Научная статья на тему 'BUGUNGI ADABIY JARAYONDA SALOMAT VAFONING O‘RNI'

BUGUNGI ADABIY JARAYONDA SALOMAT VAFONING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
705
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antologiya / erotik yozuvchi / ramz / proza / janr.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rajabboyeva Lobar

Ushbu tezisda bugungi adabiy jarayonda adiba Salomat Vafo ijodiga to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI ADABIY JARAYONDA SALOMAT VAFONING O‘RNI»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

BUGUNGI ADABIY JARAYONDA SALOMAT VAFONING O'RNI

*

>

Rajabboyeva Lobar

Xorazm viloyati Xona tumanidagi 19-son ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7295276

' t

Annotatsiya: Ushbu tezisda bugungi adabiy jarayonda adiba Salomat Vafo ijodiga to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: antologiya, erotik yozuvchi, ramz, proza, janr.

Bugungi nasrimizda S.Vafoning o'ziga xos o'rni, o'z aytar so'zi bor. Adiba asarlarining aksariyatida ayol ruhiy kechinmalari, ko'ngil jilvalariga e'tibor kuchli, qalbida bir dunyo orzu tilaklari, intilish niyatlari bo'lgan har biri o'ziga xos qahramonlar tasvirlanganligi jihatidan ular

o'zaro mushtaraklik va alohidalik kasb etadi. Salomat Vafo insoniy xarakterlarning fojiasini ko'rsatishga ko'proq ahamiyat qaratadi.

"Farida" (1984), "O'zini izlayotgan ayol" (1989), "Ko'ngil farishtasi" (1995),

»

"Tilsim saltanati" (2005), "Ovoraning ko'rgan kechirganlari" (2008) kabi asarlari nashr etilgan.

Sevinch Cho'kumning "Odam" hikoyasini o'zbek tiliga tarjima qilgan. "O'zbekiston milliy entsiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 2009-yili chop etilgan "XX asr o'zbek hikoyasi antologiyasi"da o'tgan asrning eng yaxshi hikoyalari jamlangan. Antologiyani Bahodir Karimov va Habib Abdiyev nashrga

tayyorlagan. Antologiyaga yozuvchining "Elat" hikoyasi ham kiritilgan.

Uning 2004-yilda nashr qilingan "Tilsim saltanati" romani O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi qarshiligiga uchrasa-da, "Yilning eng yaxshi romani" deb tan olingan va rus tiliga ham tarjima qilingan....

"Izm"lardan "Hirsizm"ga yohud adabiyotdagi axloqsizliklar" nomli maqola muallifi Dilfuza Komilova yozuvchini "ayollikning dilbar dunyosiga putur" yetkazishda ayblaydi.[1] Muallif, shuningdek, "Poyezd" hikoyasidagi giyohvandlar J-jt

/M*nni ri r> TTnr» l-\ 1 rrn n r» ' rrn-fr» m 1r~\ 1 ' rvl^ /"»1 il il 7~l rr» s^i 11 1 n i^-n

orasida yuz beradigan o'zaro suhbatni o'zbekchilikka qilingan haqorat deya talqin

qilgan. Salomat Vafo mazkur tanqidiy maqolada qo'llanilgan iboralardan norozi bo'lib, ma'naviy zarar da'vosi bilan Toshkentda mahkamaga shikoyat ham qilgan.

Sh.Avazova S.Vafo bilan qilgan "Men erotik yozuvchi emasman. Men eng millatparvar yozuvchiman" nomli suhbatida yozuvchiga o'zbek adabiyotidagi "Ilk

erotik yozuvchi" degan "unvon"ning berilganini, bir asarda yoritilgan ochiq sahnalarni san'atga yo'ygani mamlakatimizda Ma'naviyatga asoslangan jamiyatning

sa^l^±alarni san atga yo ygani ma^^llakatimizda Ma naViJat&a asoslangan jamiJatnin&

rivojlanishida qanchalik muhim degan savolga adiba: "Men yaratgan asarlar ichida

-^OTIœr^- „1 > I

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

"Ustyurt", "Nomsiz kema", "Ertakka aylangan kun", "Arg'imchoq", "Muqaddas

#

manzil" kabi juda-juda ko'p hikoyalarim borki, men ularda millatning, O'zbekning dardini, Sovet mamlakatlari bo'lingandan keyin chegaralarning har yog'ida qolib sochilib ketgan, juda sho'rish bir qismatlarga ega bo'lgan, onasining o'ligiga yetib borib uni ko'ma olmagan millatning armonlarini yozgan odamman. Hatto o'sha tomonlari bilan ham meni ko'pincha, ayol kishiga xos bo'lmagan qarashlarim bilan, ustozim Odil Yoqubov rus yozuvchilarga qiyoslagandi. "Salomatning prozasida

ruslarning shafqatsiz bir prozasi bor", - deb aytgandilar. "Tilsim saltanati"da ham simvollar bilan hikoya qilganman, undagi voqealar eradan oldingi to'rtinchi, uchinchi asrda bo'lib o'tgan. Shunga ham e'tiroz bildirishgan.[2]

Q.Yo'ldoshev o'zining "Yoniq so'z" kitobiga kirgan "Kichik janrdagi katta izlanishlar" maqolasida 2001-yilning eng esda qoladigan hikoyalari Salomat Vafoning "Unutilgan ayol", "Elat" asarlari ekanligini aytadi:

"Salomat Vafo o'z asarlarida so'zni avaylab, puflab ishlatmaydi. Kuydiruvchi

nn-m ■mnnrl O+IIT mi-xi li n m rv'-mi 1/al n n n\rnmn\r C nnmnrr

so'zni ham, muzlatuvchi so'zni ham o'rni kelsa, ayamay qo'llayveradi. Shuning

uchun ham uning qalamidan chiqqan timsollar bir qadar sovuqroq, bir muncha yoqimsizroq bo'ladi. Va shu jihati bilan... kishining esida uzoq saqlanib qoladi. Saralanmagan og'riqli so'zlar esdan chiqmaydigan obraz yaratishga xizmat qiladi.

»

m:

Salomat hikoyalariga odamning ham chang-chungini qoqib, g'ijimlarini tekislab kiritmaydi. Badiiy tasvirda irganch kimsani imkon qadar irganchligicha ko'rsatishga harakat qiladi. Bunga "Elat" hikoyasi misol bo'la oladi. S. Vafo o'zbek hikoyachiligini yangi tur mozaika-hikoya bilan boyitdi. Adabiyotimizda ilk bor bir umumiy ruh atrofiga birlashgan sakkiz alohida asardan iborat bitta "Elat" hikoyasi paydo bo'ldi. Ushbu hikoya-mozaika tasvir uslubi, til xususiyatlari, inson ko'ngli va amaliga yondashuv tarzi bilano'zga hikoyalardan ajralib turadi. So'zning zalvorini yaxshi bilgan adiba uni qichab ot haydagan chavandozday shitob bilan ishlatadi. alomatning hikoyalari favqulodda xususiyatlarga ega odamlar haqida yoki oddiy

kishilarning ko'zga tashlanmaydigan favqulodda jihatlari to'g'risida bo'ladi. Qizig'i shundaki, hatto bu hikoya qahramonlarining oddiy, el qatori ekanliklari ham favqulodda darajada bo'ladi. Tiyrak va bezovta nigohli muallif har qanday inson ko'nglining nozik tovlanishlarini ilg'ay va tasvirlay oladi"[3, B.131-137.] J-jt

*

Salomat Vafoning asarlariga nazar tashlaganimizda ayollar tabiatidagi fazilat va

illatlarni teran tasvirlashga, ularning surati-yu siyratini o'ziga xos tarzda ochishga

uringan. Salomat Vafo hikoyalarida inson va uning tabiati, ko'ngli xususida so'z

j "1 > ' ^^ i

boradi. Uning nosirlik nigohi ko'ngil olamini anglash orqali o'zlikni, umuman,

insonni uning imkoniyatlarini ko'rish, idrok etishga yo'nalganligidir. "Farishta"

hikoyasi ham mehrga tashna ayol haqidadir. Ota mehriga tashna, onasining ajrashib ketganiga qarshi alam tuyib o'sgan Malika yolg'izlik azoblarida qiynalib

ketganiga qarshi alam Malika yolgizlik azoblarida qiynalib yashayotgan,bor umidini farzandining ertasiga tikkan ona qalbini dafatan tushunib

31><}> 83 | > j

ы> >>

* : >

й*

>>

#ф>

^ >3> 1

Я>

>3» Ы у! Й> #ф>

>j*

<:> 3 )>

! Я>

) yoJ 1

J>

• >4>

+И >

Ы >

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

yetmaydi. Husnu malohatiga ishonib, o'ziga bino qo'y-gan bu qiz hayotini yolg'on va aldov asosiga qurmoqchi bo'lib qattiq yanglishadi. Nomusning o'limi, orzularning toptalishi, odamlararo begonalik tuyg'usi uni fahsh girdobiga tashlaydi. Malika vujud va ruh kurashida xiyonat ko'chasiga kirib tuyg'ulari toptaladi. "Qora beva" hikoyasida tasvirlangan uy bekasi kayfiyat odami. U bir paytlardagi nurli hayotidan, nozik tuyg'ular og'ushidagi kunlaridan qolgan shirin xotiralar sharpasi ta'qibidan qutula olmay, dilgirlikda yashaydi.

Hikoyada hayot, xayol, tush, xotira qorishiqligi kuzatiladi. Adiba bevaning sezimlaridagi, o'ylaridagi tovlanishlarni aks ettirishga intiladi. Inson xayoloti va kechinmalarini tasvir obyektiga aylantirishga urinadi. O'ychil inson tafakkuri va hissiyoti manzaralarini chizadi.[4] S.Vafo odamlararo munosabatni jamiki murakkabliklari bilan aks ettirishga urinadi, inson zotiga sirli xilqat sifatida yondoshib, uning taqdiridagi izohlash mushkul bo'lgan chigalliklarni tushunishga urinadi. Uning qahramonlari ko'pincha o'ylovchi, fikrlovchi, ma'nan baland, nozik tuyg'ular egasi bo'lgan insonlar. Adiba kitobxon didining yuksakligi, sezimlarining ingichkaligi, so'z zalvorini his qilish salohiyatiga ishonadi. Kechinma va tuyg'ularni moddiylashtirish, har bir so'zni joyida qo'llash, holatlarni manzaralantirish, ramz va ishoralar tilida so'zlash, chigal o'ylar-u mubham iztiroblar, beadoq ishtibohlar haqidagi samimiy tasvirlar ana shu ishonchdan oziqlanadi. S.Vafo nasrining falsafiy mohiyati teran, insonparvarlik mazmuni chuqurdir. Adibaning hayotiy illatlar barham topishiga umidi kuchli. Shu boisdan ham noroziligini keskin qutbiy munosabatda ifodalashga intiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. D.Komilova. Adabiyotdagi axloqsizliklar haqida ikki maqola. Xurshid Davron kutubxonasi.

2. "Men erotik yozuvchi emasman. Men eng millatparvar yozuvchiman". BBC news.

3. Q.Yo'ldoshev. Yoniq so'z. - Tosh., Yangi asr avlodi, 2006. - B.131-

139.

+H K

i >p Ы p

] Я> Ы >

i >i>

Ы >

4. B.Qosimov. Ko'ngil tovlanishlari (S.Vafo nasri) www.ziyonet.uz

jW^ У

q ж**

!>3*:

Ш

»

Ыщ

* I |>

Qj^f^S). *,—

84

Ы ¡>

q

q

*ф> ) J

Ы >

q )й>; p- \ >

Hi

Ш>

q Ж+л »ф>

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

UГЖ

*ф>

q

Ц >p

q > > Ы >

q щъ

Щ >

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.