Научная статья на тему 'RESPUBLIKAMIZNING JANUBIY VILOYATLARIDA CHORVA HAYVONLARINING ASOSIY GELMINTOZLARI VA ULARGA QARSHI KURASHISH'

RESPUBLIKAMIZNING JANUBIY VILOYATLARIDA CHORVA HAYVONLARINING ASOSIY GELMINTOZLARI VA ULARGA QARSHI KURASHISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
Marshallagioz / nematodiroz / oshqozon ichak strongilyatozlari / fassiolyoz / askaridioz / geterakidoz / kapillarioz.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — K.Sh.Akramov, X.A.Safarov

Ushbu maqolada Respublikamizning janubiy viloyatlari hisoblangan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qo‘ylar va parrandalar (tovuqlar) orasida keng tarqalgan asosiy gelmintozlar va ularning gelmintofaunasi haqida ilmiy asoslangan tadqiqot natijalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKAMIZNING JANUBIY VILOYATLARIDA CHORVA HAYVONLARINING ASOSIY GELMINTOZLARI VA ULARGA QARSHI KURASHISH»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 18 (40) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

UDK:616.636.095.054.51.1

RESPUBLIKAMIZNING JANUBIY VILOYATLARIDA CHORVA HAYVONLARINING ASOSIY GELMINTOZLARI VA ULARGA QARSHI

KURASHISH

K.Sh.Akramov

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti komilj onshuhratovich@gmail .com

X.A.Safarov Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Respublikamizning janubiy viloyatlari hisoblangan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qo'ylar va parrandalar (tovuqlar) orasida keng tarqalgan asosiy gelmintozlar va ularning gelmintofaunasi haqida ilmiy asoslangan tadqiqot natijalari bayon etilgan.

Kalit so'zlar. Marshallagioz, nematodiroz, oshqozon ichak strongilyatozlari, fassiolyoz, askaridioz, geterakidoz, kapillarioz.

Аннотация: В данной статье описаны результаты научных исследований по основным гельминтам и их гельминтофауне, которые широко распространены среди овец и птиц (кур) в Сурхандарьинской и Кашкадарьинской областях, которые считаются южными регионами нашей Республики.

Ключевые слова. Маршаллагиоз, нематодироз, гастроинтестинальный стронгилатоз, фасциолез, аскаридоз, гетерокидоз, капилляриоз.

Abstract: In this article, the results of scientific research on the main helminths and their helminth fauna, which are widespread among sheep and poultry (chickens) in Surkhandarya and Kashkadarya regions, which are considered to be the southern regions of our republic, are described.

Key words. Marshallagiosis, nematodirosis, gastrointestinal strongylatosis, fascioliasis, ascariasis, heterokidosis, capillariosis.

Mavzuning dolzarbligi. Ma'lumki chorvachilik qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo'lib, ushbu soha aholining oziq-ovqat mahsulotlari go'sht, sut, tuxum bilan, yengil sanoatni esa jun, teri kabi xomashyolar bilan ta'minlaydi.

Alohida ta'kidlash joizki, so'ngi yillarda Respublikamiz Prezidenti va Hukumatimiz tomonidan ushbu sohani ham zamonaviy dunyo andozalari asosida rivojlantirishga alohida e'tibor berib chorvadorlar oldiga o'ta dolzarb vazifalar qo'yildi.

Jumladan, chorva hayvonlari va parrandalar orasida uchraydigan turli xil yuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarga qarshi samarali kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng-ko'lamda tadbiq etish natijasida ushbu kasalliklar yetkazadigan iqtisodiy zarar va inson hayoti uchun xavf tug'dirishini oldini olish dolzarb vazifa bo'lib hisoblanadi.

Ma'lumki chorva hayvonlari qo'y-echki, qoramol, ot va parranda (tovuq)lar orasida gelmintozlar keng tarqalgan bo'lib, ular nafaqat bevosita patologik ta'sir ko'rsatadi, balki hayvon organizmining turli yuqumli kasalliklarga moyilligini oshiradi, mahsuldor hayvonlarning go'sht, sut va tuxum mahsulotlarini kamaytiradi va sifatini pasaytiradi, ayrim hollarda esa hayvonlarning o'limiga sabab bo'ladi. Shu nuqtai nazardan chorvadorlar, veterinariya amaliyoti va ilmu-fan mutaxassislari chorvachilik xo'jaliklarida gelmintozlarning tarqalishi va ularga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlariga alohida e'tibor berishlari lozim.

Ushbu tamoyildan kelib-chiqqan holda Respublikamizning janubiy hududlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining chorvachilik xo'jaliklari va aholining shaxsiy xo'jaliklaruda - qo'y va tovuqlarning gelmintozlar bilan zararlanganligini hamda gelmintofaunasini aniqlash bo'yicha tadqiqotlar olib borildi.

Tadqiqotning hajmi va uslublari. Tadqiqotlar Respublikamizning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida olib borildi. Ushbu viloyatlarda 462 bosh qo'y va 366 bosh parrandalar (tovuqlar) gelmintoovoskopiyaning Fyulleborn, ketma-ket yuvish va gelmintolarvoskopiyaning UzVITIda takomillashtirilgan (Y.D.Nikolskiy, 1951) Berman-Orlov, TGYo usullari bilan tekshirildi.

Tadqiqotning natijalari. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida tekshirilgan 462 bosh qo'ylarning 64,72 foizi umuman, ya'ni turli gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, ularning 52,16 foizi marshallagioz, 41,56 % - nematodiroz, 15,58 % boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar, 4,98 foizi fassiolyoz, 6,28 % moniyezioz kabi gelmintozlar qo'zg'atuvchilari bilan zararlanganligi aniqlandi (1-rasm).

1-rasm. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanishi, % (n=462)

■ Marshallagioz

,2% &

■ Nematodiroz

■ Boshqa oshqozon ichak strongilyatozlari

■ Fassiolyoz

■ Moniezioz

Ma'lumki, chorvachilikning muhim tarmoqlaridan biri parrandachilik hisoblanadi. Biz o'z tadqiqotlarimizda tovuqlar orasida gelmintozlarning tarqalishini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar ham olib bordik. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 366 bosh turli yoshdagi (6 oylikdan yuqori) tovuqlardan tezak namunalari olib gelmintoovoskopik usul (Fyulleborn usuli) bilan tekshirish natijalariga ko'ra jami tekshirilgan tovuqlarning 43,99 foizi aralash holda turli gelmintozlar bilan zararlanganligi aniqlandi. Shundan 42,08 foizi askaridioz, 40,71 foizi geterakidoz, 41,53 % kapillarioz, 13,9 foiz rayetinoz va 3,3 % prostogonimoz qo'zg'atuvchilari bilan zararlanganligi aniqlandi (2-rasm).

2-rasm Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida tovuqlarning gelmintozlar bilan zararlanishi, % (n=366)

Qarshi kurash chora-tadbirlari. Qo'ylar gelmintozlariga qarshi Alsus FTM hisobida 10 mg/kg dozada berib, 5 kundan keyin tekshirilganda ularning atigi 41 boshi, ya'ni 8,87 % turli gelmintozlar qo'zg'atuvchilari bilan past intensivlikda (fekaliyda oz miqdorda, ya'ni 1-5 nusxa gelmint tuxumlari) aniqlandi. Qo'ylar moniyeziyalardan to'liq holi bo'lib, ularning marshallagiyalar bilan zararlanganligi 2,38 %, nematodiruslar bilan 6,49 %, boshqa oshqozon-ichak strongilyatlar bilan 6,93 %, fassiolalar bilan zararlanish 8,23 foizni tashkil qildi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, qo'ylarning bir qismi gelmintlardan to'liq ozod bo'lmasada, ularning zararlanganligi past intensivlikda bo'lib, tezak namunalarida alohida gelmintlarning tuxumlari oz miqdorda (1-5 nusxada) aniqlandi. Bu holat esa Alsusning antgelmint samaradorligi yuqori darajada ya'ni 91,13 % ni tashkil qildi.

Tovuqlar gelmintozlariga qarshi "TeTpaMroon 10 %" kukun shaklidagi samarali nematodotsit preparatdan foydalandik. Uni tovuqlar ozuqasiga yoki ichimlik suviga aralashtirilib tovuqlarning 1 kg tirik vazniga 200 mg hisobida qo'llaniladi.

"Тетрамизол 10 %" antgelmint preparati tovuqlarga bir marta qo'llashning o'zidayoq 92,86 %, ikkinchi bor qo'llanganda 100 foizlik eskstenssamara ko'rsatdi.

Xulosalar. Respublikamizning janubiy hududlari hisoblangan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatidagi qo'ylardan olingan 462 ta namunadan 299 tasi gelmintozlar bilan tovuqlardan olingan 366 ta namunaning 161 tasi gelmintozlar bilan aralash holda zararlanganligi ma'lum bo'ldi, invaziyaekstensivligi mos ravishda 64,72 % va 43,99 foizni tashkil etdi.

Qo'ylar gelmintozlariga qarshi Alsus preparatining samaradorligi 91,13 foizni, tovuqlar gelmintozlariga qarshi esa Тетрамизол 10 % antgelmint preparatining samaradorligi 92,86 foizdan 100 foizgacha ekanligi aniqlandi va ishlab chiqarish mutaxassislariga tavsiya etildi.

Adabiyotlar ro'yxati .

1. Safarov X.A. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chorva mollari gelmintozlarining epizootologik holati. // "Veterinariya meditsinasi" ilmiy-ommabop jurnali . Toshkent , 2021. -№10. - B . 25-27.

2. Safarov X.A., Djabarov Sh.A. Qoraqolpogiston Respublikasida chorva mollari gelmintozlarining tarqalishi. // "Agro ilm" agrar-iqtisodiy, ilmiy-amaliy jurnal. Toshkent , 2021. №6. - B . 70-71.

3. Safarov X.A., Djabarov Sh.A. Chorva mollarining asosi gelmintozlari va kiyimlari tarqalish darajasi // "Veterinariya meditsinasi" ilmiy-ommabop jurnali. Toshkent, 2021. -№12. -B. 12-15.

4. Oripov A.O. , Djabborov Sh .A., Safarov X.A. Qishloq hayvonlarining asosiy gelmintozlari va ularning tarqalish tezligi. // Amerika veterinariya fanlari va yovvoyi tabiatni kashf qilish jurnali. 04-jild. 2022. -R. 1-8.

5. Oripov A.O. , Djabborov Sh.A., Safarov X.A. O'zbekistonning sharqiy rayonlarida qo'ylarning gelmintozalari. // Fan, tadqiqot va ishlanmalardagi eng yaxshi innovatsiyalar jurnali. 2-jild. 2023. -P. 160-164.

6. Акрамов К., Сафаров Х. Комплексные меры по лечению и профилактике куриных нематодозов //in Library. - 2024. - Т. 2. - №. 2. - С. 9094.

7. Акрамов, К. (2023). Меры борьбы с гельминтозами кур. in Library, 4(4), 229-231. извлечено от https: //inlibrary. uz/index.php/archive/article/view/33660

8. Акрамов К. Птица (куры) в юго-западных регионах Узбекистана: гельминты и гельминтозы //in Library. - 2023. - Т. 3. - №. 3. - С. 645-649.

9. Акрамов К., Джаббаров Ш. Распространение гельминтозов домашней птицы (куриц) в восточных географических и климатических районах нашей республики //in Library. - 2022. - Т. 22. - №. 3. - С. 16-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.