O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-362-366
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
"LAYLI VA MAJNUN" DOSTONI SYUJETI VA QO'LYOZMA NUSXALARI
HAQIDA
Maqsuda Jammatova
UrDU akademik liseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, PhD Jammatovamaqsudova1976@mail.com
ANNOTASIYA
Maqolada "Layli va Majnun" dostonining arab xalqlarida tarqalgan qadimiy syujetiga oid ma'lumotlar va qo'lyozma nusxalari, Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy, Andalib, Umar Boqiy, Fozil Yo'ldosh o'g'li variantlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: "Layli va Majnun", qadimiy arab rivoyatlari, Nizomiyning "Layli va Majnun"dostoni, syujet, qo'lyozma nusxa, Noriy, Sabotiy, qissa doston.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматриваются сведения и рукописные копии древнего сюжета эпоса «Лейли и Меджнун», распространенные среди арабских народов, варианты Низами, Навои, Физули, Андалиба, Умара Баки и Фазиля Юлдаша.
Ключевые слова: «Лейли и Меджнун», древнеарабские повествования, эпос Низами «Лейли и Меджнун», сюжет, рукописный список, Нори, Саботий, новелла.
ABSTRACT
The article deals with information and handwritten copies of the ancient plot of the epic "Leyli and Majnun", common among the Arab peoples, variants of Nizami, Navoi, Fizuli, Andalib, Umar Baki and Fazil Yuldash.
Keywords: "Leyli and Majnun", ancient Arabic narratives, Nizami's epic "Leyli and Majnun", plot, handwritten list, Nori, Sabotiy, short story.
"Layli va Majnun" o'zbek mumtoz adabiyoti va folklorida keng tarqalgan dostonlardan biridir. Bu asardagi syujet ko'plab adiblar ijodidan joy oldi. Keyinchalik qissa sifatida qayta ishlanib, qo'lyozma nusxalar tarzida keng ommalashdi. Darvoqe, «Layli va Majnun»ni xalqimiz ming yillar davomida saqlab, qora kunlarning alamli yodgori sifatida bizga -baxtli bolalariga sovg'a qildi. [1.33]
Xalq orasida ming yillar davomida yashab kelgan dostonning turlicha o'zgarishlarni boshdan kechirishi tabiiydir. Buni Navoiyning o'zi ham alohida ta'kidlab o'tadi:
8-fevral
362
Mazkur dostonning qo'lyozma nusxalarida Noriy va Sabotiy taxalluslari tez-tez uchraydi. Bu taxalluslar haqida turlicha fikrlar mavjud. Ba'zi tadqiqotchilar ularni dostonning muallifi, ba'zilar dostonni ko'chirgan kotiblar sifatida ko'rsatadilar. Shuni ta'kidlash lozimki, «Layli va Majnun» dostoni qo'lyozmalarini ko'chirgan kotiblar ismining ko'p hollarda asarning oxirida berilishi an'ana tusini olgan. Shu sababli matn ichidagi she'rlarda kotiblarga aloqador ismlar kam uchraydi. Bundan tashqari, ular hech qachon o'z ismlari yoki taxalluslarini asar qahramonlari ismlari bilan yonma-yon qo'llashmaydi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Noriy taxallusini kitobni ko'chirgan kotibga nisbat berish ancha mushkuldir.
Binobarin, VII asrning ikkinchi yarmidayoq arab poeziyasida Majnun taxallusi zikr etilgan ko'pgina mungli she'rlar vujudga keladi, bu she'rlarning miqdori ko'payib boradi, to'plamlarga kiritiladi. Ammo Majnun nomi zikr etilgan she'rlarning barchasi ham yolg'iz bir kishiniki emas. [3.157]
Shunday ekan, dostondagi Noriy va Sabotiy nomlari xususida aniq bir fikrga kelish uchun jiddiy tadqiqot olib borishga to'g'ri keladi. Masalaning ikkinchi bir tomoni borki, Noriy arab tiliga emas, balki forsiy tilga aloqador nomdir. Shu sababli bu nomdagi shoir keyingi davrlarga aloqador bo'lishi ehtimoldan yiroq emas.
Dostondagi she'rlar orasida faqat Majnunninggina emas, balki Noriy taxallusi bilan ish ko'rgan shaxsga aloqador she'rlar ham kiritilgan bo'lishi mumkin. Majnun bilan Noriy nomlarining birga kelish hollari ularning ikki nom bilan ataluvchi bir shaxs emasmikan, degan fikrni ham tug'diradi.
Turkman olimlarining ta'kidlashlaricha, O'zbekiston fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida «Layli va Majnun» dostoniga aloqador uchta nusxa mavjud. 5030, 5176-raqamli nusxalarda Noriy taxallusi, 7686-raqamli uchinchi qo'lyozmada Sabotiy nomi uchraydi. Lekin bu qo'lyozma ancha kichik, atigi 29-sahifadan iboratdir. [4.7]
Ushbu ma'lumotlar mazkur nomlarni aniqlash uchun maxsus tadqiqotlar olib borishni kun tartibiga qo'yadi. Noriy taxallusi Majnun bilan yonma-yon qo'llanilgan qo'lyozma nusxalar Xorazm mintaqasida ham uchraydi.
Bu hududda «Layli va Majnun» dostonining ikki qo'lyozma
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-362-366
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
Eshitgan ila avomdin so'z, Yo roviyi notamomdin so'z. Bu qissag'a oncha berdilar zeb, Kim bo'lmas vasfi ichra so'z deb. [2.358]
nusxasi borligi tadqiqotlarda qayd qilingan. Bularning birinchisi
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-362-366 o'rganish masalalari
«Oshiqnoma» majmuasining 3-kitobida chop etilgan. Dostonning yana
bir nusxasi haqida S.Ro'zimboyev quyidagicha ma'lumot beradi: «Qo'limizda dostonning xonqalik Zevar xalfaga taalluqli 1974 yilda arab alifbosida ko'chirilgan qo'lyozma nusxasi bo'lib, uning hajmi 32 varaq. Dostonda hammasi bo'lib 904 misra she'riy parcha jamlangan. Uning tarkibidan 5 g'azal, bir muxammas o'rin olgan». [5.38]
Qo'lyozma nusxa bilan tanishish shunday fikrga olib keldiki, bu asarning qo'lyozmalari bir-ikkita emas, balki ancha ko'pdir. Mazkur nusxa 1916-yilda Toshkentda chop etilgan nusxadan 1974-yilda qayta ko'chirilgan ekan. Qo'lyozma nusxaning o'rtasidan 2-3 sahifa yo'qolganligi sababli «Oshiqnoma» majmuasida Shukur xalfa nusxasi bosilgan. Shukur xalfa bilan Zevar xalfalar bir tuman hududida yashashadi. Biroq ularning qo'lidagi doston variantlari bir-biridan oz bo'lsa-da, farq qiladi. Zevar xalfa nusxasiga qaraganda chop etilgan nusxada bitta g'azal va batta muxammas ko'pdir.
Bizni qiziqtirgan yana bir muhim narsa shuki, Zevar xalfa nusxasida Noriy taxallusi uchraydi. Chop qilingan variantda esa bu nom tilga olinmaydi. Sabotiy taxallusi Xorazmdan topilgan har ikkala nusxada ham ko'zga tashlanmaydi. Noriy taxallusi Zevar xalfa bisotidan olingan qo'lyozmaning to'rt joyida she'rlar tarkibidan joy olgan. Ikki joyda Majnun nomi bilan yonma-yon, ikki joyda esa yakka o'zining nomi qayd qilingan. Quyidagi namunalar bunga misol bo'la oladi: Ishqing hijroniga o'rtandi Noriy, Hasratu g'am bilan ayladi zori, Oqizur ko'z yoshin sitamdur bori,
Dunyo yuzin go'yo dumon tutundur. (Qo'lyozma, 22-bet.) Qo'lyozma matnning ayrim she'riy parchalarida ikkala nom ham baravar ravishda qayd qilinadi:
Noriy firoqingda chekibdur ohi, Xabar qildi sango arablar shohi, Majnun uchun yasab oliy xirgohi,
Haq yaratmish charxi gardun ustina, (Qo'lyozma, 27-bet.) Ushbu misralarda Majnun bilan Noriy nomlari muqobil tarzda tilga olinadi. She'rdagi ma'no nuqtai nazaridan qaraganda bitta nomning ikki xildagi ko'rinishiga o'xshaydi.
Ularning yonma-yon tarzda birgalikda qo'llanilishi esa ushbu holatni yanada yorqinroq namoyish etadi. Layli ishi fig'on bilan oh bilan,
8-fevral
364
Oshiqlarning ne ishi bor joh bilan, Noma aytib Noriy Majnun shoh bilan, Soata yetmadi davronim mening. (Qo'lyozma, 29-bet.) Doston tarkibidagi mazkur misralarda ikkita nomning bir ma'noda, birgalikda kelishi yuqoridagi fikrimizni yanada mustahkamlaydi. Qo'lyozma nusxalarning ko'pligi, ularning bir-biriga jiddiy farq qilishi doston syujetining turli ijodkorlar tomonidan hamisha qayta ishlab kelinganligidan guvohlik beradi.
Xorazmda tarqalgan ikki nusxani solishtirganda shu narsa ayon bo'ladiki, Zevar xalfa variantining tili sodda, mazmunan Andalibning «Layli va Majnun» dostoniga o'xshash keladi. Ba'zi she'riy parchalar aynan bir-biriga mos tushadi.
«Oshiqnoma» majmuasining III kitobida chop etilgan variant Andalib dostonidan mutlaqo farq qilgani holda Fuzuliyning «Layli va Majnun»iga ancha yaqindir. Tili esa ancha murakkabdir.
Ushbu holat shuni ko'rsatadiki, «Layli va Majnun» syujeti yozma adabiyotdan alohida ravishda xalq orasidagi talantli baxshilar va qissaxonlar tomonidan doston sifatida qayta yaratilgan. Umar Boqiyning «Kitobi Majnunu Layli» qissasi ham o'sha xalq orasida o'qib yurilgan asarlardan bittasi bo'lib hisoblanadi. Bu variantlar biror ijodkor tomonidan yaratilgandan keyin og'izdan og'izga, kitobdan kitobga o'tib, aksariyatining dastlabki muallifi unutilgan va xalq kitoblari sifatida istifoda etilgan. Xorazmdan topilgan ikkita qo'lyozma nusxa buning yaqqol dalilidir.
«Layli va Majnun» dostoni baxshilar repertuariga o'tmagan. Chunki, asar syujeti nihoyatda mungli voqealar tizimidan iborat bo'lganligi sababli uni baxshilar to'y va sayillarda kuylamaganlar. Shu sababli doston asosan qissaxonlar, qiroatxon xalfalar repertuaridan mustahkam joy olib, maxsus auditoriyalarda muntazam ijro etib kelingan.
Doston asosan yozma nusxalar orqali ommalashgan. Uning ayrim she'rlari xonandalar repertuariga o'tgan. Doston syujetiga aloqador turli afsona va rivoyatlar bizning fikrimizcha, xalq orasida Navoiygacha bo'lgan davrda ham tarqalib yurgan bo'lsa kerak. Chunki, keksa san'atkorlarning eslashlariga qaraganda «Layli va Majnun»ga aloqador ayrim she'rlar darvesh va qalandarlar tomonidan qo'shiq ohangida aytilib kelgan. Bu fikrga qo'shilish mumkin. Chunki «Layli va Majnun»ning Nizomiyga mansub variantida so'fiylikka xos motivlar ancha kuchli ekanligi ayrim tadqiqotlarda qayd qilingan. [6.13]
Asardan olingan parchalarning doimo el oshib xalq orasida kezib yuradigan darvesh va qalandarlar tomonidan targ'ib
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-362-366
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
qilinishi bu mungli syujetning dovrug' taratishiga sababchi
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-362-366
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
bo'lganligi haqiqatdan yiroq emas.
Mana shu omillar «Layli va Majnun» dostonining xalq variantlarining shakllanishiga o'z ta'sirini o'tkazganligi shubha tug'dirmaydi.
Keyinchalik asarning A.Navoiy, Fuzuliy, Andalib tomonidan yozma adabiyotda dovrug' qozonishi bu syujetning ziyolilar, umuman xalq orasida faol ommalashishiga keng yo'l ochib bergan.
Xorazmdan topilgan Zevar xalfa variantida Andalib dostonining, Shukur xalfa variantida Fuzuliy dostonining kuchli ta'siri seziladi. Ayni paytda ular ushbu yozma adabiyot manbalaridan jiddiy farqlarga ega. Fozil Yo'ldosh o'g'li repertuaridagi og'zaki variantda esa A.Navoiy va Umar Boqiy asarlarining ta'siri beqiyosdir. Shunday bo'lsa-da bu variantda ham Fuzuliy dostonidagi ayrim lavhalar aks sado berib turadi.
Binobarin, «Layli va Majnun» syujetining VII asrlarda Arabistonda tug'ilib, keyinchalik forsiy, turkiy xalqlar istiqomat qiladigan hududlarga tarqalishi murakkab va qiziqarli hodisadir.
Bu syujetning yozma adabiyotdan tashqari og'zaki adabiyotda alohida an'ana sifatida og'izdan-og'izga o'tib, keyinchalik qissalar shaklida yashab kelishi tadqiqotga arzigulik masaladir.
REFERENCES
1. Жалолов Т. Нафосат оламида. -Т.: «Адабиёт ва санъат», 1974. Б.33.
2. Хамса, 358-бет.
3. Маллаев Н. Алишер Навоий ва хал; ижодиёти.-Т.: "Адабиёт ва санъат", 1974, 157-бет.
4. Андалып. Ашгабат, «Туркменистан», 1991.Б.7.
5. Рузимбоев С. Хоразм достонлари.-Т.: «Фан», 1985. Б.38.
6. Короглы Х.Г. Низоми Гянджеви. С. 13.