Научная статья на тему 'MUNISNING “SAVODI TA’LIM” RISOLASI QO‘LYOZMALARI TAVSIFI'

MUNISNING “SAVODI TA’LIM” RISOLASI QO‘LYOZMALARI TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
65
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qo‘lyozma / nashr / xat san’ati / kolofon / nasta’liq. / рукопись / издание / буквенное искусство / колофон / насталык.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Suvonqulova Zarina Habibullayevna

Ushbu maqolada Shermuhammad Munisning “Savodi ta’lim” risolasiga tavsif berildi, uning qo‘lyozma va nashrlarini solishtirilib yutuq va kamchiliklari e’tirof etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОПИСАНИЕ РУКОПИСИ ТРАКТАТА МУНИСА «ГРАМОТНОСТЬ И ОБРАЗОВАНИЕ».

В данной статье описан трактат Шермухаммада Муниса «Образование грамотности», проведено сравнение его рукописей и публикаций и отмечены его достижения и недостатки.

Текст научной работы на тему «MUNISNING “SAVODI TA’LIM” RISOLASI QO‘LYOZMALARI TAVSIFI»

MUNISNING "SAVODI TA'LIM" RISOLASI QO'LYOZMALARI TAVSIFI Suvonqulova Zarina Habibullayevna

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi Email: suvonqulovazarina@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.8436644

Annotatsiya: Ushbu maqolada Shermuhammad Munisning "Savodi ta'lim" risolasiga tavsif berildi, uning qo'lyozma va nashrlarini solishtirilib yutuq va kamchiliklari e'tirof etildi.

Kalit so'zlar: qo'lyozma, nashr, xat san'ati, kolofon, nasta'liq.

ОПИСАНИЕ РУКОПИСИ ТРАКТАТА МУНИСА «ГРАМОТНОСТЬ И

ОБРАЗОВАНИЕ».

Аннотация: В данной статье описан трактат Шермухаммада Муниса «Образование грамотности», проведено сравнение его рукописей и публикаций и отмечены его достижения и недостатки.

Ключевые слова: рукопись, издание, буквенное искусство, колофон, насталык.

DESCRIPTION OF THE MANUSCRIPTS OF MUNIS'S TREATISE "LITERACY

AND EDUCATION".

Abstract: This article described Shermuhammad Munis's treatise "Literacy Education", comparing its manuscripts and publications and recognizing its achievements and shortcomings.

Key words: manuscript, publication, letter art, colophon, nastalyq.

KIRISH

Shermuhammad Munis o'z zamonasining yetuk shoiri, adibi, tarixchisi, tarjimoni, murabbiysi va ma'rifat kuychisidir. U faqat zamonasidagina emas, balki keyingi davrlarda ham xalq o'rtasida, xususan, madaniyat muxlislari, shoirlar, olimlar, san'atkorlar va tolibi ilmlar o'rtasida ham shuhrat qozongan edi.

Mustaqillik davri o'zbek matnshunoslari nafaqat salaflarning ilmiy yutuqlarini, balki, jahon matnshunoslik ilmidagi tajribalarni ham yaxshi o'zlashtiridilar. Bu jarayon, ayniqsa, keyingi yillardagi tadqiqotlarda o'z aksini topdi. Eng muhimi, mazkur jarayonda jahon tajribasi va ustozlar an'anasidan foydalanish bilan birga, har bir tadqiqotchining o'z yo'li va o'ziga xos uslubi ham shakllandi. Ayni vaqtga kelib, ustoz matnshunoslarimiz professorlar Qosimjon Sodiqov, Zohidjon Is'hoqov, Nasimxon Rahmonov, Shuhrat Sirojiddinov, Nurboy Jabborov, Nafas Shodmonov, Rashid Zohidov, Aftondil Erkinov kabi olimlar timsolida zamonaviy o'zbek matnshunosligining yetakchi vakillarini ko'rish mumkin. Mazkur olimlarning matnshunoslikning nazariy masalalari, tadqiqot metodlari va metodologiyasi borasidagi ilmiy xulosalari va erishgan natijalari, shuningdek, amaliy tavsiyalari sohaning yosh vakillari uchun dasturulamal vazifasini bajarmoqda. Jumladan, biz ham mazkur tadqiqotda ularning tajribalariga tayandik, zarur o'rinlarda nazariy va amaliy tavsiyalaridan unumli foydalandik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Matnshunos oldida turgan bosh vazifa - matn tarixini tiklash, tadqiq doirasiga tortilgan manbaning turli nusxalarini qiyosan o'rganish, tadqiq etish, ular asosida matnnning asosiy variantini yaratish va ilmiy muomalaga kiritishdir1.

1 Сирожиддинов Ш., Умарова С. Узбек матншунослиги кирралари. - Т.: Akademnashr, 2015. - 8-бет.

Muayyan matnning paydo bo'lishidan to oxirgi holatigacha davom etgan o'zgarishlar silsilasi matn tarixini tashkil qiladi. Aksar matnlar ma'lum vaqt mobaynida subyektiv (muallif, kotib, nashrga tayyorlovchi muharrir) va obyektiv (ijtimoiy) omillar ta'sirida o'zgarishga uchraydi. Matnshunosning vazifasi mana shu o'zgarishlarni aniqlash, ularni tarixiy, ilmiy dalillar bilan asoslash va shu yo'l bilan asl matnni tiklashdir.2

Matn tarixini o'rganishda tarixiy yoki adabiy yodgorlikning yaratilgan va ko'chirilgan davrini aniqlash, manba nusxalari ko'p bo'lsa, ularni o'zaro bog'liqligini o'rganish muhim hisoblanadi. Shu sababli yodgorliklar matni ustida tekstologik tadqiqotlar olib borishdan avval shu yodgorlikning mavjud barcha qo'lyozmalarini yig'ish, ko'chirilish davri, matniy to'liqligiga qarab tasniflash va shundan keyingina uning tarixini kuzatish lozim. Chunki har bir qo'lyozma birinchi navbatda o'z davrining tarixiy yodgorligi sifatida o'zigagina xos bo'lgan muayyan tarixga ega.3

Matnshunos N.Jabborovning o'zbek matnshunosligida lirik devonlar matni tarixi nuqtayi nazaridan tahlil etganda hazrat Navoiyning devon tartib berish, badiiy ijodga qo'yilgan talablarini asarning matni tarixini o'rganish jarayoniga ham tatbiq etish mumkinligi haqidagi fikrlari ham qimmatlidir4.

Qo'lyozma manbaning ilmiy - monografik tavsifi muhim hamiyatga ega. Tadqiqot olib borilayotgan obyekt haqida ilmiy-monografik tavsif orqaligina to'liq ma'lumot berish mumkin

O'zbekistonda xat san'ati haqida yaratilgan XVIII asr risolasi mashhur o'zbek shoiri va mahoratli xattot Munis Xorazmiyning "Savodi ta'lim" asaridir. Munis Xorazmiy XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlarida o'tgan o'zbek adabiyotining atoqli shoirigina emas, balki o'z zamonasining mahoratli xattoti va xat san'ati bobida yirik nazariyotchi ham edi. Shuni alohida qayd etish zarurki, Munis o'zining bu risolasini uzoq yillik xattotlik tajribasiga suyanib va o'zigacha bo'lgan risolalardan foydalanib yozgan.

Mazkur risolaning avtografi hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanadi. Bu qo'lyozmaning avtograf ekanligi nusxaning 133a varag'ida tubanda keltirilgan kolofonda ma'lum:

Mazkur kolofonda yozilishicha Munis bu asarni 1219\1804 -1805- yilda ko'chirgan. O'zbek tilida she'r bilan yozilgan bu risola g'oyatda go'zal mayda nasta'liq xatida qora siyoh bilan yupqa shaldiroq , novvotrang qog'ozga yozilgan. Matnlar nafis jadval ichiga olingan. Qo'lyozma yaxshi saqlangan. Kitob formati 15,5 x 19,5, varaqlar soni 11 (124b - 133a). Risola 17 bobdan iborat. Risolaning boshlang'ich besh bobida hamd- sano, na't, munojot beriladi va uning yozilish sabablari bayon etiladi. Oltinchi bobdan o'n oltinchi bobgacha xusnixat tarixi, xattotlik asboblari (qalam,qalamtarosh, qalamqat, siyoh, qog'oz va boshqa yozuv ashyolari) haqida bahs yuritiladi. Risolaning o'n yettinchi bobida esa barcha arab harflarining(jami 22 harf shakli) nuqta o'lchovlari usulida asosida yozilish qoidalari ko'rsatigan.

2 Зохидов Р. "Саботул ожизин" асари матни, шар^лари ва илмий-танкидий матнини комплекс урганиш муаммолари. - Т.: Turon zamin ziyo, 2015. - 184-бет.

3 Х,амидова М. Алишер Навоий "Садди Искандарий" достонининг илмий-танкидий матни ва матний таджики: Филол.фанлари докт.... дис. -Тошкент, 1994. - 37-бет.

4 Жабборов Н. Матн тарихи ва унинг генезисига доир айрим муло^азалар./Узбек филологиясида матншунослик ва манбашунослик муаммолари. Халкаро илмий-амалий анжуман материаллари. 1-китоб. -Наманган, 2021. 5-12-бет.

bo'ladi.

Munis qo'lyozmalarning ko'pchilik qismi O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutining qo'lyozmalar fondida saqlanmoqda.

Tadqiqotlardan ma'lum bo'ldiki, O'zFA Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida 940, 1330, 7865, 1793, raqami ostida saqlanadigan 4 ta qo'lyozma tarkibida "Savodi ta'lim" asari mavjud. Quyida ushbu qo'lyozmalar tavsifini keltiramiz:

1. 1330 tartib raqamli qo'lyozma

Ushbu qo'lyozma 1804-1805-yillari, Munis 27 yoshga kirgan vaqtida ko'chirilgan. Bu nusxani shoirning o'z qo'li bilan yozilgan deb ham gumon qilish mumkin. Bu qo'lyozmada g'azallar, muxammaslar, musaddaslar, ruboiylar va shuningdek, turli shaxslarga bag'ishlangan qasidalar bor. Devonning oxirida avtorning ,,Savodi ta'lim'' nomli ilmiy asari ham keltirilgan. Kotibning nomi noma'lum. Qo'lyozma 146 varaqdan iborat bo'lib, hajmi 12 x 19,5 sm.

2. 7865 tartib raqamli qo'lyozma

Bu qo'lyozmada ham g'azallar, muxammaslar, musaddaslar, ruboiylar va boshqalar bor. Bu nusxa yuqoridagi nusxadan biroz farq qiladi. 1880-1881- yillari noma'lum kotib tomonidan qora siyohda rus qog'oziga nasta'liq xati bilan chiroyli qilib ko'chirilgan, muqovasi qora rangda. O'lchami 21,5 x 34 sm.

Mavzu har xil rangdan qilingan zarhal ramkalar ichiga olingan. Asarning avvalgi ikki betiga zarhal va boshqa xil bo'yoqlar qilingan lavhalar bor.

3. 940 tartib raqamli qo'lyozma

940 raqamli devon esa 1896-1897-yillari noma'lum kotib tomonidan yuqoridagi devondan ko'chirilgan bo'lsa kerak. Bu nusxa qora siyohda rus qog'oziga nasta'liq xati bilan chiroyli qilib yozilgan. Matn yuqoridagi kabi zarhal va turli bo'yoqlar bilan ishlangan devoriy surat ichiga solingan. Devonning usti qizil baxmal bilan qoplangan bo'lib ustida temirdan yasagan cholg'u asbobi berilgan. Qo'lyozmalarni ichida eng eskirgani shu nusxa hisoblanadi.

4. 1793 tartib raqamli qo'lyozma

1793 raqamli nusxa yuqorida qayd qilingan devondan 100 yilcha keyin 1901- yili noma'lum kotib tomonidan xatti shikasta aralash nasta'liq bilan qora siyohda rus qog'oziga yozilgan. Hajmi 253 sahifa bo'lib, o'lchami 13 x 20.5 sm. 1330 raqamli qo'lyozma bilan faqat hajm jihatdan farq qiladi.

Bu qo'lyozmaning yuqoridagi nusxadan farqi shuki, uning oxirida Abdurahmon Jomiy, Furqat va Munis she'rlaridan parchalar keltirilgan. Qo'lyozmaning 122-sahifasidan dissertatsiyamizda yoritilayotgan „Savodi ta'lim" risolasi keltiriladi. Risola o'ziga xos basmala, munojot, na'ti sayyidul anbiyo bilan boshlanadi. Ma'lumki, Sharq an'anasiga ko'ra devonlar Ollohga hamd, payg'ambarlarga na't, ustozlar madhi, asar bag'ishlangan hukmdor madhi, qalam ta'rifi va boshqa bo'limlar keltiriladi.

Munisning mazkur "Savodi ta'lim" asari XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida O'rta Osiyoda yaratilgan eng muhim risola hisoblanadi. Munisning o'zi zamonasining eng mohir xattotlaridan bo'lgan. Unga xattotlik sohasida ustozlik qilgan shaxs ^^ ¿t UiiLH.^ Abdullatif ibn Qozi Safo bo'lgan. Xusnixat bobida maktab ko'rgan va xattotlikda yuqori kamolotga erishgan Munisning xat san'ati haqida risola yaratishi tabiiy edi. U o'z risolasida o'zidan avval o'tgan Mir Ali Tabriziy va Sulton Ali Mashhadiy kabi ustodlar nazariyasidan foydalanadi va ko'p harflarni yozish qoidalariga yangiliklar kiritadi.

Munis risolasining tuzilishi, boblarga bo'linishi va umuman mazmuni uning Mir Ali Tabriziyning risolasiga yaqinligini ko'rsatadi, ayniqsa, Munis risolasining ikkinchi qismida nasta'liq uslubida harflar shaklining nuqta o'lchovi bilan bayon qilinishi bu asarning mazmun e'tibori bilan bevosita Mir Ali Tabriziydan foydalanib yozilganini ochiq ko'rsatadi.

"Savodi ta'lim va guldasta rayohin" ù^-bj ai^K nomi bilan 1910- yilda chop etilgan xusnixat risolasining bir nusxasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanmoqda. (inv. N- 7654).5 Bu risola, asosan , Munis Xorazmiy risolasining aynan toshbosma nashri bo'lib, kitobning 5-25-betlarida nastaliq mufradotlari berilgan . Kitobning 26-30-betlarida esa nasx xati harflari nuqta o'lchovi qoidalari bilan ko'rsatilgan. Risola o'z zamonasida darslik sifatida husnixatdan qo'llanma vazifasini bajargan.

Qo'lyozma haqida ma'lumot berishda manbaning ilmiy monografik tavsifi muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot olib borilayotga obyekt haqida ilmiy-monografik tavsif orqaligina to'liq ma'lumot berish mumkin bo'ladi. Shunga ko'ra, Munis qo'lyozma risolasi holati, ko'chirilgan yili, davri bilan bog'liq ma'lumotlar izchil tadqiq qilindi. Qo'lyozmaning monografik tavsifi jarayonida quyidagi ikki mezon asosida tavsiflandi: 1) Ilmiy xususiyatlari; 2) Kitobat xususiyatlari.

Bunda asar nomi, muallifi, boshlanishi va oxiri, tarkibiy tuzilishi, matnning to'liqligi, nusxani ko'chirgan kotib, ko'chirilgan yili va o'rni, shuningdek, boshqa tavsiflari qo'lyozmaning ilmiy xususiyatlari sifatida qayd etildi. Kitobat xususiyatlarining tavsifi esa qo'lyozma nusxaning o'lchami, varaqlar soni, muqovasi, qog'ozi, siyohi, yozuv tarixi, muhr yoki bezaklari, satrlar soni, poygirlarning qo'yilishi, saqlanish holati kabi tashqi belgilari bayon etildi.

Ilmiy xususiyatlarining tavsifi

Risola matnining boshlanishi: asar odatdagidek basmala bilan boshlangan, so'ngra payg'ambarlarga na't, munojot, ustozi Ibn Safoga bag'ishlangan bob, qalam ta'rifi...keltiriladi. Sarlavhadagi siyoh asosiy matndan farqli ravishda ko'k rangda berilgan. Bu holat esa risolaning bir qancha o'rinlarida yozuvning o'chishiga olib kelgan.

Risolaning tarkibiy tuzilishi: risola masnaviy shaklida yozilgan bo'lib tarkibida hikoyat mavjud.

Matnning to'liqlikdarajasi: Qo'lyozmaning boshi va oxirgi betlari to'liq, savodli yozilgan.

Risolani ko'chirgan kotib: 1793 raqamli devonning 131-sahifasida 1219 deb yozilgan yili ko'rsatilgan. Ko'chirgan kotib noma'lum.

Kitobat xususiyatlarining tavsifi

Qo'lyozmaning o'lchami: 13 x 20,5 sm

Muqovasi: muqova qattiq kartondan ishlangan, rangi to'q kulrang.

Varaqlar soni: risola 24 sahifadan tashkil topgan.

Qog'ozi: sarg'ish va ko'k rangli rus fabrika qog'ozidan foydalanilgan.

Siyohi: sarlavhalar ko'k siyohda, qolgan matnlar esa qora siyohda yozilgan.

Yozuv turi: qo'lyozma mayda nasta'liq xatida chiroyli husnixatda ko'chirilgan.

Satrlar soni: asar matni 304 qatordan iborat bo'lib qatorlar tarkibiga sarlavhalar ham kiritilgan.

Poygirlarning qo'yilishi: yangi betning birinchi so'zi poygir sifatida kitob so'ngiga qadar izchil qo'yilgan.

5 Savodi ta'lim. Qo'lyozma. O'zR FA SHI. Inv.7654.

Saqlanish holati: matn kitobning o'rtasiga joylashtirilgani uchun yozuvlarga putur yetmagan.

Risolada umumiy 22 harf shakli haqida ma'lumot beriladi. Qo'lyozmani manbashunoslik nuqtayi nazaridan o'rganish tajribalari shuni ko'rsatadiki, har bir yodgorlik matnida muallif tafakkuri mevalari bilan bir qatorda ularni ko'chirib kitobat qilgan kotib va xattotlarning ham muayyan darajadagi shaxsiy qarashlari aks etadi. Bu ko'p hollarda ularning nusxa ko'chirishlari jarayonida matnga o'z didlari va dunyoqarashlari nuqtayi nazaridan erkin yondashuvlari natijasi o'laroq yuzaga chiqadi. Shu sabab yodgorliklar matni ustida matniy tadqiqotlar olib borishdan avval shu yodgorlikning barcha mavjud qo'lyozmalarini yig'ishimiz, ko'chirilish davri va matniy to'liqligiga qarab tasniflashimiz va shundan keyingina ular tarixini kuzatishimiz lozim. Chunki har bir qo'lyozma birinchi navbatda o'z davrining tarixiy yodgorligi sifatida o'zigagina xos bo'lgan muayyan tarixga ega.

Ayni davr o'zbek matnshunoslari uchun nazariy manbalardan biri bo'lgan "O'zbek matnshunosligi qirralari" kitobining mualliflari matnshunosligimizda qo'llab kelingan o'n yettita tadqiq usulini keltirib, ularning har biriga izoh berganlar6. Tadqiqotimizning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ishimizda mazkur usullardan matniy tafovutlarni va ko'chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish, qo'lyozma tavsifini amalga oshirish, qo'shimchalar va tushirib qoldirilishlarni aniqlash, tekstologik belgilarni aniqlash, matnni tiklash (rekonstruktsiya), atributsiya va ateteza kabilardan foydalandik.

Risola matnidagi ayrim nuqsonlarga aniqlik kiritishda matn tarixiga asoslanib, konyektura asosida qayta tiklash usulidan foydalandik.

"Yodgorliklar teksti ularning faqat tashqi belgilariga qarab emas, balki mazmunining o'zgarishi va g'oyaviy yo'nalishiga qarab ham o'rganilishi lozim"7. Ya'ni matn tuzishda shoirning pardali ma'nolar yashiringan misra va baytlari sharxlanib, mantiqdan kelib chiqilgan holda matnga mazmunan uyg'un bo'lganlari tanladi.

Matnshunos olimlar Sh.Sirojiddinov. N.Jabborov, R.Zohidov o'zining qator ilmiy maqolalarida matniy tadqiqning ilmiy tadqiqotlar ichida alohida va juda qiyin shakli ekanini takidlab, sof ilmiy adabiyot tarixini yaratish uchun asosiy manba bo'lgan qo'lyozmalarni har tomonlama to'liq o'rganish, ularning o'ziga xos xususiyatlarini, til va uslubini tadqiq qilish lozimligini bir necha bor ta'kidlab o'tgan. Biz ham tadqiqot davomida ushbu fikrlarga amal qilgan holda qo'lyozmaning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishga harakat qildik.

Munis ijodiy merosining bir qismi adabiyotshunos olimlar V.Zohidov " O'zbek adaiyoti tarixidan" (O'zSSR Davlat Badiiy Adabiyot nashriyoti, Toshkent 1961-yil); 8N. Jumaxo'jayev "Savodi ta'lim" (O'qituvchi nashriyoti, Toshkent, 1997 yil)9 va "Munis g'azaliyoti "(G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1991)10 asarlarida berilgan. Bulardan tashqari, 1962-yil adabiyotshunos olim Q. Munirov o'zining "Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari" deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyasida Munisning tarixiy asarlari haqida o'z mulohazalarini bayon qilgan.11 Bundan tashqari Soliy Hasanov "Xorazm mutaffakkirlarining

6 Сирожиддинов Ш., Умарова С. Узбек матншунослиги кирралари. - Т,: Akademnashr, 2015.- 9-15-бет.

7 Лихачев Д.С. Текстология. 1983, 51-бет.

8 В.Зо^идов " Узбек адаиёти тарихидан" (УзССР Давлат Бадиий Адабиёт нашриёти, Тошкент 1961-йил);

9 Н. Жумахужаев "Саводи таълим" (Укитувчи нашриёти, Тошкент, 1997 йил)

10 Жумаев Н. Мунис газалиёти. -Т.: Адабиёт ва санъат, 1991. -159 б.

11 К;. Муниров узининг "Мунис, Ога^ий ва Баёнийнинг тарихий асарлари" деб номланган номзодлик диссертациясида

ma'rifiy pedagogik qarashlari" nomli doktorlik ishida Xorazmning eng qadimgi davrlaridan boshlab o'rta asr mutafakkirlari, keyin ma'rifarparvarlarning umumpedagogik qarashlarini ifoda etadi. 12

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, risolaning transliteratsiya varianti N. Jumaxo'ja, Y. Yusupov tomonidan amalga oshirilgan. Devon qo'lyozmasini o'qish jarayonida ba'zi so'z va iboralarning nashr va nusxa matniga muvofiq kelmasligi kuzatildi. Zero ".maqsadimiz qadimiy manbalarni o'rganish, ilmiy istifodaga olib kirish ekan, bu izlanish maydonida uchragan eng kichik nuqta ham keraksiz bo'lishi mumkin emas, balki e'tibordan chetda qolgan ayni nuqtadan matn tarixi boshlanar yoxud nihoya topar. ,."13 Xullas, hijjalab solishtirish shuni ko'rsatadiki, devon nashr nusxalarida bir necha matniy tafovutlar mavjudligi aniqlandi. Shu o'rinda bir bayt keltiramiz. Salaflar bejiz aytmagan: Hech xat nest xoli az g'alat, Xatti taqdir ast xoli az g'alat. Yani: Xatodan holi xat yo'qdir, Faqat taqdir xati bexatodir.

Demoqchimizki, ayrim harf xatolarini qo'lyozmaning eskirganligi va matnning o'qilishi qiyinligi bilan izohlash mumkin.

Devonning qo'lyozmasi va nashriy matnlarda Munisning ba'zi she'rlari matnidagi tafovutlar quyidagicha qiyosiy tahlil etildi:

1) qisqartirilgan baytlar;

2) harflar va so'zlarni o'zgarishi;

3) o'chib ketgan, tushib qolgan o'rinlar;

Qisqartirilgan baytlar. Devonning 1793 qo'lyozma nusxasi vü Yunus Yusupov amalga oshirgan tabdil variantda berilgan misralarni bir-biri bilan solishtirib chiqqanimizda, tushirib qoldirilgan, qisqartirilgan baytlar aniqlandi.

Taniqli olim Yunus Yusupov 1956 yil Porso shamsiyev tahriri ostida Munisning "Tanlangan asarlar"ini nashr ettiradi. "Munis Xorazmiy" so'zboshi maqolasi bilan birga unga shoirning g'azallari, mustazod, muxammas, musaddas, qasida, tuyuq, chiston, qit'a va "Savodi ta'lim" asari kiritilgan. Zamona zayli bilan nashrga qo'lyozmada mavjud bo'lgan basmala, munojot va na'ti sayyidul anbiyo tushirib qoldiriladi: Bismillahir Rohmanir Rohim Aytar sano angoki xoma, Chekti chu bitarga turfa noma. Lavhi azal uzra qildi marqum, Ijod aro har ne erdi ma'lum. Ham yozdi vujud ila adamni, Ham ayladi sabt beshu kamni. Yoydi yetti charxni varaqson. Anjum bila ayladi zarafshon. Ashyog'a chu surdi kilki insho Inson raqamini qildi tug'ro.

12 Солий Х,асанов "Хоразм мутафаккирларининг маърифий педагогик карашлари " номли докторлик ишида

13 Зохидов Р. "Саботул ожизин" асари матни, шар^лари ва илмий-танкидий матнини комплекс урганиш муаммолари. - Т.: Turon zamin ziyo, 2015. - 170-бет.

Uldur ahadi karimi Botil uza chekkuchi Isyon sori xoma surguchi

Yozuq raqamni o'churguchi (14 misra tushirilgan)

Shuningdek, Rabbiga munojot qilib asarni yozishda kuch-quvvat, sabr-toqat so'ragan munojot qismi (14 misra) ham tushirib qoldirilgan: Yo Rabki mani siyohnoma, Yuzi qaromen nechukki xoma. Lavhi amalim g'amfizodur, Jurmim raqamim bila qarodur. Rahmat suyi birla qil yuzum oq, Andoqki, bayozi soda avroq, Abri karamingdin obro' ber Lavhi amalimga shustu sho' ber. Nomam aro bo'lsa har yomoni, Yaxshiliq ila badal qil oni. Afoli badimni ayla mastur, Mujrimlar ichida qilma mashhur. Munisi qutor xijolatidin, Sultoni rasul shafoatidin.

Xuddi shunday holat "Na'ti sayyidul anbiyo" sarlavhali qismida ham kuzatiladi:

Shahanshahi kishvari nubuvvat

Yakto duri afsari futuvvat.

Anbo'yi rasul aro saromad,

Sardaftari anbiyo Muhammad.

Zoti sababi vujudi olam,

Andoqki, erur tufayli odam.

Odamg'a maloyika sujudi,

Andin edikim, aning vujudi

Tifl ekanida ko'rib alomat,

Izhor qilib base karomat,

Bu'sat aro yozildi oti,

Yer yuzini tutdi mo'jizoti.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Harflar va so'zlarning o'zgarishi. Devon qo'lyozmasida berilgan ba'zi she'rlarni nashriy matnlar bilan solishtirganimizda, so'zlarda farqlar va xatoliklar borligi ham aniqlandi. Bu xatolar 3 turda ekanligi ma'lum bo'ldi:

1. Imloviy xatolar.

2. Uslubiy xatolar.

3. Ishoraviy xatolar.

Adabiyotshunos olim Y. Yusupov Munisning risolasini nashr ettirganda ba'zi kamchiliklarga yo'l qo'yilgan.

Jumladan, "Husni xat bergan ustozi haqida" qismida (sarlavha Y. Yusupov tomonidan berilgan, qo'lyozmada bunday emas) Mavloyi jamii ahli idrok, Farxanda jamoli arsai xok.

Misralarida ikkinchi misradagi so'z noto'g'ri o'qilgan, "farxanda" so'zi aslida "farxunda" tarzida berilishi lozim. Chunki mazmun bu yerda "qutlug'", "muborak" so'zining ma'nodoshini talab qilyapti.

Yana bir bayt bizning diqqatimizni tortdi: Adli aro hukmi shar layih, Ilm ichra adili Ibn Hojib.

Bu yerda ham so'zlar noto'g'ri o'qilgan. Birinchi misradagi " layih" so'zi aslida "porloq", "ravshan" ma'nosini beruvchi "loyih" tarzida yozilishi kerak. "Xusni xat ta'limi" sarlavhali bobda olim Y. Yusupov Ta'lim budur, qilurman iymo, Ro favqida tutsa yer nigun "ro"

baytining birinchi misrasida "iymo" tarzida beradi. N. Jumaxo'ja amalga oshirgan tabdil variantda esa "imo" tarzida keltiriladi. Bizningcha, N. Jumaxo'janing variant to'g'ri, sababi eski o'zbek tilida so'zboshida "I" tovushini berish uchun "alif+yoy" dan foydalanilgan. Xuddi shunday holatni quyidagi baytda ham ko'rishimiz mumkin. Ko'r halqai "ayn" halqai "jiym", Bir shaklda yozdi ahli ta'lim.

Bu yerdagi "jiym" so'zi aslida arabcha "jim" harfidir. Unga hech qanday ortqicha "yoy" qo'shishning hojati yo'q. Matnshunoslik ilmi qoidalaridan ma'lumki, matniy tadqiq matndagi misra va baytlarning o'zaro mazmunan bog'lanishi, grammatik va leksik xususiyatlariga ko'ra olib boriladi. Shunday ekan, misra va baytlardagi har bir so'z matn mazmuniga uyg'un bo'lishi shart.

Arab alifbosidagi ba'zi harflar nuqtalarining joylashish o'rni va miqdoriga qarab farq qilishi ularni to'g'ri o'qilishida birmuncha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Quyidagi baytda ham nuqtalarni o'chib ketgan yoki qo'yilmagan holatini kuzatamiz: Lavhi azal uzra qildi marqum, Ijod aro har ne erdi ma'lum.

Bu yerdagi "qildi" so'zining nuqtalari qo'yilmagan, zukko kitobxon esa mazmundan kelib chiqib so'zdagi "q" tovushini "fo" deb emas, " qof " tarzida o'qiydi. Qo'lyozmaning "munojot" qismida Lavhi amalimki g'amfizodur, Jurmim raqami bila qarodur

bayti ketiriladi. Biroq N. Jumaxo'janing tabdil variantida ma'noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan "-ki" tushirib qoldirilgan. Aslida "amalimki" deb qo'llansa misradagi hijolar to'liq bo'lar edi.

XULOSA

Bulardan ko'rinadiki, matnni o'qish va tabdil qilish, uning ilmiy tanqidiy matnini yaratish juda mushkul ish. Matnshunos ana shu mas'uliyatni chuqur his qilgan holda har bitta so'zga alohida e'tibor bilan yondashishi lozim. Zero bu haqda sharqshunos olim Y.E.Bertels shunday yozadi: "Yodgorliklarni nashr qilish ishi na sof mexanik, na sof texnik ish emas. Bu tadqiqot ishining alohida bir turidir".

Munis risolasining nashrlari har xil matniy tafovut va xatoliklardan holi emas. Bunday matniy o'zgarishlar nafaqat she'rlar vazni buzilishiga, balki shoir aytmoqchi bo'lgan fikrlar o'zgarib ketishiga sababchi bo'lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Жумахужаев Н. Саводи таълим. - Т.: Укитувчи, 1997.

2. Жумаев Н. Мунис газалиёти. -Т.: Адабиёт ва санъат, 1991.

3. Сирожиддинов Ш. Матншунослик сабоклари. -Т.: Навоий университети, 2019.

4. Юсупов Ю. Мунис, Танланган асарлар. - Т.: Уз Давлат бадиий адабиёт. - 1957.

5. Munis Xorazmiy. Devoni Munis, Savodi ta'lim. Qo'lyozma. Saqlanish raqami

6. Munis Xorazmiy. Devoni Munis. Qo'lyozma. Saqlanish raqami 940.

7. Shermuhammad Munis. Devoni Munis. Qо'lyozma. Saqlanish raqami 1793.

8. Shermuhammad Munis. Devoni Munis. Qо'lyozma. Saqlanish raqami 1330.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.