Научная статья на тему '“RUUSUL-MASAIL”DA GIFIQHIY MAVZULAR TAHLILI'

“RUUSUL-MASAIL”DA GIFIQHIY MAVZULAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
No‘moni ibn Sobit / Mahmud Zamaxshariy / ibn Xalikon / Xoji Xalifa / Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy / Ru'us al-masail / Toj al-tarojim / A’lom.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — S.S.Saidjalolov

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutgan paytda Mahmud Zamaxshariy fidoyi olimlar bilan ilm-fan tin tarmoqlashgaxizmat qildi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“RUUSUL-MASAIL”DA GIFIQHIY MAVZULAR TAHLILI»

Central Asian Journal cji

Education and Innovation

- -/ V

"RUUSUL-MASAIL'DAGI FIQHIY MAVZULAR TAHLILI

S.S.Saidjalolov

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o'rganish ICESCO kafedrasi katta o'qituvchisi, t.f.PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11439896

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 25-May 2024 yil Ma'qullandi: 28-May 2024 yil Nashr qilindi: 31- May 2024 yil

KEYWORDS

No'mon ibn Sobit, Mahmud Zamaxshariy, ibn Xalikon, Xoji Xalifa, Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy, Ruus al-masail, Tojal-tarojim, A 'lom.

ABSTRACT

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutgan paytda Mahmud Zamaxshariy fidoyi olimlar bilan ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi. Uning o'nta asari bugun ma'lum bo'lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to'xtovsiz davom etmoqda.

Mahmud Zamaxshariyning hozirgacha yetib kelgan yagona fiqhiy asarining to'liq nomi - "Ruusul-masail al-xilafiya bayna Abi Hanifata vash -Shofeiy" ("Imom Abu Hanifa va Shofeiy orasida ixtilofli bo'lgan asosiy masalar") bo'lib, ayni paytda uning qo'lyozmasi Irlandiyaning Dublin shahri Chesterbiti kutubxonasida 3600-raqam ostida saqlanadi1. Qo'lyozmaning faksimil nusxasi Makkai mukarramaning "Ummul-quro" universiteti kutubxonasida mavjud2.

Chesterbiti qo'lyozmalari fondi bilan olib borilgan elektron yozishmalar natijasida "Ruusul-masail" qo'lyozmasining elektron nusxasini olishga muvaffaq bo'lindi3.

Qozi ibn Xallikon "Vafayot al-a'yon"4da "Ruusul-masail"ni Zamaxshariy asarlari qatorida sanagan. Xayruddin Zirikliy "al-A'lam"5, Ibn Qutlug'beka "Toj at-tarojum"6da ham aynan shu narsa qayd etilgan. Shuningdek, Hoji Xalifa "Kashf az-zunun" hamda Ismoil al-Bag'dodiy "Hidoyat al-orifiyn" asarlarida ham Zamaxshariy qalamiga mansub "Ruusul-masail" borligi haqidagi ma'lumotlarni keltirishgan.

Qo'lyozmaning faksimel nusxasi Makkai mukarramaning "Ummul-quro" universiteti kutubxonasida mavjud7.

Chesterbiti qo'lyozmalar katalogida unga quyidagicha tavsif berilgan:

Arberri. Chesterbiti Arab qo'lyozmalari katalogi. -Dublin, 1958. -J.3. -B.44.

2 Mahmud Zamaxshariy. Ruusul-masail al-xilafiya baynal-hanafiya vash-shafiiya. -Bayrut: Dorul-bashairil-islamiya. 2007. -620 b.

3 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.

4 Qozi ibn Xallikon. Vafayot al-a'yon anbau abna az-zaman. - J:5. - Bayrut: Dor sodir,1997. - B.169.

5 Xayruddin az-Zirikliy. Al-A'lam.-J:7. - Dor al-ilm lil-malayin, 2002. -B.178

6 Ibn Qutlug'beka, Tojut-tarajim fiy tabaqotil-hanafiya. - J:1. www.alwarraq.com. -B.24.

7

Mahmud Zamaxshariy. Ruusul-masail al-xilafiya baynal-hanafiya vash-shafiiya. -Bayrut: Dor al-bashair al-islamiya, 2007. -620 b.

"Az-Zamaxshariyning «Ruusul-masail» asari (538-1144 v.e.) (Hanafiy va Shofeiy mazhablari orasidagi farqli bo'lgan huquqiy masalalarga bag'ishlangan risola) 106 sahifa. Sahifalar bo'yi - 17, eni - 13.1 sm. Nasx xati. Xattot - Abdurrahmon ibn Jandar ibn Ayyub Shibliy. 576-hijriy yilning rajab oyi (milodiy 1180)." Ko'chirilgan boshqa nusxasi mavjud emas8"

Shibliylar - bugun arab dunyosida keng tarqalgan qabila avlodlari. Saudiya Arabistoni, Suriya, Jazoir, O'mon va Falastin kabi davlatlarda Shibliy avlodlari istiqomat qiladilar. Shibliy nisbasining kelib chiqishi borasida arab tilidagi internat kontentda bir-biriga o'xshash taxminga duch kelish mumkin. Shibliy - qahtoniy arab qabilasi bo'lib, uning nomi Shibl ibn Amr ibn Adiy ibn Toydan kelib chiqqan9. Qahton Hud payg'ambarning o'g'lidir. Arablar ikki qismdir: adnoniy10 va qahtoniy arablar. Adnoniy arablar Rabi'a, Muzor, Qays va Aylon qabibalaridan iborat. Qahtoniy arablar Yamandagi turli qabilalar avdodlaridir11. Xattotning Shibliy taxallusiga ega ekanini va qo'lyozmaning uzoq vaqt Shom o'lkasida saqlangani e'tiborga olinsa, qo'lyozma Xorazmda emas, Shom (Suriya)da ko'chirilgan degan mantiqiy xulosa kelib chiqadi. Boshqa tarafdan, bugun Iroqda ham shibliylar avlodlari istiqomat qiladi va ularning orasida Shibliy taxallusli shayxlar va muhtaram insonlar bor12. Zamaxshariy umrining oxirida o'z kitoblarini Bag'doddagi Abu Hanifa qadamjosida vaqf qilgani nuqtai nazaridan, "Ruusul-masail" qo'lyozmasi Bag'dodda ko'chirilgan va saqlangan degan xulosa o'rinli.

Asar forzatsining birinchi sahifasining yuqori qismiga "Kalimai toyyiba" - «La ilaha illalloh Muhammadur-rosululloh» yozuvi bitilgan. Uning ostida "Ruusul-masail lil-alloma az-Zamaxshariy sahib al-Kashshaf", ya'ni "al-Kashshaf sohibi alloma Zamaxshariyning "Ruusul-masail" asari" iborasi yozilgan. Sahifaning chap tomoni yuqori qismida "Min kutub al-abd al-ahqar as-Sayyid Abdulloh al-Qozi Saloniyk. summ intaqala ila suluk al-faqr ilayhi ta'ala Sayyid Abdulloh Muhammal al-Adrabaviy ufiya anhuma al-Bariy" - "Ojiz banda Salonikning sobiq qozisi ojiz banda Sayyid Abdullohning kutubxonasidan. U keyinchalik faqr sulugiga o'tdi. Alloh unga ofiyat ato qilsin" iborasi bitilgan. Saloniki shahri, ayni paytda, Gretsiyaning ikkinchi yirik shahri hisoblanadi. U XV-XX asrlar oralig'ida Usmonlilar imperiyasining tarkibida bo'lgan. Shu jahatdan Saloniki qozisining kitoblari orasida "Ruusul-masail" qo'lyozmasi bo'lganini anglash mushkul emas va bundan XX asrga kelib, qo'lyozmaning Irlandiyaga sayohat qilishi sabablari oydinlashadi.

Umrini konchilikka bag'ishlangan, Kolumbiya universitetida tog' injenerligi sohasida oliy ma'lumot ga ega bo'lgan amerikalik Alfred Chester Bitti (1875-1968) sa'y-harakati bilan Dublinda 1950-yilda Chesterbiti kutubxonasi tashkil qilingan13. Ser Chesterning sevimli mashg'ulotlaridan biri Sharq qo'lyozmalarini yig'ish edi. Kutubxonaning aynan Dublinda tashkil qilinishi asoschisining asli kelib chiqishi irlandiyalik ekani bilan izohlanadi. 4000dan ortiq arab va fors tilllaridagi qo'lyozmalardan tashkil topgan mazkur kutubxona-muzey 2002-yilda Yevropaning eng yaxshi muzeyi sifatida e'tirof etilgan. Mahmud Zamaxshariyning

8 O'sha asar.-B.1.

9 https://www.majalisna.com/wp/omani-tribes/alshibli/

10 https://ar.wikipedia.org/wiki/%D8%B9%D8%AF%D9%86%D8%A7%D9%86%D9%8A%D9%88%D9%86

11 https://ar.wikipedia.org/wiki/%D9%82%D8%AD%D8%B7%D8%A7%D9%86%D9%8A%D9%88%D9%86

12 https: //alfrej at. ahlamontada. net/t556-topic#top

13 Xurshid Ma'ruf. Amerikaning mis qiroli. https://islom.uz/maqola/17273

r

www.in-academy.uz

bizgacha yetib kelgan yagona fiqhiy asari "Ruusul-masail"ning yagona qo'lyozmasi aynan Chesterbitidan 3600 raqami bilan o'rin egallagan.

Kitob forzatsining ikkinchi sahifasi yuqori qismi markazida "Kitab Ruusul-masail liz-Zamaxshariy" - "Zamaxshariyning Ruusul-masail kitobi" iborasi bitilgan. Sahifaning chap tarafida: "Alhamdulillah, tola'a fiyhi mustafiydan al-fakru Alouddin at-Tarobulusiy al-Hanafiy imam al-Jome' al-Ummaviy ufiya anhu. 1027" - "Ummaviylar Jome'i imomi faqiyr Alouddin at-Tarobulusiy mazkur kitobdan foyda olgan holda uni mutolaa qildi", deb yozilgan. Mazkur bitik XVII asr (1618-yil)ga tegishli va kelib chiqishi Liviyaning Tripoli shahridan bo'lgan Shayx Alouddin Ali ibn Muhammad ibn Nosiriddin at-Tarobulusiy ad-Dimashqiy al-Hanafiyga tegishli ekani bilan diqqatga sazovordir. U haqda Shamsiddin Zirikliy o'zining "Al-a'lam" asarida shunday yozadi: "Asli Tarobulusdan bo'lgan Ali ibn Muhammad Dimashqiy Alouddin: Qur'on qiroati va faroiz ilmi bo'yicha olim edi. Hanafiy mazhabining fozil olimlaridan. Damashqdagi Ummaviylar jome'ida dars berar edi. Damashqda tug'ilib, shu yerda vafot etgan. (950-1032-hijriy, 1544-1623- milodiy). Uning "Saqb al-anhar ala multaqa al-abhur" -"Dengizlar tutashuvida daryolar quyilishi" nomli faroiz (meros) ga oid asari, tajvid ilmida "Al-muqaddima al-aloiyya" - "A'loiy muqaddimasi" va Qur'oni karimning o'n qiroatiga bag'ishlangan "Al-alg'az al-a'laiyya" - "A'loiy sirlari" nomli asarlari bor14". Alouddin Tarobulusiy Damashq qorilarining shayxi, qiroat, faroiz, fiqh kabi diniy bilimlar bilan birgalikda hisob - matematika kabi dunyoviy ilm bilimdoni sifatida e'tirof etilgan15. Shayx Tarobulusiyning "Ruusul-masail"ni o'qib, undan foydalar hosil qilgani haqida asar sahifasiga bitik yozishi, mazkur qo'lyozma asrlar davomida hanafiy olimlar e'tiborida bo'lganiga dalolat qiladi. Qo'lyozma o'qilgan 1618-yil olimning Damashqdagi faoliyati davriga va ilm-ma'rifatda tajriba hamda shuhrat qozongan 64 yoshiga to'g'ri keladi.

Qo'lyozma forzatsida yana bir hanafiy olimining (ismi va sharifini to'liq o'qib bo'lmadi) dastxati bor. Bitik so'ngida: "Ar-rumiy summa ad-dimashqiy al-hanafiy" nisbasi yozilgan. Bundan dastxat muallifi asli kelib chiqishi turkiyalik bo'lgan, keyinchalik Damashqqa ko'chib o'tgan hanafiy olim ekani ma'lum bo'ladi.

Mahmud Zamaxshariyning "Ruusul-masail" asari qo'lyozma tituli va forzatsidagi bitiklardan asar hanafiy mazhabi olimlari tomonidan asrlar davomida o'rganilgani, uning qo'lyozmasi XVII asrda Damashqda (Suriya), XIX -XX asrlarda Saloniki (Gretsiya)da saqlanib, keyinchalik XX asrda Dublin (Irlandiya)ga olib ketilgani ma'lum bo'ladi.

"Ruusul-masail" qo'lyozmasi 106 ta varaq, 212 betdan iborat. Har bir sahifa 11-17 ta satrdan, har bir satr 7-15 ta so'zdan tashkil topgan. Qo'lyozma muallif vafotidan 39 yil o'tib, 576-hajriy sananing rajab oyida yozib tugallangan, milodiy 1180-yilga to'g'ri keladi. Asar nasx xatida tushunarli va ravon yozilgan. Qo'lyozmaning 210-betida kotib haqida ma'lumot bor: "Tammat Ruusul-masail bihamdillahi, vaqa'a al-firog'u fiy shahrillahi al-aziym rajab fiy oxir az-zuhri fiy sanati sittin va sab'iyn va sittin min hijrat an-nabiyyi solla Allohu alayhi, sohibuhu Shibliy Abdurrahmon Jandar Ayyub. G'affarAllohu lahum ajma'iyn va sollAlohu ala Muhammad va olihi"16 - "Allohga hamdlar bo'lsinki, "Ruusul-masail" yozib tugatildi. Uning yozib tugatilishi Allohning ulug' shahri Rajab oyi peshinning oxirida Payg'ambar alayhissalom

14 Zirikliy. Al-a'lam qomusu tarojim. - J:5. -Bayrut: Dar al-malayin, 2022. -B.13.

15 Alouddin Ali ibn Muhammad Tarobulusiy. https://tarajm.com/people/25763

16 Makhmud az-Zamakhshary. Ruus al-masail. Chester Beatty Library. CBL AR 3600. B.210.

hijratidan 576-yil o'tganiga to'g'ri keldi. Yozuv sohibi Shibliy Abdurrahmon Jandar ibn Ayyubdir. Ularning barchalarini Alloh mag'firat qilsin va Payg'ambar alayhissalom va ul zotning yaqinlariga Alloh salavoti bo'lsin".

Qo'lyozmaning 211-212-betlarida kitobning mundarijasi qayd etilgan. Mundarijada asarda zikr qilingan kitoblar ro'yxati berilgan. Ularning qaysi sahifadan boshlanishi haqida ma'lumot yo'q. 211-betda ikki qatorda 9 tadan 18 ta kitob ro'yxati yozilgan. 212-betda uch qatorda 8 tadan 24 ta kitob ro'yxati qayd etilgan. Qo'lyozmaning oxirgi jumlasi e'tiborli: "Haza Ruusul-masail xilafiya bayna Abu Hanifata vash-Shafiiy rahmatullohi alayhima" - "Bu Abu Hanifa va Shofeiy o'rtalaridagi ixtilofli bo'lgan asosiy masalalardir." "Ruusul-masail" islom huquqiga oid 42 ta sohaga tegishli 406 ta masalani qamrab oladi17.

"Ruusul-masail" muqaddimasiz boshlangan. "Basmala"dan so'ng duoga quyidagi duo zikr qilinadi: "Tavakkaltu alal-hayy al-laziy la yamutu" - "Doimo tirik bo'lgan zotga tavakkul qildim". Qo'lyozma "Basmala" va "Duo"dan so'ng "Izala an-najasa bil-mayi'at" - "Nopokliklarni suyuqliklar bilan ketkazish" jumlalari bilan va qo'lyozmadan joy olgan dastlabki kitob "Tahorat kitobi" masalalarini qayd etish boshlanadi18. Xattot 42 ta kitob nomining barchasini zikr qilgan. Ammo qo'lyozmaning boshida "Tahorat kitobi" degan yozuv uchramaydi19. 406 ta masalaning deyarli barchasi "Masala" so'zi bilan bo'lingan. Lekin qo'lyozmaning boshida mazkur bo'luvchi so'z yozilmagan. Buni muallif yoki xattotning o'ziga xos uslubi deya baholash mumkin. Yoki qo'lyozmani ko'chirish shoshilinch boshlangan, degan xulosaga kelish o'rinli.

Chester Biti №3600 "Ruus al-masil" qo'lyozmasining pdf shakli 114 varaqdan iborat. Har varaqqa ikki sahifa yonma-yon joylashtirilgan. Kirish qismida qo'lyozma 106 varaq ekani ta'kidlanadi. Qo'lyozmaning pdf nusxasida «Ruusul-masail"ning 10-sahifasi (mikrofilmning 14-sahifasi) ikki marta taqdim qilingan. Mikrofilmning 14 va 15 sahifasida qo'lyozmaning 10 sahifasi ikki marta yozilgan. Xuddi shunday qo'lyozmaning 44-sahifasi (mikrofilmning 48-sahifasi) ham ikki marta taqdim qilingan. Mikroflmning 48 va 49 sahifasidan qo'lyozmaning 44-sahifasi ikki marta o'rin olgan. Qo'lyozmaning 79-sahifasida ham shu holat kuzatiladi. Mikrofilmda mazkur sahifa ikki marta 83 va 84-sahifalarda takrorlanadi. Takror sahifalarning umumiy soni 3 ta: 10, 44 va 79-sahifalar. Qo'lyozmani sinchiklab o'rganmagan inson uning sahifalari sonida adashishi tabiiy20.

Qo'lyozmani o'rganishda dastlab e'tiborni tortuvchi holat ayrim so'zlarning cho'ziq unli bilan hamda cho'ziq unlisiz turlicha yozilishidir. Masalan, "Shofeiy" so'zi qo'lyozmada uch xil shaklda yozilgan21. Bu holatni xattotning savodi bilan emas, balki o'ziga xos yondashuvi bilan

17 O'sha manba.-B. 212

18 Mahmud Zamaxshariy. Ruus al-masail al-xilafiya bayna al-hanafiya vash-shafiiya. -Bayrut: Dar al-bashair al-islamiya, 1987. - 616 b.

19 Abdulhalim ibn Muhammad. Mahmud Zamaxshariyning "Ruusul-masail" asarining tanqidiy matni. Sent-Andryus universiteti (Shotlandiya), 1977. - 550 b.

20

Makhmud az-Zamakhshary. Ruus al-masail. Chester Beatty Library. CBL AR 3600. 21 Abdulhalim ibn Muhammad. Mahmud Zamaxshariyning "Ruusul-masail" asarining tanqidiy matni. Sent-Andryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.2

1

izohlash mumkin. Abdulhalim Muhammad va Abdulla Nazir Ahmad ham bu masalaga e'tibor qaratganlar22.

Bundan "Ruusul-masail" allomaning keksalik chog'ida yozilgan degan xulosa kelib chiqadi. Qo'lyozmaning 406 masalasida yondashuvda yaxlitlik bor. Deyarli barcha masalada Zamaxshariy hanafiylar qarashlarini "Bizning nazdimizda" deya izohlaydi. Shofeiylarning qarashlarini "Shofeiy aytadi", deya bayon qiladi. Ammo fiqhiy hukmlarga dalil keltirishda ayrim masalalarda farq seziladi. Deyarli barcha masalada ikki mazhab qarashlari Qur'oni karim oyati yoki hadislar yoxud aqliy-qiyosiy dalil bilan asoslanadi. Ammo ayrim masalalarda dalillar zikri uchramaydi. Bu asardagi masalalalarning oz qismida uchrasa-da, bu holatni muallifning keksaligi sabab dalilni aytmaganida yoki asarni o'zi yozmay, imlo qildirganida deb izohlash mumkin. Muallif og'zidan asar yozib olinganida mukammallikka erishishi dushvor. Bu yozib oluvchining mahoritiga, yodlash va chiroyli hamda tez yozishiga bog'liqdir. Mazkur tahliliy fikrlar allomaning "Ruusul-masail" asari umrining oxirlarida yozilgan degan xulosani quvvatlaydi. Mahmud Zamaxshariyning "Ruusul-masail" asari ikki huquqiy maktab: hanafiy va shofeiy mazhablarini qiyosiy o'rganishga bag'ishlangan asardir.

22 Mahmud Zamaxshariy. Ruus al-masail al-xilafiya bayna al-hanafiya vash-shafiiya. -Bayrut: Dar al-bashair al-islamiya, 1987. -B.82

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.