Научная статья на тему 'FARG`ONA VODIYSINING O`SIMLIKLAR OLAMI VA UNI MUHOFAZA QILISH'

FARG`ONA VODIYSINING O`SIMLIKLAR OLAMI VA UNI MUHOFAZA QILISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1454
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bioxilma-xillik / ekosistema / texnogen / urbanizatsiya / alkaloidlar / glikozidlar / antropogen omil / biomassa. / biodiversity / ecosystem / technogenic / urbanization / alkaloids / glycoside / antropogenic factor / biomass.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xamidov Gulomjon Xamidovich, Yoqubova Sitora Azizjon Qizi

Mazkur maqola, Fargʼona vodiysining noyob òsimliklar dunyosi ularning biomassasi va ularga bo'layotgan antropogen omillarning ta’siri haqida umumiy tushunchalar keltirishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FLORA OF THE FERGANA VALLEY AND ITS PROTECTION

This article tries to give a general idea about the unique flora of the Fergana Valley, their biomass and the impact of anthropogenic factors on them.

Текст научной работы на тему «FARG`ONA VODIYSINING O`SIMLIKLAR OLAMI VA UNI MUHOFAZA QILISH»

ISSN: 2181-3337

FARG ONA VODIYSINING O SIMLIKLAR OLAMI VA UNI

MUHOFAZA QILISH Xamidov G'ulomjon Xamidovich

Biologiya fanlari doktori, professor Yoqubova Sitora Azizjon qizi Farg'ona davlat universiteti magistranti https://d0i.0rg/l0.5281/zenodo.6522079

Annotatsiya. Mazkur maqola, Farg'ona vodiysining noyob osimliklar dunyosi ularning biomassasi va ularga bo'layotgan antropogen omillarning ta'siri haqida umumiy tushunchalar keltirishga harakat qilingan.

Kalit so zlar: bioxilma-xillik, ekosistema, texnogen, urbanizatsiya, alkaloidlar, glikozidlar, antropogen omil, biomassa.

Аннотация: В данной статье делается попытка дать общее представление об уникальной флоре Ферганской долины, их биомассе и влиянии на них антропогенных факторов.

Ключевые слова: биоразнообразие, экосистема, техноген, урбанизация, алкалоиды, гликозиды, антропогенный фактор, биомасса.

FLORA OF THE FERGANA VALLEY AND ITS PROTECTION Abstract: This article tries to give a general idea about the unique flora of the Fergana Valley, their biomass and the impact of anthropogenic factors on them.

Keywords: biodiversity, ecosystem, technogenic, urbanization, alkaloids, glycoside, antropogenic factor, biomass.

Kirish. Ma'lumki, Farg'ona vodiysimning qulay tabiati va mo'tadil iqlim sharoiti bu yerlarda boy va xilma-xil o'simliklar, hayvonot olami namunalarini tarqalishini taqozo etadi. Lekin regionda tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan texnogen, ijtimoiy urbanizatsiya, demografik jarayonlar tabiiy muhitga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Buning obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Farg'ona

ФЛОРА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ И ЕЕ ОХРАНА

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

vodiysining geografik o'rni chuqurlikda joylashib, atrofini baland tog'lar bilan o'ralganligi atmosfera havosi sirkulyatsiyasiga salbiy tasir etadi. Vodiy hududlaridagi kimyoviy, avtomobilsozlik, yog'- ekstraksiya, mebelsozlik, paxta tozalash va boshqa zavodlar tomonidan atrof-muhitga chiqindilar chiqarilmoqda. Boshqa joylardagi kabi transport vositalari sonining uzluksiz oshib borishi va ulardan chiqayotgan gazlar, kimyoviy birikmalar tufayli atmosfera ifloslanib bormoqda. Shuningdek, suv va tuproq holatida ham salbiy jihatlar sezilmoqda.

Bugungi kunda o'simlik va hayvonot olami bioxilma-xilligini saqlab qolish, ulardan samarali foydalanish ham dolzarb muammolar sirasiga kiradi.

O'zbekistonda 27 ming noyob va yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turlar mavjud - bu bioxilma-xillikni muhofaza qilishni yaxshilash ustuvor vazifa bo'lishi kerak.

Global karantinning qiziqarli "ijobiy tomoni" nafaqat musaffo osmon va kamroq ifloslanish, balki yovvoyi hayvonlarning odamlar hukmronlik qilgan shaharlar va boshqa aholi punktlariga qaytishi edi. COVID-19 bizning mavjudligimiz, harakatlarimiz va harakatsizligimiz bioxilma-xillikka bevosita ta'sir qilishini ko'rsatdi.

Ma'lumki, Farg'ona vodiysining boy va turli-tuman o'simliklar dunyosi orasida asalarilar uchun muhim ozuqa manbai bo'ladigan turli xil o'simliklar juda keng tarqalgan. Asal-shirali o'simliklarni barcha zonalarda shuningdek, hamma o'simlik qoplamlarida, ayniqsa asalarichilik yaxshi taraqqiy etgan tog'oldi va tog'li tumanlarda ko'p uchratish mumkin. Ko'chma asalarichilikda katta ahamiyatga ega bo'lgan tog'oldi zonasining asalli o'simliklaridan oqquray, kavar, shashir, chitir, sassiq kavrak va shirachlarni misol qilib keltirish mumkin. Farg'ona vodiysi xilma-xil o'simlik turlariga boy. Tabiiy o'simliklar qoplamida kiyik o'ti, tog'rayhon, burchoq, arslonquyruq, mehrigiyo, zufo, gulhayri, shashir, avg'on shashir, xo'kiz tili, yo'ng'i chqa, qashqarbeda, sebarga, shirach, toshkakra, zig'irak, marmarak, mavrak, lolaqizg'aldoq, qisroq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

(perovskaya), ayiqtovon, andiz, geran, jambil, issop, kendir, limon o'ti kabilar o'sadi.

Farg'ona vodiysining mashxur Shoximardon tog'larida O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi" ga kiritilgan va noyob hisoblangan muhim alkaloidlar,glikozidlarga boy bo'lgan sug'uro'ti va hiyol o'simliklari cheklangan maydonlarda uchraydi. Hozirgi vaqtda ularga salbiy ta'sir etayotgan antropogen omillar tufayli ularning tabiiy populyatsiyalari yomon holatga tushib, tiklanish jarayoni susaymoqda. Natijada ularning areallari qisqarib, zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Shularni hisobga olgan holda ular tarqalgan formatsiyalarda melioratsiya ishlarini olib borish va ularning yo'qolib ketishini oldini olish kerak. Ushbu o'simliklarni muhim dorivorligini hisobga olib, ularni madaniylashtirish ishlarini olib borish kerak. Bulardan tashqari vodiyning tog li hududlarida parpi, arelquyruq, dalachoy, bozulbang, mingbarg, o'lmas o'ti kabi foydali o'simliklarning areallari ham kamayib ketmoqda. Ularni asrash va muhofaza qilishimiz zarur.

Vodiyda xilma-xil o' simliklar quyidagi daryolar havzalarida tarqalgan:

Isfara daryosi havzasida 1429, Xodja-Bakirgan daryosi havzasida 1463 tur va Shoximardonsoy havzalarida 1353 tur.

Taxminlarga ko'ra Qizilungur, Qoraungur daryolari havzasida (Farg'ona tog'i) hamda Oloy vodiysida ham 1400-1500 lar atrofida o'simliklar uchraydi. Hisob-kitoblarga ko'ravodiy hududlarida 500 tur atrofida chorva mollari uchun ozuqa bo'ladigan, 400 tur atrofida dorivor, 300 turdan ortiq alkaloidli, 200 turlar atrofida efirmoyli va 500 turdan ortiq asal-shirali va boshqa xomashyobop o'simliklar tarqalgan.

Shoximardon va yordon qishloqlari atrofidlarida O'zbekistonning "Qizil Kitob"iga kiritilgan noyob va kamyob hisoblangan sug'ur o'ti (Adonis chrysocyathus), hiyol(Physochlaina alaica), Turkiston shotarchasi(Fumariola turkestanica), Margarita marmaragi( Salvia margaritae) hamda kam tarqalgan Paulsen va tukli bozulbanglar (Lagochilus paulsenii L. pubescens), Olga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

sorbariyasi (Sorbaria olgae) uchraydi. Vodiyda cheklangan maydonlarda Markaziy Farg'ona choli saqlanib qolgan, bu joylarda ham 120 ming gektar qumliklar, 80000 gektar sho'rxok joylar shuningdek, toqayzorlar saqlanib qolgan. Bu yerlarda hamda Sirdaryo vohasida talaygina turang'ilzorlar, jiydazorlar va yulgunzorlar saqlanib qolgan.

Qumli va barxanli substratlar oq va qora saksavul, cherkez, qandim, qumuzum va quyonsuyak kabi daraxt va butazorlarni uchratamiz. Vodiyning barcha ekosistemalari kabi chol ekosistemasi ham antropogen omillarning salbiy tasiriga uchragan. Hozir bu yerlarda Marg'ilon va Farg'ona ekologik muammolar o'zining mavqei hatarliligi jihatdan birinchi o'rinda turadi.

Malumki, odamzot bioijtimoiy mavjudot bolganligi tufayli uning biologik mohiyati bilan bir qatorda ijtimoiy va ruhiy mohiyatlarini saqlab qolish zarur bolib qoladi.

Ko'rib turganimizdek, bu muammolar tabiiy-ijtimoiy va ruhiy tadrijiy rivojlanishlarga tasir etib, inson salomatligini yomonlashuviga, manaviyatini pasayishiga va imonini susayishiga olib keladi.

Atrof-muhit tirik organizmlarining yashashi uchun normal ekologik parametrlarga ega bo'lgan chegaralar miqyosida ya'ni biosfera chegaralari o'rganiladi. Insonlarning tabiatga ko'rsatayotgan ta'sirlari aytarli katta bo'lmagan taqdirda ushbu muammo iqtisodiy muammolarga kiritilmas edi. Ya'ni tabiat har doim bizga cheksiz xizmat ko'rsatadi deb tushunilar edi. Lekin bugungi kundagi axvol shuni isbotlab turibdiki, tabiat insolarni o'ylamay, haddan tashqari ko'p ko'rsatadigan ta'sirlariga bardosh bera olmas ekan, ya'ni u o'z-o'zini qaytadan tiklab ulgura olmayapti. Demak, tabiatni har bir elementi o'zining ma'lum «sig'im chegarasiga» ega ekan.

Antropogen ta'sir bu chegaradan oshib ketsa, u yemirila boshlar ekan. Masalan: bir vaqtlar gullab yashnab turgan Tigr va Yefrat vodiylari sug'orish sistemasini noto'g'ri tuzilganligi va qishloq xo'jalik ekinlarining ko'p ekilganligi tufayli tuproq erroziyasi va sho'rlanish jarayonlari hisobiga cho'lga aylanib

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

qolgan. Uralsk-Volsk cho'llari xam noto'g'ri chorva boqilishi hisobiga hosil bo'lgandir. Oxirgi vaqtlarda yana shunday ekologik inqirozlardan biri Orol dengizini qurishi hisobiga uning atrofida cho'llarning kengayib, tuproqda tuz miqdorini ortib borishidir. Natijada ichimlik suvining sifati yomonlashib, turli kasallik turlari ortib boryapti. Atrof muhitning tabiy holatini buzilishi darajasi nafaqat antropogen ta'siriga, balki tabiat elementlarining aks ta'sir reaktsiyasi va xossalariga ham bog'liqdir.

Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o'rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo'lgan o'rmonlarning yarmidan ko'pi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropik o'rmonlar vayron bo'lgan, atigi yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi Qizil Kitob yaratilishiga sabab bo'ldi.

O'zbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o'simlik turlarining 10-12 %i muhofaza talab (4148 tur). Eng qimmatli tog' o'rmonlarining maydoni o'nlab marta qisqarib ketgan. To'qaylar va qayir o'rmonlari ko'plab kesib tashlangan. Tabiiy yaylovlarning maydoni 6,5 mln.ga qisqargan.

Tabiatni, shu jumladan uning ajralmas qismi o'simliklar dunyosini muhofaza qilish ayni zamonning eng muhim muammolaridan biriga aylandi. Respublikamizning xilma-xil, foydali turlarga boy, bebaxo o'simliklarini muhofaza qilish bizning muqaddas burchimizga aylanmog'i lozim. Biz faqat foydali hayvon va o'simlik turlarin emas balki, O'zbekiston hududida o'sayotgan har bir turni va yashayotgan hayvon turlarini asrab avaylashimiz va ularni kelgusi avlodlarga hozirgisidan ham a'lo darajada in'om etishimiz kerak.

Xulosa. O'simliklar dunyosi yerdagi hayotning birlamchi manbai hisoblanadi. Ular yiliga 380 mlrd.tonna organik modda hosil qiladi, buning 330 mlrd.tonnasi dengiz va okean o'simliklariga, 40 mlrd.tonnasi o'rmonlarga, 8-10 mlrd. tonnasi o'tloqlarga to'g'ri keladi. O'simliklar er yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. O'simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan karbonat angidrid gazini yutib, kislorod chiqaradi.

ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 1

Farg'ona vodiysida 2000 dan ortiq gulli o'simliklar tarqalgan bo'lib, ular orasida shifobaxsh o'simliklar alohida o'rin egallaydi. Rang-barang flora va o'simliklar qoplamining mavjudligi turlarga boy bo'lgan dorivor o'simliklar o'sishini taqozo etadi. Vodiy hududlarida 276 turdorivor o'simliklar tarqalganbo'lib, ular 309 turkum va 74 oilaga mansub.

Farg'ona vodiysi dorivor o'simliklarining 422 turi (89%) xalq tabobatida va 54 turi(11%) ilmiy tibbiyotda qo'llaniladi.

Farg'ona vodiysining tabiiy o'simliklar qoplamiga tushayotgan antropogen ta'sirotlar miqyosining oshib borishi tufayli bir qancha shifobaxsh turlarning areallari qisqarib, zaxiralari keskin kamayib bormoqda. Ularning ayrimlari muhofazaga va madaniylashtirishga muhtoj bo'lib qolmoqda.

Tog'rayhon, qashqarbeda, limon o'ti, arslonquyruq kabi turlarning autekologiyasi o'rganildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro^yhati.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 12-13 iyun kunlari Farg'ona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va Oltiariq tumanida kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan majlis bayoni (PD - 187).

2. Baratov P. "Tabiatni muhofaza qilish." "O'qituvchi" 1991

3. Madrahimov A. S "Ibn Sino shifobaxsh o'simliklar haqida". Toshkent. Mehnat, 1990.

4. Xamidov G'.X "O'zbekiston foydali o'simliklarini muhofaza etish" Toshkent. "Fan" 1990.

5. Xamidov G', Qoratoyeva Ch Farg'ona vodiysining shifobaxsh o'simliklari va ulardan samarali foydalanishga doir. " Farg'ona vodiysining o'simlik, hayvonot dunyosi va ulardan oqilona foydalanish muammolari", konf. materiallari Andijon. 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.