Научная статья на тему '“ESDALIKLAR”DA SHARIFJON MAHDUM SHAXSIYATINING YORITILISHI'

“ESDALIKLAR”DA SHARIFJON MAHDUM SHAXSIYATINING YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
230
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Latifjon Mahdum / Sharifjon Mahdum / Muhammad Sadr Ziyo / Sadriddin Ayniy / "Esdaliklar" roman-memuari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilnora Alisher Qizi Bahronova

Sharifjon Mahdum faqatgina muayyan mulk sohibi va mansabdorgina emas, balki o`z zamonasining ulkan ma’naviyat arbobi ham edi. Taroziga tosh qo`yganda, tabiiyki, ayni ana o`sha savob ishlar turgan palla og`irlik qiladi. Axir, qo`lida mavjud bo`lgan barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ularni qobiliyatli yoshlar ravnaqi yo`lida safarbar qilishning o`zi ulug` san’at va hammaning ham qo`lidan kelmaydi, albatta. Maqola ushbu xususiyatlar batafsil yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ESDALIKLAR”DA SHARIFJON MAHDUM SHAXSIYATINING YORITILISHI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

"ESDALIKLAR"DA SHARIFJON MAHDUM SHAXSIYATINING

YORITILISHI

Dilnora Alisher qizi Bahronova

BuxDU filologiya fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Sharifjon Mahdum faqatgina muayyan mulk sohibi va mansabdorgina emas, balki oz zamonasining ulkan ma'naviyat arbobi ham edi. Taroziga tosh qo'yganda, tabiiyki, ayni ana o'sha savob ishlar turgan palla og'irlik qiladi. Axir, qo'lida mavjud bo'lgan barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ularni qobiliyatli yoshlar ravnaqi yo'lida safarbar qilishning o'zi ulug' san'at va hammaning ham qo'lidan kelmaydi, albatta. Maqola ushbu xususiyatlar batafsil yoritib berilgan.

Kalit so'z: Latifjon Mahdum, Sharifjon Mahdum, Muhammad Sadr Ziyo, Sadriddin Ayniy, "Esdaliklar" roman-memuari

Sadriddin Ayniyning "Esdaliklar" roman-memuarida Buxoro adabiy muhiti vakillariga doir qimmatli ma'lumotlar keltiriladi. Ilm-fan, adabiyot va san'atga qiziqadigan, muttasil mushoiralar, so'z va soz o'yinlari tashkil qilib turadigan bir zarif shaxs bo'lganki, Sadriddin Ayniy uni "Esdaliklar"ning uchinchi qismida hurmat bilan tilga oladi. Bu - Sharifjon Mahdum. U nasl - nasabiga ko'ra amaldor tabaqasidan, biroq amaldorlikdan ko'ra ilmga, adabiyotga, musiqaga qiziqadi. Ustod Ayniyning ta'rificha, xushxatlik, savodlilik, she'rshunoslik, ma'rifatparvarlikda Buxoro mullazodalari orasida tengsiz edi. "Esdaliklar"ning uchinchi qismi "Latifjon Mahdumning hovlisi" (Aslida Sharifjon Mahdum, yozuvchi uni umumlashma badiiy obrazga aylantirish uchun shunday nomni ishlatib ko'rgan. Biroq bunday urinish tarixiy haqiqatga zid kelishini nazarda tutib, yozuvchi yana Sharifjon Mahdum tarzida qo'llashni ma'qul ko'radi) sarlavhali sahifalar bilan boshlanadi. Unda adibnafaqat hovli tasviri, balki unda istiqomat qiluvchi insonlar, kelib - ketuvchi kishilar, ro'zg'or yumushlari sohasida faoliyat ko'rsatuvchi ayol va erkak xizmatkorlar haqida muhokama yuritishni ham sedan chiqarmaydi. Shu qismning "Latifjon va uning suhbatdoshlari" nomli sahifalari qamrov doirasining kengligi bilan diqqatni tortadi. Ota-bobolarining asosiy kasbi ohorchilikdan iborat bo'lgan Latifjon Mahdumni o'quvchilarga tanishtirish uning surati tasvirini chizishdan boshlanadi. Taniqli adib u haqda quyidagilarni yozadi: "Latifjon Mahdum uzun bo'yli, oq yuzli, qo'y koz, qo'ng'ir soqolli bo'lib, men uning xizmatiga kirgan vaqtda yigirma yetti yoshda edi. Sharifjon Mahdum xushxatlilik, savodlilik, she'rshunoslik, ma'rifatparvarlikda Buxoro mullazodalari orasida deyarli tengsiz edi".

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Ustod Ayniy "Esdaliklar"ining yetakchi ijobiy qahramonlaridan biri Sharifjon Mahdum Sadri Ziyodir. Sharif uning nomidir, "Mahdum" mullazodalar nomiga qo'shilib keladigan so'z, "Sadr" ilmiy-diniy unvon bo'lib, keyingi asrlar Buxoroda ulamolarga beriladigan uchinchi oliy unvon sanaladi. "Ziyo" uning adabiy taxallusidir. Yosh Sadriddinxo'jadagi iste'dodni payqagan va uning Buxoro madrasalarida tahsil olishi, shu sharif shaharning ilmiy - adabiy muhitidan xabardor bo'lishida keng yol ochib bergan zarif inson ham Sharifjon Mahdum Sadr Ziyodir. Ustod 1891-1892 -yillarda o'sha ma'rifatparvar adib xonadonida xizmat qiladiki, professor I.S.Braginskiyning ta'biri bilan aytganda, Sharifjon Mahdumning jo'shqin adabiy davralari yosh Ayniy uchun "hayotbaxsh sarchashma" vazifasinio'tadi. Shundan bo'lsa kerak, alloma adib "Esdaliklar"dan joy olgan Buxoro adabiy muhitiga doir nodir ma'lumotlarni Sharifjon Mahdum Sadr Ziyo nomi bilan bog'lab yoritadi.

Ustod Ayniy faqat xizmat yillarida emas, balki undan keyin ham Sadr Ziyo bilan aloqasini uzmaydi, uning ilmiy - adabiy davralarida ishtirok qilishni o'zi uchun sharaf hisoblaydi. Ana shu ma'noda, alloma yozuvchining Sadr Ziyo haqidagi qaydlari katta adabiy - ma'rifiy ahamiyat kasb etadi. "Esdaliklar"da "Latifjon Mahdumning shaxsiy xislatlari" sarlavhasi ostida uning juda ko'p noyob fazilatlari, davr adabiy hayotini rivojlantirishdagi xizmatlari xususida nodir qaydlar o'rtaga tashlanadi. Jumladan, asarda o'qiymiz: "Latifjon Mahdum, shubhasiz o'z davrining ma'rifatparvari, taraqqiyxohlaridan edi. U she'rni juda yaxshi tushunar va shoirlik iqtidori pastroq bo'lsa ham, she'r yozardi. Latifjon Mahdumning ko'zga tashlanib turadigan xususiyati shundan iborat ediki, u yoshlarning qobiliyatini tez payqar va qobiliyati zo'r yoshlarni yaxshi taqdirlab, ulardagi qobiliyatni rivojlantirish uchun qo'lidan kelgan hamma vositalardan foydalanib yordam berardi" Ixcham bu nasriy parchada Sharifjon Mahdumda ko'ringan deyarli barcha ijobiy fazilatlar qamrab olinadi. Ahamiyatli jihati shundaki, zamondosh yosh ijod ahlida iste'dod nishonalarini ko'rgan bu shaxs hech narsani darig' tutmay, salohiyatidan umid qilsa bo'ladigan o'sha insonning orzularini ro'yobga chiqarish yo'lida hamma imkoniyatlarni ishga solgan. Masalaga adolat mezonlari talabi nuqtayi nazaridan yondashib ko'rsak, XIX va XX asrboshlarida Buxoroda savodi baland, moddiy boyligi yetarli zodagonlar toifasiga mansub odamlar kammidi ? Ulardan qanchadan - qanchasi bilan "Esdaliklar" sahifalari orqali tanishdik. O'shalarda qaysi biri, kimga iltifot ko'rsatgan ?

Sharifjon Mahdum esa faqatgina muayyan mulk sohibi va mansabdorgina emas, balki o'z zamonasining ulkan ma'naviyat arbobi ham edi. Taroziga tosh qo'yganda, tabiiyki, ayni ana o'sha savob ishlar turgan palla og'irlik qiladi. Axir, qo'lida mavjud bo'lgan barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ularni qobiliyatli yoshlar ravnaqi yo'lida safarbar qilishning o'zi ulug' san'at va hammaning ham qo'lidan kel maydi, albatta.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Ustod Ayniy Sharifjon Mahdumning insoniy xislat - xususiyatlariga to'xtalar ekan, undagi xokisorlik, qo'lostida ishlaydigan odamlargayuksak muhabbat nazari bilan munosabatda bo'lishday oliyjanob fazilatlariga alohida urg'u beradi. "Men, Mirzo Abdulvohid, Mirzo Bade' uning xizmatkorlari bolishimizga qaramay, -yozadi Ustod Ayniy "Esdaliklar" da, - biz bilan bir tovoqdan ovqat yer edi. Xususan, mening kir bosib, julduri chiqqan qishloqcha kiyimlarimdan hazar qilmasdi. Holbuki, u hamisha pokiza kiyinib, taom yeyishda va yegulik narsalarni saqlashda juda ozoda edi". Shuning o'zi, ya'ni oddiy xizmatkorlar bilanbir dasturxon atrofida o'tirib, bir tovoqdan ovqatlanishning o'zi alohida ibrat maktabi emasmi ? "Esdaliklar"da bu ziyoparvar, muomala madaniyati yuksak bu insonning tabiati haqida gap borarkan, muallif yozadi: "Latifjon Mahdumning eng yomon xislati uning xasisligi edi. Ammo buni tashqaridagi odamlar payqamas edi. Chunki uning ziyofatlari sertakalluf va noz-une'matga tola bo'lardi. Uning bu xil qo'li ochiqligi zamirida vallomatlik bilan shuhrat qozonish istagi borligini men yaxshi sezardim" Biroq Ustod Ayniyning bu zarif insonga doir butun "Esdaliklar" va "Qisqacha tarjimai holim" asarlari tarkibidagi ishoralari o'sha "xasislik"ni tola qo'llab - quvvatlamaydi. Lekin nima bolishidan qat'iy nazar, Sharifjon Mahdum Ustod Ayniyning qalb to'ridan mustahkam joy olgan ulug' shaxsdir. O'sha baland mehr-u oqibat, issiq muhabbat Ustod asarlari sahifalarida hamisha o'zidan darak berib turadi. Ayniqsa, ma'naviy olam bobida bunday mayl yanada qabariqroq namayon bo'ladi. Quyida keltiriladigan iqtibos ham shu yo'lda xizmat qila oladi. "Latifjon Mahdum hovlisida mening ahvolim ham yaxshi edi, ham yomon. U yerda ahvolimning yomonlik tomoni shunda ediki, ishning ko'pi, ayniqsa, og'ir ishlar mening vaqt va chidamimga nisbatan ortiqroq edi. Men kunduzi dars o'qish va dars tayyorlashga hech vaqt topolmasdim. Buning ustiga, kiyim-bosh masalasi ham haddan tashqari yomon edi. Men hali ham qishloqdan kiyib kelgan kiyimimda xizmat qilardim. Bitta paxtali maydaqavuq G'ijduvon to'ni bilan ham ostimni, ham ustimni yopib yurardim, u o'tin yorish, yuk tushirish va hovli supurish zo'ridan yirtilib, tilka-pora bo'ldi. Yenglari to'zib shunday kir bo'lib ketdiki, undan o'zim ham jirkanardim. Ammo xojyinim bu to'ndan jirkanmas, "yenglaringni tirsaginggacha shimarib, qo'llaringni sovun bilan tozalab yuvgin-da, kelib biz bilan osh yegin" deb buyurardi. Men hanuz mahsisiz yurardim. Sarpoychang kiyadigan teshik kavushim allaqachon yirtilib, panjalarim uchidan chiqib turardi. Bu yerning yaxshiligi shunda ediki, men uch oqshom ilm, adabiyot ahllari, o'sha zamonning ziyoli donishmandlari, latifago'ylari, chechanlari suhbatida bo'lib, ularning gaplarini eshitishdan mening fikrim ravshanlashar edi. Latifjon Mahdumning uyi, odatda, haftaning uch kechasida - seshanba, chorshanba va payshanba kunlari shoirlar, she'rshunoslar, latifa aytuvchilar va qiziqchilar majlisiga aylanardi. Men o'zimning dastlabki, lekin muhim adabiy materiallarimni shu hovlida to'plaganman, desam

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

bo'ladi. Men bu hovlida mulla Nazrulla Lutfiy, Abdulmajid Zufunun, Yahyoxoja, Sodiqxoja Gulshaniy, Homidbek Homid, Abdulxoja Tahsin, mulla Burhon Mushtoqiy, Qori Abdulkarim Ofarin - Do'zaxiy, Mirzo Azim Somiy Bo'stoniy, Mulla Rahmat sartarosh, Azizxoja Aziz va boshqalarni tanidim va bilib oldim. Bularning har qaysisi shoir yoki she'rshunos edi"1.

Adib o'z asarida yuqoridagi shoir va she'rshunoslarning ba'zilari xususida ma'lumot berib, muxtasar chizgilarini ham yaratgan. Chunonchi, Abdulmajid Zufunun yulduzlar ilmida Ahmad Donishning shogirdi bo'lib, she'r va adabiyot hamda Buxoro madrasalarida o'qitiladigan boshqa rasmiy fanlar sohasida ham mahorat ko'rsatgan edi. U turli fan ilmlarini ko'p bilgani sababli zamondoshlari unga "Zufunun" - "fanlar egasi" degan laqabni bergan edilar.

Sadriddin Ayniy Latifjon Mahdum suhbatidagi ziyolilardan ikkinchi bir kishini ham alohida ajratib ko'rsatadi. Bu - Mirzo Azim Somiy Bo'stoniy. U madrasani tugatgach dastlab hokimlarga mirzolik qilgan, keyinchalik amir Muzaffar saroyiga munshiylik lavozimiga ishga kirgan. Amir Muzaffar bilan Rossiya podshosi o'rtasida bo'lgan urushda kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. Uning mang'it podshohlari tarixiga oid "Tuhfayi shohiy", shuningdek, "Daxmayi shohon" kabi asarlari bor.

Ko'rinadiki, Sadriddin Ayniy Sharifjon Mahdum haqida yozar ekan, uning atrofidagi adabiy muhit egalariga ham alohida e'tibor qaratadi, nazaridan hech qaysi ijodkorni chetda qoldirmaydi.

"Esdaliklar"da yana o'qiymiz: "Latifjon Mahdumning o'zi yolg'iz qolgan kezlarida klassik asarlarni va hikoya kitoblarini ko'p mutolaa qilar, ularning serma'no, dilbar joylarini men bilan Mirzo Abdulvohidga sharhlab, o'z shavqiga bizni sherik qilardi. Ba'zi kitoblarni bizlarga o'qitib, xatolarimizni tuzatar, tushunmagan joylarimizni tushuntirib berardi". Ustod Ayniy bunday fikrlarining ifoda tarziajib bir samimiyat, muloyimlik, dilkashlik, mehr-u muruvvat tuyg'ulari bilan yo'g'rilgan. Ana shu jumlalarni mutolaa qilgan har qandayzakovatli kitobxonda "Sharifjon Mahdum o'z davrining juda dilbar, zarif va himmati tog'lar qadar yuksak murabbiysi ekan-da" -degan shirin tuyg'ular o'z-o'zidan paydo bo'ladi. Axir, Sharifjon Mahdum xonadonida sodir bo'lgan voqea - hodisalarni hayot qiyosida, insonlararo muomala-munosabat me'zonida tortib, tahlil qilib ko'rgan har bir iymonli odamda shunday fikrlar, shubhasiz, tug'iladi. Mirzo Abdulvohid va o'spirin Sadriddinxo'jaga ko'rsatilgan mehribonlik va g'amxo'rliklarni undan boshqacha sharhlash esa adolat va insofga xilof harakat qilish bilan barobardir. Darvoqe, asar muallifining mana bu qaydlari ham bizning qarashlarimizga ma'naviy uyg'unligi bilan diqqatga molik hisoblanadi: "...Holbuki,

1 CagpnggHH AHHHH. Acap^ap. 8 tomotk. 6-TOM. TomKeHT : "EagnHH aga6neT HampHeTH", 1965, 40-6.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 123

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

men uni ranjitishni xohlamasdim, chunki men moddiy jihatdan undan har qancha norozi bo lsam ham, ma'nan uni hurmat qilar, uni o zimning birinchi ma'naviy tarbiyachim deb bilardim" "Esdaliklar" muallifining Sharijon Mahdum haqidagi barcha ma'lumotlarini toplash va teran tahlil qilish alohida kitobga mavzu hamda manbadir.

Buxoro inqilobidan so'ng Sharifjon Mahdum shaxsiga munosabat ham tebranib turadi, ya'ni unga nisbatan mehr ko'rsatilgan va zugum oshgan damlar tez-tez almashinib turadi. Ba'zan bu zarif insondagi katta bilimdan foydalanishga ham harakatlar bolgan. Bizga u qadar aniq bolmagan ma'lumotlarga ko'ra, o'sha yigirmanchi yillarda Buxoro tarixini yaratish harakati boshlangan va shu maqsadda madrasa ko'rgan odamlardan mualliflar guruhi tuzilib, uning tarkibida Sharifjon Mahdum ham bolgan ekan. U qadar aniq bolmagan ma'lumotlarga binoan, mazkur kitob nihoya topgan va qolyozma holida qolib ketadi. Yana o'sha taxminlarga qaraganda, mazkur asarning yagona qolyozma nusxasi Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot institute xazinasida saqlanadi. XX asrning o'ttizinchi yillari boshi bilan Buxoroda siyosiy vaziyat o'zgardi. "Tilla olish" o'yinlari boshlanib ketadi. Juda ko'p gunohsiz insonlar qatorida Sharifjon Mahdum ham hibsga olinib, Buxoroning Goziyon madrasasiga qamaladi. Shoir va yetuk tarixshunos u yerda ichterlama kasaliga uchrab 1932-yilda vafot etadi. Ichterlama xastaligining yuqumli bolganligi va marhumning mahbusligi nazarda tutilib, uning jasadi Goziyon madrasasidan to'g'ri Xoja Ismat qabristoniga olib boriladi. Hibsga olingan Sharifjon Mahdumning mol-mulki qatorida uning boygina kutubxonasi ham davlat tomonidan musodara qilinib, hozirgi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat kutubxonasiga topshiriladi. U yerdan esa Toshkentga olib ketiladi. Ma'lum ma'noda tafsiloti berilgan bu ma'naviy xazinaning o'shandan keyingi taqdiri haqida "Esdaliklar"ning "izohlar" qismida o'qiymiz: "Bugun Sharifjon Mahdum Sadr Ziyo to'plagan bu nodir kitoblarning aksariyati OzSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qolyozmalar xazinasida saqlanadi va bu nodir xazinaning eng yaxshi qismlaridan hisoblanadi"

Alqissa, Sharifjon Mahdum ana o'sha ulkan ma'naviy xazinasi bilan ham istiqlol davri odamlarini barkamol shaxs qilib shakllantirish yolida beminnat xizmat qilib kelmoqda ...

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Садриддин Айний. Асарлар. 8 томлик, 7- том. Тошкент: "Бадиий адабиёт нашриёти", 1966.

2. Хаккул И. Айний адабиёти. // "Узбек тили ва адабиёти" журнали, 5-сон, 2003-йил. 4-13 б.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

3. Вохидов Р., Махмудов М. Устод Садриддин Айний сабоклари. Тошкент: "Фан", 2004.

4. Садриддин Айний. Мухтасари таржимаи холи худам. Сталинобод, 1958.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.