Научная статья на тему 'OQDARYO ATROFIDA O‘SUVCHI O‘TCHIL O‘SIMLIKLAR VA DARAXTLAR NEMATODAFAUNASINING QIYOSIY O‘RGANISH'

OQDARYO ATROFIDA O‘SUVCHI O‘TCHIL O‘SIMLIKLAR VA DARAXTLAR NEMATODAFAUNASINING QIYOSIY O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
101
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fitonematoda / fauna / avlod / oila / turkum / tur / evribiont / kserofil / mezofil / gigrofil / qora tol / shakar qamish / jumrutsimon chakanda parazit nematodalar / patogen / rizosfera. Mauntford umumiylik ko‘rsatgichi.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Boltayev Komil Sultonovich, Jo‘Rayev Abdulloh Shavkat O‘G‘Li

Ilmiy tatqiqotimizning asosiy maqsadi Zarafshon to‘qay biotoplarida o‘suvchi yovvoyi shakar qamish ildizi va ildiz atrofi (rizosfera) nematodafaunasini shu biotopda o‘suvchi daraxtlar (qora tol) nematodafaunasi bilan taqqoslab, o‘xshashlik darajasini Mauntford umumiylik ko‘rsatgichi bo‘yicha 25,81 ga teng ekanligi qayd etildi. Shuningdek, yovvoyi shakar qamish va jumrutsimon chakanda o‘simliklarining ildizi va ildiz atrofi tuprog‘ida uchragan nematodalarning taqqoslaganimizda, ular orasida bir-biridan keskin farq borligi namoyon bo‘ldi. Natijalar Mauntford umumiylik ko‘rsatgichi bo‘yicha hisoblanganda 12,14 ekanligi qayd etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OQDARYO ATROFIDA O‘SUVCHI O‘TCHIL O‘SIMLIKLAR VA DARAXTLAR NEMATODAFAUNASINING QIYOSIY O‘RGANISH»

OQDARYO ATROFIDA O'SUVCHI O'TCHIL O'SIMLIKLAR VA DARAXTLAR NEMATODAFAUNASINING QIYOSIY O'RGANISH

Boltayev Komil Sultonovich

B.f.n(f.d) Sam DTU, Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi katta o'qiuvchisi. O'zbekiston. Samarqand boltayevkomil sultonovich@gmail .com Jo'rayev Abdulloh Shavkat o'g'li SAMDTU 2-kurs davolash fakulteti talabasi abdullohj urayev914 @gmail .com https://doi.org/10.5281/zenodo.7370513

Annotatsiya: Ilmiy tatqiqotimizning asosiy maqsadi Zarafshon to'qay biotoplarida o'suvchi yovvoyi shakar qamish ildizi va ildiz atrofi (rizosfera) nematodafaunasini shu biotopda o'suvchi daraxtlar (qora tol) nematodafaunasi bilan taqqoslab, o'xshashlik darajasini Mauntford umumiylik ko'rsatgichi bo'yicha 25,81 ga teng ekanligi qayd etildi. Shuningdek, yovvoyi shakar qamish va jumrutsimon chakanda o'simliklarining ildizi va ildiz atrofi tuprog'ida uchragan nematodalarning taqqoslaganimizda, ular orasida bir-biridan keskin farq borligi namoyon bo'ldi. Natijalar Mauntford umumiylik ko'rsatgichi bo'yicha hisoblanganda 12,14 ekanligi qayd etildi.

Kalit so'zlar: fitonematoda, fauna, avlod, oila, turkum, tur, evribiont, kserofil, mezofil, gigrofil, qora tol, shakar qamish, jumrutsimon chakanda parazit nematodalar, patogen, rizosfera. Mauntford umumiylik ko'rsatgichi.

Kirish. O'zbekistonda fitogelmintlarning biologiyasi, sistematikasi, faunasi, parazit turlarining o'rganish sohasida juda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Fitonematologiyaning asosiy vazifasi o'simlik va tuproq nematodalarining biogeotsinozdagi o'rni tuproq biotasiga kiruvchi boshqa turli organizmlar bilan ularning o'zaro aloqalarini o'rganishdan iboratdir.

Fitonematodalar madaniy o'simliklarning hosildorligiga katta zarar yetkazibgina qolmay, shu bilan birga ularga bir qator virus, zamburug' va bakteriyalar qo'zg'atuvchi kasalliklarning yuqtirishda ham faol ishtirok etadilar. Ayrim vaqtlarda fitogelmentlarning qishloq xo'jalik ekinlariga yetkazgan zarari 20% ni tashkil etadi.

Hozirgi davrgacha respublikamiz va xorijiy mamlakatlarning fitogelmintologlari tomonidan juda ko'p o'simliklarning ildizi va uning atrofidagi tuproqda yashovchi nematodalarning tarkibi keng miqyosida o'rganilgan bo'lsada, ammo to'qay o'simliklari fitonematodalarining ekologiyasini kompleks holatda tekshirish mutlaqo nazardan chetda qolgan edi. Shuni qayd qilish kerakki, ko'pchilik parazit tur

fitonematodalar to'qay o'simliklarini o'sish tezligini susaytiradi, barglarining qurishiga sababchi bo'ladi va ayrim tur o'imliklarning shu landshaftlarda yo'qolishiga olib kelishi mumkin.

Material va metodlar O'simliklarning ildiz qismini Y.S. Kiriyanova va E.L.Krall (1969) uslubi bo'yicha ko'zdan kechirib chiqdik.

Namunalarni olish vaqtida o'simliklarning tashqi ko'rinishi, fiziologik holati, tuproq va havoning harorati, namligi, sug'orish usullari, tuproq xillari va boshqa omillar hisobga olinadi.

Fitogelmintalogiya o'simlik va tuproqdan nematodalarning ajratib olishning eng qulay usullaridan biri bo'lib, Berman uslubiyati hisoblanadi. Bu uslubdan foydalanish tartibi quyidagilardan iborat: 9-12 sm diametrli shisha voronka olib, uning cho'ziq tomoniga 10-15 sm uzunlikdagi rezinka nay kiygiziladi, rezinkaning ochiq uchini qisib Mor qisqich bilan qisib qo'yiladi. Voronka rezina nay bilan yog'och shtativga tik shaklda o'rnatiladi. Tekshirish uchun olingan har bir o'simlikning ildizi va ildiz atrofi tuprog'i alohida - alohida tahlil qilindi. To'plangan o'simlik ildizlari birma -bir toza suvda yuviladi, 0,5 sm kattalikda maydalab qirqiladi so'ngra yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo'lgan qorishmadan o'rtacha miqdorda 10 gr dan namuna olinadi.Xuddi shunday qilib tuproq namunlari ham 10 gr hajmda olinadi.Namunalar kapron yoki sim to'r ustiga solinib, voronka suviga botirib qo'yiladi.O'simlik to'qimalaridan va tuproq orasidan ajralib chiqqan nematodalar kapron to'r orqali suvga chiqib qisqich oldida to'planadi.Nematodalarning to'liq ajralib chiqishi uchun 25-35 gradus selsi haroratda 12-18 soat yetarli hisoblanadi.Cho'kmaga tushgan nematodaning asl nusxasini saqlash uchun 4-5 % formalin suyuqligiga o'tqaziladi.Nematodalarning tur tarkibini aniqlash uchun doimiy mikropreparatlari tayyorlanadi.

Doimiy mikropreparatlar quyidagi usulda tayyorlandi: MBS-1 markali binokulyar yordamida formalinda saqlangan nematodalarni juda nozik igna bilan 96 % spirt va glitserin (1:1) aralashmasiga o'tkazildi.Buning uchun bir tomchi glitserin-jelatinni buyum shishasi ustiga solib, asta-sekin isitildi va unga binokulyar ostida nozik igna bilan 5-6 tadan nematodalar o'tkazildi hamda yopqich shishacha bilan ustidan qoplandi . Shundan so'ng preparatdagi glitserin jelatinni bir me'yorda tarqalishi uchun bir oz isitib olindi. Preparatdagi glitserin-jelatin qotgach buyum shishasining ostki tomonida nematodalarning joylashgan o'rinlarini tush yordamida belgilab chizildi. Buyum shishasining ustki ikki tomoniga nematodalar haqidagi ma'lumotlar yozildi. Bir tomonida o'simlikning nomi, ho'jalik atamasi, namuna olingan davri va yig'gan kishining nomi yozildi. Ikkinchi tomoniga fitonematoda turning nomi va jinsi ko'rsatildi.

Jumladan, yovoyi shakar qamish va oddiy qizilmiya nematodafaunasining o'xshashlik darajasi Mauntford (Mauntford, 1962) umumiylik ko'rsatgichi bo'yicha

quyidagi formula bilan hisoblab chiqildi.

2 j

/ =-;—;—гт—looo

2 X a Xb - (a + b) X j

Bu yerda J - umumiy indeksi, j - solishtirilayotgan o'simliklardagi umumiy bo'lgan turlarning soni, a x b - solishtirilayotgan har bir o'simlik turida uchragan nematoda turlarining soni.

Tatqiqot natijalari

Yovvoyi shakar qamish va qora tol o'simliklari ildizi va ildizi atrofidagi tuprog'ida uchragan nematodalarning o'shashlik darajasini taqqoslash natijasida quyidagi ma'luotlar olindi: yovvoyi shakar qamish ildizi va ildiz atrofi tuprog'ida jami bo'lib 64 turga mansub 3490 ta nematoda qayd qilingan bo'lsa, qora tolda 62 turga oid 4053 ta nematoda aniqlandi. Bu ikki o'simlikning o'xshashlik darajasini Mauntford umumiylik ko'rsatkichi bo'yicha taqqoslaganimizda quyidagi natijalar olindi:

2 X 39

J =-X 1000 = 25,81

2 X 64 X 62- (64 + 62) X 39

Yovvoyi shakar qamish va uchragan turlarning 39 tasi umumiy bo'lib, o'xshashlik darajasi 25,81 ga teng ekanligi aniqlandi. Yovvoyi shakar qamish va qora tol o'simliklarining ildizi va ildizi atrofi tuprog'i uchun quyidagi turlar umumiy bo'ladi:

Criconemoides pullus, Aglenchus Agricola, Filenchus orbus, F. polyhypnus, Lelenchus, discerepans, Ditylenchus triformis, Aphelenchus avenae, Aphelen-choides parietinus, Protorhabditis xylocola, Mesorhabditis monhystera, Panagrolaimus armatus, P. lonicaudatus, P. subelongadus, Heterocephalobus elongates, H. latus, Cepnalobus parvus, Cepphalobus persegnis, Eucephalobus mucronatus, Eucephalobus oxyuroides, Acrobelodes labiatus, A.nanus, Acrobeles cylindricus, Ac. Ctenocephalus, Cervidellus hamatus, Prismatolaimus dolichurus, Mononchus truncates, Longidorella parva, Tylencholaimus proximus, Leptonchus obtusus, Aporcelaimellus obtusicaudatis, Paraxondvium lactficans, Eudorylaimus minutes, Alaimus jaulasali.

Yovvoyi shakar qamish va qora tol o'simliklarining nematodafaunasini turkumlar bo'yicha taqqoslaganimizda ular bir-biridan keskin farq qilishi ma'lum bo'ldi (1-jadval). Jumladan yovvoyi shakar qamishda Tylenchida turkumidan 19 turga oid 767 nematoda (21,9%) aniqlangan bo'lsa, qora tol ildizi va ildiz atrofi tuprog'ida 24 turkumga mansub 1836 nematoda (45, 2%) qayd qilindi. Rhabditida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ilidizi va ildiz atrofi tuprog'ida 26 turga

oid 1500 nematoda (42,9%) aniqlangan bo'lsa, qora tolda 21 turga oid 989 nematoda (24,4%) aniqlandi

Araelaimida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamishda Plectus parie-tinus turiga 7 nematoda (0,2%) qayd qilindi. Qora tol ildizi atrofi tuprog'ida Proteroplectus longicaudatus turiga oid 2 ta nematoda (0,04%) aniqlanadi. Chromadorida turkumi vakillari uchramadi, qora tolda esa Achromadorida ruricola, A. terricola, A. nax, Microlaimus dlobiceps turlariga oid 872 nematoda (21,5%) qayd qilindi. Enoplida turkumidan Prismatolaimus dolichurus turiga oid 1 nematoda (0,02%) yovvoyi shakar qamish ildizi atrofi tuprog'ida 5 ta nematoda esa (0,1%) qora tol ildizi atrofi tuprog'ida uchradi. Mononchida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi atrofi tuprog'ida 8 ta (0,2%), qora tolda 9 ta (0,2%) Mononchus truncatus qayd qilindi. Dorylaimida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi va ildizi atrofi tuprog'ida 16 turga mansub 1174 ta nematoda (33,6%), terakda 11 tur 411 ta nematoda (11,4%) aniqlandi.

Yovvoyi shakar qamish va jumrutsimon chakanda o'simliklarining ildizi va ildiz atrofi tuprog'ida uchragan nematodalarning taqqoslaganimizda, ular orasida bir-biridan keskin farq borligi namoyon bo'ldi. Yovvoyi shakar qamish 64 turga oid 3490 nematoda, jumrutsimon chakandada 93 turga mansub 4811 nematoda qayd qilinib, shulardan 37 tur ikkala o'simlik uchun ham umumiy bo'lib, Mauntford umumiylik ko'rsatgichi bo'yicha hisoblanganda quyidagi natijani berdi:

2 X 37

/ =-X 1000 = 12,14

2 X 64 X 93 - (64 + 93) X 37

Yovvoyi shakar qamish va jumrutsimon chakanda o'simliklari uchun quyidagi turlar umumiy bo'ldi:

Criconemoides pullus, Aglenchus costatus, Filenchus orbus, Ditylenchus triformus, Aphelench avenae, Aphelenchoides dactylocercus, Aph. parietinus, Aph. sacchari, Aph. saprophilus, Aph. scalacaudatus, Aph. subparietinus longicaudatus, P. rigidus, Heterocephalobus elongatus, E. oxyuroides, E.striatus. Acrobeloides labiatus, A. nanus, Acrobeles cylindricus, Cervidellus hamatus, Plectus parietinus, Prismatolaimus dolichurus, Mononchus truncates, Mesodorylaimus musae, Longidorella parva, Tylencholaimus proimus, Leptonichus obtusus, Aporcelaimellus obtusicaudatus, Eudorylaimus monohystera, E. muchabbatae, E. paracbtusicaudatus. Yovvoiy shakar qamish va jumrutsimon chakanda o'simliklarining ildizi hamda ildizi atrofi tuprog'ida uchragan nematodalarni turkumlar bo'yicha taqqoslash natijalari quyidagichadir: Tylenchida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi va uning atrofi tuprog'ida 19 tur 767 nematoda (21,9%), jumrutsimon chakanda ildizi va ildizi atrofi tuprog'ida 34 tur mansub 2546 nematoda (52,9%) qayd qilindi. Rhabditida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi va ildiz atrofi tuprog'ida 26 turga oid 1500 nematoda (42,9%), jumrutsimon chakandada 32 turga

mansub 1737 nematoda (35,1%) qayd qilindi. Araeolamida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi atrofi tuprog'ida Plectus parietinus, turiga oid 7 nematoda (0,2%), chakanda ildiz atrofi tuprog'ida 4 turga oid 21 nematoda (0,4%) qayd qilindi. Bular Plectus geophilus, P. parietinus, Proteroplectus inguirendus, Pr. Longicaudatus va Rhabditida avlodiga oid lichinkalardan iboratdir. Chromadorida turkumi vakillari yovvoyi shakar qamishda uchramadi, jumrutsimon chakanda ildizi atrofi tuprog'ida esa bu turkumdan. Microlaimus globiceps turiga oid 2 nematoda (0,04%) uchradi. Enoplida turkumi vakillaridan vakillari yovvoyi shakar qamish ildiz atrofi tuprog'ida Prismatolaimus dolichurus turiga oid 1 ta nematoda (0,02%), jumrutsimon chakanda ildizi atrofi tuprog'ida Prismatolaimus dolichurus, P. intermededius turlariga mansub 12 nematoda (0,2%) qayd qilindi. Mononchida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi atrofi tuprog'ida faqat Mononchus truncatus turiga doir 8 nematoda (0,2%), jumrutsimon chakanda ildizi atrofi tuprog'ida esa Mononchus truncatus, Clarus papillatus va Mylonchulus lacustrius turlariga mansub 11 ta nematoda (0,2%) topildi. Doryimida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi va ildizi atrofi tuprog'ida 16 turga tegishli 1174 nematoda (33,6%), jumrutsimon chakandada 18 turga mansub 502 nematoda (10,4%) aniqlandi. (1-jadval)

Zarafshon vohasi to'qayzor o'simliklarida uchragan nematodalarni turkumlar bo'yicha taqsimlanishi

(1-jadval)

Turkumlar Yovvoyi shakar qamish Qora tol Chakanda

turlar soni nema- toda soni % hi- sob- laydi turlar soni nema- toda soni % hi- sob- laydi turlar soni nema- toda soni % hi- sob- laydi

1.Tylenchida 19 767 21,97 24 1836 45,29 34 2564 52,92

2. Rhabditida 26 1500 42,97 21 989 24,4 32 1737 36,1

3. Aracolaimida 1 7 0,2 1 2 0,04 4 21 0,43

4. Chromadorida - - - 4 872 21,51 1 2 0,04

5.Enoplida 1 1 0,02 1 5 0,12 2 12 0,24

6.Monanchida 1 8 0,22 1 9 0,22 2 11 0,22

7.Dorylaimida 16 1174 33,63 10 338 8,33 18 502 10,43

Jami: 64 3490 100 62 4053 100 93 4811 100

Xulosa. Shunday qilib, jumrutsimon chakanda ildizi va ildizi atrofi tuprog'ida Tylenchida, Rhabditida turkumi vakillari ko'p, yovvoyi shakar qamish ildizi va ildizi atrofi tuprog'ida oz miqdorda uchrab, Dorylaimida turkumi vakillari esa aksincha yovvoyi shakar qamishda ko'p miqdorda, chakandada nisbatan kamroq uchradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Болтаев К.С., Жамалова Ф.А., Мамарасулова Н.И. Экологическое группирование нематодофауны тугайных растений . Вестник Хорезмской академии Маъмуна.№5 (79) 2021. 33-37 стр.

2.Замотайлов А. С. Фитогельминтология: курс лекций для обучения по программам подготовки научно-педагогических кадров в аспирантуре -35.06.01 Сельское хозяйство, направленность (профиль) - Защита растений / сост.. - Краснодар : КубГАУ, 2015. - 70 с.

3. Рахматова М.У., Бекмурадов А.С. Результаты изучения распространения фауны фитонематод гранатовых агроценозов Сурхандарьинской области Узбекистана // Universum: химия и биология : электрон. научн. журн. 2018. № 11 (53).

4. Хуррамов Ш.Х. Нематоды субтропических плодовых культур Средней Азии и меры борьбы с ними // - Ташкент.: Фан. 2003. C. 1-333.

5. Vahidova A. M, Boltaev K. S., Jamalova F. A., Muratova Z. T., Bobokandova M. F. Nematodofauna of Retain Plants and Their Seasonal Dynamics. 2021.

6. Rossouw J., van Rensburg L., Claassens S., van Rensburg P. J. Jansen. Nematodes as indicators of ecosystem development during platinum mine tailings reclamation. The Environmentalist. 2008. Vol. 28. Issue 2. P . 99-107.

7. Tomar V. V. S., Ahmad W. Food web diagnostics and functional diversity of soil inhabiting nematodes in a natural woodland. Helminthologia. Vol. 46, 2009.Issue 3. P

8. Boltaev K.S., Mamedov A.N. Comparative study of ecological groups of hippohaerhamnoidesPhytonematoids growing in the zarafshan oasis // Galaxy international interdisciplinary research journal. - 2021. - № 9(9). P. 101-104.

9. https://doi.org/10.5281/zenodo.7305057

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.