Xodjaniyazova Sh.E.
Odilov Sh.T.
Xo janiyozova N.E.
Buxoro davlatpedagogika instituti, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi
RESURSLAR BILAN TA'MINLASH MUAMMOSI
Annotatsiya: Tabiiy resusrslar tabiatda mavjud bo 'lgan va inson tomonidan yaratilmaydigan insonning hayoti, xo'jalik faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha tabiiy jismlar hisoblanadi. Muallif tomonidan ushbu maqolada tabiiy resusrlar bo 'yicha fikr mulohaza yuritilgan. Shuningdek tabiiy resusrslar mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi.
Kalit so'zlar: tabiiy resurslar, o'rmon fondi, muhofaza qilinadigan hududlar, suv resurslari, yer osti va yer usti suvlari, fauna resurslari
Khodzhaniyazova Sh.E.
Odilov Sh.T.
Khojaniyozova N.E.
Bukhara State Pedagogical Institute, clear and natural 3rd year student of the Faculty of Sciences
RESOURCE SUPPLY PROBLEM
Abstract: Natural resources are all natural objects that exist in nature and are not created by humans, necessary for human life and economic activity. In this article, the author reflects on natural resources. Also, natural resources play an important role in the development of the country's economy.
Key words: natural resources, forest fund, protected areas, water resources, underground and surface water, fauna resources
Jamiyat hayotini yashash vositasi bo'lgan turli tabiiy resurslarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. «Resurs» so'zi - fransuz tilidan olingan bo'lib, «yashash vositasi» degan ma'noni bildiradi. Tabiiy resurs deb - tabiatda mavjud bo'lgan, insonlar tomonidan yaratilmaydigan, insonning hayoti, xo'jalik faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha tabiiy jismlar, sharoitlar va jarayonlarga aytiladi. Mamlakatning tabiiy resurslarga boyligi uning iqtisodini rivojlantirishning muhim sharoitlaridan biridir, aksincha zahiralarning kamligi yoki umuman yo'qligi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Lekin bu qonuniyatni har doim ham to'g'ri deb bo'lmaydi. Dunyoda shunday mamlakatlar borki, ular joylashgan hududda mineral resurslar umuman yo'q yoki bo'lsa ham juda oz miqdorda, shunga qaramasdan, rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Masalan, Yaponiya, Janubiy
Koreya va boshqalar. Bu mamlakatlarda ishchilar, muhandislar va texnik xodimlarning yuqori malakaga egaligi, fan-texnika tarraqqiyoti uchun yaratilgan sharoitlar sanoatni rivojlatirishdaeng muhim omillardan biri deb hisoblanadi. Tabiiy resurslar tasnifi uchta belgi asosida qabul qilingan: paydo bo'lish manbasi asosida, ishlab chiqarish bo'yicha va qayta tiklanish darajasi bo'yicha. Paydo bo'lish bo'yicha tabiiy resurslar biologik, mineral va enegretik resurslarga bo'linadi. Biologik resurslar - biosferaning muhitini tashkil qiluvchi hamma jonvor komponentlari: produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardir. Ular inson tomonidan moddiy va manaviy qulayliklarni olish manbasidir. Mineral xom ashyo rudali (undan metallar ajratib olinadi) va rudamasli (metalmas komponentlar ajratib olinsa yoki qurilish material shaklida ishlatilsa) bo'lishi mumkin. Agarda mineral resurslar yoqilg'i shaklida ishlatilsa (ko'mir, neft gaz, torf, yog'och, atom energiyasi) ular yoqilg'i-energetik resurslari turiga kiradilar. Energetik resurslar -quyosh, koinot, atom-energetik, termo va boshqa energiya manbalarini majmuasidir. Ishlab chiqarishda ishlatilishi bo'yicha tabiiy resurslar quyidagilarga bo'linadi: - yer fondi - dunyo va mamlakat miqyosidagi hamma yerlar, vazifalari bo'yicha quyidagi toifalarga bo'linadi: qishloq xo'jaligidagi yerlar, yashash punktlari, noqishloq xo'jaligi yerlari (sanoat, transport, qazib olish sanoatida va h.k). Dunyo yer fondi 13,4 mlrd.gani tashkil kiladi; - o'rmon fondi - alohida muhofaza qilinadigan hududlarni tashkil qilish uchun o'rmonlar o'sadigan yoki o'sishi mumkin bo'lgan sayyoramizning yer fondining bir qismi; - suv resurslari -xo'jalikda xilma xil maqsadlarda ishlatiladigan yer osti va yer usti suvlari (alohida o'rinni chuchuk suv zahiralari egallaydi); - gidroenergetik resurslar - daryo, dengizning pasayish-ko'tarilish faoliyati natijasida hosil bolgan resurslar; - fauna resurslari - inson ekologik muvozanatni buzmagan holda suv, o'rmon, cho'llardagi tirik mavjudotlarni ishlatishi mumkin bo'lgan resurslar; - qazilma boyliklar (rudali va rudamasli, yoqilgi-energetik resurslari)- xo'jalikda ishlatilishi mumkin bo'lgan yer qobig'idagi minerallarning tabiiy yig'indisi. Atrof-muhitni asrash nuqtai nazaridan resurslarning uchinchi, ya'ni - qayta tiklanish klassifikatsiyasi muhimdir. Tabiiy resurslar tasnifi Tabiiy resurslar xarakteristikasini bilish ulardan oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega. O'simlik va hayvonlarni faqatgina ma'lum populyatsiyasi saqlanib qolgan holdagina qayta tiklash mumkin. Yer osti qazilmalarining tiklanmasligini hisobga olib, ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Ularni qayta tiklab bo'lmaydi. Chunki yer osti boyliklari million yillarda, ya'ni geologik davrlardagina, juda sekin - astalik bilan tiklanadi. Shuning uchun ularni qazib olishda, tashish va ishlatishda isrofgarchilikga, atrof - muhitning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Dunyo okeani resurslari, atmosfera havosi, Antarktida tabiiy resurslari, kosmik fazo, ko'chib yuruvchi hayvonlar umumjahon resurslari hisoblandi. 33 Ulardan foydalanish, muhofaza qilishfaqatgina xalqaro kelishuvlar asosida, turli mamlakatlar ishtirokidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. 3.3. Tabiiy resurslaridan foydalanish holati va istiqbollari Jamiyatning ma'lum rivojlanish davri davomida tabiiy resurslardan foydalanishda ularni real va potentsial resurslarga ajratiladi. Jamiyatning ayni paytdagi rivojlanish
bosqichida qidirib topilgan, zahiralari aniqlangan va jamiyat tomonidan faol ishlatilayotgan resurslarga aytildi. Potentsial tabiiy resurslar deb - jamiyat tarraqqiyotining hozirgi boqichida qidirib topilgan, qisman va miqdoran aniqlangan resurslarga aytiladi. Ulardan foydalanish uchun texnik vositalar yetarli bo'lmagan, xom ashyolarni qayta ishlash texnologiyalari ham ishlab chiqilmagan yoki umuman yaratilmagan bo'lishi mumkin. Yer sayyorasining potentsial yer resurslariga cho'l, tog'liklar, botqoqliklar, sho'rlangan hududlar, doimiy muzliklar ham kiradi. Potentsial resurslariga bir qator kosmik resurslar - quyosh energiyasi, dengiz suvlarning ko'tarilishi va qaytishi, shamol energiyasi va boshqalar ham kiradi. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish deb, ulardan tabiatni muhofaza qilish qoidalariga to'la rioya qilgan holda jamiyatga faqat hozirgi kunda emas, balki tasavvur qilish mumkin bo'lgan uzoq kelajakda ham eng yuqori samara olishni ta'minlash nuqtai nazaridan foydalanishga aytiladi. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish deb - ular hossalarining buzilishi va ifloslanishi, behuda sarflanishi, kamayib ketishini bartaraf qilishga yo'naltirilgan huquqiy, tashkiliy, texnik, ijtimoiy va iqtisodiy tadbirlar majmuasiga aytiladi. Hozirgi kunda tabiiy resurslardan foydalanishning yangi usullari keng qo'llanib kelinmoqda: - tabiiy resurslardan qazib olish jarayonida zamonaviy, tejamkor va atrof muhitga imkoniyati bor darajada bezarar texnologiyalarning qo'llanishi. Masalan, 34 ko'mirni, boshqa qazilma boyliklarni qazib olishda ochiq usulga qaraganda ko'proq yopiq usullardan foydalanish; - qazib olingan qayta tiklanmaydigan resurslardan kompleks ravishda foydalanib, chiqindiga chiqarmasdan ishlatilish. Qazib olingan rudadan nafaqat oltin yoki qimmatbaho metallar ajratib olib rudani oqova suvlarga yuvib yu,borish balki yangi texnologiyalarni joriy etib rudadan to'liq foydalanib tarkibidagi boshqa metallarni ham ajratib olish. Neft mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarida qo'llanadigan texnologiyaga bog'langan holatda neftdan 60 % dan 85-90% gacha benzin olish mumkin. - tugaydigan resurslardan tugamaydigan resurslarga o'tish. Kelajakda quyosh radiatsiyasini quyosh energiyasiga to'g'ridan to'g'ri aylantirishning nisbatan arzon usullari yaratilsa bir qator mamlakatlarning isitish tizimlari uchun sarf etiladigan energiyaning 50 foizini qoplashnishi mumkinligi hisoblab chiqilgan; - qayta ishlash texnologiyalarini keng qo'llash va chiqindilarni boshqa ishlab chiqarishlarda xom ashyo shaklida ishlatish. AQSh tajribasi shuni ko'rsatdiki, konserva bankalarni qayta ishlash jarayonida alyuminiy olish boksitlardan (tabiiy konlardan) ajratib olishga nisbatan 10 barobararzonroq ekan. Shishalarni ham qayta ishlash jarayoni uni tabiiy resurslardan ajratib va qayta ishlash jarayoniga nisbatan ancha arzon ekan. Bundan tashqari, yuqorida misol qilib keltirilgan jarayonlarda suv sarfi tejaladi, atrof muhitga, ayniqsa atmosfera havosiga salbiy ta'siri kamayadi. Makalaturadan qog'oz ishlab chiqarish jarayonida daraxtlardan olish jarayoniga nisbatan atmosfera havosining ifloslanishi 73%, suvning ifloslanishi - 25%, qattiq chiqindilarning hajmi 39% ga kamayadi. Bundan tashqari, makalaturadan 1 tonna qog'ozni ishlab chiqarilishida 4.7-5,6 m3 hajmdagi daraxtlar va 165-200 m3 suv saqlab qolinadi yoki tejaladi. - chiqindilarni yoqilg'i
мЭкономнка h соцнумм №8(123) 2024
www.iupr.ru
230
sifatida ishlatish va h.k. 35 3.4. Ene^etik resus^ va ulaгdan foydalanish Elektг stansiyalaг va elektг koraonalarida elektг eneгgiyasi ishlab chiqaгish murakkab ekologik muamшolaг bilan bog'liqdiг. Ene^iyaning zaгuгligi - insonning asosiy ehtiyojlaridan biгidiг. Eneгgiya nafaqat hoziгgi zamondagi muгakkab inson jamoasining noгmal hayotiy faoliyati uchun, balki Iw Ыг insonning yashashi uchun ham juda zam^ir Hoziгgi vaqtda elektг ene^iyasi asosan gidгoelektг stansiyalaг, issiqlik va atom elekfr stansiyalaгda olinadi. Gidroelektrstansiyalar yuzaki qaгalganda tabiatga zaгaг keltnmaydigan ekologik toza koгxona hisoblanadi. Xulosa: Xulosa qilib aytganda, гesuгslaгning cheklanganligi va ekologik muammolaming salbiy oqibatlari shaгoitida shakllantiгishga ob'yektiv ehtiyoj paydo bo'lmoqda. гesuгslaгdan samaгali foydalanish, ekologik muvozanatni ta'minlash, yangi ish o'rinlarini yaгatish, barqaгoг iqtisodiy o'sishni ta'minlash imkonini beгadi. Barqaгoг гivojlanishning mazmuni hozñgi avlod o'z iqtisodiy faoliyatini shunday tashkil etishi zaгuгki, keyingi avlod^ ulaгdan kam bo'lmagan iqtisodiy imkomyat^ va tuгmush faгovonligiga ega bo'lishlari lozimligida namoyon bo'ladi. Hozngi vaqtda inson farovonligini oshiгish, rosm-slami saqlash va kelajak avlodlami jiddiy ekologik xavf-xataria^a duchoг qilmaslikni ta'minlaydigan iqtisodiy modelga o'tish zaгuгati dolza^dir Biz iqtisodiy faгovonlikka va kelajak avlodni iqtisodiy va ijtimoiy muammola^a, ekologik xavflaTga qo'ymaslikka faqatgina bñdamlikda eгishishimiz mumkin.
Fodalanilgan adabiyotlar:
1. K. F. Abdullayev, N. J. Bobomurodova, K. Kobiljonov. Yuqori ma'naviyat ekologik madaniyatning asosidiг.Ilmiy makon: dolzart masalalaг, yutuqlar va innovatsiyalaг, 5-8.
2. K. F. Abdullayev, N. J. Bobomurodova. Jismoniy tartiya va sport o^mu^da yomon odatlaming oldini olishning samaгali vositasi. Inson va tabiat, 195-198.
3. K. F. Abdullayev, N. J. Bobomurodova. Jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siri muammosiga. Ilmiy maktablar. XXI asг fan va madaniyatidagi yoshla^ 255-256.
4. N. J. Bobomurodova ekologik madaniyat BBCning umuminsoniy qiymati sifatida 74, 188.
5. K. F. Abdullayev, N. J. Bobomurodova. buyuk mutafakkiï abu rayhon bemniyning munajjimlik haqidagi qarashlari. Rossiya-O'zbekiston. Xalqaгo ta'lim va ijtimoiy-madaniy.
UDK 631.6:532.57
"Экономика и социум" №8(123) 2024
www.iupr.ru
231