Научная статья на тему 'SA’DIY LIRIK MEROSI MANBALARI (qo‘lyozma bayozlar va to‘plamlar tahlili)'

SA’DIY LIRIK MEROSI MANBALARI (qo‘lyozma bayozlar va to‘plamlar tahlili) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
86
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sa’diy / devon / qo‘lyozma / bayoz / to‘plam / g‘azal / muxammas / fond / manba / kolofon. / Saadi / divan / manuscript / bayaz / collection / ghazal / mukhammas / fund / source / colophon

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sattorova, D.

Sa’diy Xorazmiy XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xivada yashab, ijod etgan sohibi devon shoirlardan hisoblanadi. Mazkur maqolada XX asr boshlarida Xivada Sa’diy lirik asarlari ko‘chirilgan qo‘lyozma bayoz, to‘plamlar tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOURCES OF SADI LYRICAL HERITAGE (analysis of manuscripts and collections)

Saadi Khorezmi, who lived and created in Khiva at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, is considered one of the Sahibian poets. In this article, the manuscripts and collections of Khiva Sa'di's lyric works were copied in the beginning of the 20th century.

Текст научной работы на тему «SA’DIY LIRIK MEROSI MANBALARI (qo‘lyozma bayozlar va to‘plamlar tahlili)»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

SA'DIY LIRIK MEROSI MANBALARI

(qo'lyozma bayozlar va to'plamlar tahlili)

D. Sattorova

TerDU magistranti

АNNОTATSIYA

Sa'diy Xorazmiy XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xivada yashab, ijod etgan sohibi devon shoirlardan hisoblanadi. Mazkur maqolada XX asr boshlarida Xivada Sa 'diy lirik asarlari ko'chirilgan qo 'lyozma bayoz, to 'plamlar tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: Sa'diy, devon, qo'lyozma, bayoz, to'plam, g'azal, muxammas, fond, manba, kolofon.

Саади Хорезми, живший и творивший в Хиве в конце 19-начале 20 века, считается одним из сахибских поэтов. В данной статье рукописи и сборники лирических произведений Хивы Саади были скопированы в начале ХХ века.

Ключевые слова: Саади, диван, рукопись, баяз, сборник, газель, мухаммас, фонд, источник, колофон.

Saadi Khorezmi, who lived and created in Khiva at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, is considered one of the Sahibian poets. In this article, the manuscripts and collections of Khiva Sa'di's lyric works were copied in the beginning of the 20th century.

Key words: Saadi, divan, manuscript, bayaz, collection, ghazal, mukhammas, fund, source, colophon.

O'zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo'lyozmalar fondida Sa'diy Xorazmiy devoni qo'lyozma manbalaridan tashqari, XX asr boshlarida Xivada shoir lirik asarlari ko'chirilgan qo'lyozma bayoz, to'plamlar ham anchaginani tashkil etadi. Bular quyidagilar:

1. 1127-raqamli qo'lyozma bayoz (Bayozi muxammasot). Ushbu to'plam yashil muqovali, sherozasi qizil charmdan ishlangan bo'lib, uning ustida uchta o'yma naqsh bor. O'lchami 25x14,5 sm. Matn jadval ichiga olingan. Sahifalar atrofi esa och yashil chiziq bilan chegaralangan. Mazkur qo'lyozma bayoz "Bismillohir-Rahmonir-Rahim" dan so'ng, Sultoniy qalamiga mansub quyidagi muxammas bilan boshlanadi: Chiqib bir kecha ko'pdin nihon ohista-ohista, Borurin hech kishi bilmay qayon ohista-ohista, Buzuq kulbamga kirdi ham chu jon ohista-ohista,

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Manga rahm aylab ul shirinzabon ohista-ohista,

Yetushdi boshim uzra nogohon ohista-ohista.

Mazkur to'plamda Sa'diy g'azallaridan tashqari, Feruz, Asad, Xokiy, Rog'ib,Yusuf, Devoniy, Mutrib, Tabibiy, Haqiriy, Xodim, Chokar, Sultoniy, Purkomil, Avaz, Muznib, Umidiy, Mirzo, Sodiq, Sa'diy, G'oziy, Bayoniy, Oqil, Nozir, G'ulomiy, Shinosiy, Kamoliy, Amir, Inoyat, Ojiz, Niyoziy, Habib, Nadimiy kabi ijodkorlarning muxammaslari mavjud. Ushbu qo'lyozmada Sa'diyning 6 ta muxammasi kiritilgan. Jumladan, birirnchi muxammas qo'lyozmaning 7a-8a -sahifalari orasida ko'chirilgan bo'lib, uning hajmi 7 bandni tashkil etadi. Ikkinchi muxammas 31a -32b - sahifalar orasida ko'chirilgan. Ushbu muxammas 11 bandli bo'lib, u bayoz tarkibida 33- raqam bilan kelgan. Uchinchi muxammas 67a-b sahifalarda ko'chirilgan bo'lib, u 7 bandni tashkil etadi va u 61-tartib raqami bilan yozilgan. To'rtinchi muxammas esa 98a-b sahifalarda ko'chirilgan bo'lib, uning hajmi 5 band. Beshinchi muxammas 117b-118b - sahifalar orasida ko'chirilgan. Uning hajmi 7 band, bayozda 113 -tartib raqamida, oltinchi muxammas 145a-b sahifalardagi 142-muxammas bo'lib, uning hajmi 7 band.

Kuzatuvlarimiz ushbu bayozda jami 150 ta muxammas mavjud ekanini ko'rsatadi. Shuningdek, bayoz tarkibida turkiy she'rlar qatorida beshta forsiy ruboiy ham kirtilgan. Mazkur qo'lyozma bayoz jami 154 sahifani tashkil etadi.

2. 1128 raqamli qo'lyozma bayoz (Bayozi muxammasot). 1128-raqamli

mazkur qo'lyozma ham yashil muqovali bo'lib, ko'k sherozali, muqovasi ustida

uchta o'yma naqsh bor. Bayoz tarkibidagi muxammaslar qizil siyoh bilan raqamlangan hamda muallifi ko'rsatilgan. Mazkur qo'lyozma "Bismillohir-Rahmonir-Rahim"dan so'ng Tabibiyga tegishli muxammas bilan boshlanadi. Qo'lyozma o'lchami 25,3 x 15. Ushbu bayozda 164 ta muxammas keltirilgan.

Ushbu qo'lyozma bayozda Sa'diyning bitta muxammas she'ri kiritilgan bo'lib, ushbu muxammas qo'lyozmaning 9b-sahifasida keladi. Muxammas jami besh banddan iborat.

3. 1133 raqamli qo'lyozma bayoz (Bayozi musaddasot). Ushbu manba ham yashil muqovali, ustida uchta naqsh bor. Sherozasi qizil. Qo'lyozma odatdagidek "Basmala"dan so'ng, Navoiy qalamiga mansub quyidagi bayt bilan boshlanuvchi musaddas bilan boshlanadi:

Subhidam maxmurlig'din tortibon dard sari,

Azmi dayr etdim ichgamen sabuhi sog'ari.

Ushbu "Bayozi musaddasot"da Sa'diydan tashqari, Qurbon, Nozik, Sulton, Sodiq, Bayoniy, Oqil, Mirzo, Nozir, Shinosiy, Purkomil, Komil, Inoyat, Haqiriy,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Habib, G'ulomiy, Xokiy, Yusuf, Rog'ib, Navoiy, Devoniy, Mutrib, Nadimiy, Niyoziy, Tabibiy, Asad kabi ijodkorlarning musaddaslari kiritilgan.

Ushbu qo'lyozma tarkibida Sa'diyning to'rtta musaddasi bor. Ularning birinchisi yetti banddan iborat bo'lib, u qo'lyozmaning 58a-59a - sahifalarida ko'chirilgan. Shoirning ikkinchi musaddasi qo'lyozmaning 59a- 60a sahifalaridagi yetti bandli, uchinchi musaddas 60a-b sahifalardagi besh bandli, to'rtinchisi esa musaddas 128a-129b -sahifalardagi 11 bandli musaddaslardir.

Ushbu qo'lyozma jami 155 sahifani tashkil etadi.

4. 1143 raqamli qo'lyozma bayoz. Mazkur to'plam qora muqavali, sherozasi qora charmdan ishlangan. Ustida uchta o'yma naqsh bor. Kolofonda quyidagi ma'lumot bor: "Kotib Muhammad Sharif Devoniy ibn Ollohbergan. Devon 1324lanchi yilda yozilg'on". Qo'lyozma 1b -sahifadan boshlanib, 163a -sahifada yakunlanadi. Qo'lyozma "Bismillohir-Rahmonir-Rahim"dan so'ng Bayoniy qalamiga mansub forsiy bir g'azal bilan boshlanadi. To'plamdagi she'rlar raqamlangan. Sarlavha qizil rangda, matn esa qora rangda ko'chirilgan. Har sahifada o'rtacha ikkita ustunda besh baytdan 10 bayt g'azal ko'chirilgan. Sahifalarda poygirlar berib borilgan. Ushbu bayozda Bayoniy, Umidiy, Avaz, Haqiriy, Mutrib, Sultoniy, Sa'diy, Mirzo, Oqil, Devoniy, Ojiz, Shinosiy, Xokiy, Niyoziy, Xayoliy, Yusuf, Kamoliy kabi ijodkorlarning she'rlari berilgan. Ta'kidlanganidek, mazkur to'plamda Sa'diyning ham fors-tojik tilidagi va turkiy tildagi g'azallari ham kiritilgan. Jumladan, shoirning birinchi g'azali 7 baytli fors-tojik tilida yozilgan bo'lib, u qo'lyozmaning 16b -sahifasida ko'chirilgan. Ikkinchi g'azal ham fors-tojik tilida bo'lib, u ham yetti bayt. Mazkur g'azal qo'lyozmaning 89-she'ri bo'lib, u qo'lyozmaning 37b-38a -sahifalari orasida ko'chirilgan. Shoirning uchinchi g'azali turkiy tilda bo'lib, u 72b-73a -sahifalarda ko'chirilgan. Bu g'azal jami to'qqiz baytni tashkil etadi. Sa'diyning to'rtinchi g'azali turkiy tilda bo'lib, ushbu g'azal qo'lyozmaning 84b-85a -sahifalarida ko'chirilgan, hajmi yetti baytdir. Shoirning beshinchi g'azali ham turkiy tilda bo'lib, u ham 7 baytdan iborat. Bu g'azal qo'lyozmaning 97b-98a - sahifalarida ko'chirilgan. Sa'diyning to'plamdagi yana bir g'azali qo'lyozmadagi 300 g'azal bo'lib, u 118 a-b -sahifalarda ko'chirilgan. Uning hajmi ham yetti baytdir. Shoirning so'nggi yettinchi she'ri qo'lyozmadagi 344-g'azal bo'lib, u 136b - sahifada ko'chirilgan besh baytli g'azaldir.

5. 1157-raqamli qo'lyozma bayoz. Ushbu to'plam qora muqovali,

qora charmdan bo'lib, o'rtasida uchta o'yma naqsh bor. Uning o'lchami 21,5x13 sm. Ahamiyatlisi, ushbu qo'lyozma 1b -sahifadan Sa'diyning 11 bandli musabba'si bilan boshlangan. Bir sahifada o'rtacha uchta ustunda uch band qiya qilib matn

sherozasi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ko'chirilgan. Ushbu to'plamda Sa'diy, Mirzo, Sodiq, Devoniy, Bayoniy, Yusuf, Niyoziy, Kamoliy, Oqil, Xokiy, Shinosiy, Avaz, Mutrib, Tabibiy, Haqiriy, Maxdum, Sultoniy, Shunosiy kabi shoirlarning musabba, muxammas, musaddaslari jamlangan. To'plamdagi she'rlar 1b - sahifadan boshlanib, 236a - sahifada yakunlanadi. Qo'lyozma so'nggida 3 ta ruboiy berilgan. Qo'lyozma quyidagi ma'lumot bilan yakunlanadi: "Sayyid Muhammad Rahim Bahodirxon Zilli-s-Subhon xalifatu-r-Rahmon a'ni doma davlatahu va shavkatahuningfarmoni oliylari bila ushbu kitobni faqir-u haqir Muhammad Sharif Devon ibni Ollohbergan Devon marhumi muvofiq yilqi sanayi bir ming uch yuz yigirma to'rt mohi rajabning o'n sakkizlanchi payshanba kunida yozib itmomg'a yetkurdi". Qo'lyozmadagi musabba' (birinchi sher)dan tashqari, shoirga tegishli yana bir she'r 42b-44a-sahifalar orasidagi Ogahiy g'azaliga bog'langan 9 bandli muxammasdir. Qo'lyozmaning 230b-231b -sahifalarida 7 bandli Sa'diyning yana bir musabba'si berilgan.

6. 1172 raqamli qo'lyozma bayoz.Qora muqovali .Sherozasi qora

Ustida uchta o'yma naqsh bor. Sarlavhalar qizil siyohda, matn esa qora siyohda berilgan. Ushbu bayozga Sultoniy, Sodiq, Oqil, Bayoniy, Shinosiy, Yusuf, Doiy, Ojiz, Haqiyriy, Xokiy, Umidiy, Kamoliy, Avaz, Devoniy, Xayoliy, Mutrib,Murodiy, Mirzo Mutrib, Rog'ib kabi ijodkorlarning she'rlari kiritilgan. Har sahifada o'rtacha ikki ustunda besh baytdan o'n bayt g'azal ko'chirilgan. Ustun ichlari och qizil rangga bo'yalgan. Ustun chiziqlari sariq rangda.O'lchami 25x15,5. Qo'lyozmada g'azal, ruboiy, mustazod, tarjiband, masnaviy kabi janrlarni uchratishimiz mumkin.

Sa'diyning birinchi g'azali qo'lyozmaning 38b-39a sahifalar oralig'ida ko'chirilgan. Yetti baytdan iborat. Qo'lyozmaning 94- she'ri hisoblanadi. Har bir sahifaning pastki qismida poygirlar berib borilgan.

Sa'diyning ushbu qo'lyozmadagi ikkinchi g'azali forsiy tilda yozilgan. Yetti baytdan iborat. Qo'lyozmadagi 95-she'r hisoblanib, 39a sahifada berilgan.

Sa'diyning uchinchi g'azali qo'lyozmadagi 188-she'r hisoblanib 73a/b sahifalarda ko'chirilgan. Yetti baytdan iborat.

Sa'diyning to'rtinchi g'azali 73b sahifada ko'chirilgan bo'lib bayozning 189-she'ri hisoblanadi. Yetti baytdan iborat.

Sa'diyning beshinchi g'azali qo'lyozmaning 73b-74a sahifalarida ko'chirilgan bo'lib qo'lyozmaning 190-she'ri hisoblanadi. Sakkiz baytdan iborat. Ushbu qo'lyozmada 90a-92b sahifalar orasida Sa'diyning masnaviysi ham ko'chirilgan bo'lib, 49 baytdan iborat ,. Bayozdagi 234- she'r hisoblanadi.

Sa'diyning oltinchi g'azali qo'lyozmadagi 278-she'r hisoblanadi. 109b-110a sahifalarda ko'chirilgan bo'lib to'qqiz baytdan iborat.

charmdan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Qo'lyozma 1b sahifadan boshlanib 154asahifada yakunlanadi.. Qo'lyozmadagi she'rlar raqamlangan. Qo'lyozma Sultoniyning g'azali bilan boshlanadi.

7. 1175 raqamli qo'lyozma bayoz. Bu manba ham yashil muqovali bo'lib, uning sherozasi qizil charmdan. Ustida uchta o'yma naqsh bor. O'ichami 22,15x14,5. Qo'lyozma 1b -sahifadan boshlanadi. Matn hech qanday ustunlarsiz qora siyohda ko'chirilgan. Sarlavhalar ham qora siyohda. "Bismillohir-Rahmonir-Rahim"dan so'ng, g'azallar muallifi ko'rsatilmagan holda raqamlangan. Ushbu qo'lyozma bayozga Avaz, Rog'ib, G'ulomiy, Komil, Purkomil, Xodim, Devoniy, Niyoziy, Tabibiy, Sodiq, Mirzo, Mutrib, Inoyat, Yusuf, Asad, Shunosiy, G'oziy, Kamoliy, Nozir, Oqil, Chokar, Ojiz, Nadimiy, Xokiy kabi ijodkorlarning she'rlari kiritilgan. Qo'lyozmadagi she'rlar 210 tani tashkil etadi. To'plamdagi Sa'diyga tegishli ilk lirik asar:

Jabr-u jafo qilma mango, ey mahjabin, mahjabin,

Lutf-u karam ko'rgil ravo, ey mahjabin, mahjabin, - matla'i bilan boshlanib, u qo'lyozmadaning 17b-18a - sahifalari oralig'ida yozilgan.

8. 1176 raqamli qo'lyozma bayoz. Ushbu qo'lyozmaning muqovasi to'q

rangda bo'lib, sherozasi qizil charmdan ishlangan. Ustida uchta o'yma naqsh bor. Qo'lyozma 1b -sahifadan boshlanadi. "Bismillohir-Rahmonir-Rahim" dan so'ng Rog'ib tegishli g'azali bilan asosiy matn boshlanadi. G'azallar raqamlangan. Sarlavha va raqamlar qizil siyohda yozilgan. Matn qora siyohda ko'chirilgan. G'azallar har sahifada ikkita ustunda uch baytdan olti bayt qilib ko'chirilgan. To'plamda g'azal janrining ajoyib namunalari kiritilganini ta'kidlash kerak. Qo'lyozmada Rog'ib, Yusuf, Nadimiy, Mirzo, Mutrib, Kamoliy, Habib, Doiy, Oqil, Devoniy, Xodim, Sa'diy,Avaz, Xayoliy, Chokar, Niyoziy, Bayoniy,Shinosiy, Haqiyriy, Sultoniy, Xokiy kabi ijodkorlarning she'rlari mavjud. Ushbu qo'lyozmada Sa'diyning beshta g'azali ko'chirilgan bo'lib, ularning dastlabkisi qo'lyozmaning 12b-13a sahifalari orasida ko'chirilgan. U 7 baytdan iborat. Ikkinchi g'azali qo'lyozmaning 14a-b sahifalari orasida ko'chirilgan. Bu ham 7 baytdan iborat. Uchinchi g'azal qo'lyozmaning 20a-b sahifalari orasida ko'chirilgan 7 baytli,

to 'rtinchi g'azali qo'lyozmaning 28b-29a sahifalari orasida ko'chirilgan 7 baytli, beshinchi g'azali esa qo'lyozmaning 30a-b sahifalari orasida ko'chirilgan 7 baytli lirik asarlardir.

9. 1177 raqamli qo'lyozma bayoz. Ushbu qo'lyozmaning muqovasi yashil rangda bo'lib, uning sherozasi qizil charmdan. Muqova ustida uchta o'yma naqsh bor. Qo'lyozma 156 sahifadan iborat. Matn "Bismillohir-Rahmonir-Rahim"dan so'ng Mutrib g'azali bilan boshlanadi. G'azallar bir sahifada ikkita ustunda, to'rt

sanq

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

baytdan sakkiz bayt hajmida ko'chirilgan. Ushbu bayozda Mutrib, Habib, Umidiy, Avaz, Chokar, Niyoziy, Muznib, G'oziy, Nozir, Inoyat Haqiyriy, Nadimiy, Shinosiy, Doiy, Kamoliy, Xayoliy, G'ulomiy kabi ijodkorlarning she'rlari kiritilgan. Sa'diyning esa faqatgina birgina g'azali kiritilgan va u 9 baytdan iborat bo'lib, qo'lyozmaning 106b-107a -sahifalarida ko'chirilgan.

10. 1179 raqamli qo'lyozma bayoz. Ushbu qo'lyozmaning tashqi belgilari yuqoridagi manbalar bilan deyarli bir xil. Sahifalar och yashil rangda. Har bir

sahifada ikki ustunda uch baytdan jami olti bayt g'azal ko'chirilgan. Qo'lyozma matni qora siyohda, sarlavhasi esa qizil siyohda bitilgan. To'plamda avval janr nomi, so'ngra muallif taxallusi chiroyli nastaliq xatida ko'chirilgan. G'azallar raqamlanmagan. Ushbu bayozda Kamoliy, Mutrib, Sa'diy, Avaz, Asad, Inoyat kabi ijodkorlarning g'azallari jamlangan. Qo'lyozma Kamoliy qalamiga mansub quyidagicha boshlanuvchi g'azal bilan boshlanadi: Mani ishq ichra targ'ib aylagan nav'-u bolimdur, Yeturgan buyla holatg'a ko'ring turfa xayolimdur.

Qo'lyozmaning oxirida esa Inoyat qalamiga mansub g'azal ko'chirilgan va u quyidagicha tugallanadi.

Qil uyla baland rutbayi sahoni barcha, Shahlar onga to bo'lsun tobe'-u g'ulom.

Qo'lyozma kalafoni quyidagicha: "Alhamdulillah va -l-minna ushbu bayozkim , bo amri sultonu-z-zamon va nodiri davron boisi al amnu val amon, a'ni xalifatur rahmon zilli subhon alxoqon ibn alxoqon a'ni, AbulMuzaffar va-l-mansur Abulg'ozi Sayyid Muhammad Rahim Bahodirxon ul janobning farmoni oliylari birla faqiru-l-haqir Mulla Muhammad Sharif ibn Muhammad Yoqub Devon mulaqqabi ba Xarrot bir ming uch yuz yigirma oltilanchi yili mohi zulqadaning yigirma ikkilanchi kuni yozib itmom sarhadig'a yetkurdi.Sana 1326".

Ushbu bayozda Sa'diy qalamiga mansub 5 ta g'azal ko'chirilgan bo'lib, uning dastlabkisi 4b-5a- sahifalari orasida ko'chirilgan. Hajmi yetti baytdan iborat bo'lgan g'azal matla'i quyidagicha:

Manga rahm aylab ul xurshid-u tobon nega kelmassen, Qilib man zorning mushtoqi hijron nega kelmassen.

Qo'lyozmadagi ikkinchi g'azal esa 11a-b sahifalarda ko'chirilgan. Uning hajmi ham yetti bayt bo'lib:

Jamoling, ey qamar tal 'at, jahonga ziynatafzodur,

Chu kamtar oshiq husning seni Yusuf-u Zulayxodur, - tarzida boshlanadi.

11. 1191 raqamli qo'lyozma. Yashil muqovali, sherozasi qizil charmdan,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ustida uchta o'yma naqsh bor mazkur qo'lyozma jami 157 sahifani tashkil etadi. Bu manbadagi matnlar avval tillarang, so'ng ikkita ingichka qora chiziq, so'ng yana ko'k siyoh rangli chiziq bilan jadvallangan. Matnning yuqori o'rta qismida kotib tomonidan sahifa raqami qo'yilgan. Sahifalarda o'rtacha ikki ustunda uch baytdan olti bayt g'azal chiroyli nasta'liq xatida ko'chirilgan. Qo'lyozma matni qora siyohda, sarlavhasi esa qizil siyohda, avval raqam, keyin she'rning janri, so'ngra muallif taxallusi ko'rsatilgan. Poygirlar berib borilgan. Qo'lyozma "Basmala"dan so'ng, Inoyat qalamiga mansub quyidagi matla'li g'azal bilan boshlangan: Faryodkim, bir gulrux barnog'a oshiq bo'lmisham, Qoshi qaro, ko'zlari shahlog'a oshiq bo'lmisham.

Ushbu bayozga Inoyat, Purkomil, Mirzo,Xodim, Asad, Avaz, Sodiq, Chokar, Haqiyriy, Xokiy, G'oziy, Shunosiy, Habib, Doiy,Xayoliy,Umidiy, G'ulomiy, Rog'ib, Bayoniy, Mutrib, Nadimiy, Niyoziy, Devoniy, Ojiz, Yusuf, Kamoliy, Sultoniy kabi 27 nafar ijodkorning g'azallari kiritilgan. Qo'lyozma hijriy 1326-yil (milodiy 1908)da ko'chirilgan bo'lib, Kamoliy qalamiga mansub quyidagi maqta'li g'azal bilan tugallangan:

Mushkul ermak olam ichra kashfi hosil qilmog'ing, Ey Kamoliy, yetsa gar fayzi sanga Yazdondin.

Bayoz kalafoni quyidagicha: "Alhamdulillah va-l-minna ushbu bayozkim, bo amri sultonu-z-zamon va nodiri davron boisi al amnu val amon Abul Muzaffar va-l-mansur Abulg'ozi Sayyid Muhammad Rahim Bahodirxon ul janobning amri oliylari birla faqiru-l-haqir Muhammad Yusuf Devon mulaqqabi ba Xarrot bir ming uch yuz yigirma oltilanchi yili mohi Muharramning oxirida yozib itmom sarhadig'a yetkurdi.Sana 1326".

Ushbu bayozda Sa'diy qalamiga mansub 4 ta g'azal ko'chirilgan bo'lib, ular quyidagi matla'lar bilan boshlanadi:

Birinchisi: Gul agar ko'rsa bog' ichra ey siminbadan, Chok etar yuz dog'-u hasrat bila gulpirahan.

Ikkinchisi qo'lyozmaning 105-g'azali bo'lib, uning hajmi yetti baytdan iborat: Neajab lutf-u karam bo'lsa mangajonondin, Birgina uzmas ko'ngulniXodimi sultondin.

Bayozdagi Sa'diyning uchinchi g'azali 145-raqamli she'r bo'lib, uning hajmi ham yetti bayt:

Boshqag'a ulyor lutfiyor ekandur bilmadim, G'ayrig'a may ichmakka xummor ekandur bilmadim. To 'rtinchi g'azal ham yetti baytli bo'lib, u quyidagicha boshlanadi: Naylayin, ey do'stlar, bir g'amg'a duchor o'lmisham,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Dardi mehnat qaydig'a asru giriftor o'lmisham.

12. 1192 raqamli bayoz. Bu manbaning ham tashqi ko'rinishi yuqoridagi

qo'lyozmalarga juda o'xshash bo'lib, matni qora siyohda, sarlavhasi esa qizil

siyohda ko'chirilgan bo'lib, she'rlar mualliflari sarlavhalarda ko'rsatib borilgan. To'plamning o'lchami 20x12,5 sm. Qo'lyozma Oqil qalamiga mansub:

Ming qamar nuridin ortuq sham'i ruxsoring saning,

Yuz quyoshdin ham yoruqroq mehri anvoring saning, - mala'li g'azal bilan boshlangan.

Ushbu bayozda Oqil, Bayoniy, Rog'ib, G'ozi, Asad,Yusuf, Xokiy, Niyoziy, Kamoliy, Sodiq, Nozir, Mutrib, Inoyat, Devoniy, Mirzo, Muznib, Xodim, Purkomil, Avaz, Shunosiy, Sa'diy kabi 21 nafar ijodkorlarning g'azallari jamlangan. Kalafon quyidagicha: "Zillu-s-Subhon xalifatu-r Rahmon boisi al-amnu va-l amon Sayyid Muhammad Rahim Bahodirxoni Soniy doma-davlatahuning farmoni oliylari bila ushbu bayozkim bir ming uch yuz yigirma sakkizlanchi, 1328 sana, yili Bobojon Mahdum Devon tarrox al mutaxxallis bi-l-Xodim ibn Abdulaziz Maxdum marhumi yozib itmom sarhadig'ayetkurdi".

Ushbu bayozda Sa'diy qalamiga mansub bitta yetti baytli g'azal ko'chirilgan bo'lib, bu g'azal quyidagicha boshlanadi:

Agar cheksam firoqing shiddatidin ohi dardolud,

Tutar bu gunbadXizroni ohim shiddatidin dud.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. 2024 raqamli qo'lyozma. Bu bayoz ham yashil muqovali, she'rozasi qizil charmli, muqovasi uchta o'yma naqshlidir. Ushbu bayozda Devoniy, Rog'ib, Muznib, G'ulomiy, Sodiq, Mutrib Xonaxarob, Bayoniy, Xokiy, Kamoliy, Sa'diy, Yusuf, Avaz, Xodim, Nadimiy, Inoyat, Purkomil, Tabibiy, Nozir, Shunosiy, Oqil, Asad kabi ijodkorlarning g'azallari mavjud. Bu to'plamda ham Sa'diyning yetti baytli bir g'azali kiritilgan bo'lib, u "Gul yuzing shavqida har dam aylab oh-u fig'on, Talx erur ayshim firoqing shomida ey yori jon", - tarzida boshlanadi.

14. 6930 raqamli qo'lyozma bayoz. Bu to'plamda asosan G'ulomiy, Avaz,

Niyoziy, Chokar, Xodim, Sultoniy, Bayoniy, Rog'ib, Tabibiy, Nadimiy, Mutrib,

Yusuf, Kamoliy, Umidiy, Devoniy, Shinosiy kabi shoirlarning she'rlari qatorida Sa'diyning ham to'qqiz baytli "Kel, kulbam, ey xud kom, man bazmingdin aylab bahralaf deb boshlanuvchi bir g'azali kiritilgan.

Xulosa qilib aytganda, Sa'diy adabiy merosi adabiyotshunosligimizda hali tadqiq etilgani yo'q. Shoir lirikasi janr va mavzusiga ko'ra o'ziga xos o'rin tutadi. Sa'diy adabiy merosi manbalarini qiyosiy-matniy tadqiq etish, shu asosda shoir ijodini baholash adabiyotshunosligimizni kelgusi dolzarb ilmiy masalalaridan biridir.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

REFERENCES

1. O'zFA 909 - raqamli qo'lyozma.

2. Matkarimova S. Tabibiy - tazkiranavis. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent. 2007.

3. Xodim. Xorazm navozandalari. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at, 1994.

4. Tabibiy. Tazkira. O'zFA 1152- raqamli qo'lyozma.

5. Laffasiy. Tazkirai shuaro. Xorazm-Urganch. 1992.

6. Qosimov B. Izlay-izlay topganim. -Toshkent. Adabiyot va san'at, 1983

7. Сатторова Д. Хоразм шоири Саъдий ижоди // Научно-практической международной конференции "ИВ - Артучовские чтения". Вестник Института, светоч науки, познание истории. - № 1, 2. Том-2. Панжакент, 11-14 июля, 2022

8. Isoqjon Yoqubjon.So'z San'ati so'zligi.-T. "O'zbekiston", 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.