Научная статья на тему 'SAMARQAND VILOYATI AYRIM TUMANLARI KARTOSHKA AGROTSENOZLARI FITONEMATODALARI'

SAMARQAND VILOYATI AYRIM TUMANLARI KARTOSHKA AGROTSENOZLARI FITONEMATODALARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
fitonematoda / fauna / tur / individ / kartoshka (Solanum tuberosum L.) / agrotsenoz / tarqalishi.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Narziqulova M.F, Eshova X.S, Sadikova S.A

Maqolada Samarqand viloyati ayrim tumanlari kartoshka agrotsenozlari fitonematodalari to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijasida 109 tur fitonematodalar aniqlangan. Viloyatning turli hududlarida kartoshka agrotsenozlari fitonematodalari turlar xilma xilligi va ular individlari soni bilan bir biridan farq qilgan. Tayloq (62 tur) va Samarqand (59 tur) tumanlari kartoshka agrotsenozlari fitonematodalari turlar xilma-xilligi va individlar soni bo‘yicha ustunlik qilgan, Bulung‘ur (52 tur) va Pastdarg‘om (52 tur) tumanlarida esa turlar nisbatan kam kuzatilgan. Bu holat fitonematodalar turining o‘ziga xosligi, oldingi ekin turi va tuproq xususiyatiga bog‘liq holda izohlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND VILOYATI AYRIM TUMANLARI KARTOSHKA AGROTSENOZLARI FITONEMATODALARI»

SAMARQAND VILOYATIAYRIM TUMANLARIKARTOSHKA AGROTSENOZLARI

FITONEMA TODALARI

Narziqulova M.F., Eshova X.S., Sadikova S.A. https://doi.org/10.5281/zenodo.11507376

Annotatsiya. Maqolada Samarqand viloyati ayrim tumanlari kartoshka agrotsenozlari fitonematodalari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijasida 109 tur fitonematodalar aniqlangan. Viloyatning turli hududlarida kartoshka agrotsenozlari fitonematodalari turlar xilma -xilligi va ular individlari soni bilan bir biridan farq qilgan. Tayloq (62 tur) va Samarqand (59 tur) tumanlari kartoshka agrotsenozlari fitonematodalari turlar xilma-xilligi va individlar soni bo'yicha ustunlik qilgan, Bulung'ur (52 tur) va Pastdarg'om (52 tur) tumanlarida esa turlar nisbatan kam kuzatilgan. Bu holat fitonematodalar turining o'ziga xosligi, oldingi ekin turi va tuproq xususiyatiga bog'liq holda izohlangan.

Tayanch so'zlar: fitonematoda, fauna, tur, individ, kartoshka (Solanum tuberosum L.), agrotsenoz, tarqalishi.

Аннотация. В статье представлены сведения о фитонематодах картофельных агроценозов некоторых районов Самаркандской области. В результате исследований выявлено 109 видов фитонематод. В разных районах области фитонематоды агроценозов картофеля отличались друг от друга видовым разнообразием и численностью их особей. По видовому разнообразию и численности особей доминировали фитонематоды картофельных агроценозов Тайлокского (62 вида) и Самаркандского (59 видов) районов, тогда как в Булунгурском (52 вида) и Пастдаргамском (52 вида) видах было относительно мало. Такая ситуация объясняется в зависимости от специфики вида фитонематод, типа предыдущего урожая и характера почвы.

Ключевые слова: фитонематода, фауна, вид, особь, картофель (Solanum tuberosum L.), агроценоз, распространение.

Abstract. The article presents information about phytonematodes of potato agrocenoses in some districts of Samarkand region. As a result of the research, 109 types of phytonematodes were identified. In different regions of the region, phytonematodes of potato agrocenoses differed from each other in the variety of species and the number of their individuals. The phytonematodes of potato agrocenoses of Tayloq (62 species) and Samarkand (59 species) districts dominated in terms of species diversity and number of individuals, while in Bulungur (52 species) and Pastdargham (52 species) species were relatively few. This situation is explained depending on the specificity of the type of phytonematodes, the type of previous crop and the nature of the soil. Key words: phytonematoda, fauna, species, individual, potato (Solanum tuberosum L.), agrocenosis, distribution.

Kirish. Global iqlim o'zgarishlari, tuproq degradatsiyasi, antropogen omillarning tabiatga salbiy ta'siri, ayniqsa, qishloq xo'jaligi ekinlarida zararkunanda va parazitlarning turi ortib, hosildorlikka ta'siri kuchayib borayotganligi dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda. O'simliklarning parazitlaridan biri fitonematodalardir. O'simlik parazit nematodalari ta'siri natijasida qishloq xo'jaligi sohasida madaniy o'simliklarning hosildorligi sezilarli darajada pasayishi kuzatilmoqda. Jahon iqtisodiyotiga o'simlik parazit nematodalarining har yili keltiradigan zarari 77 mlrd. dollarni tashkil etishi aniqlangan [8].

Jahonda bugungi kunda o'simlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha kartoshka bug'doy, makkajo'xori va sholi ekinlari bilan bir qatorda asosiy o'rinni egallaydi. Aholining ehtiyoji va bozor talablaridan kelib chiqib, kartoshka va sabzavot yetishtirish yildan-yilga o'sib bormoqda. Bu borada, O'zbekistonda kartoshka va sabzavot ekinlari maydonlari kengaydi hamda ushbu sohaga ixtisoslashgan yuzlab yangi fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Turli sistematik guruhlarga mansub zararkunandalar va kasalliklar kartoshka ekiniga katta zarar yetkazadi, ular orasida to'garak chuvalchanglar sinfiga mansub nematodalar alohida o'rin egallaydi. Shu sababli kartoshka ekinining zararkunanda va parazitlari, jumladan fitonematodalarini har tomonlama chuqur o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Muammoning o'rganilganlik darajasi. O'zbekistonda kartoshka fitonematodalariga oid ma'lumotlar A T. To'laganov (1968) [5], S.M. Rizaeva (1986) [3], D.T. Sidiqov (1993) [4] larning ishlarida bayon etilgan. Mazkur ilmiy ishlarda kartoshkaning bir yoki bir necha parazit turlarini o'rganishga qaratilgan, shuningdek, kartoshka fitonematodalarini tadqiq qilish borasidagi mavjud ma'lumotlar kartoshka ekinida uchrovchi fitonematoda turlarining hozirgi kundagi holatini batafsil yoritib bera olmaydi. Biroq, O'zbekistonda, xususan Samarqand viloyati sharoitida kartoshka ekinida uchrovchi fitonematodalar faunasining populyasiyasi, ekologiyasi va taksonomiyasini kompleks o'rganishga doir keng ko'lamli tadqiqotlar amalga oshirilmagan. Shuning uchun Samarqand viloyati ayrim tumanlari kartoshka va uning ildiz atrofi tuproqlarida uchrovchi fitonematodalari faunasi va ekologik tarkibi, nematodalarning hududlar bo'yicha tarqalishini tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb topildi.

Tadqiqot materiali va usuli. tadqiqot materiallari 2022-2023 yillar Samarqand viloyati Bulung'ur, Tayloq, Samarqand va Pastdarg'om tumanlari fermer xo'jaliklari va shaxsiy tomorqalaridan yig'ildi. Namunalar marshrut usulda [2] kartoshka (Solanum tuberosum L.), agrotsenozlaridan olindi. Jami 480 ta o'simlik va tuproq namunalari yig'ildi. Namunalardan nematodalar Bermanning voronkali metodi yordamida ajratib olindi va preparatlar tayyorlandi [2]. Nematodalarning tur tarkibini aniqlash umumiy qabul qilingan usul bo'yicha amalga oshirildi. Nematodalarning tur tarkibini aniqlashda BX53, "OLYMPUS", SC-180 (Yaponiya, 2018) yorug'lik manbali mikroskop yordamida o'rganildi.

Kartoshka o'simligining nematoda faunasi turlar boyligini hisoblash uchun esa Margalef indeksidan foydalanildi: DMg=(S-1)/lnN

bunda, S-aniqlangan turlar soni, N-barcha aniqlangan turlar individlari soni, ln-natural logarifm. Bunda qaysi hudud yoki o'simlikda indeks kattaroq ko'rsatkichga ega bo'lsa, ushbu biotop turlari xilma-xilroq deb xulosa qilinadi [1].

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Samarqand viloyati kartoshka va uning ildiz atrofi tuprog'i fitonematodalarini kompleks tadqiq qilish natijasida 2 ta (Adenophorea, Secernentea) kenja sinf, 6 ta (Chromadorida, Mononchida, Dorylaimida, Rhabditida, Aphelenchida, Tylenchida) turkum, 31 ta oila, 50 avlodga mansub 109 tur aniqlandi. Aniqlangan fitonematoda turkumlaridan Rhabditida turkumi vakillari yetakchi o'rinni egallab (36 tur), jami aniqlangan turlarning 33,0% ni tashkil etadi. Keyingi o'rinlarni Tylenchida (25; 22,9%), Aphelenchida (23; 21,1%) va Dorylaimida (12; 11,0%) egallaydi. Chromadorida (7; 6,4%) va Mononchida (6; 5,5%) turkumlari vakillari eng kam sonda uchradi.

Fitonematodalar miqdoriy va sifat tarkibi ekinlarning yetishtirish tabiati, fitonematodalar turining o'ziga xosligi, tuproq xususiyati, o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi va atrof-

muhitning o'zgarishiga bog'liq [6, 7, 9]. Bizning tadqiqot natijalarimizga ko'ra, har bir hudud nematodalari faunasi ma'lum bir guruhi bilan ajralib turishi aniqlandi. Turlarning maksimal soni Tayloq va Samarqand tumanlarida (62/59 tur) kuzatildi, bu hududlarda tipik bo'z tuproqlar tarqalgan. Tayloq tumanida oldingi ekin kartoshka, Samarqand tumanida oldingi ekin sabzavotlar bo'lgan. Pastdarg'om (oldingi ekin g'o'za) va Bulung'ur tumanlarida (52/52 tur) (oldin palakli ekinlar bo'lgan) kam turlar qayd etildi, birinchi hududda tipik bo'z tuproqlar (quruq), ikkinchi hududda och bo'z tuproqlar tarqalgan.

Nematodalar faunasi Margelyef indeksi bo'yicha solishtirilganda turlar xilma-xilligi boyligi bilan Pastdarg'om tumani kartoshka ekini qolgan tumanlardagi kartoshkadan ajralib turdi (DMg =4.1). Ushbu tumandagi kartoshkada turlarning xilma-xilligi asosan ildiz atrofi tuproqlarda kuzatilgan bo'lib, bu hududda oldin g'o'za ekini ekilganligi bilan bog'liq. Xilma-xillik indeksi Tayloq tumanida (DMg =3.6) o'rtacha bo'lsa, Samarqand va Bulung'ur tumanlaridagi kartoshkada deyarli bir xil darajada ekanligi (DMg = 2.5-2.6 oralig'ida) ma'lum bo'ldi.

Tadqiqotlar natijasida aniqlangan 109 tur nematodalarning 18 turi umumiy turlar hisoblanib, to'rtta viloyatda kartoshka ekinida ham uchrashi qayd etildi. Samarqand tumanida Eudorylaimus ettersbergensis, Acrobeloides labiatus, Panagrolaimus longicaudatus, Mesorhabditis monhystera, Paraphelenchus pseudoparietinus, Merlinius quadrifer, Psilenchus clavicaudatus, Helicotylenchus erythrinae, Deladenus obesus nematoda turlari qayd etilib, boshqa hududlarda uchramagan bo'lsa, Mesodorylaimus bastian, Tylencholaimus minimus, Eudorylaimus pratensis, E. paracornutus, Ch. bicaudatus, Aphelenchus solani, Aphelenchoides composticola, Seinura citri, Helicotylenchus dihystera, H.pseudorabustus, Paratylenchus macrophalus, Ditylenchus myceliophagus nematoda turlarining Tayloq tumanida uchrashi aniqlandi. Pastdorg'om tumanida Anaplectus granulosus, Tobrilus kirjanovae, Alaimus primitivus, Mesodorylaimus clavicaudatus, Neotylenchus obulbosus, Ditylenchus tulaganovi, Nothotylenchus acris, N.thornei nematoda turlari, Bulung'ur tumanida esa Eudorylaimus muchabbatae, E. labiatus, Aporcelaimellus obtusicaudatus, Xiphinema index, Chiloplacus sclerovaginatus, Cervidelus vexiliger, Mesorhabditis irregularis, Aphelenchus paramonovi, Ektaphelenchus tenuidens, Bursaphelenchus talonus, Aphelenchoides cyrtus, A. trivialis, A. hylophilus, A. sexlineatus, Megadorus megadorus Meloidogyne arenaria nematoda turlarining uchrashi aniqlandi.

Hudud uchun fitonematodalarning umumiy turlari (18 tur) va har bir hudud uchun o'ziga xos bo'lgan turlar guruhi qayd etildi. Bu holat fitonematodalar turining o'ziga xosligi, oldingi ekin turi va tuproq xususiyatiga bog'liq holda izohlanadi.

Xulosa. 1. Samarqand viloyati ayrim tumanlarida kartoshka agrotsenozlarida 109 tur fitonematodalar aniqlandi. Aniqlangan nematodalar ikkita kenja sinf (Adenophorea, Secernentea), 6 turkum (Dorylaimida, Chromadorida, Mononchida, Rhabditida, Aphelenchida, Tylenchida), 31 oila va 50 avlodga mansub.

2. O'rganilgan hududlarda kartoshka agrotsenozlari fitonematodalari turlar xilma - xilligi va ular individlari soni bilan bir biridan farq qiladi. Tayloq (62 tur) va Samarqand (59 tur) tumanlari kartoshka agrotsenozlarida fitonematodalar faunasi turlar xilma-xilligi va individlar soni bo'yicha ustunlik qildi, Bulung'ur (52 tur) va Pastdarg'om (52 tur) tumanlarida esa turlar nisbatan kam kuzatildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Дунаев Е.А. Методы эколого-энтомологических исследований // М. МосгорСЮН, 1997. - 44 с.

2. Кирьянова Е.С., Кралль Э.Л. Паразитические нематоды растений и меры борьбы с ними. - Ленинград: Наука, 1969. Т. 1. - 441 с.

3. Ризаева С.М. Нематоды основных овощных культур и картофеля Северовосточной зоны Узбекистана. Автореф. дисс. на соис. уч. степ. канд. биол. наук. Тошкент, 1984. 15 с.

4. Сидик;ов Ж.Т. Фитонематоды семейств Heteroderidae и Meloidogynidae различных ландшафтов Узбекистана и сопредельных районов (систематика, биология, экология и меры борьбы). Автореф. дисс. на соис. уч. степ. канд. биол. наук. Тошкент, 1993. 15 с.

5. Тулаганов А.Т. Гельминты растений Узбекистана и борьба с ними. - Ташкент: Фан, 1968, № 2, - С. 127-201.

6. Шестеперов А.А. Вертикальное распределение нематод в дерново-подзолистой среднесуглинистой почве на посевах красного клевера // Бюлл. ВИГИС. - М., 2011. - Вып. 26. - С. 99-105.

7. Эшова Х.С., Жуманиёзова Д.К., Саидова Ш.О. Вертикальное распределение и сезонная динамика фитонематод хлопкового агроценоза в Бекабадском районе Ташкентской области // Научное обозрение. Биологические науки Россия, 2019. - №4. - С. 50-55.

8. Juan E. Palomares-Rius, Escobar C., Cabrera J., Vovlas А. and Castillo Р. Anatomical alterations in plant tissues induced by plant-parasitic nematodes // Frontiers in plant science. -2017. V. 8. - Р. 1-16.

9. Perry R.N., Moens MM. // Plant Nematology.Cabi. London UK. 2006. - 440 p.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.