Научная статья на тему 'SAMARQAND VILOYATI TURIZMI JAHON MAMLAKATLARI ETIROFIDA'

SAMARQAND VILOYATI TURIZMI JAHON MAMLAKATLARI ETIROFIDA Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Samarqand / turizm / yodgorliklar / YUNESKO / iqtisodiyot / sayyohlar / Frederik Bopertyui-Bressand / Mitteran.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Juraqulova Farangiz Turaqul Qizi

Ushbu maqolada Samarqand viloyati turizmi jahon mamlakatlari tomonidan e’tirof etilishi hamda turistik imkoniyatlarining yuqori darajada oshayotganligi haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND VILOYATI TURIZMI JAHON MAMLAKATLARI ETIROFIDA»

SAMARQAND VILOYATI TURIZMI JAHON MAMLAKATLARI ETIROFIDA

Juraqulova Farangiz Turaqul qizi

Nizomiy nomdagi TDPU Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11099224

Annotatsiya. Ushbu maqolada Samarqand viloyati turizmi jahon mamlakatlari tomonidan e 'tirof etilishi hamda turistikimkoniyatlariningyuqori darajada oshayotganligi haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Samarqand, turizm, yodgorliklar,YUNESKO, iqtisodiyot, sayyohlar, Frederik Bopertyui-Bressand , Mitteran.

Samarqand shahri o'zining navqironligi tabiatining musofoligi qolaversa, butun dunyoga ma'lum va mashhur bo'lgan me'moriy yodgorliklari bilan ham dovrug' qozongan desak, mubolag'a bo'lmaydi."The Haffington post" nashri tomonidan Samarqand shahri jahondagi inson o'z umri davomida albatta borib ko'rishi shart bo'lgan 50 ta shaharlardan biri deb e'lon qilinishi, ko'plab xorijiy turistlarni yanada jalb etish imkonini yaratadi.

Mamlakatimizning sayyohlik salohiyati jahonning turizm rivojlangan davlatlaridan kam emas. Ya'ni, bizda borib ko'rish, ziyorat qilish, zavq olish mumkin bo'lgan turistik ob'yektlar ko'p. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimizdan tashqari, mamlakatimizning boshqa istalgan hududida ekologik turizm, agroturizm, ziyorat turizmi, gastronomik turizm va boshqa yo'nalishlarni rivojlantirish imkoniyatlari bor. 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining 22-sammiti va 2023 yilda Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasiga mezbonlik qilish uchun aynan Samarqand shahrining tanlangani bejiz emas. Ming yillar davomida ushbu shahar ilm-fan va ta'lim, savdo va innovatsiyalar markazi bo'lib kelgan. 1993 yilda Samarqandning tarixiy markazi "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritildi.

Mashhur arab sayyohi Ibn Battuta o'zining "Sayohatnoma asarida "Dunyoda Samarqand kabi havosi musaffo, osmoni moviy, zamini ko'm-ko'k, suvi zilol, aholisi go'zal xulqli va xorijdan kelgan insonlarga muhabbat va do'stona munosabat qiladigan jannatmonand shaharni ko'rmadim1", deya ta'rif etadi.Samarqandning turistik obyektlari Yevropa xalqlari doimiy ravishda qiziqtirib kelgan. Mustaqilikka erishgan vaqtimizdan to hozirgi kunga qadar ko'plab xorijiy turistlar O'zbekistonga xususan, Samarqand viloyatiga tashrif buyurganligini ko'rishimiz mumkin.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ham Samarqand turizmni rivojlantirish bo'yicha bir qancha chora tadbirlar ko'rilmoqda. Xususan, yaqinda ochilgan "Buyuk ipak yo'li" majmuasi orqali ham turistlar sonini yakdil oshirishga e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda turizmni rivojlantirish bo'yicha islohotlarimiz, qulay investitsiyaviy muhit yaratish bo'yicha sa'y-harakatlarimiz tufayli Samarqandga kelayotgan xorijiy turistlar soni 2 barobar ko'paydi. Bu marrani yanada yuqori olish uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Xususan, kelgusi yillarda Samarqandga keladigan xorijiy turistlar sonini 1,5 milliondan oshirish bo'yicha choralar

^^BagyraaeB. CaMaprçaHgga 3nëpaT TypH3MHHH pnBO^aHnmga My^aggac ^agaM^o^apHHHr ypHH.// "Y36eKHCTOHHH Ton 10 TypncTHK xygyg^ap KaTopnra KupuTHm HCTHK6oOTapn,6apKapop puBO^aHnm HMKOHHapraapn" MaB3ycngarH xa^apo OH^aHH H^MHH-aMa^HH aH^yMaH MaTepnaraapn TynnaMH.. -Eyxopo 2020. -E.81

ko'rilmoqda2.Samarqand Yevropa xalqlari etirofida bo'lishi Amir Temur davriga ham borib taqaladi. Samarqandga elchi sifatida kelgan Klavixo ham Samarqandni o'zining esdaliklar, Samarqandga sayohat, nomli asarlarida yetarlicha ta'rif berib o'tadi. Samarqand va uning atrofidagi yerlar hayratomuz darajada mo'l-ko'l edi.Mana shunday boyligi tufayli shahar Samarqand, deb ataladi.Uning haqiqiy nomi Semizkent,ya'ni boy shahar demakdir3. Klavixo safari davomida Temuriylar davridagi qurilishlar shiddat bilan yuz berayotganligiga ham guvoh bo'lib quyidagilarni yozib qoldiradi;

Klavixo aytganidek, kechiktirmasdan qayta qurish yo'lga qo'yildi, kechayu kunduz ish davom etdi... "Cherkov endi belgilangan o'n kunlik vaqt ichida to'liq qayta qurilgan edi va bu juda qisqa vaqt ichida qanday qilib ulkan bino qurilishi va qurib bitkazilishi mumkinligi ajablanarli edi4".

Temurshunos, Fransiyadagi Temuriylar tarixi va madaniyatini o'rganuvchilar assotsiatsiyasi prezidenti ,fransuz olimasi, Frederik Bopertyui-Bressand xonim ham Samarqand shahri undagi obidalar bilan juda qiziqib qolgan, hatto u Samarqand fuqorosi bo'lish uning azaliy orzusi ekanligini aytadi. U o'zining faoliyati davomida Samarqandga ko'plab tashrif buyurib turgan.2017-yildagi tashrif davomida fransuz olimasiga Samarqand shahrining faxriy fuqoroligi berilgan.

Yirik siyosatchi va davlat arboblari ham O'zbeksitonning ko'hna shaharlari jumladan,1994-yil Fransiya prezidenti Fransua Mitteranning tashrifi va fikrlarida ham anglash mumkin. Mitteran Fransiya tarixida alohida e'tiborga molik kishidir.Fransua Mitteran O'zbekistonni ko'rish orzusi bo'lgan. O'zbekiston tomonidan uni sayohat qildirgan insonlar keksa Mitteran o'limidan oldin O'zbekistonni bir marta bo'lsa ham borib ko'rishni orzu qilganini ta'kidlaydilar Ayniqsa, Xiva haqidagi "Umrida Samarqandni bir marta ko'rmagan fransuz, fransuz emas" degan quyidagi fikrlari ahamiyatga molik.

Mitteran o'limidan oldin ham O'zbeksitonni ko'rish orzusi bo'lgan.Va bu amalga oshirilgan. Jan-Per Tibodat, «Liberasion» gazetasi, 2004-yil 12-avgust sonida quyidagilarni yozadi. U o'limi yaqin ekanligini bilar edi. Ikki yildan ozroq umri qolgan edi. U Samarqandni ko'rishni xohlardi. Shu sababli respublika prezidentining orzusidagi sayohatni amalga oshirish uchun safar «davlat tashrifi»ga aylantirildi. 1994-yil aprelning oxirlarida Fransua Mitteran O'zbekistonga uchib ketdi. Bu sayohat shohona sayohat bo'ldi.

Samarqandda turizm sohasida olib borilayotgan ishlar, sayyohlar uchun yangi yo'nalishlar, yangi xizmatlar joriy etilganini dunyo mamlakatlariga ma'lum qilish, xorijdagi sayyohlik firma va kompaniyalari bilan hamkorlik o'rnatish ham soha taraqqiyoti uchun muhim omil sanaladi. Shu sababli Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari, viloyat turizmni rivojlantirish departamenti mas'ul xodimlari bilan birgalikda viloyatdagi turistik kompaniyalar vakillari turli mamlakatlarda o'tkazilayotgan xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etmoqda. Jumladan,2019-yili yil Ispaniyada "FITUR-2019", Turkiyadagi "EMITT-2019", Rossiyadagi "MITT-2019", Germaniyadagi "ITB BERLIN-2019", Latviyadagi "Balttour-2019", Birlashgan Arab Amirliklaridagi "Arabian tarvel market" kabi xalqaro turistik ko'rgazmalarida Samarqandning sayyohlik salohiyati va imkoniyatlari haqida taqdimotlar o'tkazildi.

2 Sh.M.Mirziyoyev amarqand shahrida "Buyuk ipak yo'li" xalqaro turizm markazining ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan.23.08.23

3 PX.KraBHxo CaMap^aHgra-AMHp TeMyp Caponnra Caesar KyHga^Hra(1403-1406). -TomKeHT: "Y36eKHCTOH", 2010. -E.199

4 Samarkand Marks 2750th Anniversary. https://www.koreatimes. Murojaar etilgan sana: 28.08.2007

Shuningdek, xorijiy davlatlarning telekanallari ijodkorlari Samarqandga kelib, maxsus ko'rsatuvlar tayyorladi.Bu va bu kabi tadbirlar ham albatta turizm rivoji uchun katta o'zgarish desak, mubolag'a bo'lmaydi. Yana bir e'tborga molik jihat shundaki, 2019-yilda Samarqand Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi (WTCF) a'zoligiga qabul qilindi. Demak, endi Samarqand haqiqatdan ham dunyo turizm shaharlari orasida o'z o'rnini topib, yirik sayyohlik markaziga aylanishi shubhasiz.

Yana bir e'tirofga molik bo'lgan jihatlardan biri bu Samarqandning 2024-yilda "turizm poytaxti" bo'lishi ham turistik imkoniyatlarning yana oshishida muhim ro'l o'ynaydi. Bu va shunga o'xshash tadbirlarning amalga oshishi albatta turistlar soning ortishiga olib, vohalanki bularning barchasi mamalakat iqtisodiyoti rivoji uchun muhim ro'l o'ynaydi.Chunki turizm bu tushunarli holatda aytganimizda iqitisodiyotning asosiy bo'g'inidir.Turizmdan kelayotgan daromat uchun biz deyarli mablag' sarflamaymiz.

Xulosa o'rnida shuni aytar ekanmiz biz iqtisodiyotimizni rivojlantirish uchun avvalo, o'zimizdagi imkoniyatlardan keng tarzda foydalanishimiz zarurdir va har tomonlama qulay hisoblanadi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev amarqand shahrida "Buyuk ipak yo'li" xalqaro turizm markazining ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan.23.08.23

2. Р.Г.Клавихо Самаркандга-Амир Темур Саройига Саёхат кундалиги(1403-1406). -Тошкент: "Узбекистан", 2010. -Б.199

3. Samarkand Marks 2750th Anniversary. https://www.koreatimes. Murojaar etilgan sana: 28.08.2007

4. Т.Эвадуллаев. Самаркандда зиёрат туризмини ривожланишда мукаддас кадамжоларнинг урни.// "Узбекистонни топ 10 туристик худудлар каторига киритиш истикболлари,баркарор ривожланиш имконияртлари" мавзусидаги халкаро онлайн илмий-амалий анжуман материаллари туплами.. -Бухоро 2020. -Б.81

5. Sh. Qulmatov, A. Berdimurodov, Samarqanda yodgorliklari. -Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2017

6. N.Raximova, N.Mansurova, Z.Raximov. Samarqand viloyati turistik salohiyatining tahlili. -Toshkent: "Iqtisod va moliya/ Экономика и финанс" 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.