Научная статья на тему 'SAMAQRAND VILOYATINING SUGʻORILADIGAN OʻTLOQI-BOʻZ TUPROQLARI SHAROITIDA TAKRORIY KARTOSHKA NAVLARINING OʻSUV DAVRI DAVOMIYLIGI'

SAMAQRAND VILOYATINING SUGʻORILADIGAN OʻTLOQI-BOʻZ TUPROQLARI SHAROITIDA TAKRORIY KARTOSHKA NAVLARINING OʻSUV DAVRI DAVOMIYLIGI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
9
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kechki kartoshka / nav / Bogʻizagʻon / Pikasso / Evolyushn / tezpishar / oʻtmishdosh ekin / takrorlik / unib chiqish.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Xonqulov Xusniddin Xolikulovich, Sayfidinov Xayitmurod Ziyedullaevich

Ushbu maqolada Zarafshon vodiysi sugʻoriladigan oʻtloqi-boʻz tuproqlari sharoitida asosiy ekinlardan soʻng takroriy muddatlarda kartoshka navlarining oʻsuv davri davomiyligi oʻrganish tadqiqot natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMAQRAND VILOYATINING SUGʻORILADIGAN OʻTLOQI-BOʻZ TUPROQLARI SHAROITIDA TAKRORIY KARTOSHKA NAVLARINING OʻSUV DAVRI DAVOMIYLIGI»

SAMAQRAND VILOYATINING SUG'ORILADIGAN O'TLOQI-BO'Z TUPROQLARI SHAROITIDA TAKRORIY KARTOSHKA NAVLARINING O'SUV DAVRI

DAVOMIYLIGI

1Xonqulov Xusniddin Xolikulovich, 2Sayfidinov Xayitmurod Ziyedullaevich

1Sam ATI dotsenti, q.x.f.f.d. dotsent

2Sam ATI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10933986 Annotatsiya. Ushbu maqolada Zarafshon vodiysi sug'oriladigan o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida asosiy ekinlardan so'ng takroriy muddatlarda kartoshka navlarining o'suv davri davomiyligi o'rganish tadqiqot natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: kechki kartoshka, nav, Bog'izag'on, Pikasso, Evolyushn, tezpishar, o'tmishdosh ekin, takrorlik, unib chiqish.

Аннотация. В данной статье представлены результаты исследования продолжительности вегетaционного периода сортов картофеля в повторяющиеся сроки после основных культур в условиях орошаемых лугово-серых почв Зарафшанской долины.

Ключевые слова: поздний картофель, сорт, Богизогон, Пикассо, Эволюшн, скороспелый, предшественники, повторение, прорастание.

Abstract. This article presents the results of a study of the duration of the growing season ofpotato varieties in repeated periods after the main crops in the conditions of irrigated meadow-gray soils of the Zarafshan valley.

Keywords: potato as a secondary crop, variety, Bogizogon, Picasso, Evolution, precocious, precursors, repetition, germination.

Kirish. Kelgusi o'n yilliklarda o'sib borayotgan dunyo aholisini to'yimli va barqaror oziqlantirish butun dunyo bo'ylab global oziq-ovqat tizimini sezilarli darajada yaxshilashni talab qiladi. Asosiy muammo bir xil yoki kamroq resurslar bilan ko'proq oziq-ovqat ishlab chiqarish bo'ladi. Boshqa bir qancha oziq-ovqat manbalari orasida kartoshka ekini o'zining juda xilma-xil tarqalishi va hozirgi yetishtirishi va talabi tufayli, ayniqsa qashshoqlik, ochlik va to'yib ovqatlanmaslik darajasi yuqori bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu talablarning barchasini qondirishga yordam beradi. Kartoshka inson organizmini muhim bo'lgan uglevodlar, oqsillar, vitaminlar va mikroelementlardan magniy, kaliy, marganes, fosfor kabi muhim oziq moddalar bilan ta'minlaydi. (André Devaux & Jean-Pierre Goffart, 2021)

Dunyoning aksariyat qismida oziq-ovqat ishlab chiqarish muammosi tobora ortib bormoqda va bu muhim va shoshilinch harakatlarni talab qiladi. Bugungi qishloq xo'jaligi yer maydonlarini oshirish imkoniyati mavjud emas faqatgina mavjud yer maydonlaridan bir yilda 2 va undan ortiq hosil olish texnologiyalarini ishlab chiqish mumkin kunda mavjud maydonlarni (Kashyap & Panda 2003)

Dastlabki ma'lumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar — iyun oylarida respublika bo'yicha jami 1 670,9 ming tonna kartoshka yetishtirildi, ushbu ko'rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni tashkil etdi. Yetishtirilgan mahsulotning qariyb 86 %i dehqon va tomorqa xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelmoqda (1 428,3 ming tonna).

Mavzuning dolzarbligi. Kartoshka muhim agrotexnik va agroiqtisodiy ahamiyatga ega. Chunki, chopiq talab ekin bo'lgani uchun u yetishtirilgan dala tuprog'i yumshoq va begona o'tlardan tozalanib, ko'plab boshoqli va dukkakli don ekinlari uchun yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. Ko'pchilik mamlakatlarda shudgorni band qiluvchi ekin sifatida o'stiriladi.

Mamlakatimizda mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir. Bu borada Prezidentimizning 2020 yil 6 maydagi "Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4704-son qarorida muhim strategik vazifalar belgilangan. Jumladan, kartoshkachilikka ixtisoslashtiriladigan tumanlarda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarini tashkil etish, innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda iste'mol va urug'lik kartoshka yetishtirish hamda sohada qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, iste'mol va urug'lik kartoshkaga bo'lgan ichki bozor talabini qondirish, shuningdek, uning eksportini kengaytirish, kartoshka ekish uchun mo'ljallangan ekin maydonining kamida 50 foizida urug'lik kartoshkaning super elita va (yoki) elita avlodlarini yetishtirishni yo'lga qo'yish, kartoshkachilik sohasiga ilg'or texnologiyalar, innovatsion yechimlar (nou-xau) va ilm-fan yutuqlarini joriy etish kabi bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan.

O'zbekiston Respublikasining Prezident farmoni bilan O'zbekistonda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 10 yillik 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlari sifatida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining hosildorligi va raqobatbardoshligini istiqbolda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi.

Tadqiqot obyekti: Tadqiqot obyekti qilib, to'rt xil o'tmishdosh ekin ya'ni kuzgi bug'doy, ertagi karam, no'xat, va nazorat sifatida kartoshkaning sante navi olingan bo'lib ulardan so'ng sabzavot - poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan o'rtatezpishar Bog'izag'on, Pikasso hamda tezpishar Evolyushn urug'lik tuganaklari olindi.

Tadqiqot metodlari: Dala tajribalar Samarqand viloyati Tayloq tumanining Bog'izag'on xo'jaligida joylashgan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida maxsus dala tajribasi o'tkazdik.

O'simliklarning mahsuldorligi va hosil strukturasi o'rtacha namuna olish yo'li bilan aniqlandi. O'simliklarning o'suv davri davomiyligining aniqlash maqsadida umumqabul qilingan uslubda fenologik kuzatishlar o'tkazildi.

Biometrik o'lchovlar O'zbekiston sabzavot poliz ekinlari va Kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti uslubida har 15 kunda o'tkazildi. Bunda o'simliklarning bo'yi, poyalar soni, barglar soni va qo'ltiq poyalar soni aniqlandi.

Tajribalardan olingan natijalarning ishonchlilik darajasi matematik usulda aniqlandi (B. A. Dospexov, 1985)

Tahlillar va natijalar. Dala tajribalari o'tmishdosh ekinlardan so'ng shudgorlanib, ekishga tayyorlangan hamda pushta olib qo'yilgan yerlarda 36 ta variant, 4 ta takrorlashda olib borildi. Har bir variantning maydoni 10 m x 2,8 m = 28 m2, hisobga olish maydoni 14 m2 ni tashkil qildi. Kartoshka navlarining joylashuv sxemasi 70x20.

Tajribalarimizda har xil o'tmishdosh ekinlardan so'ng ekilgan kartoshkani vegetatsiya davrida rivojlanish (unib chiqish, shonalash, gullash, palak sarg'ayish) fazalarini o'tish davomiyligiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Kechki kartoshiSPboyicha o'tkazilgan tajribalarimizda (1-jadval) kartoshka navlarining ekishdan unib chiqishgacha bo'lgan davri aniqlanganda, kechki kartoshkani rivojlanishiga o'tmishdosh ekinlarni variantlari o'rtasida biroz bo'lsa-da 1-2 kunga farq kuzatildi va bu davrning davomiyligi bevosita havo haroratiga, tuproq namligiga bog'liq bo'lishi namoyon bo'ldi.

Tajribada har bir variantning qaytariqlari bo'yicha vizual kuzatishlar olib borilib, o'simlikni vegetatsiyasi davrida rivojlanish fazalarini (unib chiqish, shonalash, gullash, palak sarg'ayish) ro'y bergan kunlari qayd qilinib borildi.

Kartoshka navlarining fenologik fazalaridan unib chiqishdan shonalash fazasigacha bo'lgan davr kechki kartoshkani o'tmishdosh ekinlarni variantlari o'rtasida 29-31 kunni, shonalashdan gullashgacha 7-10 kunni, gullashdan palak sarg'ayishgacha 41-45 kunni, palak sarg'ayishdan yig'ishgacha 4-8 kunni tashkil etgan bo'lsa kechki kartoshkani vegetatsiya davri ya'ni unib chiqishdan palak sarg'ayishgacha bo'lgan davri navlar va variantlar bo'yicha o'rtacha 77-87 kunni tashkil etdi.

O'tmishdosh ekinlarni kechki kartoshkani rivojlanish fazalariga ta'siri navlar bo'yicha o'rganilganda vegetatsiya davri (unib chiqishdan palak sarg'ayishgacha) tajriba olib borilgan yil bo'yicha tahlil qilinganda Bog'izag'on navi 77-83 kunni tashkil etgan bo'lsa Pikasso navi 77-84 kunni va Evolyushn navi 82-87 kunni tashkil etdi.

Xulosa. Samarqand viloyatining qadimdan sug'oriladigan o'tloq bo'z tuproqlari va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, kartoshka tezpishar va o'rta tezpishar navlarini o'tmishdosh ekinlardan so'ng kechki kartoshkani ekib kartoshka navlari vegetatsiya davrlari solishtirilganda

Evolyushn navi Bog'izag'on va Pikasso navlaridan 4-5 kun kechroq pishib yetilishi tajribalarda

aniqlandi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida. PQ-4704-son qarori. Toshkent, 2020 yil 6-may.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-sonli farmoni. Toshkent, 2019-yil 23-oktyabr

3. Devaux, A., Goffart, J. P., Kromann, P., Andrade-Piedra, J., Polar, V., & Hareau, G. (2021). The potato of the future: opportunities and challenges in sustainable agri-food systems. Potato Research, 64(4), 681-720.

4. Kashyap, P. S., & Panda, R. K. (2003). Effect of irrigation scheduling on potato crop parameters under water stressed conditions. Agricultural water management, 59(1), 49-66.

5. Доспехов, Б. А. (1985). Методика полевого опыта.

6. SANAEV, S., KH, K., & KH, A. I. (2021). THE INFLUENCE OF IRRIGATION TECHNOLOGY ON YIELD, STORAGE QUALITY AND TRANSPORTABILITY OF POTATO. Plant cell biotechnology and molecular biology, 22(69-70), 301-306.

7. Хонкулов, Х. Х., & Сайфидинов, Х. З. (2023). ТАКРОРИЙ ЭКИН СИФАТИДА ЭКИЛГАН КАРТОШКА НАВЛАРИНИНГ УСИШИ, РИВОЖЛАНИШИ ВА ХРСИЛДОРЛИГИГА УТМИШДОШ ЭКИНЛАРНИНГ ТАЪСИРИ. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 555-560.

8. Остонакулов, Т. Э., Хонкулов, Х. Х., & Амонтурдиев, И. Х. (2014). УРОЖАЙНОСТЬ И АДАПТИВНОСТЬ СОРТОВ КАРТОФЕЛЯ ПРИ РАННЕЙ И ДВУУРОЖАЙНОЙ КУЛЬТУРЕ. The Way of Science, 31.

9. Hamzaev A, Astanakulov T, Honkulov H. The Technology of Producing Early and Cheap Harvest of Potato in Southern Uzbekistan. Plant Science. 2015;52(3):74-8.

10. Сайфидинов, Х. З. (2022). ЛЕТНЯЯ ПОСАДКА КАРТОФЕЛЯ. Ученый XXI века, (6 (87)), 31-32.

11. https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/45442-dehqon-va-tomorqa-xo-jaliklari-tomonidan-qancha-kartoshka-yetishtirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.