikki yillikdir. Qashqarbedani har yili urug'idan olib ekish kerak. Boshqalari o'z -o'zidan o'sib chiqaveradi. Demak, yuqorida keltirilgan o'simliklarni ba'zi bir tog'li tumanlardagi ishlatilmaydigan maydonlarga ekish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hamidov A. O'simliklar geografiyasi. Toshkent, 1995
2. Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior o'simligining dorivorlik xususiyatlari //Journal of Integrated Education and Research. - 2023. - Т. 2. - №. 5. - С. 8-10.
3. K. Tojiboyev, N.Bushko, U.qodirov Samarqand viloyati o'simliklar kadastri. Toshkent-2018 11-13 b.
4. Pratov O'., Shamsuvaliyeva L. va boshqalar. "Botanika" T.: "Ta'lim nashriyoti", 2010.
5. Xurramov O. G., Islamov B. S. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYCYRRHIZA GLABRA L. NING BA'ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Журнал естественных наук. - 2021. - Т. 2. - №. 1.
6. Xurramova N.X., Mirzaliyev S.R., Juraxujayev D.D. O'RTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN TA'SIR VA HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI // Экономика и социум. 2023. №6-1 (109). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-rta-zarafshon-havzasi-landshafflariga-antropogen-ta-sir-va-havza-landshaftlarining-rivojlanish-qonuniyatlari (дата обращения: 23.07.2024).