Научная статья на тему 'SADR ZIYO KUTUBXONASI'

SADR ZIYO KUTUBXONASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qo’lyozma / ziyo / kitob

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N.Axmadjonova, I.Habibjonov

XX asr boshlaridagi Buxoro ziyolilarining atoqli vakillaridan biri Sharifjon Muxdum Sadr Ziyo nomi va to‘lagan noyob qo‘lyozma kitoblar majmui alohida hurmat va diqqat e’tibor bilan tilga olishga loyiqdir. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instutining qo‘lyozlalar jamg‘armasida saqlanayotgan Shariffjon Maxmud Sadr Ziyo shaxsiy kutubxonasining qo‘lyozmalar to‘plami bugungi kunda mazkur fondagi ilmiy qimmati va noyoblik jihatidan bebaho qo‘lyozmalarning negizini tashkil etadi. Sharifjon Maxmud Sadr Ziyo tomonidan tuzilgan mazkur kutubxona esa Turonzamin madaniyatiga muhum hodisa, halqning madaniy o‘tmishi va kelajagi yo‘lida sodir etilgan yuksak jasorat namunasidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SADR ZIYO KUTUBXONASI»

SADR ZIYO KUTUBXONASI

N.Axmadjonova Ilmiy rahbar: I.Habibjonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: XX asr boshlaridagi Buxoro ziyolilarining atoqli vakillaridan biri Sharifjon Muxdum Sadr Ziyo nomi va to'lagan noyob qo'lyozma kitoblar majmui alohida hurmat va diqqat - e'tibor bilan tilga olishga loyiqdir. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instutining qo'lyozlalar jamg'armasida saqlanayotgan Shariffjon Maxmud Sadr Ziyo shaxsiy kutubxonasining qo'lyozmalar to'plami bugungi kunda mazkur fondagi ilmiy qimmati va noyoblik jihatidan bebaho qo'lyozmalarning negizini tashkil etadi. Sharifjon Maxmud Sadr Ziyo tomonidan tuzilgan mazkur kutubxona esa Turonzamin madaniyatiga muhum hodisa, halqning madaniy o'tmishi va kelajagi yo'lida sodir etilgan yuksak jasorat namunasidir.

Kalit so'zlar: qo'lyozma, ziyo, kitob

SADR INTELLECTUAL LIBRARY

N. Akhmadj onova Scientific supervisor: I.Habibjonov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The name of one of the prominent representatives of Bukhara intellectuals of the beginning of the 20th century, Sharifjon Mukhdum Sadr Zia, and the collection of unique handwritten books that he paid deserve to be mentioned with special respect and attention. The collection of manuscripts of the personal library of Shariffjon Mahmud Sadr Zia, which is kept in the manuscript fund of the Institute of Oriental Studies named after Abu Rayhan Beruni, today forms the basis of invaluable manuscripts in terms of their scientific value and rarity. This library created by Sharifjon Mahmud Sadr Zia is an important event for the culture of Turonzamin, an example of high courage committed in the path of the cultural past and future of the people.

Keywords: manuscript, art, book

1920 yil oxirida Turkiston ASSR Halq maorifi komissrligigida Buxoroda Sharq qo'lyozmalarining uchta yirik kutubxonasi borligi haqida ma'lumot payda bo'ldi. Abdurauf Fitrat boshchiligidagi filolog-sharqshunoslardan tuzilgan komissiya 1921 yilning boshida Buxoroga keladi va quydagi xabarni yo'llaydi: «Biz Buxoroga kelib,

o'z ishimizni boshladik. Buxoroda eng mashhur, eng boy uch kutubna bor ekan. Birinchisi-marhum Qozikalon (Mulla Burxoniddin Sadr qoziul kuzot. Izoh bizniki-E.O.) ning kutubxonasi, ikikinchisi-shahzoda Muxammad Siddiqxon (Buxoro amiri Muzaffarning o'g'li- E.O.) kutubxonasi, uchinchisi qozi Muxammad Sharif Sadr degan bir kishining kutubxonasi".

Bizning zamonimizgacha shulardan Sharifjon Maxmud Sadr Ziyoga tegishli bitta kutubxona majmuigina butun saqlanib qolgan. Kutubxonaning fondi va qo'lyozmalarining katalogi ilk bor sharqshunos olim U.Hamrooev tomonidan 1963 yilda tahlil qilingan [1] Mazzkur olimning maqolasiga hamda Sadriddin Ayniyning xotirasiga suyanib (bu xotiraning uchdan bir qismi Sharifjon Ziyoga bag'ishlangan) yuqorida zirk etilgan ulkan xuususiy kitob majmini kitobshunoslik nuqtai nazaridan baholash masalasiga diqqatimizni qaratamiz.

Egallagan lavozimiga ko'ra Sadr qozikalon, adabiy taxallusi Ziyo bo'lgan Mirza Muhdum Sharifjon maxdum 1872 yili Buxoroda tug'ilib, shu shaharda voyaga etgan. Uning otasi Buxoro qozikaloni domulla Abdushukur Sadr (1889 yilda vafot etgan) taniqli ilohiyotchi olim, adabiyot bilimdoni, Oyat taxallusi bilan bitilgan adabiy mashqlari bilan ham tanilgan kishi edi.

Muxammad Sharifjon boshlang'ich ta'limni milliy diniy maktabda, madrasa ta'limini esa, otasining ruhiy va ilmiy ustozligi ostida oldi. Ilohiyot bilan bir qatorda u mumtoz adabiyot, Turonzamin va unga qushni o'lkalar halqlari tarixi bilan chuqur tanishib bordi. Fors tilidan tashqari, arab va turkiy tilini mukammal bilar edi. Muxammad Sharifjon XIX asrning yirik olimi va ma'rifatchisi Ahmad Donish (18271897) bilan yaqin aloqada bo'lgan. Uning yaqin do'stlari doirasi Iso maxdum, Yaxyo Xoji, Mulla Sharif Soat, iste'dodli shoir Ahmad Donishning shogirdi Qori Abdulmajid Zufunun (1903 yili vafot etgan), o'z zamonasining mashxur tarixchisi Mirzo Abdulazim Somiy (1907 yili vafot etgan), XIX asrning ikkinchi yarmida ko'zga ko'ringan shoir va olim Muxammad qori Rahmatullo Vozeh (1893 yili vafot etgan), Shamsiddin maxdum Shohin (1894 yili vafot etgan), Sadriddin Ayniyning madrasadosh do'sti Muxammad Siddiq Hayrat (1902 yili vafot etgan), shoir Siddiq Xoji Gulshaniy (1910 yili vafot etgan) va boshqa ko'plab fozil kishilardan iborat edi.

XIX asrning 90-yillari o'rtalarida Sharifjon Maxdum xonadonida tojik va o'zbek adabiyotni mumtoz vakili bo'lib etishgan Sadriddin Ayniy yashagan edi. U o'z esdaliklarida Sharifjon Maxdumning uyida xar xafta seshanba, chorshanba, payshanba kunlari shoirlar, adabiyot muxlislari, kitobsevarlar, qiziq hikoyalarni aytib beruvchi noqillar yig'ilishardi, deb xotirlaydi. «Bu odamlarning barchasi Sharifjon Maxdum majlislarini bezagan eng yaxshi gullar, men esa shu gullar atridan bahramand edim" [2], deb yozadi S.Ayniy. U adabiyot va tarixning haqiqiy bilimdonlari fikirlariga chanqoqlik bilan quloq solar, halq zukkoligi ruhini o'zga singdirar, chin ma'nodagi oqillar suhbatidan ibrat olardi.

Sharifjon Maxdum xonadonidagi ma'naviy muhut Sadriddin Ayniy uchun o'zga xos maktab bo'ldi, shu yerda uning adabiy didi, ijodga ixlosi shakllana boshladi. Sharifjon Maxdum "Odamlarga muomilada kamtar, hech kimga takabbur, mensimas qarashda bo'lmasdi" Tez-tez u mumtoz shoirlardan birortasiniig asarini o'qir ekan, Sadriddin va u bilan birga istiqomat qilgan Mirzo Abdulzoxidni o'z yoniga chaqirib olar, o'qiyotgan asarining muhim joylarini ko'rsatar, asar nafosatidan birgalikda zavqlanar edi. «Ba'zan, - deb yozadi Sadriddin Ayniy, -bizlarni ovoz chiqari o'qishga buyurar edi. O'qishimizdagi talaffuz xatolarimizni tuzatar, bizlarga hali tushunarsiz bo'lgan narsalarni tushuntirardi... Men unga xurmat bilan qarardim, uni o'zimning birinchi ma'naviy ustozim deb bilardim».

Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo XIX asr oxiri XX ars boshlarida ko'zga ko'ringan fan va madaniyat arboblaridan birgina emas, balki katta kitobsevar ham edi. Bir necha tarixiy- madaniy, tarixiy- badiy asarlar uning qalamiga mansub. Sharifjon Maxdum 1910-yildan she'riy yulda «Tazkir ul-ash'or" nomli tazkira yaratgan. Yigrmadan ortiq asarni o'z qo'li bilan xusnixatda ko'chirgan. Sharifjon Maxdumning o'z so'zlari bilan aytganda, uning kitobga muhabbati cheksiz bo'lgan. Bilimning turli sohalariga oid qo'lyozmalarni to'plashga kuchini ham, mablag'ini xam ayamagan. «Har qachon, kimda bo'lmasin, yaxshi kitob ko'rsam, uni qulga kiritishga harakat qildim", deb yozadi Sharifjon Maxdum. [3]. Ba'zi bir kitoblar unga sovg'a qilingan. Shunday qilib, u ilimning muayyan sohalari bo'yicha noyob yoki turli zamonlarning mashxur xattotlari kuchirgan kitoblarning beqiyos xazinasini tupladi. «Hozirgi vaqitda, -deb yozadi kutibxonasining katalogiga kirish so'zida Sharifjon Maxdum, -turli davirlarda yashagan mashxur xattotlarning nomlari noma'lum bo'lib kelmoqda va ularning nomlari unitilib yuborilmoqda. Endi biror xattotni biladigan yoxid uning xatini taniydigan va uning qadr-qimmatiga etaydigan kishi qolmayapdi".

Sharifjon Maxdum o'z kutubxonasining katologiga kirish so'zida har bir qo'lyozmaning hislatlari, u yoki bu kitobning qo'lgakiritilishi tarixi, unga ma'lum bo'lgan xollarda qo'lyozmaning kotiba haqida katta bir ixlos va muxabbat bilan tavsif berib o'tadi. Ko'pincha u qo'lidagi kitobning (yoki nusxaning) qancha pulga olinganini ham ko'rsatadi. Sharifjon Maxdum kitobga sariflagan mablag'ini tassavur qilish uchun ba'zi bir kitoblarninig yuzlab oltin so'mlar bilangina emas, balki minglab oltin sumlarda narxlanganini ko'rsatib o'tish kifoyadir. Masalan, «Kalila va Dimna»ning qo'lyozmasini uchun u 15 ming oltin tanga yoki 3000 rublt sariflagan. Jomiyning «Haft avrang»i uchun ham u 3000 rublt, «Bahr ar-roiq» kitobining 7 jildlik qo'lyozmasi uchun esa 30 ming tanga (6000 rublt) tulagan.

Sharifjon Maxdum kutubxonasining yana bir manbai uning o'zi tomonidan yoki uning byurtmasi bilan ko'chirilgan kitoblar bo'lgan shu ma'noda Axmad Donishning "Nodir ul- vaqoe" («Nodir voqiyalar») asarining ko'chirilishi haqida Sadriddin Ayniy esdaliklari diqqatga sazovordir. Fan va adabiyotga aloqador kishilarga ma'lumki,

Ahmad Donishning «Nodir ul- vaqoe" nomli yirik asari bo'lgan. Lekin men bilgan biror kimsalan maskur asarning nusxasi yuq edi. Keyinroq ma'lum bo'ldiki, Axmad Donish shu kitobining o'z qo'li bilan ko'chirilgan nusxasini Siddiqxon Xishmatga sovg'a qilgan ekan. Ahmad Donish asrlarining ishqibozi bo'lgan Sadr Ziyo Xishmot bilan yashirin munosabatlarga kirishib, shu kitobni undan nusxa ko'chirib olish uchun undiradi. "Navodir ul-vaqoe" ni ko'chirish vazifasi husnixati bor Mirzo Abdulvoxid Munzimga (1935 yili vafot etgan) topshiradi. Ish yakunlangach, Sharifjon Maxdum kitobining nusxasini A.Donish dasxatida ko'chirilgan nusxa bilan solishtirib chiqishda ishtirok etishni Sadriddin Aynidan iltimos qiladi.

Sadr Ziyo kutibxonasni ko'rgan va undan foydalangan Sadriddin Ayniyni baho berishicha, bu majmuada fan va madaniyatining tiniq va go'zal xat bilan ko'chirilgan eng noyob yodgorliklari, xatto asar mualuflarining qullari bilan ko'chirilgan nusxalari bor edi. «Sharifjon Maxdum kutubxonasi Buxoroda eng boy va eng yaxshi xususiy kutubxona edi» deb yozadi Sadriddin Ayniy. Xozir Sharifjon Maxdum kutubxonasining 300 ga yaqin, ba'zan xar bir jildida unlab noyob asarlar bo'lgan kitoblari O'zbekiston fanlar akdemiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo'lyozmalar majmuyi tarkibida saqlanmoqda. Kutubxananing kichikroq boshqa bo'lagi Tojikiston Fanlar kademiyasi Sharqshunoslik bo'limi va yozma meros fondida turibdi.

Sharifjon Maxdum kutubxonasining O'zbekistondagi qo'lyozmalari 1936 yil uning vorislaridan sotib olgan. Sharifjon Maxdum kutubxonasining tarkibi bilan tanishgan kishi, avvalo, kitobsevarning serqirra ilmiy qiziqish doirasi, nozik didi hayratga soladi. Bu xislatlar kitobxonlarning mazmun va mavzu rang-barangligida, fan va madaniyat tarixi uchun qimmatli hamda noyobligi o'z aksini topgan.

Mazkur kutubxona qo'lyozmalari orasida kalom (ilohiyot)ga, fiqh (islom qonunshunosligi)ga, tarrixiga, tasavvuf, tabitshunoslik, tabbiyot, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, adabiyot nazaryasi, sarfu navh (grammatika), mantiq, falsafa, axloq, tarix va geografiyaga oid kitoblar bor. Bundan tashqari, turli xil lug'atlar, qomuslar, ma'lumotnoma kitoblar ham bir talay. Bu kutubxonadan «Sharafnomai shohiy» (Hofiz Tanish Buxoriy asari, ko'proq «Abdullanoma» nomi bilan mashhur) kitobi, Davlatshoh Samarqandiyning muhtasham bezaqli «Tazkirat ush-shuaro» asarining nusxasi, XVII asrga oid «Majmuat ur-rasoyili xukamo» ilmiy toplami (uning tarkibida turli mamlakatlar, hatto Yunoniston faylasuflarining 107 ta asari joylashgan), Amir Husrav Dehlaviyning XIV asrda ko'chirilgan «Xamsa»si (uning ikkinchi, uchunchi, to'rtinchi dostonlari shoir Shamsiddin Muhammad Hofizning o'z qo'li bilan ko'chirilgan), Ulug'bekning sobit yulduzlar jadvali-"Zijji Ulug'bek" ("Zijji jadidi Ko'ragoniy") asari, Alisher Navoiyga yozilgan maktublarning noyob qo'lyozma to'plami - "Majmuai murosalot" ("Jo'natmalar yig'indisi") kabilar O'zbekiston ma'naviyati xazinasining ko'rki bo'lib saqlanmoqda.

Sharifjon Maxmud kutubxanasining qimmatini yanada oshirgan narsa undagi kitob majmuiningi izohli katalogi va tasvsifidir. Tavsifda har bir kitob alohida ta'riflangan. Bu katalog O'zbekiston Respublikasi Fanlar kadkmiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Shaarqshunoslik instituti fondida 2460 raqami ostida saqlanmoqda. Har bir qo'lyozmaning mufassal paleografik, kodikologik, geraltdik (dastxatshunoslik), bibliografik va tarixiy-madaniy tasifi berilgan mazkur katalog professional o'ziga xoliklariga ega bo'lish bilan bir qatorda, XX asr boshidagi yirik kitob muxlisining yuksak bibliografik madaniyatidan ham dalolat beradi. Ushbu katalogning o'ziga xos qo'lyozmasi Qo'qon qlhoziga nasta'liq dastxati bilan yozilgan. Sarlavhalar qizil rang bilan ajratilgan. Muallifning ayrim izohlariga qaraganda, ro'yxat XX asarning 20-yillarida to'ldirilgan. "O'zSSR Fanlar akdemiyasi Sharq qo'lyozmalari to'plami" katalogida ilmiy tavsiflashda Sharifjon Mahdumning mazkur ro'yxati «Qo'lyozmalar katalogi" deb nomlangan. U shuningdek, «Asomi ul-kitobi kitobxanai xususiyi Sharifjon Mahdum» («Sharifjon Mahdumning shaxsiy kutubxonasidagi kitoblar ro'yxati") nomi bilan ham ma'lum muallifning o'zi katalogga nom qo'ymagan, shu bois yuqorida zikr etilgan nomlarni shartli deb hisoblash kerak. O'z shaxsiy kutubxonasidagi kitoblar ro'yxatining kirish qismida Sharifjon Mahdum o'zi to'plangan adabiy va ilmiy asarlarning noyob qo'lyozmalari katta ilmiy ahmiyatga ega ekani, bu qo'lyozmalarda aksariyatining nomi hozirgi avlod vakillari tominidan unutila boshlangan mohir hattotlari mehnati mujjassamlashgani to'g'risida so'z yuritadi. Katalogni tuzishda muallif muayyan xronologik yoki tematik prinsipga rioya qilmagan. Ma'naviy madaniyat uchun u yoki bu qo'lyozmaning ahamiyati, uning badiiy-estetik fazilatlari, ilmiy mazmuni, adabiyot va fan tariida asarning o'rni va ahamiyati muallif uchun bosh mezon bo'lib xizmat qilgan.

Katalog Qur'oni karimning yuksak did va mahorat bilan bezalgan va ko'chirilgan besh nusxasining tavsifi bilan boshlanadi. Qur'oni karimning boshqa ikki nusxasi tavsifi katalogning boshqa joylarida berilgan. Fiqh va kalom (musulmon qonunshunosligi va teologiyasi)ga, sufizm va din tarixiga, bilimning turli tarmoqlariga oid kitoblar va badiiy adabiyotlarning tasifi qo'lyozmaning ilmiy va estetik ahmiyati prinsipiga asosan keltirilgan.

Sharifjon Mahdumnig qo'lyozmalarni tavsiflash usuli ham juda o'ziga xosdir. Tavsiflarda u qo'lyozma nomini, muallif va xattotning ism-sharifini keltiradim, qog'oz navi va u ishlab chiqarilgan joyni (Qo'qon, Samarqand, Buxoro, Hirot va boshqalar) ko'rsatadi, muallifning zamondoshlari, uning yaqin va uzoq qarindoshlari haqida qiziqarli ma'lumotlar keltiriladi. Ko'pincha kitob narxini, uni necha pulga sotib olganini qayd etadi. Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Nizomiy, Ulug'bek, Bedil, Amir Xusrav Dehlaviy, Ahmad Donish kabi mashhur shoir va olimlarniig asarlarini tavsiflashda ularning hayoti va ijodiga oid ma'lumotlarga batafsil

to'xtaladi, ularning asarlariga tasif berib o'tadi. Masalan, Mirzo Ulug'bek qalamiga mansub "Zijji jididi Ko'ragoniy" asari qo'lyozmasining noyobligi to'g'irisida so'z yuritar ekan, Sharifjon Mahdum o'quvchini olim va davlat arbobining shaxsi bilan tanishtiradi, Ulug'bek bilan birga rasadxona qurilishida ishtirok etgan Qozizoda Rumiy G'iyosiddin Jamshid, Mavlon Ali Qushchi kabi olimlar haqida hikoya qilgan, Ulug'bekning yuqorida zirk etilgan astronomik jadvali haqida ma'lumotlarini keltiradi.

Fan adabiyot va kitobat madaniyati namoyandalariga nisbatan muhabbat va hurmat hissi bilan sug'orilgan Sharifjon Mahdum Sadir Ziyo katalogida bittadan - bir necha o'ntagacha asarni o'z ichiga olgan uch yuzga yaqin qo'lyozma haqida mufassal ma'lumot berilgan. Mazkur katalogda qo'lyozmalarni tavsiflash prinsiplari va tuzilishini chuqur tahlil qilish, uni tuzish usulini "O'zSSR Fanlar akdemiyasi Sharq qo'lyozmalari to'plami" katalogida qabul qilingan qo'lyozmalarni tavsiflash usuli, prinsiplari va tarkibiy unsurlariga solishtirish "O'zSSR Fanlar akdemiyasi Sharq qo'lyozmalari to'plami"ning dastlabki besh jildiga kiritilgan qo'lyozmalar tavsifini tuzgpn sharqshunos A.A.Semyonov Sharifjon Mahdumning qo'lyozmalarini tavsiflash usulini to'liq o'zlashtirgan, faqat uning unsurlari tartibi va tuzilishini bir hillashtirgan deb xulosa chiqarish imkonini beradi. Shu bois biz bugun "O'zSSR Fanlar akdemiyasi Sharq qo'lyozmalari to'plami"da qabul qilingan Sharq qo'lyozmalari tavsifini tuzish usulining asoiy g'oyasi, prinsiplari va metodologiyasi haqli ravishda Sharifjon Mahdum Sadr Ziyoga tegishli deb ayta olamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Vohidov, S. (2023). BUXORODAGI MIRZO ULUG 'BEK MADRASASI KUTUBXONASI TARKIBINING SHAKLLANISHIGA DOIR (ilm va ma'rifat maskanlari tarixidan). TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi, 1(2), 4-11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.