Научная статья на тему 'ZEA MAYS L SACCHARATANING AYRIM MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI'

ZEA MAYS L SACCHARATANING AYRIM MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
34
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zea mays saccharata / shirin makkajo‘xori / qishloq xo'jaligi / doni.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Kaxxorova Umida Rahimjon Qizi

Ushbu maqolada zea mays L saccharata ya'ni shirin makkajo'xori morfologiyasi va fiziologiyasi haqidagi ayrim kuzatishlar bo'yicha.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZEA MAYS L SACCHARATANING AYRIM MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI»

'Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №14

ZEA MAYSL SACCHARATANING AYRIM MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Kaxxorova Umida Rahimjon qizi

Samarqand davlat universituti 2-bosqich magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7450599

Anotatsiya: Ushbu maqolada zea mays L saccharata ya'ni shirin makkajo'xori morfologiyasi va fiziologiyasi haqidagi ayrim kuzatishlar bo'yicha.

Kalit so'zlar: Zea mays saccharata, shirin makkajo'xori, qishloq xo'jaligi, doni.

Kirish. Dunyo dehqonchiligida makkajo'xori asosiy oziq-ovqat, yem-hashak va texnik ahamiyatga ega bo'lgan xalq xo'jaligida keng ishlatiladigan universal ekinlardan biri. Uning donidan ko'pgina mamlakatlarda oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Bu ayniqsa, hozirgi pandemiya va undan keyingi davrda yer yuzi aholisini oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyoji qondirishda nihoyatda dolzarb masalalardan biri.Yevropa mamlakatlarida yetishtirilgan barcha makkajo'xori donining 45-50, Shimoliy va Markaziy Amerikada 30-35, Janubiy Amerikada 50-55, Osiyoda 70-80, Afrikada 65-70, Avstraliyada 35-40 foiz oziq-ovqat maqsadida foydalaniladi. Portugaliya, Meksika, Kuba, Pokiston, Indoneziya kabi mamlakatlarda yetishtirilgan makkajo'xori donining 90-95 foizi ovqatga solinadi va iste'mol qilinadi. (X.Yo'ldoshev, 1984, Q.Azizov, 2021.)

Hozirgi vaqtda Yer yuzida 192 mln gektarga makkajo'xori ekilib, 1.2 mln tonna yalpi hosil olinmoqda. Makkajo'xori donini ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakatlar AQSH 347 mln.t, Xitoy 254 mln.t, Braziliya 101 mln.t, Argentina 50 mln.t, Ukraina 36mln.t bo'lib,yalpi hosilning 66 foizi yetishtiriladi. O'zbekistonda har yili don uchun 57-60 ming gektar, silos massasi uchun 220-230 ming gektarga ekilib, don hosildorligi 5,4-5,7 t/ga silos massasidan esa 30-35 t/ga olinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli ,,O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida''gi farmonida 3.3 ''qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish mamlakat oziq-ovqat xavsizligini yanada mustahkamlash ''haqidagi va yana bir 2019-yilgi 23-oktabr PF-5853-sonli ''O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'risida''gi farmon yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish dolzarb vazifadir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida shirin makkajo'xorining ''Zamon'' navi yetishtirish uchun hamda morfologik va ayrim fiziologik xususiyatlarini o'rganish davomida turli

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-usiubiy jurnali №14

natijalarga erishildi.

Tadqiqot maqsadi. Zea mays saccharata ning ayrim fiziologik xususiyatlari deb olindi. Zea mays saccharata tishsimon va yaltiroq makkajo'xorining mutant sifatida kelib chiqqan. Doni yaltiroq, tashqi ko'rinishi burishgan, uning tarkibida suvda eriydigan uglevodlar - dekstren ko'p bo'ladi. Bu kenja turning tarkibida quruq moddada nisbatan 18-20% oqsil, 64%gacha uglevod, shu jumladan 32% dekstren, moy 8-9%ni tashkil qiladi. Shirin makkajo'xori sabzavot ekini sifatida ekiladi va so'talari sut-mum dumbul fazasida yig'ishtirilib olinadi. Shirin makkajo'xori o'simligi past bo'yli, bachki poyalari hosil qilishga moyil, so'talari mayda, o'suv davri qisqa, ya'ni tezpishar, lekin kam hosil bo'ladi.

Shirin makkajo'xorini yurtimizda kam ekilgan, mahaliy sharoitga ega navlari yo'q edi va chetdan keltirilib ayrim navlari ekilgan. Shirin makkajo'xorining nagrada97, sherzod, zamin, zamon navlari mavjud. Shirin makkajo'xorining ''ZAMON''navi Zamin va Az-306-113 nav na'munalarini chatishtirib, olingan duragay kombinatsiyasidan cheksiz yakka tanlash yo'li bilan Sabzavot, poliz ekinlari kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajribasi stansiyasida prof.Ostanaqulov T.E, Jabborov Sh, Sanayevlar S.T tomonidan yaratilgan. Tez pishar, o'suv davri 74-78 kun, ertagi va takroriy ekinga yaroqli. (T.E. Ostanoqulov, A.I. Ismoyilov, Sh.M. Xolmurodov, 2022)

Shirin makkajo'xorining ta'mi uning tarkibidagi qand miqdorini kraxmalga nisbatan ko'p ekanligi bilan aniqlanadi. Demak, shirin makkajo'xorini ta'mi don tarkibidagi qandning kraxmalga nisbati va efir moylari miqdori bo'yicha aniqlanadi. Qand miqdori vegetatsiya davrida o'zgarib turadi. Ro'vak hosil hosil fazasidan boshlab qand miqdori ortib boradi va pishish fazasida kamayadi.

Metodikasi Tadqiqotlarda urug'lar 24-aprelda 70x20 sm sxemada ekildi. Maysalash, ro'vaklash, ro'vakning gullashi, so'talash, sut, mum, to'la pishishlar boshlanishi 10% va to'la 75% ro'y berish muddatlari aniqlandi.

Tajribada maysalar urug' ekilgandan keyin 9-10 kun ya'ni 4-5 may unib chiqishi qayt etildi. Poyachasidan barg chiqarish 1-6 mayga to'g'ri keldi. Ro'vaklash fazasi 13-18 iyunda kuzatildi. Shirin makkajo'xorining sut pishish davri esa 16-iyunda namoyon bo'ldi.

Fenologik kuzatishlar natijasida o'suv davri unib chiqishdan boshlab to'la pishgunicha 80-82 kun tashkil qilishi aniqlandi, so'talar soni 2,3ta makkajo'xori o'simligining bo'yi uzunligi172-187sm, barglar soni 9-13ta, dastlabki so'taning joylashgan balandligi 43,2sm bo'lganligi qayt etildi. So'tadagi don qatorlar soni 12dona, so'tadagi bitta qatordagi donlar soni 41 don bitta so'tadagi sonlar soni 492ta , bitta so'tadagi donlar vazni 140gramm, so'tadagi o'zak vazni 27g.

Tadqiqotlarda o'simlik morfologiyasi, biometrik ko'rsatgichlari, fotosentez yorug'lik faolligi, suvga taqchilligi tahlil qilindi.

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №14

Fotosentezning sof mahsuldorligi deb bir kecha kunduz davomida o'simlik quruq massasining barglar yuzasi hisobiga ortish nisbatiga aytiladi. Ko'pchilik o'simliklarda bu 5-12g\m2 ga teng.

Tadqiqot uchun o'stirilayotgan o'simlikning fotosentez sof mahsuldorligini aniqlash uchun yerustki poyasi massasi hisoblab olindi va o'simlik termostatda ho'l miqdori ketgunga qadar quritildi hamda yana quruq massa taroziga torildi. Ma'lum hisob ishlari olib borilgandan so'ng fotosentezni sof mahsuldorligi 9.6g\m2 ni tashkil etdi.

Tadqiqot davomida shirin makkajo'xorida suvga taqchillik darajasi ham aniqlandi. Tajriba 4 xil muddatlarda aniqlandi. 7-8ta barg hosil qilganda 9,6 foizga, ro'vaklash fazasida 9,2 foizga, so'ta hosil qilishida 8,9 foizga, sut pishish fazasida esa 8,7 foizga teng bo'ldi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki hozirgi global issiq tufayli makkajo'xorining ro'vak qismidagi changchilari umri qisqa bo'lib bormoqda. Bu esa so'ta donlarining qatoridagi donlar to'liq yetilmay don qatorlar soni kamayishiga sabab bo'lib qolmoqda. Bu esa hozirgi global issiqda makkajo'xorining issiqqa chidamli navlarini yaratish juda muhim ekanini bildiradi. Yoki ekish muddatini bir muncha oldinga surish ham maksimal issiq kunlar boshlangunicha o'simlik changlanib olishga ulguradi. Shirin makkajo'xori sabzavot ekin ekanligini va u ko'p miqdorda iste'mol qilinishi hisobga oladigan bo'lsak, shirin makkajo'xorini serhosil navlarini yaratish juda muhim vazifa hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 4947-sonli farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining5853-sonli farmoni

3. T.E. Ostanaquloq, A.I. Ismoyilov, SH.M. Xolmurodov.Shirin va tishsimon makkajo'xori birlamchi urug'chiligi va agrotexnologiyasining dolzarb masalalari Samarqand 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.