Научная статья на тему 'RIVOJLANAYOTGAN RAQAMLI TA'LIM SHAROITIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARIGA ZAHIRA KADRLAR TAYYORLASH JARAYONIDA ULARDA LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI'

RIVOJLANAYOTGAN RAQAMLI TA'LIM SHAROITIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARIGA ZAHIRA KADRLAR TAYYORLASH JARAYONIDA ULARDA LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
12
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Maktabgacha ta'lim tashkiloti / liderlik sifati / o'zgarishlar / raqamli ta'lim tendensiyalari / zahira kadr.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Irgasheva Madinabonu Baxromjon Qizi

Hozirda rivojlanib kelayotgan raqamli ta'lim sharoitida har bir sohada faoliyat olib boruvchi kadrlarda turli kompetensiyalarning rivoj topganligi shu soha rivoji uchun xizmat qiladi. Xususan, tobora rivojlanayotgan raqamli ta'lim sharoitida maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga zahira kadrlar tayyorlash jarayonlarida tayyorlanayotgan kadrlarning liderlik sifatlarini rivojlantirish masalasi juda muhimdir. Mazkur maqola bu ahamiyatli jihatni inobatga olib, zahira kadrlarda liderlik sifatlarini rivojlantirishda muhim bo'lgan omillarga e'tibor qaratadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RIVOJLANAYOTGAN RAQAMLI TA'LIM SHAROITIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARIGA ZAHIRA KADRLAR TAYYORLASH JARAYONIDA ULARDA LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

RIVOJLANAYOTGAN RAQAMLI TA'LIM SHAROITIDA MAKTABGACHA TA'LIM

TASHKILOTLARI DIREKTORLARIGA ZAHIRA KADRLAR TAYYORLASH JARAYONIDA ULARDA LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Irgasheva Madinabonu Baxromjon qizi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini

oshirish instituti I bosqich doktoranti

kmb9609@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.10034886

Annotatsiya. Hozirda rivojlanib kelayotgan raqamli ta'lim sharoitida har bir sohada faoliyat olib boruvchi kadrlarda turli kompetensiyalarning rivoj topganligi shu soha rivoji uchun xizmat qiladi. Xususan, tobora rivojlanayotgan raqamli ta'lim sharoitida maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga zahira kadrlar tayyorlash jarayonlarida tayyorlanayotgan kadrlarning liderlik sifatlarini rivojlantirish masalasi juda muhimdir. Mazkur maqola bu ahamiyatli jihatni inobatga olib, zahira kadrlarda liderlik sifatlarini rivojlantirishda muhim bo'lgan omillarga e'tibor qaratadi.

Kalit so'zlar: Maktabgacha ta'lim tashkiloti, liderlik sifati, o'zgarishlar, raqamli ta'lim tendensiyalari, zahira kadr.

Аннотация. В условиях развивающегося в настоящее время цифрового образования развитие различных компетенций у кадров, работающих в каждой сфере, служит развитию этой сферы. В частности, в условиях все более развивающегося цифрового образования очень важно развивать лидерские качества кадров, обучающихся в процессах подготовки резервных кадров для руководителей дошкольных образовательных организаций. Учитывая этот важный аспект, в данной статье основное внимание уделяется факторам, имеющим значение в развитии лидерских качеств у личного состава резерва.

Ключевые слова:Организация дошкольного образования, качество руководства, изменения, тенденции цифрового образования, кадровый резерв.

Abstract. In the conditions of digital education that is currently developing, the development of various competencies in personnel working in each field serves for the development of this field. In particular, in the conditions of increasingly developing digital education, it is very important to develop the leadership qualities of the personnel who are being trained in the processes of reserve personnel training for directors of preschool educational organizations. Taking into account this important aspect, this article focuses on the factors that are important in the development of leadership qualities in reserve personnel.

Keywords: Organization of preschool education, quality of leadership, changes, digital education trends, reserve staff.

O'zbekistonda mustaqillik yillarida misli ko'rilmagan yangilanishlar va o'zgarishlar davri bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan ulkan natijalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida tanlangan taraqqiyot yo'lining porloq ekanligi, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, izchil iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni ta'minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish kabi yo'nalishlar suveren davlatimizning adolatli va insonparvar ichki siyosatida doimiy ustuvor bo'lib kelayotgani, ular sirasida jamiyatning ma'naviy yuksalishi va

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

shaxs ma'naviy kamolotiga berilayotgan e'tibor alohida o'rin egallashini to'la isbotladi. Yosh avlodga zamonaviy ta'lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak iqtisodiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini ma'naviy shakllantirish, raqamli ta'limning zamonaviy tendensiyalaridan chuqur xabardor etish va bundy sharoitda bo'lajak mutaxassislarda turli xil kompetensiyalarni rivoj toptirish masalalari davlatimizning doimiy diqqat markazida bo'lib kelmoqda.

Yurtimizda yosh avlodning har jihatdan barkamol bo'lib voyaga yetishi uchun keng imkoniyatlar yaratilib, ko'pgina xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Onalar va bolalarning ijtimoiy muhofazasi, sog'lom oila muhitini, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, bolalarning bo'sh vaqtini to'g'ri tashkil etish, ularni sportga, qo'shimcha ta'limga jalb etish, sog'lomlashtirish va profilaktik tadbirlar, kasbga yo'naltirish, har taraflama uyg'un rivojlangan yetuk shaxsni tarbiyalash borasidagi sa'y-harakatlar e'tiborga molikdir. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyodagi birorta davlat ertangi kun egalari bo'lgan yosh avlodning ma'naviy va jismoniy kamoloti uchun ularning zamon talablariga mos bilim olishi, qobiliyati va iqtidorini erkin namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish bilan birgalikda doimiy diqqat markazida tutishida, qayg'urishida O'zbekistonga tenglasha olmaydi. Bu haqiqatni bugungi kunda jahon hamjamiyati ham e'tirof etganligini ta'kidlash o'rinlidir. Ayni paytda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari barchamizga yangi vazifalar yuklamoqda. Shunday vazifalardan biri -yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik kabi xislatlar bilan birga yuksak ma'naviyat egasi bo'lish hamda boshqa millatlarga nisbatan hurmat bilan qaraydigan, insoniy qadr-qimmatni va milliy urf-odatlarni e'zozlaydigan insonlar qilib tarbiyalashdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Maktabgacha ta'lim va tarbiya Qonuni", Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha ta'lim vazirining buyruqlari, Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standard va mavzuga oid pedagogik-psixologik, ilmiy-metodik manbalardagi nazariy va amaliyot uyg'unligi, bola shaxsini rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyasining o'rni, bola shaxsini rivojlanishida kasbiy va pedagogik ta'limning nazariy va amaliy asoslari metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.

Xalqaro tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi kunda milliy iqtisodiyotning taraqqiy etishi, tarmoq va sohalarning raqobatbardoshligi ilg'or ilmiy tadqiqotlarga asoslangan, innovatsion loyihalarni amaliyotga tadbiq etish tizimining samarasi bilan belgilanadi. Bu tizimning asosiy sub'yektlari sifatida oliy ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari kabi ta'lim jarayonini yuksaltiruvchi va kelajakka poydevor qo'yuvchi tashkilotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida ta'lim, fan va texnologiyaning ishlab chiqarish, ijtimoiy xizmat va servis sohalari bilan yuqori darajada integratsiyalashuvi xalqaro miqyosda milliy iqtisodiyotlar o'rtasidagi raqobat kurashining yanada keskinlashuviga sabab bo'lmoqda. Bu ijobiy tendensiya sifatida jahon bozorida tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarni sifat jihatdan yangi bosqichga o'tishini ta'minlamoqda.

So'ngi yillarda respublikamiz ta'lim sohasida ro'y berayotgan tub o'zgarishlar jamiyatning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini tashkil etuvchi pedagog-kadrlarni ongli ravishda sohasiga oid ish uslublarining eng ommabop va zamonaviysini tanlashiga nisbatan talablarning oshishini belgilab berdi. Shunday talablardan biri sifatida maktabgacha ta'lim tashkiloti nizomida hamda malaka tavfsiflari to'g'risidagi buyruqda maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib boruvchi kadrlarning huquq va vazifalari aniq belgilab berilganligini ko'rsatish mumkin. Maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib boruvchi va asosiysi

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlariga zahira kadr sifatida tayyorlanayotgan kadrlarning ta'lim-tarbiya uslublarini mukammal egallagan, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng, yuksak ma'naviy fazilatlar sohibi, tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biladigan, eng muhimi esa jamoaviy jarayonlarda o'z liderligi bilan vaziyatga moslashib, jamoani o'z izidan ergashtira oladigan pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojning oshib borayotganini alohida e'tirof etish zarur.

Bugungi kunda har bir jabhada raqamli ta'limning rivoj topayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Bu maktabgacha ta'lim sohasida ham yaqqol ko'rinib bormoqda. Rivojlanayotgan raqamli ta'lim sharoitida maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga zahira kadr sifatida tayyorlanayotgan kadrlarning liderlik sifatlarini rivojlantirish masalasi bu o'rinda muhim sanaladi. Chunki zamonaviy ta'lim va ayniqsa, raqamli ta'lim tendensiyalarining tobora kuchayishi soha kadrlarida liderlikning kuchaytirilgan bo'lishini ham talab qilmoqda. Bunda maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga zahira kadr sifatida tayyorlanayotgan kadrlarda liderlik sifatlarini rivojlantirishda qator omillarning ta'siriga yuqori baho berish lozim. Negaki, ushbu omillar sababli zahira kadrlar rahbarlik faoliyatiga o'tganda jamoani boshqarish, o'z izidan ergashtira olish, notiqlik san'atini egallay olish, notiqligi bilan jamoaga ta'sir o'tkaza olish kabi xislatlarni ham egallaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim-tarbiya ishlarini talab darajasida amalga oshirish, tarbiyachilarda mehnat intizomiga qat'iy amal qilish ko'nikmasini va bir-birining kamchiliklariga tanqidiy munosabatni shakllantirish, mehnat va ijodiy faolligini oshirish orqali ish samaradorligini oshirish; qabul qilingan qarorlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash singari omillar maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlariga zahira kadr sfatida tayyorlanayotgan kadrlarda yuksak bilim va malaka, tarbiyachilar bilan ularning ruhiyatini inobatga olgan holda ishlash salohiyati, katta tajriba hamda ko'plab ma'naviy fazilatlar sohibi bo'lishida, jumladan, ularda liderlikning kamol topishida asos bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun ishini endi boshlayotgan har bir yosh mutaxassis yordam va maslahatga muhtojligini e'tiborga olib, uni yetarli bilim va tajribaga ega murabbiyga biriktirish maqsadga muvofiqdir.

Mehnat jamoasidagi lider avvalambor, o'zining ishchanlik xususiyatlari bilan farqlanib turadi, chunki, u aynan mehnat faoliyati tufayli boshqalardan ajralib ko'zga tashlana boshlaydi. Bundan tashqari, lider guruh manfaatini himoya etar ekan, kezi kelganda rasmiy munosabatlar tizimiga va rasmiy doiralar manfaatiga ham zid chiqa oladi. Natijada, jamoada rasmiy rahbar va norasmiy lider o'rtasida ziddiyat paydo bo'lishi mumkin. Muayyan tashkilot manfaatidan kelib chiqsak, jamoadagi rasmiy rahbar va norasmiy tizimda shakllanuvchi lider bir shaxs orqali ifodalanishi eng maqbul holdir. Aynan mana shu jihatlarni maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga zaihara kadr sifatida tayyorlanayotgan kadrlarni yetishtirishda, ularda liderlik sifatlarini rivojlantirishda e'tibordan chetda qoldirmaslik joiz. Chunki bu sanalgan barcha omillar ularning faoliyati mobaynida duch keladigan holatlarda pedagogik mahorat bilan vaziyatga moslashishlarida, har quandary vaziyatlarda maqbul yo'lni tanlashlarida, munosib usullardan foydalanib yechim tomon qadam tashlashlarida as qotadi deb xulosa qilish mumkin.

REFERENCES:

1. Irgasheva Madinabonu Bakhromjon kizi. DEVELOPMENT OF LEADERSHIP QUALITIES OF CADRE AS A CURRENT SOCIAL PEDAGOGICAL PROBLEM. SCIENCE AND INNOVATION

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

1. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 3 MARCH 2023 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ

2. Irgasheva Madinabonu Baxromjon qizi. LIDER KIM VA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI DIREKTORLARIGA ZAHIRA KADRLAR TAYYORLASHDA ULAR QANDAY QILIB LIDER BO'LISHI MUMKIN./RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O?QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun. 254-258-betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.7993560

3. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com ).

4. Madinabonu Irgasheva. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARIGA ZAHIRA KADRLAR TAYYORLASH JARAYONIDA ULARNING LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB IJTIMOIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. TIL VA ADABIYOT ILMIY-METODIK ELEKTRON JURNAL 2023-yil 9-son. 47-b.

5. Хушназарова М.Н. Мактабгача таълим ташкилотлари тарбиячиларининг касбии? компетенциясини такомиллаштириш: Педагогика ... фалсафа доктори (PhD) автореферати. -Тошкент, 2021. -52 б. (Б.22)

6. https://t.me/jalilova_dil shoda_2292

7. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.