Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING XORIJIY TAJRIBASI'

MAKTABGACHA TA’LIMDA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING XORIJIY TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
153
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy qadriyat / madaniy-tarixiy meros / ma’naviy tarbiyalash / vatanparvarlik hissi / milliy qadriyatlar tizimi / ma’naviy yaqinlik / o‘tmish va ma’naviy meros.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Adxamjon Abdurashidov

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, turli xil didaktik materiallar asosida ilmiy-nazariy jihatdan bilim berish o‘rganildi va tahlil qilindi. Shuningdek, xorijiy davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari imkoniyatlari ham bayon etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING XORIJIY TAJRIBASI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

MAKTABGACHA TA'LIMDA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING XORIJIY TAJRIBASI Adxamjon Abdurashidov

Qo'qon davlat pedagogika instituti, "Maktabgacha ta'lim" kafedrasi dotsenti,PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.10036486

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, turli xil didaktik materiallar asosida ilmiy-nazariy jihatdan bilim berish o'rganildi va tahlil qilindi. Shuningdek, xorijiy davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotlari imkoniyatlari ham bayon etildi.

Kalit so'zlar: Milliy qadriyat, madaniy-tarixiy meros, ma'naviy tarbiyalash, vatanparvarlikhissi, milliy qadriyatlar tizimi, ma'naviyyaqinlik, o'tmish va ma'naviy meros.

Maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarini ma'naviy bakamol avlod vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg'usi, qadriyatlar kategoriyasi, ularning mohiyati, mazmuni namoyon bo'lish shakllari to'g'risidagi bilimlarning majmuasi bo'lgan zamonaviy qadriyatshunoslikning asoslarini o'rgatish nihoyatda muhim. Ana shu sababdan ham umuninsoniyatning qadrlash me'yorlari borasida to'plangan yutuqlarini umumlashtirilgan bilim sohalari imkoniyatdan foydalanish ta'lim -tarbiya samaradorligining asosiy mezonlaridan biridir.

Xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tahlil qiladigan bo'lsak, uyerdagi sharoit va imkoniyatlar bolajonlar kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishini korishimiz mumkin. Xususan, Xitoy bog'chalarida bolalar tarbiyasi integratsion ko'rinishga ega ya'ni, jismoniy rivojlanish bilan uyg'unlikda olib boriladi, maktabacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni jismonan, aqlan, estetik rivojlanishlarida ko'mak beradi, bu bilan bolani eng kichik yoshidan barkamol shaxs bo'lib rivojlanishini ta'minlaydi. Bolalar bog'chasida tarbiyaning asosiy vositasi o'yin hisoblanadi, u yerda bolalarning rivojlanishi uchun butun sharoitlar yaratilgan, o'z qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatlari ta'minlangan. Bolalar bog'chasida qa''iy tartib va intizom o'rnatiladi, bolalar erkaliklari ta'qiqlanadi. Tarbiyachilar bolaning shaxsiy xususiyatini yaxshi biladilar, lekin bu xususiyatlari tug'ma deb hisoblamaydilar. Bolalar bog'chasida o'zaro urushlar, erkaliklar, kattalar talabiga bo'ysunmaslikka yo'l qo'yilmaydi, yomon intizom ilk ko'rinishidayoq bartaraf etiladi, agar bola o'zini yomon tutsa, tarbiyachi uning yoniga kelib, bu holatini sezganini bildiradi, lekin gapirmaydi. Bola o'z aybini tushungachgina tarbiyachi uning nomini aytib chaqiradi. Urush, xonadan haydab chiqarish, umuman jazolash man etiladi. Intizomni yaxshi ushlab turishning samarali yo'li bu - taqqoslash va rag'batdir, deb hisoblashadi. Bolalarni yoshligidan boshlab o'z xulq-atvorlarini tahlil etishga o'rgatib boriladi. Bolalar diqqat bilan eshitadilar va to'g'ri hayotiy misollarni eslab qoladilar. Har bir tartibsizlikka tanbeh beriladi, aks holda bola bu tarbiyasizlikni to'g'ri hisoblab, o'ziga singdirib olishi mumkin deb hisoblanadi. Xitoy bolalaridagi qat'iylik va mehnatsevarlik an'anaviy fazilatlarga aylangan.

Koreya maktabgacha ta'lim tashkilotlarida asosan musiqa, rasm, hisoblash mashg'ulotlari integratsion shaklda tashkil etiladi. Bolalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga katta e'tibor berilishi, ta'lim-tarbiya jarayonini uzviylikda olib borilishi, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimida Koreya tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini kengligini ko'rsatadi.

Yaponiyada maktabgacha ta'lim tizimi ham o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Yaponlar farzandlari bilan 5 yoshgacha shoh bilan gaplashgandek muomala qilishadi, 5 yoshdan 15

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

yoshgacha qul bilan gaplashgandek, 15 yoshdan keyin esa tengdoshi bilan gaplashgandek muomala qilishadi. 15 yoshli o'smir - o'zining majburiyatlarini yaxshi biladigan, va qoidalarga bo'ysinadigan yoshdagi katta odam deb hisoblanadi. Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg'u beradi. Masalan, 1 yoshda -o'ziga ishonch hissini uyg'otish.

Yaponiyada maktabgacha tarbiya beshta yo'nalishni o'z ichiga qamrab olgan, bular: -ijtimoiy munosabatlar; - salomatlik, xavfsizlik; - til; - atrof muhit; - his-tuyg'ularini ifodalash. bolalarga oilada va jamoatda muomala qilishni, o'ziga ishonishni, yangi ko'nikmalarni egallashga, xalq ertaklarini va kitoblarni o'qib tilga va madaniyatga o'rgatadilar. yaponiyadagi maktabgacha tarbiya tamoyillari -sog'lom, mustaqil, har tamonlama rivojlangan, bilimga ega va o'z madaniyati hamda vatanini sevuvchi jamiyat a'zosini yaratishga qaratilgan.

Yapon bolalari tabiatni juda sevadilar va chuqur his etadilar. balkim, aynan shuning uchun ham yaponiyada turli daraxtlar, tabiat hodisalariga bag'ishlangan milliy bayram va festivallar ko'p bo'lsa kerak. yoshlikdan go'zallikni sevishni va tabiatni his etishni o'rgatilgan yapon bolalar bu tuyg'ular bilan umrbod yashaydilar.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalashdagi bunday ijobiy qarashlar bilan bir vaqtda, xulosa tariqasida aytish joizki xorijiy mamlakatlarning maktabgacha ta'lim tizimlarini o'rganish, ularning ilg'or tajribasini tahlil etish va respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirib zamonaviylashtirishga imkon yaratadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Nurulloyev F. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarini axloqiy tarbiyalash //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКATSIЙ (buxdu. uz). - 2021.

2. Boboyeva D.R. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o'stirish jarayonida ertaklar asosida atrof-muhit bilan tanishtirish /llmiy to'plam. - Т.: Nizomiy nomidagi TDPU. 2000.

3. G.I.XASANOVA "Ta'lim jarayonida dasturlashtirilgan o'qitish texnologiyasidan foydalanishning afzalliklari" Jizzax. 2020.

4. O. Hasanboyeva. H.Jabborova. Z.Nodirova. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. - T.: Cho'lpon NMIU. Qo'llanma. 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.