Научная статья на тему 'O‘RIK YETISHTIRISHNING VILOYAT MISOLIDA RAQAMLARDAGI TAHLILI'

O‘RIK YETISHTIRISHNING VILOYAT MISOLIDA RAQAMLARDAGI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

167
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‟rik / ekish maydonlari / tup soni.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Alisher Botirov, Mardon Isoqov

Oʻrik Oʻzbekistonda ertapishar va shirin taʼmga ega muhim isteʼmol qilinadigan danakli mevalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Samarqand viloyatida yetishtiriladigan o„riklarning asosiy ekin maydonlari va ekilib kelinayotgan navlari haqida so„z yuritiladi. Ushbu maqolada Samarqand viloyati statistik ma'lumotlaridan foydalanilgan. Kuzatilgan ma‟lumotlar natijalari shuni ko‟rsatdiki, o„rik ekiladigan maydonlarda deyarli quyidagi navlari, ya'ni "Mayskiy", "Berton", "Vengerka" va "Ispolenskiy" navlari ekilishi kuzatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘RIK YETISHTIRISHNING VILOYAT MISOLIDA RAQAMLARDAGI TAHLILI»

O'RIK YETISHTIRISHNING VILOYAT MISOLIDA RAQAMLARDAGI

TAHLILI

Alisher Botirov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali

Mardon Isoqov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti talabasi

ANNOTATSIYA

O'rik O'zbekistonda ertapishar va shirin ta'mga ega muhim iste'mol qilinadigan danakli mevalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Samarqand viloyatida yetishtiriladigan o'riklarning asosiy ekin maydonlari va ekilib kelinayotgan navlari haqida so'z yuritiladi. Ushbu maqolada Samarqand viloyati statistik ma'lumotlaridan foydalanilgan. Kuzatilgan ma'lumotlar natijalari shuni ko'rsatdiki, o'rik ekiladigan maydonlarda deyarli quyidagi navlari, ya'ni "Mayskiy", "Berton", "Vengerka" va "Ispolenskiy" navlari ekilishi kuzatildi.

Kalit so'zlar: o'rik, ekish maydonlari, tup soni.

KIRISH

O'rik danakli meva guruppasi o'rik turi, Rosacaeae oilasining Armenica Mill avlodiga kiradi. O'rik ko'chati o'tkazilgandan keyin 3-4 yilda hosilga kiradi. O'rtacha 50-70 yil yashaydi. Yangi pishgan o'rik mevasi tarkibida 8.4-19 % gacha shakar 0.3-1.7% gacha turli kislotalar 0.1-1.6 % gacha pektin, bundan tashqari A va C vitaminlari uchraydi. Uni turshagida esa 80 % va undan yuqori miqdorda shakar bo'ladi. Shuningdek O'rta Osiyoda yetishtiriladigan o'riklarning mag'zi shirin bo'lib, bodom mag'zi kabi iste'mol qilinadi, bozorlarda iste'mol uchun (sho'rdanak) sotiladi. O'rik danagi tarkibida 40-58% gacha miqdorida moy va 28% oqsil bo'ladi. O'rikning achchiq bo'lgan danaklari mag'zidan amigdalin moddasi mavjud bo'lib u texnik va oziq-ovqat sanoati uchun ishlatiladigan moy olinadi [1]. Mamlakatimizda o'rik yetishtirlishi bo'yicha mevalar orasida uzum va olmadan keyingi 3-o'rinda turadi [2]. Bog'dorchilik maydonlari yildan yilga oshib borib 2021 yilda 342.5 ming gektarni tashkil qilmoqda. Shundan meva va rezavor meva maydoning 42.0 ming gektari Samarqand viloyati hissasiga to'g'ri keladi [2, 3, 4, 5].

FOYDALANILGAN MATERIALLAR VA USULLAR

Samarqand viloyatida o'rikning umumiy maydoni 177 ga bo'lib, eng ko'p ekilgan o'rik navlari "Berton" va "Mayskiy",

March, 2023

123

shuningdek, "Vengerka" hisoblanadi. Qolaversa, Jomboy tumanidagi o'rik plantatsiyalari viloyatda birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Paxtachi tumani ekin maydonlari bo'yicha keyingi o'rinlarda turadi.

Ushbu tadqiqot ishining maqsadi o'rikning o'tgan yillar va yetishtirilayotgan navlari, o'simliklarning hosildorligi va yetishtirish bo'yicha statistik ma'lumotlarini tahlil qilishdan iborat.

1-jadval.

Samarqand viloyatida asosan yetishtiriladigan o'rik navlari tumanlar misolida 2021 yil.

T/r Samarqand tumanlari Navlar

Smetelna Mayskiy

1 Bulung'ur

Vengerka Berton

2 Oqdarya Berton

3 Pastdarg'om Berton

Maldovanka

4 Tayloq Ispolenskiy

Vengerka Askanex

5 Qo'shrabod

Berton

Ushbu tadqiqotda Samarqand viloyati Samarqand statistik tashkilotining o'rik statistik ma'lumotlari tahlil qilindi. Barcha ma'lumotlar statistik modelning dinamik usulida tahlil qilindi. Jadvallar va rasmlar Microsoft Excel bilan tasvirlangan.

OLINGAN NATIJALAR

Samarqand viloyatida 2021-yilda yetishtirilgan o'rik navlari va ular qaysi tumanlarda yetishtirilganligi bo'yicha ma'lumotlar berilgan (1-jadval). Jadval ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki

March, 2023

124

o'rikning Berton navi viloyatning Bulung'ur, Oqdaryo, Pastdarg'om va Qo'shrabod tumanlarida yetishtiriladi. Vengerka navi esa Bulung'ur va tayloq tumanlarida.

a 50000

n

o d 40000

in o 30000

s

r

la 20000

H

a r a 10000

p

0

39600

15253

11046

8640

2400 I I

1500

Jomboy Paxtachi Kushrabot Nurabod

Samarkand regions

Bulungur Pastdargom

1-rasm. 2021-yilda Samarqand viloyati tumanlaridagi o'rik daraxtlari soni.

Jomboy tumani boshqa tumanlarga nisbatan 39600 dona o'rik daraxti mavjudligi bilan boshqa tumanlarga nisbatan oldingi o'rinlarda turadi (1-rasm). Eng oxirgi o'rinlarda esa Pastdarg'om tumani 1500 dona o'rik daraxti bilan ajralib turadi.

2021-yilda eng ko'p o'rik Paxtachai tumanida ekilgan bo'lib jami o'rik maydonini 41% ini tashkil qiladi (2-rasm). O'z navbatida Nurobod tumanida ekilgan o'rik maydoni jamiga nisbatan 20% ni, Qo'shrabod tumani 19% ni, Jomboy tumani 12 % ni va boshq. Tashkil qiladi.

2-rasm. 2021-yilda Samarqand viloyati tumanlaridagi o'rik ekilgan

maydonlar.

March, 2023

125

ISSN: 2181-1385

ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

2022-yil uchun o'rik hosildorligi prognozi bo'yicha Kattaqo'rg'on tumani oldingiz o'rinlarda turibdi (3-rasm). Undan keyin o'z navbatida Qo'shrabod, Jomboy, Ishtixon, Oqdaryo va Tayloq tumanlarini ko'rishimiz mumkin. Eng oxirgi o'rinlarda esa Narpay, Paxtachi va Nurobod tumanlarini ko'rishimiz mumkin.

a

1=

«

E s

US

S3 «

« == «

in

NARPAY PAXTACHI NUROBOD SAMARKAND BULUNGUR PASTDARGOM URGUT TAYLOK AKDARYA ISHTIHAN JAMBAY KUSHRABOT KATTAKURGAN

□ 174 □309,6

320

.576

_6M.

720,8

955,8

1656

2237,9

2981,499915

3229

4842

523!

1000 2000 3000 4000 Hosildorlik, t/ga

5000

6000

3-rasm. Samarqand viloyatlari uchun 2022 yil uchun o'rik hosildorligini prognoz qilish.

XULOSA

Samarqandda eng ko'p yetishtiriladigan o'rik navlari "Mayskiy", "Berton", "Vengerka" va "Ispolenskiy" navlari hisoblanadi. Jomboy tumanida 39600 dona o'rik ko'chatlari ekilgan bo'lib bu viloyat miqyosida ilg'or tuman sifatida qarashimiz mumkin. 2021-yilda Kattaqo'rg'on tumani 5231 tonna mahsulot yetishtirish bilan boshqa tumanlarga nisbatan yetakchi o'rindaligi qayd etildi. Paxtachi tumanida esa 2021-yilda jami jami o'rik maydoniga nisbatan o'rik maydoni boshqa tumanlarga qaraganda 41 foizi ekin maydonini tashkil qilmoqda.

Yuqoridagi umumlashtirilgan xulosalar o'rik maydonlari va ishlab chiqarishlari tumandan tumanga farq qilishi aniqlandi, shuning uchun biz o'rik yetishtirish barqarorligiga erishish uchun ko'proq muhim etishtirish texnologiyalarini taklif qilamiz. O'simliklarning hosildorligi va mahsuldorligi bo'yicha sotiladigan o'rik turlarini aniqlash va keyingi tajribalarimiz uchun qaysi navlar mos kelishini baholashlashdan iborat bo'lad.

March, 2023

0

126

REFERENCES

1. А.А.Рибаков, С.А.Остраухова (1981). Узбекистон мевачилиги. "Укитувчи"-Тошкент, 20-21, 30-31.

2. Улугбек Бойжонов, Урмон Мирзохидов, Гулрабо Рустамова, & Алишер Ботиров (2022). САМАРКАНД ИЛМИЙ ТАЖРИБА СТАНЦИЯСИ КОЛЛЕКЦИЯ МАЙДОНЛАРИДАГИ ИСТЩБОЛЛИ УРИК НАВЛАРИДА ФЕНОФАЗАЛАРНИ УТИШ МУДДАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 287-292.

3. Botirov, A., Murtazayev, A., Ochilov, B., & Rustamova, G. (2022). UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 293-297.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Alisher Botirov, Baxodir Ochilov, & Furqat Hasanov (2022). ILMIY-TAJRIBA STANSIYASINING SO'NGI YILLARDAGI STATISTIK KUZATUVLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (2), 202-207.

5. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi (2022). O'zbekiston qishloq xo'jaligi. Toshkent, 34.

March, 2023

127

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.