Научная статья на тему '“SABOTU-L-OJIZIN” ASARINING SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI FONDIDA SAQLANADIGAN QO‘LYOZMALARI KODIKOLOGIK TAHLILI'

“SABOTU-L-OJIZIN” ASARINING SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI FONDIDA SAQLANADIGAN QO‘LYOZMALARI KODIKOLOGIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasavvuf adabiyoti / tariqat / Naqshbandiya / “Sabotu-l-ojizin” / manbashunoslik / qo‘lyozma / toshbosma / “Sabotu-l-ojiziyn” / madrasa.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Inomjon To‘Ychiyev

So‘fi Olloуor Markaziу Osiуo Naqshbandiуa tariqatining уirik namoуondasi, mutasavvif shoir, adib va davlat arbobidir. “Sabotu-l-ojizin” asarining o‘z davrining ma’naviy ehtiyoji tufayli yaratilgan asardir. Shuning uchun ham uning yuzlab qo‘lyozma nusxalari ko‘chirib tarqatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti fondida saqlanadigan qo‘lyozmalarning orasidan manbashunoslik jihatidan muhimlari taqiqot davomida qisqacha kodikologik tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“SABOTU-L-OJIZIN” ASARINING SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI FONDIDA SAQLANADIGAN QO‘LYOZMALARI KODIKOLOGIK TAHLILI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

"SABOTU-L-OJIZIN" ASARINING SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

FONDIDA SAQLANADIGAN QO'LYOZMALARI KODIKOLOGIK

TAHLILI

Inomjon To'ychiyev

Farg'ona viloyati Toshloq tumani bosh imom xatibi

Annotatsiya: So'fi Olloyor Markaziy Osiyo Naqshbandiya tariqatining yirik namoyondasi, mutasavvif shoir, adib va davlat arbobidir. "Sabotu-l-ojizin" asarining o'z davrining ma'naviy ehtiyoji tufayli yaratilgan asardir. Shuning uchun ham uning yuzlab qo'lyozma nusxalari ko'chirib tarqatilgan. O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti fondida saqlanadigan qo'lyozmalarning orasidan manbashunoslik jihatidan muhimlari taqiqot davomida qisqacha kodikologik tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: tasavvuf adabiyoti, tariqat, Naqshbandiya, "Sabotu-l-ojizin", manbashunoslik, qo'lyozma, toshbosma, "Sabotu-l-ojiziyn", madrasa.

Abstract: Sufi Allayar is an outstanding example of the Naqshbandia order in Central Asia, a mystic poet, writer and statesman. "Sabat al-ajizin" were created due to the spiritual need of his time. That is why hundreds of its manuscript copies were copied and distributed. Among the manuscripts stored in the fund of the Institute of Oriental Studies of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, the important ones in terms of source studies were briefly codicologically analyzed during the resarch.

Key words: Sufism literature, tariqat, Naqshbandia, "Sabat al-ajizin", source studies, manuscripts, lithographs, madrasa.

So'fi Olloyor (ba'zi manbalarda Ollohyor) (1634 - 1721) Markaziy Osiyo Naqshbandiya tariqatining yirik namoyondasi, turkiy tasavvuf adabiyotning mashhur vakillaridan biri, mutasavvif shoir, adib, yirik dinshunos alloma va davlat arbobi sifatida Turkiston xalqlari ortasida yuksak hurmat-e'tibor qozongan siymodir. So'fi

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Olloyorning ilmiy hayoti va qoldirgan asarlari Movarounnahr va boshqa o'lkalarda yashovchi musulmonlar uchun chinakam manaviy ozuqalarga boy meros hisoblanadi.

So'fi Olloyor asarlari o'z davrining ma'naviy ehtiyoji tufayli yaratilgan asardir. Shuning uchun ham ularning yuzlab qo'lyozma nusxalari ko'chirib tarqatilgan va toshbosma nusxalari ham anchagina hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti fondida saqlanadigan qo'lyozmalarning orasidan manbashunoslik jihatidan muhimlari, muallif davriga boshqa nusxalarga nisbatan yaqinroq bo'lgan, ancha yaxshiroq saqlangan va chiroyli xatda yozilgan nodir maqomga egalari taqiqot davomida qisqacha kodikologik tahlil qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozmalar fondida "Sabotu-l-ojiziyn" kitobining muallif davriga nisbatan yaqinroq bo'lgan, ancha to'liqroq nusxasi Asosiy fondda emas, balki Hamid Sulaymonov fondida 2061 inventar raqami bilan saqlanib kelinadi1. Ushbu asarni o'z ichiga olgan qo'lyozma - 61 varaqdan iborat. Asarda unvon mavjud, unda risolaning nomi yirik qora harflar bilan úü*^1 (Sabotu-l-ojiziyn) deb yozilib, asar muallifining ismi jb (Hazrat So'fi Olloyor) deb ko'rsatilgan2.

Asosiy matn 2 qator jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, xoshiyalar ham uchraydi. Xat turi - nastaliq. Yo'llar soni - 11 qator. Matn sharq qog'oziga yozilgan. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchani 14x24,5 sm. Ko'chirilgan sana qo'lyozmaning kollofonida hijriy 1225 (milodiy 1810) yil deb qo'lyozmaning kollofonida ko'rsatilgan3. Demak, bu nodir qo'lyozma So'fi Olloyor vafot etgan sanadan tahminan 86 yil keyin ko'chirilgan bo'lib chiqadi.

O'zR FA Sharqshunoslik Instituti qo'lyozmalar fondida "Sabot-ul ojiziyn" kitobining muallif davriga nisbatan yaqinroq bo'lgan, qadimiyligi bo'yicha keyingi o'rinda turuvchi ancha to'liqroq nusxasi Asosiy fondda 1902/4 inventar raqami bilan saqlanib kelinadi. Ushbu asarni o'z ichiga olgan qo'lyozma 50 varaqdan iborat4. Matn sharq qog'oziga yozilgan. Asarda unvon mavjud, unda risolaning nomi yirik qizil

^úü*1^ .jW ^ Jij^ O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozmalar fondi. Hamid Sulaymonov fondi, Inv. 2061. - Var. 1b - 61a.

2O'sha asar. - Var. 2b.

3O'sha asar. - Var. 60b.

4.ú¿>^l .jW ^ Jij^ O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozmalar fondi. Asosiy fond, Inv. 1902/4. - Var. 261b - 310b.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

harflar bilan úü^1 ^^ (Sabotu-l-ojiziyn) deb yozilib, asar muallifining ismi j!j deb ko'rsatilgan5. Kotibning nomi Isroil bin Abdulloh So'fi ( ^ AP ùi Jp'j^j ^j^) (uning qaydi 297b-varaq bitganidan so'ng va So'fi Olloyorning bu asarga qo'shilgan boshqa she'rlarilardan oldin uchraydi)6.

27a-varaq bo'sh qoldirilgan. Yo'llar soni - 13 qator. Asosiy matn 2 qator jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, xoshiyalar ham uchraydi. Xat turi - nastaliq. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchani 14x24,5 sm. Matn ko'chirilgan sana hijriy 1233 (milodiy 1817 - 1818) yil deb ko'rsatilgan7. Shuningdek, qo'lyozmaning kollofonida asar boshqa sanada hijriy 1234 (milodiy 1818-1819) yil ko'chirilganligi to'g'risida ham ma'lumot berib o'tilgan8. Bu kotib Isroil bin Abdulloh So'fi So'fi Olloyorning boshqa she'rlarilardan bu asarga qo'shgan sana bo'lsa kerak.

Demak, bu nodir qo'lyozma So'fi Olloyor vafot etgan sanadan tahminan 94 yil keyin ko'chirilgan bo'lib chiqadi. Qo'lyozmani ko'chirgan kotib ham So'fi laqabini olganiga qaraganda u Naqshbandiya tariqatiga aloqador bo'lgan bo'lishi, hatto So'fi Olloyorning shogirdlari silsilasida bo'lishi ham mumkin. Zero, ma'lum bir sohaga oid asarlarni shu bo'yicha mutaxassislar ko'chirgan, bu orqali esa matnda xatolarga yo'l qo'yilmasligi ta'minlangan.

O'zR FA Sharqshunoslik Instituti fondida "Sabotu-l-ojiziyn" kitobining yana bir nusxasi Asosiy fondda 4700/1 inventar raqami bilan saqlanadi. Ushbu asarni o'z ichiga olgan qo'lyozma 74 varaqdan iborat9.

Bu qo'lyozmaning boshlanish qismi yo'q (etishmovchilik taxminan 2 varaq.) Asarda unvon saqlanmagan. Yo'llar soni - 9 qator. Asosiy matn 3 qator jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, xoshiyalar ham uchraydi. Xat turi - nastaliq. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchani 14,5x25 sm. Matn

5O'sha asar. - Var. 261b.

6O'sha asar. - Var. 297b.

7O'sha asar. - Var. 297b.

8O'sha asar. - Var. 310b.

9.ú¿>^ .jW ^ O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozmalar fondi. Asosiy fond, Inv. 4700/1. - Var. 1a - 74b.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 1б (38) j ISSN: 2181-41б3 j Impact Factor: 8.2

ko'chirilgan sana qo'lyozmaning kollofonida hijriy 1274 (milodiy 1857 - 1858) yil deb ko'rsatilgan10.

Shuningdek, qo'lyozmada asar so'ngida So'fi Olloyorning boshqa she'rian^^n to'rtlik, g'azal, muxammaslar qo'shiladi (qisman tojik tilida)11. Bularni kotib atayin asarga qo'shgan bo'lsa kerak.

O'zR FA Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondida "Sabotu-l-ojiziyn" kitobining yana bir to'liqroq nusxasi Asosiy fondda 8875 inventar raqami bilan saqlanib kelinadi. Ushbu asarni o'z ichiga olgan qo'lyozma 78 varaqdan iborat12. Asarda unvon mavjud, unda risolaning nomi yirik qizil harflar bilan sarlavha jb (So'fi Olloyor kitobi) deb yozilib, asar muallifining ismi jb ^ deb

ko'rsatilgan13. Kotibning nomi Mulla Bek Muhammad A? X>).

Matn bo'z Qo'qon qog'oziga yozilgan. Xat turi - nastaliq. Matn yozilgan joylar ba'zan buzilgan (loyqa), buzilgan joylar keyinchalik tuzatilgan. Yo'lto soni - 11 qator. Asosiy matn 2 qator jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, xoshiyalar ham uchraydi. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchani 12,5x20,5 sm. Matn ko'chirilgan sana qo'lyozmaning kollofonida hijriy 1284 (milodiy 18б7 - 18б8) yil deb ko'rsatilgan14.

O'zR FA Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondida "Sabot-ul ojiziyn" kitobining yana bir Qo'qon qog'oziga yozilgan to'liqroq nusxasi Asosiy fondda 54б9 inventar raqami bilan saqlanib kelinadi. Ushbu asarni o'z ichiga olgan qo'lyozma 80 varaqdan iborat15. Asarda unvon mavjud, unda risolaning nomi yirik qizil harflar bilan ûô^l (Sabotu-l-ojiziyn) deb yozilib, asar muallifining ismi jb ^j^^ (Hazrat So'fi Olloyor) deb ko'rsatilgan115. Kotibning nomi Mulla Muhammad X>). Matn bo'z Qo'qon qog'oziga yozilgan. Xat turi - nastaliq. Yo'l^ soni - 9 qator. Asosiy matn 2 qator jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, xoshiyalar ham

10O'sha asaT. - Var. б 1a.

11O'sha asaT. - Var. бШ - 74b.

12.ùi>^l .jW ^ O'zbekiston Respublikasi Fanto Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondi. Asosiy fond, Inv. 8875. - Var. ib - 78b.

13O'sha asar - Var. ia.

14O'sha asar - Var. 78b.

15.ùi>^l .jW ^ O'zbekiston Respublikasi Fanto Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozmalar fondi. Asosiy fond, Inv. 54б9. - Var. ib - 80b.

^O'sha asar. - Var. ib.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 1б (38) j ISSN: 2181-41б3 j Impact Factor: 8.2

uchraydi. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchani 14,5x25,5 sm.

Matn ko'chirilgan sana qo'lyozmaning kollofonida hijriy 1304 (milodiy 188б -1887) yil deb ko'rsatilgan17. Bu qo'lyozma V. L. Vyatkin to'plamidan o'rin olgan (uning avtograflari 1b va 79b varaqda mavjud)18. Demak, bir paytlar Rossiyadan O'zbekistonga kelgan mashhur tarixchi-arxeologik V. L. Vyatkin (18б9 - 1932) ham mazkur durdona asarga qiziqqan ekan. Bu ma'lumot bilan esa So'fi Olloyorning "Sabotu-l-ojiziyn" asari chet ellarda ham shuhrat topgani yana bir bor isbotlanadi.

O'zR FA Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondida "Sabotu-l-ojiziyn" kitobining yana bir to'liqraq, ancha yaxshiroq saqlangan va chiroyli xatda yozilgan, nodir maqomga ega nusxasi Asosiy fondda 2043 inventar raqami bilan saqlanib kelinadi. Ushbu 79 varaqdan iborat19. Butun matn chiroyli kursiv nasta'liq xatida yozilgan. Sarlavhalar, asarning alohida qismlari qizil siyoh bilan yozilgan. Asarda unvon mavjud, unda risolaning nomi yirik qizil harflar bilan uij^^1 (Sabotu-l-ojiziyn) deb yozilib, asar muallifining ismi jb «M (So'fi Olloyor) deb

ko'rsatilgan20. Kotibning nomi ko'rsatilmagan.

Matn sharq qog'oziga yozilgan. Matn yozilgan ba'zi joylar yomon buzilgan. б va 7 varaqlar orasida bir varaq matn etishmaydi. Yo'lto soni - 9 qator. Asosiy matn 2 qator qizil va qora chiziqlar bilan jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, xoshiyalarda tushuntirish yozuvlari va jilolar ham uchraydi. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchani 15x22 sm. Matn ko'chirilgan sana qo'lyozmaning kollofonida hijriy 1301 (milodiy 1883) yil deb ko'rsatilgan21.

O'zR FA Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondida "Sabot-ul ojiziyn" kitobining ancha to'liqroq nusxalaridan yana biri Asosiy fondda 228 inventar raqami bilan saqlanib kelinadi22. Ushbu asarni o'z ichiga olgan qo'lyozma - 72 varaqdan iborat. Asarda unvon mavjud, unda risolaning nomi yirik qizil harflar bilan ^ЬЗ

17O'sha asar - Var. 80b.

18O'sha asar - Var. ib va 79b.

19.ùi>l^ .J-i ^ J1^ O'zbekiston Respublikasi Fanto Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondi. Asosiy fond, Inv. 2043. - Var. ib - 79b.

20O'sha asaT. - Var. ib.

21O'sha asaT. - Var. 79a.

22ùi>^ .J-i ^ O'zbekiston Respublikasi Fanto Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondi. Asosiy fond, Inv. 228. - Var. ib - 72a.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) j ISSN: 2181-4163 j Impact Factor: 8.2

ûô^l (Sabotu-l-ojiziyn) deb yozilib, asar muallifining ismi jb ^il ^j^^

(Hazrat So'fi Olloyor) deb ko'rsatilgan23. Kotibning nomi ko'rsatilmagan.

Yo'l^ soni - 9 qator. Asosiy matn 4 qator jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, xoshiyalar ham uchraydi. Xat turi - nastaliq. Matn sharq qog'oziga tartibsiz xatda yozilgan. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchami 11,5x18,5 sm.

Qo'lyozmaning dastlabki qismi va matn yozilgan ko'p joylari o'quvchilaming kitobdan foydalanishlari sabab jiddiy shikastlangan. Ko'chirilgan sana qo'lyozmaning kollofonida aniq ko'rsatilmagan24 . Xat uslubidan qo'lyozmaning XIX asrda ko'chirilganligini tahmin qilish mumkin. Balki, bu qo'lyozma mazkur vaqtdan tahminan ilgariroq ko'chirilgan bo'lib chiqishi ham mumkin.

O'zR FA Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondida "Sabot-ul ojiziyn" kitobining yana bir to'liqraq va ancha yaxshiroq saqlangan nusxasi Asosiy fondda 4074/3 inventar raqami bilan saqlanib kelinadi. Ushbu qo'lyozma 61 varaqdan iborat25. Butun matn ancha tartibsiz va qo'pol nasta'liq xatida yozilgan. Sarlavhalar, asarning alohida qismlari qizil siyoh bilan yozilgan. Asarda unvon mavjud, unda risolaning nomi yirik qizil harflar bilan ûô^l ^^ (Sabotu-l-ojiziyn) deb yozilib, asar muallifining ismi jb ^ ^j^^ (Hazrat So'fi Olloyor) deb ko'rsatilgan26. Kotibning nomi ko'rsatilmagan.

Matn sharq qog'oziga yozilgan. Matn yozilgan ba'zi joylar ozroq buzilgan. Yo'l^ soni - 9 qator. Asosiy matn 3 qator qizil va qora chiziqlar bilan jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, xoshiyalarda turli yozuvlari ham uchraydi. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchani 14,5x24,5 sm. Matn ko'chirilgan qo'lyozmaning kollofonida sana hijriy 1293 (milodiy 1876) yil deb ko'rsatilgan27.

O'zR FA Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondida "Sabot-ul ojiziyn" kitobining yana bir Qo'qon qog'oziga yozilgan to'liqraq va hajman yirikroq nusxasi

23O'sha asar - Var. ib.

24O'sha asar - Var. 72a.

25.û.j^l .jW ^ O'zbekiston Respublikasi Fanto Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondi. Asosiy fond, Inv. 4074/3. - Var. 40b - 100a.

26O'sha asar - Var. 40b.

27O'sha asar - Var. 100a.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 1б (38) j ISSN: 2181-41б3 j Impact Factor: 8.2

Asosiy fondda 403б inventar raqami bilan saqlanib kelinadi. Ushbu asarni o'z ichiga olgan qo'lyozma 87 varaqdan iborat28. Asarda unvon mavjud, unda risolaning nomi yirik qizil harflar bilan üiü^1 (Sabotu-l-ojiziyn) deb yozilib, asar muallifining ismi jI. ^(So'fi Olloyor) deb ko'rsatilgan29. Kotibning nomi qo'lyozmaning

kollofonida ham, unvonida ham ko'rsatilmagan.

Matn Qo'qon qog'oziga tartibsiz va xunuk xatda yozilgan. Xat turi - nastaliq. Yo'l^ soni - 9 qator. Asosiy matn 2 qator jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, hoshiyalar ham uchraydi. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchani 14,5x25,5 sm. Matn ko'chirilgan sana hijriy 1308 (milodiy 1890 -1891) yil deb qo'lyozmaning kollofonida ko'rsatilgan30.

O'zR FA Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondida "Sabot-ul ojiziyn" kitobining yana bir Qo'qon qog'oziga yozilgan to'liqraq va hajman yirikroq nusxasi Asosiy fondda 1б07 inventar raqami bilan saqlanib kelinadi. Ushbu asarni o'z ichiga olgan qo'lyozma 83 varaqdan iborat31. Asarda unvon mavjud, unda risolaning nomi yirik qizil harflar bilan jb ^ (Kitobi So'fi Olloyor) deb yozilib asar

muallifining ismi jb «M ^j^^ (Hazrat So'fi Olloyor) deb ko'rsatilgan32.

Kotibning nomi qo'lyozmaning kollofonida ham, unvonida ham ko'rsatilmagan.

Matn Qo'qon qog'oziga tartibsiz va xunuk xatda yozilgan. Xat turi - nastaliq. Yo'l^ soni - 9 qator. Asosiy matn 2 qator jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, hoshiyalar ham uchraydi. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchani 15x25,5 sm. Qo'lyozmaning dastlabki qismi va matn yozilgan ko'p joylari o'quvchilarning kitobdan foydalanishlari sabab jiddiy shikastlangan. Ko'chirilgan sana qo'lyozmaning kollofonida ham, unvonida ham aniq ko'rsatilmagan33. Xat uslubidan qo'lyozmaning XIX asrning oxirlari yoki XX asrning boshlanishida ko'chirilganligini tahmin qilish mumkin. Balki, bu qo'lyozma mazkur vaqtdan ilgariroq ko'chirilgan bo'lib chiqishi ham mumkin.

28.üü^l .J-i ^ O'zbekiston Respublikasi Fanto Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondi. Asosiy fond, Inv. 403б. - Var. ib - 87b.

29O'sha asar - Var. ib.

30O'sha asar - Var. 87b.

31.ú..>^ .J-i ^ O'zbekiston Respublikasi Fanto Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondi. Asosiy fond, Inv. 1б07. - Var. ib - 83b.

32O'sha asar - Var. ib.

33O'sha asar - Var. 72a.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) j ISSN: 2181-4163 j Impact Factor: 8.2

O'zR FA Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondida "Sabot-ul ojiziyn" kitobining yana bir Qo'qon qog'oziga yozilgan to'liq va hajman yirik bo'lmasa ham, e'tiborga loyiq nusxasi Asosiy fondda 2900/10 inventar raqami bilan saqlanib kelinadi. Ushbu qo'lyozma 14 (277b - 290a) varaqdan iborat34. Asarda unvon mavjud, unda risolaning nomi yirik qizil harflar bilan jb ч^ (Kitobi So'fi

Olloyor) deb yozilib asar muallifining ismi jI. ^ ^j^^ (Hazrat So'fi Olloyor) deb ko'rsatilgan35.

Kotibning nomi qo'lyozmaning kollofonida ham, unvonida ham Ismatulloh al-Miroziy (^jlj^l ^ ар deb ko'rsatilgan. Matn Qo'qon qog'oziga tartibsiz va

xunuk xatda yozilgan. Xat turi - nastaliq. Yo'lto soni - 9 qator. Asosiy matn 2 qator jadvalga olingan, 2 ustundan iborat, hoshiyalar ham uchraydi. Har bir sahifaning pastki chap burchagiga poygir qo'yilgan. Matn o'lchani 13,5x23,5 sm. Matn ko''chirilgan sana hijriy 1260 (milodiy 1844) yil deb qo'lyozmaning kollofonida ko^satilgan36.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, "Sabotu-l-ojizin" asarining qo'lyozma nusxalarining manbashunoslik jihatidan muhimlari, nodir maqomga egalari taqiqot davomida qisqacha kodikologik tahlil qilindi. Tahlil jarayonida ba'zi qo'lyozmalami ko'chiïgan kotiblar ham So'fi laqabini olganligiga qaraganda u Naqshbandiya tariqatiga aloqador bo'lgan bo'lishi, hatto So'fi Olloyorning shogirdlari silsilasida bo'lishi ham mumkinligi aniqlandi.

"Sabotu-l-ojizin" kitobining O'zR FA Sharqshunoslik Instituti Asosiy fondida 5469 inventar raqami bilan saqlanib kelinayotgan qo'lyozma nusxasi tahlili orqali esa bir paytlar Rossiyadan O'zbekistonga kelgan mashhur tarixchi-arxeologik V. L. Vyatkin ham mazkur durdona asarga qiziqqanligi, bu ma'lumot bilan So'fi Olloyorning "Sabotu-l-ojizin" asari chet ellarda ham shuhrat topgani yana bir bor isbotlanadi. Bu ma'lumotto, albatta, So'fi Olloyor ijodini tadqiq etishda manbashunos mutaxasssislar uchun muhim ahamiyatga egadir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

34.û.j^l .jW ^ O'zbekiston Respublikasi Fanto Akademiyasi Sharqshunoslik Instituti qo'lyozma^ fondi. Asosiy fond, Inv. 2900/10. - Var. 277b - 290a.

35O'sha asar - Var. 277b.

36O'sha asar - Var. 290a.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.