Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI (JANUBIY TUMANLAR MISOLIDA) POLIZ EKINLARIDA KASALLIK KELTIRIB CHIQARUVCHI PARAZIT NEMATODALARGA QARSHI PROFILAKTIK VA AGROTEXNIK KURASH CHORALARI'

SURXONDARYO VILOYATI (JANUBIY TUMANLAR MISOLIDA) POLIZ EKINLARIDA KASALLIK KELTIRIB CHIQARUVCHI PARAZIT NEMATODALARGA QARSHI PROFILAKTIK VA AGROTEXNIK KURASH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
77
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nematoda / taksonomiya / qovun / tarvuz / parazit / poliz ekinlar / qarshi kurash.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Mamanazarova Maqsuda O’Razaliyevna

Qishloq xo‘jalik ekinlarini nematodalardan himoya qilishda turli xil qarshi kurash metodlari va vositalardan foydalaniladi.Qarshi kurashda nematodalarning turlar tarkibini aniqlash ularning biologiyasini, ekologiyasini va boshqa ko‘pgina o‘ziga xos xususiyatlarini bilish katta ahamiyatga ega

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI (JANUBIY TUMANLAR MISOLIDA) POLIZ EKINLARIDA KASALLIK KELTIRIB CHIQARUVCHI PARAZIT NEMATODALARGA QARSHI PROFILAKTIK VA AGROTEXNIK KURASH CHORALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SURXONDARYO VILOYATI (JANUBIY TUMANLAR MISOLIDA) POLIZ EKINLARIDA KASALLIK KELTIRIB CHIQARUVCHI PARAZIT NEMATODALARGA QARSHI PROFILAKTIK VA AGROTEXNIK KURASH

CHORALARI Mamanazarova Maqsuda O'razaliyevna Termiz agrotexnologiyalari va innovatsion rivojlanish instituti assistenti e-mail:mamanazarovamaqsuda071@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.8000972 Annotatsiya. Qishloq xo'jalik ekinlarini nematodalardan himoya qilishda turli xil qarshi kurash metodlari va vositalardan foydalaniladi.Qarshi kurashda nematodalarning turlar tarkibini aniqlash ularning biologiyasini, ekologiyasini va boshqa ko'pgina o'ziga xos xususiyatlarini bilish katta ahamiyatga ega

Kalit so'zlar: Nematoda, taksonomiya, qovun, tarvuz, parazit,poliz ekinlar, qarshi

kurash.

Dunyoda aholi sonining ortishi sifatli oziq-ozqat mahsulotlariga bo'lgan talabning ham ortishiga olib keladi Aholini oziq ovqatga bo'lgan talabini qondirishda turli xildagi sabzavot, poliz ekinlar va mevali o'simliklardan foydalaniladi.

Poliz ekinlar dunyoning ko'plab mamlakatlarida jumladan- Xitoy, Turkiya, Hindiston, AQSh, Eron, Misr, Ispaniya, Ukraina, Bolgariya va O'rta Osiyo davlatlarida ko'plab yetishtiriladi [6. 221 b]. Poliz ekinlari respublikamizning barcha viloyat, tumanlari fermer xo'jaliklarida va aholining shaxsiy tomorqalarida yetishtiriladi. Respiblikamizda har yili o'rtacha 60 ming gektardan ortiq maydonga poliz ekilib shundan 60-65% ini tarvuz, 35-38% ini qovun egallaydi [3. 8-9 b]. Bu ekinlarning mevalari etining mayin, sersuv, shirin tamli bo'lishi bilan bir qatorda tarkibida inson organizmi uchun foydali bo'lgan moddalardan saxaroza glyukoza fruktoza vitaminlar va organik kislotalar uchraydi. Ammo bu ekinlarda turli xil zararkunandalar ko'p miqdorda uchraydi va katta zarar keltiradi. Bunday zararkunandalardan biri parazit nematodalardir bugungi kunda deyarli barcha o'simlik turlarini 2000 turdan ko'proq parazit nematodalar zararlaydi va har yili dunyo o'simliklarining hosildorligini 10% gacha nobud bo'lishiga olib keladi. Fitogelmentlar ta'sirida qishloq xo'jalik ekinlari sabzavot-poliz, texnik va mevali daraxtlarning hosildorligini o'rtacha 6-25% gacha Ayrim hollarda hosildorlikning 70-95%gacha kamayishi aniqlangan [5. 3 b]. Ular orasida Meloidogyne avlodiga mansub ildiz bo'rtma nematodalar juda keng tarqalgan o'simliklarga juda jiddiy zarar yetkazadi. O'simlikning yer ustki organlarini o'sishdan qolishi natijasida bo'yining past bo'lishi, barglarining sarg'ayishi, hosilining ayrim joylarda kam bo'lishi yoki hosilning umuman bo'lmasli, o'simlikning vegetatsiya davri tugamay nobud bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun bu o'simliklarning parazit nematodalar bilan zararlanishning oldini olish va zararkunandalarga qarshi olib boriladigan kurash ilmiy asoslab iqtisodiy tejamkor va atrof muhitga kam zaharli usul va vositalar majmuini ishlab chiqish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Tadqiqotning maqsadi: Poliz ekinlaridagi parazit nematodalarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish

Tadqiqot metodlari: Umum qabul qilingan bo'rtma nematodalarni aniqlashda anal-vulvar plastinka tayyorlash hamda fitogelmentologiyada keng qo'llaniladigan Mashrut, Berman, Saynxors metodlaridan foydalanildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Olingan natijalar va ularning yangiligi: Olib borilgan tadqiqotlar davomida Surxondaryo viloyati poliz ekinlarida uchrovchi parazit nematodalarning 30 turi o'rganildi va ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqildi..

Amaliy ahamiyati: Surxondaryo viloyati iqlim sharoitida poliz ekinlarida uchrovchi parazit nematodalar o'simliklarga ta'sir ko'rsatib hosildorlikning pasayishiga, kuchli zararlansa o'simlikning nobud bo'lishigacha olib keladi. Bu borada kamchiliklarni bartaraf etish uchun dastlab, qishloq xo'jaligi ekinlariga talofat yetkazayotgan parazit nematodalarni tur tarkibi, ekologiyasi, zarar yetkazish darajalarini hamda tabiiy boshqarish qonuniyatlarini ochish va shu asosida ularga qarshi kurashda amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ushbu amaliy tavsiyalardan qishloq xo'jaligida foydalaniladi.

Tadbiq etish darajasi: Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan takliflar qishloq xo'jaligida foydalanish mumkin. Hamda oliy o'quv yurtlarida o'qitish jarayonida foydalanish mumkin.

Qo'llanilish sohasi: Oliy o'quv yurtlari va qishloq xo'jaliklari.

Qishloq xo'jalik ekinlarini nematodalardan himoya qilishda turli xil qarshi kurash metodlari va vositalardan foydalaniladi.Qarshi kurashda nematodalarning turlar tarkibini aniqlash ularning biologiyasini, ekologiyasini va boshqa ko'pgina o'ziga xos xususiyatlarini bilish katta ahamiyatga ega. Parazit nematodalarga qarshi kurashda quyidagi metodlardan foydalaniladi

Profilaktik qarshi kurash Profilaktik chora tadbirlar o'simliklarning nematodalar bilan zaralanishining oldini olishda oddiy samarali iqtisodiy arzon usul hisoblanadi. Bu kurash gelmentoz kasalliklarning kelib chiqish manbalari, sabablari asosida ishlab chiqiladi. Parazit nematodalarning ko'pgina turlari urug', don va ko'chatlarda saqlanib qoladi ekish orqali yoki boshqa joyga ko'chirish orqali keng tarqaladi. Nematodalarning keng tarqalishini oldini olish uchun ekiladigan urug'larni nematodalar bilan zararlanmagan maydonlaridan olish, zararlangan urug' va ko'chatlarni ekishdan oldin zararsizlantirish yoki umuman ekmaslik lozim. Imkoni boricha sog'lom ko'chat va urug'lardan foydalanish kerak.

Parazit nematodalar bilan zararlangan maydonlarda ishlov berilganda poyafzallarni tozalash, qishloq xo'jalik asboblarini tozalash sog'lom zararlanmagan maydonlarga parazit nematodalar tarqalishining oldini olishda muhim hisoblanadi.

Poliz ekinlarida olib borilgan tadqiqotlar davomida shu narsa ma'lum bo'ldiki, aniqlangan parazit nematodalar orasida Meloidogyne avlodiga mansub

Ildiz bo'rtma nematodasiga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etish uchun dastavval parazitning biologiyasi, tarqalishi, manbalari, shuningdek, tadqiqot olib borilayotgan o'simliklarning boshqa barcha zararkunanda va kasalliklarini hisobga olish zarur. Bu o'z navbatida olib borilayotgan qarshi kurash tadbirlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga olib keladi.

Bo'rtma nematodasi topilgan hududlarga yaqin joydagi xo'jaliklar ekin maydonlarining bu tekinxo'r bilan zararlanganligini bildiruvchi, zararlanish darajasi va tarqalish xaritasi to'g'risida ma'lumotlarni beradigan tekshiruvni o'tkazish zarur.

Ekin maydonlar o'simliklardan toza bo'lganidan keyin sistemali ravishda tekshiruvdan o'tkazilib, agar nematoda bo'lsa zararlantirish tadbirlarini olib borish talab etiladi. Kanallar va ariqlar yoqalariga bo'rtma nematodasi bilan zararlanmaydigan daraxtlar tur va navlarini ekish maqsadga muvofiq.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Ekin maydonlari atrofida o'sadigan yovvoyi va begona o'simliklarni doimiy ravishda yo'qotib turish kerak.Chunki bu o'simliklar bo'rtma nematodasi bilan kuchli zararlanadi. Bo'rtma nematodasi topilgan dalalarda ishlatiladigan mashinalarning shinalari va boshqa ishchi organlari, shuningdek, mehnat qurollari sog'lom dalalarda ishlatilishidan oldin maxsus ajratilgan joylarda yopishgan tuproqdan yuvib tozalanadi va 5 % li formalin, 30 % li osh tuzi, 2 % li karbotion eritmasi va kir yuvish sodasi yoki ammiak selitrasining suvdagi eritmasi bilan zararsizlantiriladi.

Agrotexnik tadbirlar Nematodalarga qarshi agrotexnik tadbirlariga almashlab ekish, o'g'itlash, tuproqqa ishlov berish, o'simliklarni ekish va o'z vaqtida yig'ib terib olish kabi bir qator agrotexnik tadbirlarni bajarish kuzda tutiladi.

Almashlab ekish samarali usullardan hisoblanadi. O'simliklarning kasallikka chidamli va chidamsiz navlarini almashlab ekish maqsadga muvofiq sanaladi. Parazit nematodalarga qarshi almashlab ekishda eng samara beruvchi o'simliklarga javdar, kuzgi va bahorgi bug'doy, suli, arpa, tariq, burchoq-suli aralashmasi, dukkakli-donli, qand lavlagi, va ko'p yillik o'tlar kiradi.

Kam zararlanuvchilarga sabzavotlardan masalan piyoz, sarimsoq piyoz, sholg'om, karam, shivit va boshqa o'simliklar kiradi. Bu o'simliklarnibo'rtma nematodasi bilan zararlangan tuproqlarda ham yetishtirish mumkin. Parazit nematodalarga qarshi almashlab ekishda kasallikka chidamli o'simliklar tuproqning zararlanish darajasiga qarab 1-3 yilgacha, ba'zida esa undan ham ko'proq muddatga ekiladi. Bunday almashlab ekishda oraliq ekinlarni bo'rtma nematodalarning turlar tarkibidan kelib chiqqan holda tanlash lozim [4. 151 b].

O'gitlash. Mineral o'g'itlardan foydalanish ularning hosildorligini oshiradi o'sishini yaxshilaydi nematodalarga qarshi kurashda chidamliligini oshiradi. Amiakli o'g'itlar ba'zi bir nematodalar bilan zararlangan o'simliklarni zararsizlantirishda samarali natija beradi.

Asosiy o'g'itlardan azotli, fosforli, kaliyli o'g'itlar kartoshka yetishtirilgandan so'ng tuproqqa solinsa bu tuproqni fitonematodalardan zararsizlantirishga yordam beradi. O'g'itlar orasida ammiakli o'g'itlar tuproqdagi parazit nematodalarning zararlash darajasini kamaytirishda samarali natija beradi [4. 151-152 b].

Ayniqsa kaliyli o'g'itlarni qo'llash natijasida bo'rtma nematodalar bilan zararlangan ekin maydonlaridan yuqori hosil olish mumkin. Bundan tashqari o'g'itlarni ortiqcha miqdorda berilishi nematodalar bilan zararlanish darajasini kamaytirishga xizmat qiladi [4. 151c].

Organik o'g'itlar ham nematodalar populyatsiyasiga turlicha ta'sir ko'rsatadi, hattoki organik o'g'itlardan foydalanganda kartoshka fitonematodasi populyatsiyasining ortishi yoki kamayishi haqida ma'lumotlar mavjud. Organik o'g'itlar solish tuproqning fizikaviy xossasini yaxshilab o'simlikning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi shu bilan bir qatorda nematodalarning sonini ortishiga ham olib keladi. Boshqa bir toman organik o'g'itlarning yerga solinishi natijasida fitogelmentlatning tuproqdagi dushmanlarini sonining ortishiga olib keladi, va yirtqich fitonematodalar hamda zamburug'lar ta'sirining kuchayishi bir vaqtning o'zida sodir bo'ladi.

Organik va mineral o'g'itlarning mikroelementlar bilan birgalikda yerga solinishi o'simliklarning fitogelmentozlarga bo'lgan chidamliligini oshiribgina qolmay ularning o'sishi va rivojlanishiga hamda fitogelmentozlar keltiradigan zararning kamayishiga yordam beradi.

Begona o'tlarga qarshi kurash. Begona o'tlar agrotsenoz uchun eng xavfli bo'lib ular o'z ildizi organlari, ildizi atrofidgi tuproqda nematodalar saqlaydi va qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Shuning uchun ularni turli yo'llar bilan yo'q qilish fitogelmentlarga qarshi olib boriladigan tadbirlarning samaradorligini oshiradi. Begona o'tlar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

fitogelmentlarning rezervanti hisoblanib, tabiiy o'choqlarida parazitlar populyatsiyasining saqlanishiga va ular sonining ko'payishiga yordam beradi.

Almashllab ekish sistemasida asosiy e'tibor nematodalarning xo'jayinlari hisoblangan begona o'tlarning yo'q qilinishiga qaratilgan. Bo'rtma, poya nematodalari va boshqa parazit nematodalarga qarshi kurashda agrotsenozdagi begona o'tlar yo'q qilinmas ekan, boshqa olib bopriladigan tadbirlarning sifat va samarasi bo'lmaydi.

Tuproqqa ishlov berish. Tuproqqa mexanik ishlov berish, tuproqdagi namlik miqdorining hamda haroratning o'zgarishiga olib keladi va bu fitogelmentlar populyatsiyasini kamaytiradi. Yerni erta shudgorlash ham tuproqdagi fitogelmentlar sonining sezilarli darajada kamyishiga olib keladi. Natijada erta shudgorlash boronalash, kultivatsiya qilish va ishlov berishning boshqa usullarini qo'llash nematodalaning sonini kamayishiga olib keladi.Bundan tashqari tuproqni erta shudgorlash yig'im terimdan keyin qolib ketgan o'simlik qoldiqlarining chirishini tezlashtiradi va bu tuproqning fitoparazitlardan tozalanishiga yordam beradi.

Ekinlarni ekish va hosilni yig'ib olish muddatlari. Fitogelmentlarga kompleks qarshi kurashda o'simliklar tuproqqa erta ekish va pishgan hosilni o'z vaqtida yig'ib olishga e'tibor qaratish kerak. Hosil yig'ishtirib olingandan keyin o'simlikning kasallangan ildizlarini terib olib, yoqib yuborish tuproqda bo'rtma nematodasi sonining kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga viloyatning o'rta va o'ta issiq iqlim sharoitini hisobga olib, ertachi ekinlarni yig'ishtirib olgandan so'ng yerni chuqur (50-60 sm) shudgor qilib, 1-2 hafta davomida sug'orilmay qoldirish, quyosh ta'sirida fitogelmintlarni nobud bo'lishiga erishiladi.

Sug'orish tadbiriga rioya qilgan holda oldin zararlanmagan maydonlar suvlanib, keyin esa zararlanganlarini sug'orish zarur. Barcha tadbirlarni ekinlarning ildiz sistemasining o'sishiga qaratish kerak. Kultivatsiya, chopiq, o'toq qilish, o'g'itlash, organik o'g'itlardan-go'ng, o'simlik qoldiqlari, kompost kabilarni solish orqali o'simlikning chidamliligini oshirishga, yaxshi o'stirishga hamda hosildorlikni oshirishga erishish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2020 yil 18 martdagi PQ-4643 son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2004-yil 29- martdagi 148 son "O'simliklarni himoya qilish tuzilmasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

3. Филипьев И. Н Свободноживущие морские нематоды окрестностей Севастополя // Тр. Особей, зоол. Лаб. и Севастополь, биол. Ст Российской, АН- М. 1918 1921 350с

4. Хуррамов.Ш.Х. Эшназаров.К.Э, Хуррамов А.Ш. Фитогельминтология (Укув кулланма) // -Термиз, -2021. "Surxon-Nashr",178б. 151-152б.

5. Хуррамов Ш.Х. О природной очаговости паразитических нематод растений южного Узбекистана //.Матер.IX конф,Укр.Об-ва паразитол.Киев, "Наука Думка " 1980 ч.5.с.103-104

6. Salah. E.,. Rachid.L, Badr.H, Azzam. S. Diversity and distribution of plant-parasitic nematodes assocated with watermelon, in northwest Morocco. 2021 j.Phytopathology and Plant Protection In press 65; 5-6p

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.