Научная статья на тему 'SALVA BAKR-ROMANNAVIS YOZUVCHI'

SALVA BAKR-ROMANNAVIS YOZUVCHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
15
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
arab romanchiligi / janr / qisqa roman / hikoya. / arabic novel / genre / short novel / story

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarova Nasiba Abduvali qizi

Mazkur maqolada zamonaviy Misr arab adabiyotida o`ziga xos o`ringa ega Salva Bakr ijodi yoritilgan. Salva Bakrning zamonaviy arab romannavisligiga qo`shgan munosib hissasi, qisqa roman shakli va uning adiba Salva Bakr ijodida aks etishi tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SALWA BAKR IS A NOVEL WRITER

This article describes the work of Salva Bakr, who has a special place in modern Egyptian literature. Salva Bakr's worthy contribution to modern Arab novel, short novel and its reflection in the work of writer Salva Bakr have been researched.

Текст научной работы на тему «SALVA BAKR-ROMANNAVIS YOZUVCHI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(9), September, 2023

SALVA BAKR-ROMANNAVIS YOZUVCHI

Umarova Nasiba Abduvali qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti Toshkent, O'zbekiston. umarovan362@gmail .com, +998 903459445

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada zamonaviy Misr arab adabiyotida o^ziga xos o^ringa ega Salva Bakr ijodi yoritilgan. Salva Bakrning zamonaviy arab romannavisligiga qo^shgan munosib hissasi, qisqa roman shakli va uning adiba Salva Bakr ijodida aks etishi tadqiq qilingan.

Kalit so'zlar: arab romanchiligi, janr, qisqa roman, hikoya.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описывается творчество Сальвы Бакр, которой принадлежит особое место в современной египетской литературе. Исследован её достойный вклад в современный арабский роман, короткий роман и его отражение в творчестве писательницы Сальвы Бакр.

Ключевые слова и фразы: арабский роман, жанр, короткий роман, рассказ.

ABSTRACT

This article describes the work of Salva Bakr, who has a special place in modern Egyptian literature. Salva Bakr's worthy contribution to modern Arab novel, short novel and its reflection in the work of writer Salva Bakr have been researched.

Keywords and phrases: arabic novel, genre, short novel, story

KIRISH

Hayotni, odamlar ruhiyatini, poetik tafakkur tabiati va, ayniqsa sanat qonuniyatlarini bilmay turib, insoniyat uchun zarur, foydali, umrboqiy asarlar yozib bo'lmaydi.1

1 Bahodir Karim. Ruhiyat alifbosi. G' .Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, T-2018. B-5

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Haqiqiy badiiy asar mutolaasi zehnni ochadi, iboralarni ifodali o'qish va va'z-nasihatlar qilishga yo'l boshlaydi, odamni hikmat sari undaydi, tilni ravon qiladi, fikrlash malakasini yuksaltiradi, haqiqatlarni yuzaga chiqaradi, shubhalarni haydaydi.

Badiiy adabiyot yolg'izga taskin, qalbga najot, hamsuhbat istaganlarga suhbatdosh, fikrlovchiga rohat, yo'lovchiga chiroq kabidir. Insonni go'zallikka oshno etuvchi, hayotini nurafshon manzilga aylantiruvchi umid manbayi bu badiiy so'zdir. Badiiy so'zni ulug' san'at maqomiga olib chiqqan yozuvchigina umrboqiy asarlar yarata oladi.

Go'zallikni qabul qilish, zavqlanish har qanday hayrati so'nmagan odamning qo'lidan keladi, go'zallik hammani hayratga solishi mumkin, biroq uni yaratish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi.2 Ha darhaqiqat, mana shunday go'zallikni so'z san'ati orqali namoyon eta olish faqatgina mahoratli yozuvchinigina qo'lidan keladi.

Hozirgi kunda nafaqat arab adabiyotida, balki jahon adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo'shib kelayotgan o'tkir qalam sohibasi, misrlik adiba Salva Bakrni ham to'laqonli ravishda mahoratli yozuvchi deb e'tirof etsak arziydi.

Salva Bakr 1949-yili Qohiraning Matariya tumanida tavallud topgan. Uning temir yo'lda ishlagan otasi erta vafot etdi, shuning uchun uning onasi oila uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi. Salva Bakrning onasi janubiy Misrdan kelib chiqqan turk va saidiyalik bo'lib, u 1952 yil Misrdagi inqilobdan oldin janubiy Misrda fransuz maktabida o'qigan. Salvaning kitob o'qishga bo'lgan mehr-muhabbati bolalik yillaridanoq boshlangan, maktabdan tashqari bo'sh vaqtini onasining katta kutubxonasida kitob mutolaasi bilan o'tkazgan.

Salva Bakr Ayn Shams universitetining savdo fakultetining buxgalteriya hisobi bo'limida tahsil oldi. Universitetda tahsil olar ekan, Salva bir qancha talabalar harakatlariga qo'shildi. U 1972 yilda bakalavr darajasini oldi. Lekin adabiyotga, yozuvchilikka bo'lgan muhabbati uni shu sohani o'rganishga undadi. U teatr tanqidchiligini o'rganib, 1976 yilda tugatdi.

Uning ilk adabiy asari 1979 yilda "Oddiy hikoya" nomli hikoyalar to'plami bo'ldi. Bu guruh hikoyalar turli yondashuvlar, dinlar va irqlarni kesib o'tgan inklyuziv yondashuvi tufayli katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

1984-yilda u o'zining ikkinchi asari"Maqom Attia" yoki "Attia romani" nomi bilan nashr ettirdi.

Salva Bakr Mounir Al-Shaaroniyga turmushga chiqdi. Ularning bir o'g'il, bir qizi bor. Adiba shaxsiy hayotini ommaviy axborot vositalaridan uzoqroq tutishni afzal ko'radi O'qishni tugatgandan so'ng, u saksoninchi yillarning o'rtalariga qadar eri bilan Kiprda yashab, u yerda bir necha yil arab tilidagi jurnallarda kino tanqidchisi

2 Nazar Eshonqul.Mendan "Men"gacha. Akademnash, T-2014, B-7

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

bo'lib ishlagan, 1986 yilda Misrga qaytib kelgan. Huddi shu yili adibaning "Ziynat prezident dafn marosimida" deb nomlangan romani nashrdan chiqdi. '

Salva Bakr 1989 yilda metallurgiya zavodi ishchilari ish tashlashi paytida ko'pchilik singari Misr hukumati tomonidan hibsga olingan va uning hibsdagi tajribasi unga Al Qanater qamoqxonasidagi jinoyatchilar bilan aralashish imkoniyatini berganligi unga qamoqxona mahbus ayollar dunyosiga olib kirdi. Natijada qamoqxona ayollari olamida tasvirlangan, uning jamiyatdagi ayollar o'rni bilan bog'liq bo'lgan mavzudagi "Oltin arava osmonga ko'tarilmaydi" romani yuzaga keldi. 1991-yilda roman nashr etilganidan keyin, olamshumul muvaffaqiyat olib keldi. Ushbu roman 17 dan ortiq xalqaro tillarga tarjima qilingan. Jumladan, ingliz, ispan, nemis, turk, koreys va boshqalar.

"Oltin arava osmonga ko'tarilmaydi" romanida bir qahramonning jinoyat ko'chgasiga kirib qolishida hayotning o'zi qanday majbur qilib qo'ygani, chorasiz qahramonning bunday og'ir vaziyatlarda o'zini qanday tutishi mahorat bilan tasvirlangan.

Romanda katta qayg'u, kinoya va hazil bilan Iskandariya shahridagi qamoqxonadagi bir guruh ayollar taqdiri qalamga olingan. O'gay otasini sevib, keyin uni o'ldirgan qiz voqeasi juda ta sirli, badiiy tasvirlangan. Roman bosh qahramoni Aziza to'rt devor panjaralari, qo'rquv va vasvasada yashaydi. "Oltin aravada osmonga yetib borish uchun" barcha to'siqlarni buzib tashlamoqchi bo'ladi. Salva Bakr Misr jamiyatida kamdan-kam ko'rinadigan, chetda qolib ketgan va chetlashtirilgan ayollar, xato qilishga moyilligi uchun emas, balki hayotlarining baxtsizligi tufayli jinoiy javobgarlikka tortilgan ayollar haqida yozadi. Har bir mahbus ayolning achinarli qismati hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi, ularning dardi va qiynayotgan muammolari yuksak mahorat bilan yoritib berilgan. Asarni o'qir ekansiz o'zingizni bevosita o'sha olamda yashayotgandek his eta boshlaysiz, bu ham yozuvchining yuksak mahoratidan darak beradi.

Misrlik adiba, romannavis yozuvchi va tanqidchi, u o'z asarlari orqali o'tmish va bugungi kun o'rtasidagi noyob qorishmani taqdim etib, eng muhim saboqlarni bera oladi. Salva Bakrning qahramonlari asosan ishchilar, ziyolilar, hayotda o'z o'rnini topishga intilayotgan oddiy xalq vakillari. Xoh erkak, xoh ayol bo'lsin yozuvchi hayotda ularning teng ekanligi, ularning orzu umidlari va qiziqishlari ham tamomila o'xshash ekanligini uqtirishini uning asarlarida ko'rishimiz mumkin. Adiba erkak yoki ayolni ajratmasdan, ularga birdek shaxsiy erkinlik berilishini xohlaydi. U Misrda va butun arab dunyosida eng yaxshi roman yozish tajribasiga ega yozuvchi ayol hisoblanadi, adiba o'z romanlarida mahorat bilan, ajoyib tarzda siyosiy, tarixiy va ijtimoiy masalalarni bir o'ringa jamlay oladi. Uning ko'plab asarlari konservativ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

jamiyatda ma'rifat tarqatish vazifasini o'tadi. Salva Bakr o'z g'oyalari bilan jamiyatni ma'rifatli qila olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. 1992-yili "Dehqonchilik xamiri" nomli romani, 1993-yili "Bulbul vasfi" hikoyalar to'plami va 1994-yilda "Quyonlar" nomli romani, 1996-yili "Qarama-qarshi ritmlar" nomli hikoyalar to'plami nashr etildi.

Salva Bakr nafaqat siyosiy, ijtimoiy, maishiy mavzulardagi, balki siyosiy mavzudagi romanlar muallifidir. 1995 yil Salva hayotida tub burilish davri bo'ldi. . Bu yil "Al-Bashmuriy" romanini nashr qildi, unda ilgari hech kim ko'rsatishga jur'at etmagan mavzuni ko'tardi. IX asrdagi Misrdagi siyosiy vaziyatni yoritib beruvchi yangi asar, yozuvchining ko'p yillik izlanishlari va mehnati samarasi bo'ldi. Unda bosqinchilikka uchragan mamlakatlarda, jumladan, Misrda islom xalifaligi davri ko'rib chiqildi. Bu asar ko'plab chet tillariga tarjima qilindi va ko'plab kitobxonlar e'tirofiga sabab bo'ldi. Tarixiy roman yozish muallifdan o'ta mashaqqatli mehnat va tarix haqiqatlarini yuzaga chiqarishni talab etadi. Bu asar yozilishi uchun Salva Bakr ham ko'plab tarixiy manbalar ustida ish olib borgan. Uning tinmay olib borgan izlanishlari besamar ketmadi va o'z natijasini berdi. U 1999 yilda Germaniya xalqaro radioeshittirish korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan "Deutsche Welle" mukofotini qo'lga kiritdi. Bundan ilhomlangan adiba yangidan yangi asarlar yozishni davom ettirdi. Aynan shu yili uning "Nuna Ashsha'nuna" nomli romani chop etildi.

Salva Bakr nafaqat yozuvchi, adabiy tanqidchi bo'lishi bilan bir qatorda yetuk olima hamdir. Salva Bakr 2001-yildan buyon Qohiradagi Amerika universitetida professor sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Salva Bakrnin serqirra ijodkor deya ta'riflashimiz bejizga emas. Chunki u hikoya va roman yozish bilan birga sahna uchun mo'ljallangan pyessalari bilan ham mashhurdir. Ming yillikning boshida, xususan, 2002 yilda Salva Bakr "Yillar orzusi" nomi ostida yozilgan birinchi pyesasini nashr etdi. 2003-yilda Salva o'zining "Vaqt g'ildiraklari" nomli romanini va aynan shu yili "Ajdodlar tuyg'usi" hikoyalar to'plamini nashr ettirdi.

Adibaning yana bir tarixiy mavzudagi romani 2004 yilda nashrdan chiqdi. Salva Bakr "Koko Sudan Kabashi" romani orqali urushlarda doimo ishtirok etadigan inson matonati va vijdonining ajoyib suratini taqdim etdi. Yana bir shu mavzudagi asari 2006 yilda e'lon qilindi. Salva Bakr "Admatiyus Almasiy" romani orqali yana tarixga qaytdi va uni bugungi kun bilan go'zal tarzda uyg'unlashtirdi. "Saodat va shifo xabaridan" nomli hikoyalar to'plami ham aynan shu yili nashr yuzini ko'rdi.

Salva Bakr siyosiy vaziyat taqozosi bilan bir muddat yashirinib yurdi, faqat 2010 yilda mashhur Piramidalar jangining bir qismiga bag'ishlangan "Tol va Mirta"

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

romanini nashr etdi. O'sha yili "Isfaxon atirgullari" hikoyalar to'plamini ham chop etildi.

U Bertold Brext uyida nemis tiliga tarjima qilingan kitobini taqdim etgan va tanishtirgan birinchi misrlik arab yozuvchisidir. Uning Germaniyada o'ziga xos kitobxonlar auditoriyasi bor.

U Misr boshidan kechirgan ko'plab tarixiy voqealarning guvohi bo'lgan va bu uning asarlarida o'z aksini topgan. U, ayniqsa, Sadat davrida so'l harakat tarafdori ekanini ta'kidlagan. Matbuot orqali ham ko'plab siyosiy qarashlarni ifoda etgan. O'z asarlarida ham siyosiy, ham ijtimoiy masalalarni ko'tarib, kitobxondan kerakli xulosalar chiqarishga undaydi.

Salva Bakr shuningdek falastinlik shoir Mahmud Darvish nufuzli davlat mukofotini qo'lga kiritgan. Yuqoridagi ma'lumotlarga tayangan holda biz Salva Bakrni bir ovozdan romannavis yozuvchi deb e'tirof etsak bo'ladi. Hozirgi kunda uning ko'plab asarlari ham aynan shu janrda bitilgan. Hozirgi axborot tezligi jadallashgan, kommunikatsion islohotlar yangilanayotgan bir davrda insonlar hamma sohalarda elektronlashgan, raqamlashgan tarzda ish olib borayaptilar. Bularning bari adabiyotga ham uning janrlariga ham o'z ta' sirini o'tkazdi. Xususan, roman janri ham shaklan ixchamlashib borgan bo'lsa-da, lekin mazmun jihatdan roman xususiyatini saqlab qoldi va bu adabiyotda yangi " qisqa roman" atamasini paydo bo'lishiga olib

Qisqa roman inglizcha "Novelette" yoki "Uzun hikoya" so'zlar soniga yoki sahifalar soniga qarab 10 000 dan 20 000 gacha so'zdan iborat romandir. Jahon adabiyotida nemis yozuvchisi Tomas Mann "Venetsiyadagi o'lim" (1912) va amerikalik yozuvchi Ernest Xeminguey "Chol va dengiz" (1952) romanlari bunga eng yaxshi misoldir. Doktor Abu Al-Maati Al-Ramadi doktorlik dissertatsiyasida uning xususiyatlarini aniqlagan.3 Yana bir misrlik olima Shayma Muhammad ali Muhammad Ridvon esa qisqa roman janrida bitilgan asarlar misolida bu janrning shakllanishi xususida ish olib borgan.4

Quvvaytlik mashhur yozuvchi Oyad al Quhtoniy bu roman shakli haqida quyidagicha fikr bildiradi:

jil ¡Ä . j í^ljjll flte J JJSJ^AH ¡Ä - JL SLljJ\ " J S^jll ^Ji l^fe L^U* ¡Ä j . "S*ljus Jtfll dSjll j&i V " JjB AJS Jl

keldi.

. VÏ ^^ t YOA ^jl« oVX ja*J|. . jLnll.'ójj^ÜI AJIJJII ^aj ^jLL^üJl ^^JIC ^ÏL 5

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

" Qisqa roman, mening fikrimcha, hikoya va roman yozish olamining kelajagi hisoblanadi. Bu ko'proq "o'qish uchun yetarlicha vaqt topa olmayapman" deyiladigan davr uchun mos keladi. Va u roman va hikoyaning o'rtasiga yaqin turuvchi o'rindadir. "

Ha darhaqiqat bu so'zlarda jon bor, chunki bu roman shakli hajman qisqa bo'lishi hozirgi tigiz hayotimizga juda mos keladi. U o'z maqolasida yana bir go'zal o'xshatish keltirib o'tgan:

¿a j t ïlji^A ùUISJ t ^IAAJ) yJ) jîi AjjJaJ) Aûê^lj Aj^i SjA^âj) Lijjîi"

"¿¡à SJJJ*^ Jj&j yi^ "Qisqa roman tuyg'ularga ta'sir qiladigan zamonaviy qo'shiqqa o'xshaydi va biz to'kilgan so'zlar bilan biz bir necha daqiqagina qayg'uramiz xalos."

Yuqoridagi o'xshatishdan ko'rib turibmizki, qisqa roman ko'proq hissiyotlarga ta'sir etib, insonni qayg'urishga va fikr yuritishga chorlaydi. Uning tuyg'ularga ta'sir etuvchi zamonaviy qo'shiqqa qiyoslanishi bejiz emas, chunki unda insonni o'ylantiruvchi va hissiyotlarga ta'sir o'tkazuvchi ommaviy, zamonaviy tovush tembrlari va ohanglari mavjud.

Doktor Abu Al-Maati Al-Ramadi qisqa roman xususiyati sifatida quyidagilarni ifoda etadi:

jj . ÙIAI&J) ¿A JJaa JJXJ ^jSa.^ jjt jA j LWiJJA l^J ÖJJ^Ü) ^jtjjJ)

t Sj^Ij ^jjj^a ^ UJUte) i AîjSaJî SjSj*JI ctf^lfJLüU SûtjljjJ) Jj^j .A^lâ

l^J j . JjV) jL^J) Uüaj j t ^JjV) SjÜJ) I^J^^JL^) V j t Jalj ^jja^ ¿Ja j SJLJ) j t Ajjâ^J) ^la j t^SljU A^lâ j&j A^aj t ¿Ja t JILJV) ¿A A^lâ

"Qisqa roman o'rtacha hajmga ega bo'ladi. Uning hajmi so'zlardan muayyan darajada cheklangan bo'lmaydi. Tabiiy holatda ortiqcha so'zlardan xoli bo'ladi. Qisqa romanlarda muqaddima muhim rol o'ynaydi, chunki voqealar bitta qahramon atrofida ro'y beradi. Qisqa roman bitta voqeani yoritganligi, voqeaning markazida bitta qahramon turganligi sababli uning muqaddimasi bitta xatboshi, ba'zida bir qatordan oshmaydi. Uning tili esa aniq, lo'nda. Qahramonlarning muayyan turi bo'ladi. Voqelikka individual qarash, kinoyaviy so'zlar, epigraflar va ko'tarilgan masalalar namoyon bo'ladi."

Qisqa romanlarda odatda bitta markaziy personajga va bir bosh hikoyatga tayanishi bilan ajralib turadi. O'ziga xos tiliga ega, ortiqcha so'zlardan cheklanganligi bilan ajralib turadi. Muallif ikki tomonlama ma'noni e'lon qilmaydi, lekin ishora qiladi, qabul qiluvchining shaffof ruhiyatiga ko'p narsalarni qoldiradi, har doim bir nechta ko'rsatkichlar haqida xabar beradi. Bitta voqeadagi bitta shaxsning

.Vï ^ 4 YOA ^jU <=VY j^aJi. CiVü^ . jLsjJl.''jj^äJl 4JIJJJI ^Lk^l ^JIC ^ÏL 6

^IJ^J 4(JSûJlj ^j^^^Jl Ajjjj^j jjjwaJl jjäJl ^ jJ^Vl £JjJl '¿jj^äJl Ajj^xJl AjljjJl ^jj^- ^LLa^Jl jjl.J 7

4jlj^Jl jiS 42ija^Jl

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

bir voqea qahramonligi haqida gap boradi, qolgan personaj va voqealar markazga bog'langan bo'ladi. Haqiqat tasavvurini hosil qiluvchi qisqa romanlar voqelikning oddiy idrokini ko'rinadigan, aniq harakatga aylantirishga intiladi va tanish, kundalik, o'ziga xos va ikkilamchi narsalardan tashqariga chiqadi. Salva Bakrning "Vaqt g'ildiraklari" va "Quyonlar" nomli romanlari ham aynan shu roman shaklida bitilgan.

Salva Bakr insonlarning qadriyatlari haqida kuyunib yozadigan adibadir. U odamlarni hech qanday bo'rttirishlarsiz, ortiqcha bo'yoqlarsiz tasvirlaydi. Oddiy xalqning dardlarini o'z asarlarida ko'tarib chiqadi. Jurnalist va tanqidchi Safinaz Kazem u haqida shunday deydi: "U yuz foiz adabiy, yuz foiz arab, yuz foiz inson" Bu ta'rifdan ko'rinib turibdiki, Salva Bakr haqiqiy ma'noda chin inson, ham mahorati bilan arab adabiy tilda qalam tebratuvchi mahoratli yozuvchi hamdir.

Xulosa qilib shuni aytishimiz zarurki, zamonaviy Misr romanchiligi rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan yozuvchi Salva Bakr o'ziga xos uslubga ega ekanligi bilan boshqa yozuvchilardan ajralib turadi. Uning yozuvchilik faoliyati davomida turli xil janrlar hikoya, roman, pyessa kabilarda sermahsul ijod etganligi ham ahamiyatlidir. Shu janrlar ichidan yozuvchi uchun eng yaqini bu roman janridir. Shu sababli ham Salva Bakrga romannavis adiba deya ta'rif beriladi. U hozirgi zamonda keng yoyilib borayotga n roman shakli" qisqa roman" da asarlar bitib kitobxonlar e'tirofiga sazovor bo'lib kelmoqda. Salva Bakrning asarlarining bosh qahramonlari- ziyolilar, ishchilar, xizmatchi, jamiyatning qaysidir bo'g'inida faoliyat yuritib kelayotgan erkak va ayollar hisoblanadi. U xoh ayol bo'lsin, xoh erkak bo'lsin, agar jamiyatda uning shaxs sifatida shakllanishiga imkoniyatlar va sharoitlar yaratilmagan bo'lsa, hech bir inson o'zini to'liq namoyon eta olmasligini yorqin ifoda etadi.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.